V. I. Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne`mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne`matning maxsus shakli bwlib hisoblanishi kwrsatib berilgan:



Download 38,33 Kb.
Sana27.05.2022
Hajmi38,33 Kb.
#610733
Bog'liq
kurs ishi mikraiqtisodyot Yulduzxon

Mavzu: Tovar va uning xususiyatlari.


Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta`rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta`rifiga kwra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mwljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».22 Bundan kwrinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.

V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne`mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne`matning maxsus shakli bwlib hisoblanishi kwrsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne`mat».23 Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta`kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bwlgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (iste`mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bwlgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.
Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u wzida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bwlib, u iste`mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega.

Buyumning iste`mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste`mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.

Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondoshuv bilan, ya`ni hech kim bilan aloqasi bwlmagan wrmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir wzi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qwllaydilar. Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a`zolari wrtasida, gavjum bozor qatnashchilari wrtasida sodir bwladi. Ular naflilikning negizida ob`ektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, twg`rirog`i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari wzgartirilishi natijasida vujudga kelishini wylab ham wtirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bwlgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bwlavermaydi. Masalan, jamiyatga 100 dona soat zarur bwlgani holda, 120 dona soatning ishlab chiqarilishi uning 20 donasining nafsiz bwlishiga olib keladi. Ya`ni, jamiyat uchun zarur bwlgan 100 dona soatgina naflilikka ega bwladi.

Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.

Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi.

Har bir tovar ma`lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni yaratuvchining wz ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar talabini qondiradi, ya`ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday naflilikni emas, ijtimoiy naflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada rivojlantirsak, bozor ijtimoiy zaruriy naflilikni, ya`ni jamiyat uchun (xaridorlar uchun) zarur miqdordagi naflilikni hamda shu ijtimoiy zaruriy miqdordagi naflilikni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatni hisobga oladi. Ijtimoiy naflilik tovarlarning boshqa tovarlarga ayirboshlanish qobiliyatiga ega bwlganligi uchungina wzining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning ayirboshlanuvchanlik xususiyati almashuv qiymati nomini oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx kwrsatkichi almashuv qiymatini yaqqol kwrsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan kwplab ne`matlar masalan, buloq suvlari, yovvoyi daraxt mevalari ma`lum naflilikka ega bwladi. Lekin ular har doim ham tovar bwlavermaydi.


Masalan, bu ne`matlar wsha joyning wzidan olinib, iste`molchi tomonidan iste`mol qilinsa tovar hisoblanmaydi. Ne`matlar tovar bwlishi uchun, ular ayirboshlashga mwljallangan, ma`lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bwlishi zarur.

Shunga kwra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, wz iste`moli uchun emas, balki boshqalarning iste`moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural–buyum va ijtimoiy–iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.


Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi.

Almashuv qiymati nimaga asoslanadi? Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari1 hisoblaydiki, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shu sababli ular ma`lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Ularning fikricha tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi – og`irligi, hajmi, shakli va shu kabilar umumiy asos bwla olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi. Almashishning zarur sharti ayirbosh-lanadigan tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi, lekin har xil tovarlarning nafliligi sifat jihatidan turlicha bwlib, ular miqdoriy wlchamga ega emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa, hamma sifat jihatidan umumiy, yagona biron-bir narsa bwlishini taqozo etadi, bunday umumiy narsa ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.

Bu wrinda swz mehnatning muayyan, aniq turlari twg`risida bormaydi. Bu turlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi, bu esa aniq iste`mol qiymatlarining xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tovarlar wlchovdosh bwlishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya`ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Demak, umuman inson mehnati mahsuli sifatida tovarlar bir xil va wlchovdoshdir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashqil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda kwrinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya`ni iste`mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bwlib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib kwrsatilishida namoyon bwladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (kwpincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, wz xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa kwrsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».24 Tovarning wzi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.

Shu wrinda ta`kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta`rif ba`zi hollarda iqtisodchilar tomonidan ywl qwyiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. Ya`ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan ywl qwyilgan xatolik deb hisoblaymiz (ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bwlib, miqdor jihatidan undan kamdir. Ishlab chiqarish xarajatlari twg`risida keyingi boblarda twxtalamiz).

Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqti bilan hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi wrtacha bwlgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bwlgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat kwpaytirilgan yoki darajaga kwtarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat kwp miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bwlishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste`mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan (2-chizma).
Аниқ меҳнат
Абстракт меҳнат
Меҳнат
Ижтимоий нафлилиги

Ижтимоий зарурий нафлилик

Талабга мос миқдордаги товар

Ижтимоий қиймати

Товар

Ижтимоий зарурий меҳнат



2-chizma. Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati.

Ikkinchi tomondan, mehnat – aniq shakldan qat`iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U wzining shu sifatida abstrakt mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi. Umuman mehnat va ijtimoiy mehnat jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida mavjud bwlgan. Ibtidoiy jamiyatda ham, patriarxal xwjalikda ham odamlar kuchlarini sarflab, biron-bir tarzda bir-birlari uchun mehnat qilganlar. Biroq bunda qiymat vujudga kelmagan, mahsulot esa tovar shaklini olmagan. Demak, qiymatda oddiy ijtimoiy mehnat emas, balki alohida tarixiy sharoitdagi ijtimoiy mehnat mujassamlanadi.

Xwsh, uning wziga xos xususiyati nimada? Bu xususiyat shundaki, tovar ishlab chiqarish sharoitida mehnatning ijtimoiy tavsifi yashiringan bwladi. Mehnat faqat ayirboshlash sohasida, ya`ni wzi amalga oshib bwlganidan keyin ijtimoiy xususiyatni namoyon etadi. Qiymat yaratuvchi abstrakt mehnat – mehnatning faqat tovar ishlab chiqarishiga xos bwlgan va alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar munosabatini ifodalaydigan wziga xos ijtimoiy shakldir.
Qiymat tovarning emas, balki faqat mehnatning ijtimoiy xossasi bwlib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi ywqdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati wzining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali kwrsatadi.

Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab wzgaradi. Mehnat unumdorligi ma`lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan wlchanadi. Mehnat unumdorligining wzgarishi tovar birligi qiymatining wzgarishiga sabab bwladi. Mehnat unumdorligi wssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi.

Mehnat unumdorligiga bir qator omillar ta`sir qiladi. Bu omillar mehnat qurollarining rivojlanishi darajasi va samaradorligi, ishchining malaka darajasi, fan va texnikaning taraqqiyoti darajasi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish darajasi, ishlab chiqarishning twplanuv darajasi, tabiiy sharoitlardir.

Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori orqali tavsiflanuvchi kwrsatkich hisoblanadi. Mehnat intensivligining oshishi amalda ish vaqtining kwpayganligini anglatadi. Shunday qilib, intensivlik ish vaqtining davomiyligi bilan bevosita aloqador bwladi. Mehnatning intensivligi deganda ish vaqti birligi davomida ishchi kuchi sarfi orqali aniqlanuvchi mehnat jadalligining darajasi tushuniladi. Mehnatning jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat vaqt birligi sifatida qabul qilinadi.

Individual yoki wrtacha ijtimoiy mehnat intensivligi tushunchalari farqlanadi. Muayyan ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida individual intensivlik ishchining yoshi, uning mahorat darajasi, jismoniy va aqliy qobiliyatlariga bog`liq bwladi. Mehnatning wrtacha intensivligi – bu umumlashma tushuncha bwlib, alohida shaxs, alohida korxona va tarmoq, mamlakatning turli hududlarida mavjud bwlgan individual miqdorlardan tarkib topadi. «Wrtacha intensivlik» tushunchasi mehnat intensivligining faqat miqdor tomonini tavsiflab, u yoki bu ishlab chiqarish usuli sharoitidagi intensivlikning mohiyati va mazmunini aks ettirmaydi.
Shunga kwra, iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy mehnat intensivligi tushunchasi farqlanib, u har bir muayyan mamlakat uchun bir vaqtning wzida ijtimoiy mazmunni aks ettiruvchi ma`lum wrtacha miqdorni wz ichiga oladi.
3-§. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qwshilgan
miqdor nafliligi nazariyalari.

Iqtisodiyot nazariyasi fanida tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil ywnalish mavjud hamda ular wrtasida doimiy ravishda tortishuvlar va munozaralar bwlib kelmoqda. Biz quyida shu ikki xil ywnalishdagi nazariyalarning mazmunini wquvchiga havola qilamiz.


Qiymatning mehnat nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari bwlib Uil`yam Petti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.

U.Petti – qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bwlib, u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab berishini kwrsatib wtgan. Biroq, U.Petti tovarning iste`mol qiymati va qiymati wrtasidagi farqni kwra olmagan. U tovarning qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan.

A.Smit wzining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari twg`risida tadqiqotlar» (1776 y.) nomli asarida tovarning iste`mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bwlib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bwlgan wrtacha mehnat belgilab berishini kwrsatib wtgan.
D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bwlib tovar ishlab chiqarishga sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbotlab bergan. U tovarning iste`mol qiymati va qiymati wrtasidagi farqni aniq kwrsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini ta`kidlagan.

Demak, yuqorida ta`kidlanganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya`ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan wlchanadi.

Qiymatning mehnat nazariyasiga kwra ijtimoiy zarur ish vaqti wziga xos ijtimoiy mehnat me`yori rolini wynaydi. Bu me`yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarurdir. Keragidan ortiqcha mehnat sarflari qiymat yaratmaydi, ya`ni jamiyat tomonidan e`tirof etilmaydi, rad etiladi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bwlganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq twlamaydi.

Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tushuntiradiki, tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. Oddiy mehnat darajasi turli mamlakatlarda va turli davrlarda bir xil bwlmay, turlicha va wzgaruvchan bwladi. Lekin qiymat namoyon bwladigan har bir muayyan bozorda (u xoh ichki, xoh tashqi bozor bwlsin) oddiy mehnat ma`lum bir darajadagi mavjud mehnatdir. U shunday boshlang`ich negizki, malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab va malakali mehnat kwpaytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon bwladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bwladi.

Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar wrtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag`batlantirishni tartibga soluvchi, ob`ektiv qiymat qonunini mavjud bwlishini tan oladi. Ular fikriga kwra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy zaruriy sarflarning yuqorida keltirilgan ta`riflaridan kelib chiqsak, qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan ozroq bwlgan ishlab chiqaruvchilarni, ya`ni ma`lum vaqt ichida kwproq miqdorda iste`mol qiymatlarini yaratuvchi yoki yuqoriroq mehnat unumdorligini ta`minlaydigan ishlab chiqaruvchilarni rag`batlantiradi. Qiymat qonuni individual mehnat unumdorligi ijtimoiy me`yordagi mehnat unumdorligidan past bwlgan ishlab chiqaruvchilarni jazolaydi. Bu bilan iqtisodiy sharoitlar tovar ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirish yoki boshqa xil tovarlarni ishlab chiqarishga wtishini rag`batlantiradi. Aks holda ular bozordan siqib chiqarilish, xonavayron bwlish xavfi ostida qolishlari mumkin.

Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari wtrasidagi farq tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag`batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bwyicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar wz tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati kwproq kafolatlangan deb bwlmaydi. Chunki ular texnik va tashkiliy jihatdan yangiliklarni ishlab chiqarishga wz vaqtida qwllab turmasalar, yuqoriroq samara beradigan ishlab chiqarish usullarini qidirib topmasalar, ma`lum vaqtdan swng wz ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin.

Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi rakobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:

Talab = taklif bwlgan holda: narx = qiymat.

Talab > taklif bwlgan holda: narx > qiymat.

Talab < taklif bwlgan holda: narx < qiymat.

Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xoxishi bilan sodir bwlmay, balki ob`ektiv qiymat qonunining kuchi ta`siri ostida bwladi.

Qiymat qonuni resurslarning turli ishlab chiqarish sohalari wtrasida taqsimlanishini tartibga solib turish vazifasini bajarayotganda ham narxlar dinamikasi muhim rol uynaydi. Agar u yoki bu aniq tovar ijtimoiy ehtiyojini qondirish uchun zarur bwlganidan kamroq ishlab chiqarilsa, bu talabning taklifdan oshib ketishiga sabab bwladi. Tovar narxi oshib ketadi. Narxlar, shu bilan birga daromadlar kamayadi, bu tarmoqdagi ishlab chiqarish resurslari daromad yuqori bwlgan boshqa tarmoqlarga wtib ketadi. Qiymatning mehnat nazariyasi modellarida qiymat qonuniga asoslangan ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga soluvchi bozor mexanizmi ana shunday tavsiflanadi.

Keyingi qwshilgan miqdor nafliligi25 nazariyasi. Yuqorida qarab chiqqanimizdek, qiymatning mehnat nazariyasiga kwra, mehnat sarflarining ijtimoiy zaruriy darajasi faqat bozorda, ayirboshlashda yuzaga chiqadi. Qiymat faqat bozorda almashuv qiymat kwrinishida wzining ifodalanish shaklini oladi. Qisqacha aytganda, qiymat ishlab chiqarishda yaratiladi, biroq bozorda, ya`ni ayirboshlash vaqtida namoyon bwladi. Shu erda qwshilgan miqdor nafliligi nazariyotchilari qarashlari bilan qarama-qarshilik paydo bwladi. Uning mohiyati nimadan iborat? Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi sababli emas, balki mazkur tovar xaridor uchun naflilikka ega bwlishi sababli rwy beradi, xaridor ma`lum naflilikka ega bwlgan tovarni qadrlaydi.

Keyingi qwshilgan miqdor nafliligi nazariyasining asoschilari bwlib avstriya maktabi vakillari K.Menger(1840-1921), F.Vizer(1851-1926), E.Bem-Baverk(1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Hozirda bu nazariya g`oyalarini bir qator olimlar qwllab-quvvatlab, rivojlantirib kelmoqdalar.


26 Mazkur nazariyaga kwra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma`naviy ne`matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne`matlar naflilikka ega bwlishi sababli qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma`lum nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. U yoki bu mehnat sarflarining ijtimoiy zarurligi kim tomonidan yoki nima bilan aniqlanadi, degan savolga oddiy tarzda bozor tomonidan, deb javob berish twg`ri bwladi, biroq bu javob umumiy va twliq emas. Keyingi qwshilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari fikrlariga kwra, faqat tovarning nafliligi mehnat sarflariga «ijtimoiy zaruriy» deb nomlanadigan tavsif berishi mumkin.

Keyingi qwshilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga twg`ri kelmasligi turli xil iste`mol qiymatlarini yoki nafliligini hisobga olish muammosi bilan bog`liq. Chunki, turli kwrinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda wzaro taqqoslash mumkin emas. E`tibor berilsa, masalaning bu tarzda qwyilishining wzi keyingi qwshilgan miqdor nafliligi nazariyasiga zidligini kwrish mumkin. Masalan, kitob yoki tanburdan qaysi birining nafliligi yuqori, degan savolga javob borish mumkin emas. Albatta, savol bunday aniq qwyilganda unga javob berib bwlmaydi. Ammo har bir aniq holatda iste`molchi tomonidan ne`matlarning nafliligini taqqoslash doimo rwy beradi. Masalan, kitobsevar inson uchun kitobning, musiqashunos uchun tanburning nafliligi yuqori bwlishi mumkin. Wz navbatida, kitob wqishni yoqtirmayligan inson uchun kitobning, cholg`u asboblarida wynashni bilmaydigan yoki musiqaga umuman qiziqmaydigan inson uchun tanburning nafliligi juda past yoki umuman nolga teng bwlishi mumkin. Bundan kwrinib turibdiki, tanbur bilan kitobni ayirboshlash zarur bwlsa, ularni nafliligi bilan wzaro taqqoslab bwlmaydi. Shunga kwra, iqtisodiy hayotda ham xwjalik qarorlari qabul qilish chog`ida umuman ehtiyojlarni taqqoslamasdan, u yoki bu moddiy va ma`naviy ne`matlarning foydali samarasiga baho bermasdan turib hech qanday iqtisodiy faoliyatni boshlash mumkin bwlmaydi.


Keyingi qwshilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib kwrsatish zarur deb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya`ni ne`matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu ne`mat mazkur nusxasi foydaliligining sub`ektiv narxini bildiradi. Bu sub`ektiv narx ikki omilga bog`liq: mazkur ne`matning mavjud zahirasi va unga bwlgan ehtiyojning twyinganlik darajasi.

Keyingi qwshilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari sub`ektiv naflilik miqdorini hisoblashda G.Gossen (nemis iqtisodchisi, 1810-1858 yy.) qonunidan foydalanadilar. Bu qonun swnggi qwshilgan miqdor nafliligining pasayib borishini ifodalab, Gossenning birinchi qonuni deb ataladi. Mazkur qonunga binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan «twyinganlik darajasi» wsadi, aniq qwshilgan miqdor nafliligi esa pasayadi («zaruriy ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi qwshimcha ne`mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bwlishini bildiradi, ne`matlar zahirasi cheklangan bwlganda esa uning «zaruriy ehtiyojni» qondiruvchi keyingi nusxasi mavjud bwladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, mazkur turdagi barcha ne`matlarning qiymati ularning eng swnggi qwshilgan miqdorining nafliligi bilan aniqlanadi.

Wzining birinchi qonunidan kelib chiqqan holda, Gossen ikkinchi qonnuni ham ishlab chiqadi. Unga kwra, «iste`mol qilinayotgan turli ne`matlarning umumiy miqdori shunday tarzda aniqlanadiki, bunda sotib olingan bir necha turdagi ne`matning swnggi qwshilgan miqdori nafliligi wzaro bir-biriga teng bwladi».27 Boshqacha aytganda, har bir iste`molchi bir vaqtning wzida kwplab turdagi ne`matlarni iste`mol qilish uchun ularning shunday twplamini sotib oladiki, bu twplamdagi har bir ne`matning swnggi qwshilgan miqdori nafliligi wzaro teng bwladi yoki iste`molchida bir xil miqdordagi qoniqish hosil qiladi.
Keyingi qwshilgan miqdor nafliligi muammosini wrmonda yashovchi chol ega bwlgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bwlgan psixologik hayol orqali tasvirlab kwrsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya`ni cholning oziq–ovqatga bwlgan ehtiyojini qondirish uchun iste`mol qilinadi, ikkinchisi – ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, twrtinchisi – pivo tayyorlash, beshinchisi – cholning wz uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, kwngilxushlik qilishi uchun.

Bundan kwrinadiki, beshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahrum bwlsa u faqatgina kwngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq, twrtinchi qopdagi donning ywq bwlishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga etadi, ya`ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tenglashadi.

Shu wrinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi, degan savol tug`iladi. Xolbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi ywq ekan, chol uchun ularning nafliligi beshinchi, swnggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi.

Demak, har bir ne`matning swnggi qwshilgan birligi, ya`ni uncha muhim bwlmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.

Qiymat va narx nazariyasida yangi ywnalishni boshlab bergan kishi mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda mehnat nazariyasi ham, qwshilgan naflilik nazariyasi ham etarli asosga ega emas, deb hisoblagan A.Marshall bir nechta nazariyalarni sintez qilish ywli bilan aniqlik kiritishga harakat qildi. Qwshilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonliligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda kwrdi. A.Marshall keyingi qwshilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog`lashga harakat qildi.

A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qwshilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bog`liq. Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbai, narxning yagona asosi va bozor xwjaligida jamiyat daromadlarining yagona manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, marjinalistlarda qwshilgan miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qwshilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish harajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari wzaro ta`siri orqali aniqlanadi.

A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qwshilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintez qilishga wtildi.

Lekin A.Marshall ushbu sintezni oxirigacha etkaza olmadi. U ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq kwra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy naflilik wrniga qwshilgan naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari wrniga ishlab chiqarish xarajatlarini qwydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham twliq hisobga olinmadi. Umuman aytganda uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bwlgan narsa tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bwladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bwlishini inobatga olmaslikdir. Mehnat nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy e`tiborni qaratgan bwlsa, marjinalistlar uning nafliligiga e`tibor berib keladilar.


Ularning biri kwproq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan bwlsa, ikkinchisi iste`molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan qaraydilar. Xolbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda uning ikki tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati twqnashgan tugunga e`tibor qaratish zarur (3-chizma).

4-§. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.


Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma`lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog`liq holda tushuntiriladi.

Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy kontseptsiyalari mavjud bwlib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion kontseptsiyalar muhim wrin tutadi.
Ratsionalistik kontseptsiya pulning kelib chiqishini kishilar wrtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog`ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bwlishiga asoslanadi. Pulning wzaro kelishuv sifatida amal qilishi twg`risidagi mazkur g`oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga sub`ektiv psixologik yondoshuv kwplab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi.

Masalan, P.Samuel`son pulni sun`iy ijtimoiy shartlilik sifatida belgilaydi. Amerikalik iqtisodchi J.K.Gelbreyt pulning vazifasini qimmatbaho metallar va boshqa predmetlarga biriktirib qwyilishi – kishilar wrtasidagi kelishuv mahsuli, deb hisoblaydi. Bu qoida ingliz

2-chizma. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qwshilgan miqdor nafliligi nazariyasining wzaro aloqasi hamda bir-birini twldirishi.

Нафлилик ва қўшилган нафлилик

Товар қийматининг аниқланиши
Ижтимоий зарурий меҳнат сарфи

Истеъмолчи ва харидорлар

Бозор иштирок-чилари манфаатининг ифодаланиши

Ишлаб чиқарувчи ва сотувчилар


Талаб


Бозорда намоён бўлиши

Таклиф

Нарх

Товар нафлилигининг пулдаги ифодаси



Товар қийматининг пулдаги ифодаси

Қўшилган нафлилик назарияси

Қийматнинг турли назариялари

Меҳнат назарияси

К.Менгер,

Ф.Визер,


Е.Бем-Баверк

Қиймат назариялари асосчилари

У.Петти, А.Смит, Д.Рикардо, К.Маркс

Iqtisodchisi J.Xiks tomonidan quyidagi shaklda ta`riflangan: pul – bu pul sifatida foydalaniluvchi barcha narsalardir».28 Shunday qilib, ularning fikricha, pul – kishilar wrtasidagi kelishuv mahsulidir.

Bundan kwrinib turibdiki, yuqoridagi olimlarning fikricha, pul kategoriyasiob`ektiv iqtisodiy kategoriya bwlmay, kishilar kelishuviga yoki davlatning xohishiga bog`liq bwlgan yuzaki, sub`ektiv kategoriyadir.
Pul kelib chiqishining evolyutsion kontseptsiyasiga kwra ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, ayirboshlash, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin.

Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol` wynaydigandek kwrinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar wz qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini wzida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya`ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu erda pulning dastlabki kurtagi paydo bwladi.

Pulning paydo bwlishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlari muhim wrin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud.

Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida ekvivalent rolini wynovchi kwplab tovarlar ichidan ba`zi birlari wzining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi. Chunki, ekvivalent rolini wynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi.


Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bwlgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.

Keyinchalik umumiy ekvivalent rolini wynovchi tovarlar ichidan maxsus tovar – pul ajralib chiqdi. Dastlabki vaqtda pul rolini wzining qator xususiyatlariga kwra mazkur vazifani nisbatan muvaffaqiyatli bajara oluvchi oltin va kumush metallar bajara boshladi. Bu qiymatning pul shakli vujudga kelganini anglatar edi.

Shunday qilib, pul – bu hamma tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bwlgan umumiy ekvivalent rolini wynovchi maxsus tovardir.

XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valyutaga, ya`ni monometall tizimiga wta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQShda esa 1900 yilda sodir bwldi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi.

Wzbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar muomalada bwlgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda pul islohotini wtkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan tangalar etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtiriladi. 1695-1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga og`irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bwlgan1.

Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:




  • Sifat jihatdan bir xil wlchamga keltirish mumkinligi;



  • Zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;




  • Bwlinuvchanligi va bwlgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi;



  • Bwlinganda ham wz qiymatini saqlab qola olishi;




  • Tabiatda nisbatan kamyobligi;



  • Ozgina miqdordagi va og`irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi.

Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon bwlib, u tovar ayirboshlashning rivojlanishiga asoslanadi, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ziddiyatlarining keskinlashuvi natijasi hisoblanadi. Pul (oltin yoki kumush) – umumiy ekvivalent rolini wynovchi maxsus tovardir.

Endi tovarlar dunyosi ikkiga – bir tomondan, naflilikning ifodasi bwlgan tovarlarga va, ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bwlgan pulga ajraladi

Tovarlar


Tovarlar dunyosi

Pullar


Pulning mohiyatini twlaroq tushunish uchun uning vazifalarini kwrib chiqamiz. Chunki, «zamonaviy iqtisodiy fan uchun pulning mohiyatini uning funktsiyalaridan keltirib chiqarishga asoslangan yondoshuv xosdir. Pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi: 1) qiymat wlchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik twplash vositasi; 4) twlov vositasi.

Pul vazifalarining rivojlanish darajasi tovar ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga bog`liq.



  1. Pulning birinchi vazifasi qiymat wlchovi vazifasidir.

Tovarning almashuv qiymatini ifodalash, uni wlchash uchun qwlda naqd pulga ega bwlish shart emas. Pulning bu vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif muvofiq kelgan taqdirdagina tovarning qiymatiga muvofiq keladi. Agar talab va taklif muvofiq kelmasa, narx qiymatidan farq qiladi. Demak, tovalarning narxi tovarlarning qiymatiga, pulning qiymatiga, talab va taklifning nisbatiga va boshqa omillarga bog`liq.

Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini wlchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar wlchovi (masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar wlchovi har qanday wlchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e`tirof etilgan bwlishi kerak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Dastlab pul birliklari va ularning nomlari kwpincha muayyan og`irlikda nodir metallar bilan bog`liq bwlgan, valyuta tizimlarining nomlar (funt sterling) ham shundan dalolat beradi. Lekin vaqt wtishi bilan, «vazn» nomi pul birligidan nodir metallarning haqiqiy vaznidan tobora kwproq farq qila boshlagan. Buning bir qancha sabablari bor, bularning biri shu bilan bog`liqki, tarixan uncha nodir bwlmagan, umumiy ekvivalent rolini wynagan metallar nodirroq, demak, qimmatroq metallar tomonidan siqib chiqarilgan; bunda pul nomlari avvaligicha qolgan. Masalan, funt sterling dastlab bir funt kumushning pul bilan ifodalangan nomi bwlgan. Lekin oltin qiymat wlchovi sifatidagi kumushni siqib chiqargach, avvalgi nom wz qiymati jihatidan bir funt kumushga teng bwlgan oltin miqdoriga nisbatan ishlatila boshlagan. Boshqa sabab tangalarni soxtalashtirish, bunda davlat pul zarb qilinayotganda tangaga talab qilingandan kwra kamroq miqdorda pul (oltin) materiallarini sarflaydi.

Tovar ayirboshlash rivojlangan sharoitda mehnat mahsuli bwlmagan, ya`ni qiymatga ega bwlmagan narsalar (masalan, ishlanmagan er) narxga ega bwlishi mumkin. Faqat narsalargina emas, balki hatto evaziga kimdir muayyan miqdorda pul twlashga tayyor turgan ma`naviy qadriyatlar (sha`n, vijdon va hokazolar) ham shunday shaklga kiradi. Bunday hollarda narx bwlsada, lekin qiymat bwlmaydi.




  1. Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bwlishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog`i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi bwlib maydonga chiqadi.

Dastlab tovarlarni ayirbosh qilishda pul bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bwlgan. Bu hol ayirboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug`dirgan: pul metallni wlchash uni mayda bwlaklarga bwlish, sifatini belgilash zarur bwlgan. Asta–sekin pul metall quymalari wrniga monetalar ishlatila boshlagan. Monetalar wz vazni va sifati jihatidan ma`lum miqdordagi metaldan iborat; uning vazni va sifati davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bwladi.

Oltin pul muomalasi amaliyoti kwrsatadiki, uzluksiz muomalada bwlish natijasida oltin tangalar eyilib ketadi, wz massasining bir qismini ywqotadi va twla qiymatli bwlmagan pulga aylanadi. Shu sababli muomalaga oltin wrnini bosuvchi pul sifatida twla qiymatli bwlmagan qiymat belgilari chiqarilgan.


  1. Pul muomaladan chiqarilganda boylik twplash vazifasini bajara boshlaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi wzini bozor taosdiflaridan ehtiyot qilish uchun va wz tovarini sota olish –olmasligidan qat`iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bwlish uchun wzini ma`lum pul rezervi bilan ta`minlashi kerak.

Natural xwjalik sharoitida boylik twplash, jamg`arish mahsulot jamg`arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xwjaligining rivojlanishi boylik jamg`arishning pul jamg`arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovarlarni cheklanmagan miqdorda saqlab bwlmaydi, pulni istagan miqdorda saqlash mumkin.

Tovar xwjaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg`arish uni muomaladan chiqarib olish ywli bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bwsh yotgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish ywlini topishga intildilar.

Shuning uchun pul saqlash uchun banklarga qwyiladi. Banklar esa, ularni bir joyga twplab, kredit vositasida foydalanadi.



Boylik twplash vositasini faqat oltin tangalar emas, balki pul materiallari, oltin buyumlar va boshqalar ham uynay oladi.


  1. Tovarlar nasiyaga twlov muddati kechiktirib sotilganda, pul twlov vositasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini twlov muddati kelgandan keyingina twlaydi. Pulning twlov vositasi sifatida vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. Pul qarz berilganda, renta va soliqlarni twlashda ham twlov vositasi vazifasini bajaradi.

  2. Nima uchun tovarni sotish bilan unga haq twlash wrtasidagi vaqt jihatidan ajralish payla bwladi? Aniq vaziyatlar turlicha bwlishi mumkin. Buning eng tub sababi ishlab chiqarish tsikllarining turlicha davom etishidir. Masalan, qishloq xwjaligida hosil bir yilda bir marta yig`ib olinadi. Lekin dehqonga butun yil mobaynida tovar kerak bwladi. Sotishning kredit formasi keskin murakkablashib, sustlashib ketgan bwlar edi. Pulning twlov vositasi sifatidagi vazifasi bu xil qiyinchiliklarni bartaraf etishga va bu bilan xwjalik oborotini tezlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, qog`oz pullar, veksel va banknotlar – pulning twlov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqdi.


  3. Veksel oboroti negizida (veksel–qarz majburiyati degani) emissioner bank tomonidan chiqariladigan va uning obrwsi bilan quvvatlanib turiladigan kredit pullar vujudga keladi. Kredit pullar qog`oz pullar bilan qwshilib, tovar muomalasiga xizmat qila boshlaydi. Bu bilan oltinni pul muomalasidan siqib chiqarish ywlida yana bir qadam qwyiladi.


  4. Kreditning va kredit tizimi rivojlanishi bilan pulning twlov vositasi sifatida qwllanish sohasi ancha kengaydi, kredit pullarning paydo bwlishiga olib keladi. Bir kishi tomonidan boshqa kishiga beriladigan kredit qarz majburiyatini, vekselni keltirib chiqaradi. Biroq veksellar muomalasi cheklangan, chunki ularga xususiy shaxslar kafolat beradi. Shu tufayli puxtaroq kafolatga ob`ektiv zarurat kelib chiqadi, buning orqasida banknot paydo bwladi. Banknot xususiy shaxsning vekseli wrniga bank tomonidan berildigan vekseldir. Shunday qilib, banknot pulning twlov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqadi. Banknotlar bilan bir qatorda muomalaning kredit qurollaridan yani bir turi–cheklar ishtirok etadilar. Chek omonat egasi tomonidan wz hisobidagi puldan chekda kwrsatilgan shaxsga berish twg`risida bankka yozilgan buyruqlardir.


  5. Kredit munosabatlarining rivojlanishi naqd pul ishlatmasdan qarz majburiyatlarini wzaro bir–biriga wtkazish ywli bilan qarzlarni uzishga imkon beradi.


  6. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda hisob–kitoblar oltin bilan ta`minlanmagan milliy valyutalarda (dollar, marka, iena va h.k.) amalga oshiriladi.


  7. Bugungi kunda zamonaviy, ya`ni qog`oz-kredit pullarning iqtisodiy mazmuni va tabiati twg`risida swz yuritilganda, g`arb iqtisodiy adabiyotlarida qog`oz pulning tovar emasligi qat`iy ta`kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret pul, ya`ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqali belgilaydilar.29


  8. Bu iqtisodchilar tomonidan qog`oz pullarning tovar tabiatini inkor etilishi, agar pul tovar bwlmasa, nima uchun u har kuni kwz oldimizda hamma bozorlarda tovar sifatida oldi-sotdi bwladi, degan savolga javob bera olmaydi.


  9. Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini tushunmaydi. Bizning nazarimizda pul alohida tovar bwlib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. U boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bwlsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya`ni iste`mol qiymatiga ega. Uning iste`mol qiymati umumiy ekvivalent sifatida boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. Twla qimmatli pullardan wz qiymatiga ega bwlmagan pul belgilarini qwllashga wtish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog`oz pul oddiy tovarlarga xos bwlgan xususiyatlar: qiymat va iste`mol qiymatga ega bwlmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin puldagi ikki xususiyatni: qiymat belgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi, shuning uchun ham hozirgi paytda pul belgilari va naqd bwlmagan pullar wz qiymatiga ega bwlmasada, ularni almashuv qiymati sifatida qwllash imkoniyati saqlanib qolmoqda. Fikrimizcha, buning sababi qog`oz pullarning qiymatga ega bwlmasa ham qiymat belgisi xususiyatiga egaligidir.

Shu sababli ular ayirboshlash jarayonida umumiy ekvivalent sifatida chiqadi va oltin pulning vazifalarini qisman bajaradi.

Pul kwp tomonlama, murakkab iqtisodiy tushuncha bwlganligi sababli, uning yangicha mazmunini aniqlashni qog`oz pullarning oltin pulga bog`liqligi va undan farqini kwrsatishdan boshlash lozim. Qog`oz pullarning wz wtmishdoshi va tabiiy negizi bwlgan oltin pullar bilan wxshashlik jihati shundaki, u oltin pulda mavjud bwlgan ikki xususiyatni, ya`ni rasmiy naflilik va qiymat belgisi sifatidagi xususiyatlarni qabul qilib oladi. Oltinning moddiy tovar sifatidagi ikki xususiyati: real nafliligi va qiymati qog`oz pullarda bwlmaydi. Lekin avvalgi ikki xususiyat qog`oz pullarning umumiy ekvivalent sifatida amal qilishi uchun etarlidir.

Qog`oz pul umumiy ekvivalentlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati bevosita qiymatga ega bwlgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat belgisiga ega bwlgan vakolatli «tovar» bilan wlchanadi30 (4-chizma).

Реал нафлилик


Нафлилиги

Чекланган расмий нафлилик

Расмий нафлилик

Олтин пул

Қоғоз пуллар

Олтиннинг қиймати

Қиймати


Қиймат белгиси

Қиймат белгиси


4-chizma. Oltin va qog`oz pullarning wzaro bog`liqligi.

Qog`oz pullar bozor iqtisodiyoti yoki unga wtish davrida oldingi mazmunini tark etmagani holda, ya`ni maxsus tovar sifatida, umuiy ekvivalentlik mazmunini saqlab qolgani holda, yangi mazmun kasb etadi. Bu davrda uning tabiati, tarkibi yanada murakkablashib boradi. Agar oddiy tovar va xizmatlar ayirboshlanishi, ya`ni oldi-sotdi bwlishida pulga tovar sotib olishdan asosiy maqsad Biron-bir naflilikni (iste`mol qiymatini) iste`mol qilish uchun sotib olish, wzlarining shaxsiy ehtiyojini qondirish bwlsa, bozor iqtisodiyoti yoki unga wtish davrida puldan faqatgina shaxsiy ehtiyojni qondirish maqsadida emas, balki daromad, foyda olish maqsadida foydalaniladi.

Puldan uni bankka qwyib foiz olish, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olib, ishlab chiqarishni tashkil etish yoki tijorat faoliyatini olib borib, foyda olish, turli qimmatli qog`ozlarni sotib olib, dividend daromadlari olish maqsadlarida foydalaniladi. Bu shundan dalolat beradiki, endi pul faqatgina umumiy ekvivalent bwlib emas, balki wz egasining qwlida foyda, daromad olish vositasi bwlib xizmat qiladi, wzidan-wzi wsuvchi qiymatga, bir swz bilan aytganda pul kapitalga aylanadi. Buning natijasida qog`oz pullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd pullar (qog`oz pul, tanga-chaqalar) va kredit pullar (chek, veksel, sertifikat, twlov talabnomalari va h.k.). Ularning tub xususiyatlari 5-chizmada aks ettirilgan.

Чекланган расмий нафлилик

Нақд пуллар

Қиймат белгиси

Қоғоз пуллар

Қўшимча нафлилик

Кредит пуллар

Ваколатли қиймат

5-chizma. Naqd va kredit pullarning xususiyatlari.

Bundan kwrinadiki, pul kapital sifatida muomalada bwladi, unga qwshimcha ijtimoiy vazifa yuklatiladi. Endi u daromad keltiradigan maxsus vositaga aylanadi.31

Demak, yuqorida ta`kidlanganidek, hozirgi zamon iqtisodiy fanlardagi pul tushunchasiga ikki jihatdan yondashiladi: tez almashadigan (likvid) pul va dekret (qonun bilan belgilangan) pul sifatida.
Tez almashish (likvidnost`) tushunchasi, hozirgi zamon qog`oz pullari (swm, tanga, dollar, lira va h.k.) bevosita sotib olish kuchiga ega ekanligini bildiradi. Tez almashadigan vositalar, demak, osonlik bilan maqsadingizni rwyobga chiqaradi. Masalan, agar sizda ortiqcha engil avtomashina bwlsa, bu umuman xohlagan vaqtda uni sizga kerak bwlib qolgan har qanday buyumga almashtirish mumkinligini bildirmaydi. Agar siz ma`lum miqdordagi pul summasiga (dollar, marka va h.k.) ega bwlsangiz, siz har doim ularni har qanday kerakli buyumga ayirboshlay olasiz.

Nima uchun kredit–qog`oz pullar mutloq tez sarflanish xususiyatiga ega bwladi? Biz bu erda hozirgi zamon pulining tabiatiga taaluqli bwlgan ikkinchi jihatga e`tiborni qaratamiz.

Pul – bu ayirboshlashning umuman tan olingan vositasi. Bu erda «umuman tan olingan»32 swziga e`tiborni qaratish juda muhim.
Pulning qadr–qimmati (qiymati) nima bilan aniqlanadi? Qog`oz pul qiymatga ega bwladimi?

Qator iqtisodchi neoklassiklar nuqtai–nazariga kwra, pul shu sababli qadrliki, ular qiymatga ega bwlgan «qog`oz»dan qilinadi degan noaniq fikrni bildirishadi. Agar odamlar tomonidan nimanidir pul deb hisoblashga kelishilsa, ana shu «nimadir» pul hisoblanadi, degan notwg`ri fikrlarni kwrish mumkin. Demak, pulning qadri uning qiymatidan emas, balki unga bildirilgan ishonchdan kelib chiqadi degan sub`ektiv yondashuvlar mavjud. Hozirgi zamon pulining barqarorligi (xarid qilish layoqatining wzgarmasligi) umuman oltin zahiralari bilan ham bog`liqdir. Tabiatda oltin cheklangan miqdorda bwlgani kabi, Markaziy bank ham pul taklifini cheklashi zarur. Agar qog`oz pullar nisbatan cheklanganlik xususiyatiga ega bwlishdan twxtasa, bunda ularning qadr–qiymati butunlay ywqolguncha tushib boradi. Shunday ekan qog`oz pullarning qadri haqidagi masala muomala uchun zarur bwlgan qog`oz pullar miqdori muammosi bilan uzviy bog`liq (bu masalaga keyingi XXII-bobda twxtalamiz).

Shunday qilib, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va pulning kelib chiqishi hamda tovar–pul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kelib chiqishiga sabab bwldi va uning rivojlanishiga shart–sharoit yaratdi.

Xulosalar:

1
2 Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning paydo bwlishi ijtimoiy mehnat taqsimotining hamda xususiy mulk kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar alohidalashuvining rivojlanishi bilan bog`liq.
3
4 Tovarning nafliligi va qiymati inson mehnati bilan yaratiladi, faqat birinchisi aniq mehnat mahsuli, ikkinchisi abstrakt mehnat.
5
6 Qiymat mehnatning ijtimoiy xossasi bwlib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi ywqdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati singari wzining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali kwrsatadi.
7
8 Tovar qiymatini aniqlash borasida iqtisodiyot nazariyasida ikki xil yondoshuv bor: qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qwshilgan miqdor nafliligi nazariyasi. Birinchisi tovar qiymatini unda mujassamlashgan ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi desa, ikkinchisi tovarning qiymatini uning nafliligi, ayniqsa keyingi qwshilgan tovar nafliligi belgilab beradi, deb kwrsatadi.
9
10 Tovarlarni ayirboshlash jarayonining uzoq vaqt rivojlanishi natijasida umumiy ekvivalent vazifasini bajaruvchi, boshqa hamma tovarlarni ayirboshlash mumkin bwlgan alohida tovar pul sifatida ajralib chiqadi.
11
12 Pul wzining rivojlanish tarixida quyidagi bosqichlarni bosib wtdi: tovar pullar (pul wrnini har xil mahsulotlar bosgan); twla qiymatga ega pullar (oltin yoki kumush); twla qiymatga ega bwlmagan pullar (qog`oz pullar, oddiy metall tangalar); kredit pullar (veksel, banknot, chek, kredit kartochka).

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:





  1. Ijtimoiy xwjalik shakllariga umumiy tavsif bering. Tovar ishlab chiqarish va bozorning vujudga kelishining umumiy shart –sharoitlarini tushuntiring.

2. Nima uchun tovarga naflilik (iste`mol qiymat) va almashuv qiymatining birligi sifatida qaraladi? Tovardagi bu ikki xil xususiyat nimadan kelib chiqadi?


3. Keyingi (swnggi) qwshilgan miqdor (tovar va xizmat) nafliligi nima va uning pasayish sababini tushuntiring.

4. Tovarlarning qiymatini aniqlashga bwlgan quyidagi fikrlarga wzingizni munosabatingizni bildiring:




  1. Ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi;



  1. Keyingi qwshilgan tovarlarning nafliligi bilan aniqlanadi;

v) keyingi qwshilgan tovarlarning nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.

5. Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart –sharoitlarini tushuntirib bering.

6. Oltin pul va qog`oz pul wrtasidagi umumiylik va farqlarini kwrsatib bering.

7. Qog`oz va kredit pullarning qadr–qiymati va barqarorligi nima bilan belgilanadi?

Adabiyotlar




  1. I.A.Karimov. Uzbekiston iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yulida.

T. 1995 y.


2. I.A.Karimov.

Uzbekiston XX1 asrga intilmokda. T. 1999 y..




  1. K.Makkonell, S.Bryu Ekonomiks. Predmet i metod. T. 1992 g.



  1. O.Torebaev, J.Xabibullaeva, B.Madraimov, A.Kurbaniezova Iktisodiet nazariyasi fanining predmeti va uslublari. (Metodik kullanba) Nukus 2004 y. Nukus,NDPI, Kichik tipografiya.




  1. N.Beknozov, Yu.K.Yuldoshev Bozor iktisodiyoti nazariyasi.T. 1993 y.

Download 38,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish