Va yowoyi cho'chqa kabi hayvonlar bilan ovqatlanadi. Ko'pincha qo'y, echki, ot va sigir kabi uy hayvonlariga ham hujum qiladi



Download 169,5 Kb.
bet3/5
Sana29.12.2021
Hajmi169,5 Kb.
#79326
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dasht singan ochiq yerlarda yashaydi

Darsning ta'limiy maqsadi: Tabiat — insonning yashash muhiti, u odamga oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg'i va elektr quwati, sanoat xomashyosi, qurilish materiallarini bermoqda. Tabiatni qo'riqlash, avaylab- asrash, uning boyliklarini reja bilan ishlatish zarurligi, buning uchun O zbekiston Respublikasi hukumatining tabiiy boyliklami himoya qilish sohasida olib borayotgan chora tadbirlari. Haqida tushuntirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'z-o'zini anglash shart sharoitlarini, inson qadri va hurligini anglash, uning tabiatini, milliy va umuminsoniy inadaniyatni, ona tilini saqlash, ma'naviy taraqqiyotni bozoriq tisodiyoti bilan uzviy rivojlanishini tushunib etish;

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchida yosh xususiyatlari va salomatligi holatini hisobga olgan holda qiziqishlami shakllantirish;

Darsning jihozJari: Hukumatimiz tomonidan tabiatni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi qarorlardan namunalar.

Darsda qo'IIaniladigan metod: suhbatlashish, yangi bilim berish .

Darsning borishi:

/. Tashkiliy qism. O'quvchilaming darsga tayyorligini va davomatini tekshirish, o’tgan mavzu yuzasidan o’rgangan bilimlarini mustahkamlash.



  1. Uy vazifalarini so'rash.

Awalgi darsda o'tilgan «Nerv sistemasi. Dam olishning ahamiyati» va « Zararli moddalarning organizmga ta'siri » mavzulari yakunida berilgan savollar asosida suhbat o'tkaziladi. Quyidagi qo'shimcha savollar bo'yicha suhbatlashish davom ettiriladi:

  1. Odam boshqa jonzotlardan nimasi bilan farq qiladi?

  2. 9—10 yoshli bola kuniga necha soatdan uxlashi kerak?

  3. Jahldor bo'lish, baqiriq-chaqiriq qilish qanday zarar keltiradi?

  4. Tamaki ko'p chekadigan odamning o'pkasi qanday zararlanadi?

  5. Ko'p spirtli ichimlik ichish qaynday oqibatlarga olib keladi?

  6. Giyohvand moddalami iste'mol qilish nimaga olib keladi?

  1. Yangi mavzumng bayoni.

Inson o‘z ehtiyojini qondirish maqsadida tabiatga ta’sir etishni orttiraversa, bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, o'rmon daraxtlari kesilib, katta o‘rmonlar shahar va qishloqlarga aylantirilsa, tabiatda salbiy o‘zgarishlar yuz beradi. Jumladan, havodagi kislorod kamayib ketib, odamlaming salo- matligiga jiddiy xavf tug‘iladi. Chunki odam havodagi kisloroddan nafas olib yashaydi.

O‘rmonlar egallagan yerlar o‘zlashtirilsa, o‘rmonlarda yashaydigan hayvonlaming barchasi qirilib ketadi. Choi va dashtlaming o‘zlashtirilishi ham o‘simlik va hayvonot dunyosiga jiddiy ta’sir etadi. Tabiatdagi o‘zaro bogiiqlik va muvozanat buzilib, inson hayoti ham xavf ostida qoladi.

Tabiatdagi salbiy o‘zgarishlaming oldini olish uchun tabiatdagi bogiiqlik va muvozanatning buzilishiga yoi qo'ymaslik kerak. Odamlar tabiatdan o‘z ehtiyoji uchun foydalanibgina qolmay, uni tiklashga ham e’tibomi qaratishi zarur. Shuning uchun endilikda tabiami muhofaza qilishga alohida e’tibor berilmoqda.Tabiatdagi salbiy o‘zgarishlaming oldini olish, tabiatni muhofaza qilish va uni asrash muammolari bilan ekologiya fani shug‘ullanadi. «Ekologiya» so‘zi yunoncha «oykos» — «uy», «yashash joyi» va «logos» — «taiimot» degan so‘zlardan hosil boigan.Ekologiya fani tirik organizmlar va ular yashaydigan tabiiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni o‘rganadi. Ekologiya bilan shug‘ullanuvchi olimlar atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish, uni tiklash ustida ish olib boradi.Tabiatni muhofaza qilish uchun, birinclii navbatda, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish kerak. Oqilona foydalanish deganda, tabiat boyliklarini tejab-tergab sarflash, uning oqibatlarini o‘ylash, ishlatilgan boyliklami tiklashga harakat qilish tushuniladi. Masalan, shahar va qishloqlami barpo etish, madaniy o'simliklami yetishtirish uchun o‘rmonlar egallagan maydonlami qisqartirmaslik kerak. Qurilish xomashyosi sifatida ishlatish uchun o‘rmon daraxtlarini tejab kesish maqsadga muvofiq. Kesilgan har bir daraxt o‘miga boshqasini ekish lozim boiadi. Shunda mavjud o‘rmonlar ming yillar davomida saqlanib qoladi. Yer osti boyliklarini ham tejash zarur. Aks holda tugab qoladi. Ulardan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq.Tabiatdan oqilona foydalanishga dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida harakat qilinmoqda. Bizning mamlakatimizda bu masalaga alohida e’tibor berilmoqda. Masalan, O‘zbekistonda o‘rmonlar, asosan, tog‘ yonbag‘irlarida mavjud. 0‘rmon daraxtlarini kesish va ulardan qurilish xomashyosi sifatida foydalanish taqiqlangan. Chunki mamlakatimizda o‘rmonlar kam boiib, ular kesib yuborilsa, bu oikamiz tabiatiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun ham oikamizga yog‘och mahsulotlari xorijiy mamlakatlardan sotib olib keltiriladi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55- moddasida shunday deyilgan: «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir».Tabiatni muhofaza qilishning boshqa bir yoii — qo‘riqxonalar tashkil etishdir. Qo‘riqxona insonning tabiatga ta’sir etishi taqiqlangan katta hududni o‘zichiga oladi. Bunday hududda yo‘qolib ketish xavfi boigan hayvonlar qo‘riqlanadi. Shu bilan bir qatorda, qo‘riqxona egallagan katta hududdagi o‘simliklar dunyosi ham nazoratga olinadi.Masalan, tog‘ va o‘rmonlami o‘z ichiga olgan katta hududdagi tabiat qo‘ynida yoibars, qoplon, ayiq, bo‘ri, tog‘ echkisi, bug‘u, burgut, kalxat kabi turli hayvonlar hayot kechiradi. Agar bu hudud qo‘riqlanmasa, odamlar hayvonlarni ovlab, ulami qirib yuborishi mumkin.O‘rmon daraxtlarini kesib, tog‘ yonbag‘ridagi daraxt va butalami sindirib, tabiatga shikast yetkazishadi. Shuning uchun bunday hududdagi tabiatni o‘z holicha saqlash va qo‘riqlash maqsadida qo‘riqxonalar tashkil etilgan.Hozirgi davrda Yer yuzida juda ko‘p qo‘riqxonalar mavjud. Shu jumladan, bizning mamlakatimizda 9 ta qocriqxona bor. Oikamizdagi togii hududlarda tashkil etilgan qo‘riqxonalarda ayiq, qoplon, to‘ng‘iz, bo‘ri, tog' echkisi, bug‘u, silovsin, jayra, burgut, kalxat, qirg‘iy kabi hayvonlar qo‘riqlanadi.Inson faoliyati natijasida qadimda o‘sgan o‘simliklaming, yashagan hayvonlaming ko‘plab turlari yo‘qolib ketgan. 0‘simlik va hayvonlaming ba’zi noyob turlari bugirn ham kamayib, hatto, yo‘qolib bormoqda.Olimlar yo‘qolib ketish xavfi boigan o‘simlik va hayvonlarni o‘rganib, ulami «Qizil kitob»larga kiritganlar. Qizil rang xavotirlik, ogohlik belgisidir. «Qizil kitob» yo‘qolib ketish xavfi boigan o‘simlik va hayvon turlari haqida ogohlantiruvchi kitobdir.

«Xalqaro Qizil kitob»ga butun dunyo bo'yicha yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonlar kiritilgan. Undan tashqari, turli mamlakatlaming o"z «Qizil kitob»lari bor. Bizning mamlakatimizning bunday kitobi — «0‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi» deb ataladi.

«0‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi»da mamlakatimiz hududidagi kamyob va kamayib borayotgan o‘simlik va hayvon turlari, ular haqida maiumotlar bayon qilingan. «0‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi »ning 1-jildi oikamizdagi noyob o‘simliklarga bag‘ishlangan boiib, unga 302 ta o‘simlik niri kintilgan.

  1. rasmda ushbu kitobga kiritilgan kamyob o‘simlik turlaridan namunalar tasvirlangan.

«0‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi »ning 2-jildiga 200 dan ortiq hayvon turlari kiritilgan.

  1. rasmda ushbu kitobga kiritilgan yo‘qolib ketish xavfi boigan hayvon turlarining bir nechtasi keltirilgan.

  1. Yangi mavzuni niustahkamlash:


Download 169,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish