Vagon oqimlarini tashkil etish nazariyasi



Download 66,48 Kb.
bet1/4
Sana12.07.2022
Hajmi66,48 Kb.
#783222
  1   2   3   4
Bog'liq
1-ma'ruza


Vagon oqimlarini tashkil etish nazariyasi
Vagon oqimlari sifatida birorta yo‘nalishda ma’lum bir vaqt oralig‘ida, asosan sutka mobaynida, qatnaydigan vagonlar soni tushuniladi. Ma’lum bir punktda (bir stansiyada yoki bir uchastkada) paydo bo‘ladigan va boshqa bir punktga (bir – stansiyaga yoki uchastkaga) jo‘natiladigan vagonlarning o‘rtacha kunlik soni vagon oqimlarining tarmog‘i deb ataladi. “Vagon oqimlarining tarmog‘i” tushunchasi poyezdlar tuzish rejasi manziliga kiritiluvchi vagonlar sonini ham anglatadi.
Vagonlar oqimlarini tashkil etish masalalarini hal etish uchun ularning rejaviy miqdorini aniqlash lozim. Foydalanish hisoblarda vagon oqimlari vagonlarning o‘rtacha kunlik soni orqali aniqlanadi (1.1-jadval).
1.1-jadval
Vagon oqimlarining qiya jadvali

ga
dan

A

B

B-V

V

G

Jami

A

X

150

50

200

1300

1700

B

100

X

50

-

150

300

B-V

100

-

X

50

100

250

V

100

-

-

X

100

200

G

900

100

100

50

X

1150

Jami

1200

250

200

300

1650

3600

Temir yo‘l transportida tashish jarayonining asosini vagonlar oqimlarini tashkillashtirish tizimi tashkil etib, uning tarkibida poyezdlarni tuzish rejasi (PTR) asosiy o‘rin tutadi.


Keng ma’noda bunday reja temir yo‘l tarmog‘ining temir yo‘l stansiyalarida barcha toifadagi yuk poyezdlarini tuzish, shu jumladan vagonlarni poyezdlarga qo‘shish tartibi, poyezdlar va vagonlar guruhlarini tayinlash, vagonlar va poyezdlar oqimlarini yo‘naltirish tartibidan, ushbu jarayonlarni axborot ta’minotini amalga oshirishdan iborat.
PTR shuningdek, temir yo‘l transportining barqaror rivojlanishini, yuk egalari, tashuvchilar, korxona-operatorlar va transport xizmatlari bozorining boshqa ishtirokchilari manfaatlari hisobga olinishini, tashishlargi minimal sarf ketishini, yuklarni yetkazib berish normativ (me’yoriy) muddatlariga rioya qilinishini ta’minlashi shart. PTR tashish uchun taqdim etilgan yuklar tashilishining shartsiz bajarilishiga, yuk ortilgan vagonlar oqimlarini ilgarilatish va bo‘sh vagonlarni yuk ortish punktlariga keltirish, texnik va yuk operatsiyalarining bajarilish stansiyalarida harakatlanuvchi tarkibga ishlov berish va uning turib qolishi, poyezdlarning uchastkalar bo‘ylab harakatlanishi, infratuzilma va xodimlar shtatini saqlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni kamaytirishga, tashish jarayonining texnologik jihatdan yaxlitligini saqlab qolishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
PTR poyezdlarning harakatlanish grafigi bilan birga ishga tushirilib (amalga kiritilib), “O‘TY” AJ tomonidan ishlab chiqiladi va muntazam tarzda yangilab turiladi. Vagonlar oqimlarini tashkillashtirishning iqtisodiy jihatdan samarali tizimini va PTRni, shu jumladan axborot jihatlarini ishlab chiqish - temir yo‘l transporti ekspluatatsiya ishining o‘ta muhim texnologik vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
PTR vagonlar bilan amalga oshiriladigan saralash ishlarini stansiyalar orasida taqsimlab, temir yo‘llar tarmog‘i barcha stansiyalarini yagona temir yo‘l konveyeriga birlashtiradigan yagona texnologik jarayon bo‘lib keladi.
Poyezdlarni tuzish rejasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• davlatlararo qatnovlarda PTR va vagonlarni ushbu qatnov bo‘yicha yo‘naltirish tartibi;
• yuk ortish joylaridan jo‘natililish va pog‘onali marshrutlarni tashkillashtirish rejasi;
• texnik va yuk stansiyalarning PTR.
PTR quyidagilarni ta’minlashi shart:
• transport xizmati ko‘rsatish sifatiga va yuklar oqimlarini boshqarishga zamonaviy talablarni ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
• samarali texnologiyalarni yaratish va vagonlarning bo‘sh holda harakatlanishini qisqartirish hisobiga yuk oqimlarini temir yo‘l transportiga jalb etish;
• saralash ishini stansiyalar orasida oqilona (ratsional) taqsimlash va vagonlar oqimlarini stansiyalarning texnik rivoji va ulardan foydalanish xususiyatlariga muvofiq ravishda vagonlar oqimlariga ishlov berish ishini samarali jamlash (konsentratsiyalash);
• temir yo‘l liniyalarining qabul qilingan ixtisoslashuvini hisobga olgan holda vagonlar oqimlari borishining yo‘nalishlar bo‘yicha eng tejamkor yo‘lini tanlash;
• vagonlar oqimlarini logistika tamoyillari asosida, yuklarni borishi mo‘ljallangan punktlariga yetkazib berish vaqtini, vagonlar parkini uning turi va tegishliligiga ko‘ra tabaqalashtirishni hisobga olgan holda ilgarilatish va ularga ishlov berish;
• manyovr lokomotivlari, saralash qurilmalari va stansiyalar yo‘l tarmoqlaridan jadal foydalanish;
• poyezd lokomotivlari va lokomotiv brigadalari unumdorligini oshirish, yoqilg‘i-energetika resurslari sarfini kamaytirish;
• stansiyaning o‘zida tuziladigan poyezdlar bilan ishlash;
• poyezdlarni tuzish rejasini ularning harakatlanish grafigi va umumiy bo‘lmagan foydalanishdagi temir yo‘llar ish texnologiyasi bilan o‘zaro bog‘lagan holda, temir yo‘llarning ekspluatatsiya ritmli ishlashini ta’minlash;
• axborot muhiti va tashishlarni operativ boshqarishni markazlashtirish imkoniyatlaridan foydalangan holda, temir yo‘llar tarmog‘ida vagonlar oqimlarini uzluksiz operativ boshqarish.
Temir yo‘llar tarmog‘ida vagonlar oqimlarini poyezdlarga tashkillashtirishni saralash, uchastka stansiyalari, yirik yuk stansiyalari va shoxobcha yo‘llarga xizmat ko‘rsatadigan stansiyalar bajaradilar.
Tarmoq stansiyalariga katta hajmli vagonlar oqimlariga ishlov beradigan, avtomatlashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilgan tepaliklar bilan jihozlangan, hamda, xuddi o‘zi kabi stansiyalarga o‘tib boradigan poyezdlarni tuzadigan stansiyalar kiritiladi.
Tuman stansiyalariga esa ishlov berish hajmi kichikroq bo‘lib, yaqin orada joylashgan saralash stansiyalariga o‘tib boradigan poyezdlarni tuzadigan saralash stansiyalari kiradi.
Saralash stansiyalaridagi vagonlar oqimlari yo‘nalishlari tartibi va poyezdlarni tuzish rejasining o‘zgartirilishini talab qiladigan xo‘jalik ishlari ushbu ishlarning reja bo‘yicha boshlanish muddatidan kamida 30 sutka avval quyidagilar bilan kelishib olinishi shart:
• poyezdlarning davlatlararo tayinlanmalari bo‘yicha – Temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengash Direksiyasi bilan;
• tarmoq saralash stansiyalarida poyezdlarning boshqa tayinlanmalari bo‘yicha – “O‘TY” AJ bilan.
Temir yo‘l transportida tashish jarayonini tashkillashtirish va boshqarish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi temir yo‘l tarmog‘i barcha stansiyalari (yagona tarmoq belgilanishi – ESR (YaTB)), yuk jo‘natuvchilar va yuk oluvchilar, yuklarning o‘zi, harakatlanuvchi tarkibga oid birlamchi ma’lumotlari kodlanishini ko‘zda tutadi.
MDH va Boltiq bo‘yi mamlakatlari temir yo‘llari tarmog‘i 99 ta tarmoq tumanlariga bo‘lingan. Har bir tarmoq tumani tarkibiga bitta tayanch stansiya (odatda, yirik saralash yoki uchastka stansiyasi) va yuk operatsiyalari uchun ochiq bo‘lgan 99 tadan ko‘p bo‘lmagan boshqa stansiyalar kiritilgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘l stansiyalari 20.09.2019 yil holatiga ko‘ra: 270 tani tashkil etdi (1.2-1.3-jadvallar). Oraliq stansiyalarning ulushi qariyib 70 foizni (192 ta) tashkil etadi.
1.2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda yuk stansiyalari 61 tani, stansiyalar soni 235 tani tashkil etadi, ammo yuk amallari uchun ochiq stansiyalar soni 220 tani tashkil etadi (1.4-jadval). Bular, o‘z navbatida, barcha stansiyalar yuk amallari uchun ochiq emasligini ko‘rsatadi.
1.4-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘rganilgan davlatlardan yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar orasidagi o‘rtacha masofa eng ko‘p bo‘lgan davlat Vetnam, keyingi o‘rinlarda Xitoy, Latviya va h.k. Yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar orasidagi o‘rtacha masofa eng kam bo‘lgan davlatlar Moldova, Qirg‘iziston va h.k. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda bu ko‘rsatkich 21 kilometrni tashkil etadi.
1.2-jadval
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘l stansiyalarining turlari haqida ma’lumot

---

Toshkent
MTU

Qo‘qon
MTU

Buxoro
MTU

Qo‘ng‘irot
MTU

Qarshi
MTU

Termiz MTU

Jami

Jami

57

38

67

51

31

26

270

Saralash

2

1

1

0

0

0

4

Uchastka

2

0

1

3

1

1

8

Yuk

19

12

14

3

6

7

61

Yo‘lovchi

2

1

1

1

0

0

5

Oraliq

32

24

50

44

24

18

192

Raz’yezd

4

0

22

5

3

1

35

1.3-jadval


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘l stansiyalarining toifalari haqida ma’lumot

---

Toshkent
MTU

Qo‘qon
MTU

Buxoro
MTU

Qo‘ng‘irot
MTU

Qarshi
MTU

Termiz MTU

Jami

Jami

57

38

67

51

31

26

270

Ulardan toifa bo‘yicha

-

-

-

-

-

-

-

toifasiz

3

1

1

0

1

0

6

birinchi

5

2

4

3

0

2

16

ikkinchi

6

3

6

2

3

3

23

uchinchi

11

8

7

1

5

3

35

to‘rtinchi

23

17

22

18

9

7

96

beshinchi

9

7

27

27

13

11

94

Ulardan stansiya turi bo‘yicha:

-

-

-

-

-

-

-

stansiyalar

53

38

45

46

28

25

235

raz’yezdlar

4

0

22

5

3

1

35

1.3-jadvaldan ko‘rinib turibdiki “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda toifasiz stansiyalar soni 6 tani tashkil etadi. To‘rtinchi va beshinchi toifadagi stansiyalar ulushi 70 foiz (190 ta), ya’ni oraliq stansiyalar soniga deyarli teng.


1.4-jadval


“Temir yo‘l hamkorligi tashkiloti” tarkibidagi ba’zi davlatlarning temir yo‘llari
haqida qisqacha ma’lumot

T/r

Davlat

Temir yo‘lning ekspluatatsion uzunligi (km)

Yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar soni

Yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar orasidagi o‘rtacha masofa, km

1

Bolgariya

4029,0

78

52

2

Vetnam

2347,0

8

293

3

Eron

6153,0

115

54

4

Qozog‘iston

15529,8

380

41

5

Xitoy

67277,5

530

127

6

Qirg‘iziston

417,2

28

15

7

Latviya

1859,6

34

55

8

Moldova

1150,8

80

14

9

Ruminiya

10766,0

530

20

10

Tojikiston

620,4

24

26

11

Turkmaniston

3839,9

88

44

12

O‘zbekiston

4641,9

220

21

13

Ukraina

21603,7

1106

20

14

Estoniya

1015,0

50

20




Download 66,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish