Va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnoloogiyalari universiteti


Keyingi avlodning konvergent tarmoqlari xaqida tushuncha



Download 3,13 Mb.
bet4/4
Sana04.06.2022
Hajmi3,13 Mb.
#634218
1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ims 1,2

Keyingi avlodning konvergent tarmoqlari xaqida tushuncha

Umumiy holatda konvergentsiya, oʼxshash sharoitda ishlash natijasida, dastlab kelib chiqishi turlicha boʼlgan obʼektlarning belgilarini yaqinlashishini bildiruvchi evolyutsion tushuncha kabi aniqlanadi. Yaʼni konvergentsiya, texnologiyalarning oʼzaro kirib borishi natijasida mazmunlarini yaqinlashish jarayonidir. Shu maʼnoda konvergentsiyani integratsiyaning yuqori darajasi deyish mumkin.





1-расм. Конвергент тармоқларнинг дастлабки кўриниши


Yuqoridagi rasmdan koʼrinib turibdiki, anʼanaviy telefon tarmogʼidan tashqari IP tarmoqqa abonent liniyalarini dialup usulida ulash amalga oshgan.


Аloqa tarmoqlarining konvergentsiyasi uchta aspektda qarab chiqiladi:
- tarmoq konvergentsiyasi;
- xizmatlar konvergentsiyasi;
- qurilmalar konvergentsiyasi.
Tarmoq konvergentsiyasi, qayd qilingan, mobil va konvergent xizmatlarni taqdim etish uchun yagona infrastrukturani qoʼllashni taqazo etadi, yaʼni bitta tarmoq yagona yadro bazasi asosida mobil va qayd qilingan trafiklarni uzatishni qoʼllab quvvatlovchi juda koʼp servislarni taʼminlaydi. Bunga, NGN kontseptsiyasi asosidagi yagona transport tarmoqlarini yaratgandan keyingina erishish mumkin.
Yangi avlod tarmoqlarining arxitekturasi, xizmatlar konvergentsiyasini qoʼllash doirasida, ulanish satxi amaliy satxdan ajratilgan boʼlishini qarab chiqadi. Qayd qilingan va mobil kanallar boʼyicha ulangan foydalanuvchilar real vaqtda barcha servislarga ulanish imkoniga ega boʼladi. Boshqacha soʼz bilan aytganda, aloqa tarmoqlarida konvergent xizmatlarga abonent qoʼllaydigan har qanday terminal (telefon, smartfon, ShK, noutbuk)dan foydalanuvchining joyiga bogʼliq boʼlmagan holda ulanish mumkin.
Qurilmalar konvergentsiyasi deganda, yagona tarmoq servis turlariga va ulanish namunalariga bogʼliq holda turli terminal qurilmalarni qoʼllab quvvatlashni amalga oshirish tushiniladi.

2-rasm. Telekommunikatsiya xizmatlari konvergentsi

Rasmdan koʼrinib turibdiki, televideniya/radio, internet/maʼlumotlar, turli toʼlovlar, ovoz va SMSlar, rasm, video va audio, mobil kommertsiyalar oldin alohida tarmoq va xizmatlarga ega boʼlsa, mendi yagona tarmoq ostida barcha maʼlumotlarni uzatish va xizmatlarni amalga oshirish mumkin.


Oxirgi oʼn yillikda elektron texnikaning yutuqlari telekommunikatsiya sohasida shov-shuvlarga olib keldi. 1980 yillarning oʼrtalarida statistik holatdagi aloqa, hozirgi kunda, operatorlarga ancha foyda olib keladigan shiddat bilan rivojlanayotgan sohaga aylandi.
Foydalanuvchilar bundan 15 yil avval hayoliga ham kelmagan xizmatlarga ulanish imkoniga ega boʼlishdi. E-mail, Internet, sotali telefon kundalik hayotning odatdagi bir qismiga aylandi. Hozirgi kunda foydalanuvchilarga faqat uy telefonlari orqali gaplashish yetarli emas. Ular koʼchada, poezdda, kemada, xullas dunyoning har qanday burchagidagi doʼstlariga yoki hamkasblariga qoʼngʼiroq qilishni hoxlaydi. Buning uchun operatorda turli tarmoqlarga tegishli boʼlgan bir nechta turdagi qurilmalar yetishmaydi. Fan va texnikaning yutuqlaridan qatʼiy nazar birorta aloqa operatori agar iqtisodiy nuqtai nazardan foyda keltirmasa yangi qurilma oʼrnatmaydi yoki yangi xizmatlarni kiritmaydi. Shuning uchun aloqa tarmoqlari operatorlarini, yangi foyda olish ehtiyoji, ularni qanday qilib tez va arzon yangi xizmat turlarini yaratish mumkinligi, qanday qilib yangi abonentlarni jalb qilishi mumkinligi, qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarga bogʼliq boʼlmasligi, raqobatbardosh boʼlishi yangi tarmoqni yaratishda bosh qotirishga majbur qiladi.
Yangi avlod tarmoqlari (NGN), asta-sekinlik bilan aloqa tarmoqlarining bazaviy texnologiyalariga aylangan holda telekommunikatsiya infrastrukturasiga yoʼl ochadi. Paktli kommutatsiyaga ega boʼlgan tarmoqlar mos keluvchi apparatlarni qoʼllab quvvatlasa, yagona kontseptsiyani, konvergent muhitni qoʼllab raqamli maʼlumotlardan tortib ovozli telefoniya, televideniya va shunga oʼxshagan mulьtimediali trafiklarni uzatish qobiliyatiga ega.
Kanallar kommutatsiyasiga asoslangan, vaqtli mulьtipleksorlash (TDM)ga ega boʼlgan odatdagi tarmoqlardan NGN tarmoqlarining farqi, mulьtimediali trafiklarni (ovoz, maʼlumot, video va shunga oʼxshaganlar) uzatish imkonini beruvchi paketli kommutatsiyaga egaligidir.
Paketli kommutatsiyaga ega boʼlgan tarmoqlarga oʼtishning birinchi harakati, 2001-yilning oxirlari 21-asrning boshlarida GFP (Generic Framing Procedure, ITU-T G.7041/Y.1303 tavsiyasi asosida) texnologiyasi yaratilgandan keyin boshlangan.
Mazkur texnologiya, PDHning Ye1 (2048 Mbit/s) oqimlari uchun moʼljallangan va sinxron raqamli ierarxiya (SDH)ga ega boʼlgan transport tarmoqlari orqali uzatishga moʼljallangan paketli trafiklarni VC-12 virtual konteynerlariga samarali joylashtirish imkonini beradi.
GFP protokoli, 2 Mbit/s dan 100 Mbit/s gacha oʼtkazuvchanlik polosasini moslashgan holda sozlash imkoni bilan farqlanadi. Shundan ozgina keyin, GFP va LCAS protokollari bazasi asosida, SDH tarmoqlari orqali Gigabit Ethernet trafiklarini uzatishdan foydalanila boshlandi.
Gigobit oqimlar, sinxron raqamli ierarxiyaga ega boʼlgan tarmoqlarning asosiy modul yuklamasi hisoblangan VC-4 konteynerlariga qobiqlandi.
GFP, LCAS va (VCAT)virtual konteynerlarning ulanishini amalga oshiradigan protokollarni qoʼllab quvvatlovchi SDH tizimlari mulьtiservisli transport platformasi (Multy Service Transport Platform) yoki keyingi avlod SDH(Next Generation SDH – NG SDH)nomini oldi.
Metro Ethernet texnologiyasining faol rivojlanishi, Ethernet paketlarini optik tolali aloqa liniyalari orqali bevosita uzatgan holda paketli trafiklarni SDH konteynerlariga oʼzgartirishdan xalos boʼlish imkonini berdi.
Yangi avlodning aloqa tarmoqlarini qurish kontseptsiyasi asosida, har qanday turdagi maʼlumotlarni: nutq, video, audio, grafika va shunga oʼxshaganlarni tashish imkonini beruvchi universal tarmoqlarni yaratish, shuningdek chegaralanmagan spektrdagi infokommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish imkonini taʼminlash haqidagi gʼoya yotadi.
NGN kontseptsiyasining bazaviy tamoyili, koʼchirish va kommutatsiyalash, chaqiriqlarni boshqarish va xizmatlarni boshqarish funktsiyalarini bir biridan ajratish hisoblanadi.
Keyingi avlod tarmoqlari mavjud aloqa tarmoqlari (TfUF, maʼlumotlarni uzatish tarmogʼi, harakatdagi aloqa tarmogʼi)ni potentsial birlashtirishi va quyidagi tavsiflarga: ajratilgan boshqarish va maʼlumotlarni koʼchirish funktsiyali, paketlarni kommutatsiyalash bazasiga ega boʼlgan tarmoqlarga (bunday tarmoqlarda xizmat funktsiyasi va ilovalar tarmoq funktsiyasidan ajratilgan), ochiq interfeyslarga ega boʼlgan komponent tuzilishli tarmoqqa, real vaqtdagi xizmatlar va maʼlumotlarni yetkazish xizmatlari (elektron pochta) bilan birgalikda keng spektrdagi xizmatlarni qoʼllab quvvatlovchi tarmoqga (shu jumladan mulьtimediali xizmatlarni ham), elektr aloqaning odatdagi tarmoqlari bilan oʼzaro bogʼlanishni taʼminlovchi tarmoqqa, umumiy mobillikga ega boʼlgan tarmoqqa yaʼni bitta alohida abonent foydalanishi, kirish texnologiyalariga va qoʼllaniladigan terminalga bogʼliq boʼlmagan holda xizmatlarni boshqarishi va abonentga erkin tanlangan xizmatlarni taqdim etish imkonini beruvchi tarmoqga ega boʼlishi lozim.

3-rasm. Takomillashgan konvergent tarmoqlar


Takomillashgan konvergent tarmoqlarda turli maʼlumotlarni video, audio, IP telefoniya va xokazolarni amalga oshirish ishlari takomillashtirilgan.


Keyingi avlod kontseptsiyasi asosida qurilgan elektr aloqa tarmogʼi, odatdagi elektr aloqa tarmoqlariga nisbatan quyidagicha afzalliklarga ega:
operator uchun: turli xizmatlarni yetkazish uchun bitta universal tarmoqni qurish; abonentga taqdim etilgan qoʼshimcha mulьtimediali xizmatlar hisobiga oʼrtacha daromadni oshirish; operator, har xil turdagi trafiklar integratsiyasi uchun va turli xizmatlarni yetkazishi uchun oʼtkazuvchanlik polosasidan optimal foydalanishi mumkin; keyingi avlod tarmoqlari takomillashtirish va kengaytirishga juda muvofiqlashgan; keyingi avlod tarmoqlari oson boshqarish va ekspluatatsiya qilish xususiyatiga ega; keyingi avlod tarmoqlari operatorlari, uzatiladigan maʼlumot hajmi va uni uzatish sifatiga boʼlgan turli talabli yangi xizmatlarni va ilovalarni takomillashtirish imkoniga ega;
foydalanuvchi uchun: elektr aloqa xizmatlarini qoʼllashni texnologiyalardan mavxumlashtirish (qora quti tamoili); zarur boʼlgan toʼplam, xajm va xizmat sifatini moslashgan holda olish; olinadigan xizmatlarning mobilligi.
Keyingi avlod tarmoqlari qurishdan yana bir asosiy maqsad, oldin aytib oʼtganimizdek taqdim etiladigan xizmatlar spektrining kengligidir.
• telefon aloqasiga xizmat koʼrsatish (mahalliy telefon ulanishini, shaharlararo telefon ulanishini, xalqaro telefon ulanishlarini taqdim etish);
• maʼlumotlarni uzatishga xizmat koʼrsati (maʼlumotlarni uzatishning ajratilgan kanallarini, Internet tarmogʼiga doimiy va ulanishli kirish, maʼlumotlarni uzatishda virtual xususiy tarmoqlarni taqdim etish);
• telematik xizmatlar ( elektron pochta, ovozli pochta, axborot resurslariga kirish,IP-protokol boʼyicha telefoniya, audiokonferentsiya va videokonferentsiya);
• harakatdagi elektr aloqa xizmati;
• maʼlumotlarni taʼminlovchi xizmati: talab boʼyicha video va audio, interaktiv yangiliklar, elektron supermarket, masofadan taʼlim.
Shunday qilib, keyingi avlod tarmoqlari mavjud tarmoqlar kabi yangi yakunlovchi (oxirgi) qurilmalarni ham, analog telefon apparatlari, faksimil apparatlar, SSIS (integratsiyalangan xizmatlarga ega boʼlgan raqamli tarmoq) qurilmalari, turli standartdagi qoʼl telefonlari, IP-protokol boʼyicha (SIP i H.323) telfoniya terminallari, kabelli modemlarni va boshqalarni ham qoʼllab quvvatlaydi.
Keyingi avlod tarmoqlarining xizmatlari, turli kodlash va uzatish usullarini qoʼllaydi va oʼziga: koʼpmanzilli va keng polosali xabarlarni uzatish, kechikishga sezuvchan va sezuvchan boʼlmagan trafiklarni uzatish, odatdagi maʼlumotlarni uzatish xizmatlari, real vaqt masshtabidagi xizmatlar, dialog xizmatlarni birlashtiradi.

a)


b)

4-rasm. Konvergent tarmoqlarning kelajakdagi koʼrinishi


Hozirgi kunda qoʼllaniladigan tarmoqlar optik tolali liniyalarga asoslangan halqa topologiyasi asosida qurilgan. Unda oʼta yuqori tezlikli maʼlumotlarni uzatish amalga oshadi.Shuning bilan birga oldin faqat kabelli liniyalar orqali maʼlumotlar uzatib qabul qilingan boʼlsa, endi radio rele liniyalari orqali ham turli maʼlumotlarni uzatish mumkin.


Konvergent tarmoqlarning kelajakdagi koʼrinishi 4.4-rasmda koʼrsatilgan. Endi bunday tarmoqlarga “aqlli uylar”, turli meditsina xizmatlari, masalan kasal odamni ishda oʼtirib kuzatish, boshqa xizmatlar insonlarga turli kuzatuv asboblarini (chiplarni) oʼrnatish orqali ularni kuzatish imkoniyatlari yaratilishi mumkin.
Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish