Valyuta kursi mundarija: Kirish I. Bob. Valyuta kursi


O‘zbekiston milliy valyutasini vujudga kelishi



Download 55,96 Kb.
bet7/10
Sana28.06.2022
Hajmi55,96 Kb.
#717160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
VALYUTA KURSI

2.3 O‘zbekiston milliy valyutasini vujudga kelishi
O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan o‘z milliy valyutasini muomalaga kiritishgacha bo‘lgan butun davr oralig‘idagi iqtisodiy holat pul qadrsizlanishining nihoyatda yuqori darajasi, moliyaviy va iqtisodiy beqarorlik bilan xarakterlanadi. Shu sababli, 1992 yilning may-iyun oylaridan boshlab qator sobiq ittifoq respublikalari o‘z milliy valyutalarini amalga kirita boshladilar. O‘zbekiston Respublikasida valyuta munosabatlariga mustaqillik yillarida asos solingan. 1993 yilni 15 noyabrida dastlabki oraliq “so‘mkupon” valyutasi joriy etildi. Bunga, ya’ni oraliq valyutaning joriy etilishiga sabab milliy pul islohotining iqtisodiy, texnik va ijtimoiy tomonlarini tartibga solish uchun respublika ichki iqtisodiyotining real omillarini yanada to‘liqroq aniqlash va hisobga olish hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 22 noyabrdagi “Iste’mol bozorini himoyalash va respublikada pul muomalasini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 1993 yil 1 dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida SSSR Davlat bankining 1961- 1992 yillar namunasidagi, qiymati 200, 500 va 1000 rubl bo‘lgan pul biletlarini to‘lov vositasi sifatida qabul qilish to‘xtatildi. Mazkur qarorda 1961-1992 yillar namunasidagi qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50 va 100 rubl bo‘lgan kupyuralar cheklovlarsiz parallel to‘lov vositasi sifatida muomalada bo‘lishi qayd etilgan edi. 50 va 100 rubl qiymatidagi kupyuralar 1993 yil 15 dekabrgacha, qiymati 1,3, 5, 10, 25 rubl bo‘lgan kupyuralar esa, 1994 yil 1 yanvargacha muomalada bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 30 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida “so‘m-kupon” larning muomalada bo‘lish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida O‘zbekiston Respublikasi hududida 1993 yil 15 noyabrda muomalaga chiqarilgan, qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 bo‘lgan so‘m-kuponlar qonuniy to‘lov vositasi hisoblanishi belgilab qo‘yildi. Bunda, Rossiya Davlat bankining 1993 yil namunasidagi barcha qiymatdagi banknotlari dastlabki davrda O‘zbekiston Respublikasi hududida so‘m-kuponlar bilan bir qatorda cheklovlarsiz to‘lov vositasi sifatida qabul qilindi. Shu tarzda, 1993 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi uch turdagi pul birligi muomalada bo‘ldi: so‘m-kuponlar, SSSR Davlat bankining qiymati 100 rublgacha bo‘lgan kupyuralari va Rossiya Davlat bankining 1993 yil namunasidagi kupyuralari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 aprelda qabul qilingan “Pul muomalasini mustahkamlash va so‘m-kupon xarid qobiliyatini oshirishning kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori pul muomalasini barqarorlashtirish, so‘mning xarid qobiliyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda muhim tadbir bo‘ldi. Ushbu qarorga muvofiq, 1994 yil 15 apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida Rossiya banki banknotalarining muomalada bo‘lishi hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan turli to‘lovlarga qabul qilinishi taqiqlab qo‘yildi. Respublika hukumati tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida pul muomalasi va iste’mol bozoridagi salbiy jarayonlar to‘xtatildi, to‘liq qiymatli milliy valyutani joriy etish uchun sharoitlar yaratildi. 1993 yilda aksiyadorlik jamiyati shaklida Respublika Valyuta Birjasi tashkil etildi. Ushbu birjadagi savdolar auksion shaklida tashkil etib o‘tkaziladi. Bundan tashqari respublikada birjadan tashqari valyuta bozri ham mavjud. Mazkur bozor asosan banklararo bozordan iborat bo‘lib, undagi kurs o‘zaro kelishilgan asosda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993 yil 3 sentabrdagi 952-XI sonli qaroriga muvofiq 1994 yil 1 iyuldan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan milliy valyuta – “So‘m” muomalaga kiritildi. Demak, O‘zbekiston Respublikasi milliy pul birligi “so‘m” 1994 yilning 1 iyulida muomalaga kiritilgan (1994 yilni 1 iyuligacha muomalada yurgan so‘m-kuponlar o‘rniga, denominatsiya yo‘li bilan, 1000:1 nisbatda). 1994 yil 1 iyulda 1 AQSH dollari 7 so‘mga teng bo‘ldi. 1994 yil iyul oyi davomida respublika hududida yangi pul belgilari ham, so‘m-kuponlar ham belgilangan nisbatda to‘lovlarning barcha turlarida hech qanday cheklashlarsiz qabul qilindi. 1994 yil 1 avgustda 1 AQSH dollari 11 so‘mga teng edi. Mavjud valyuta bozorini kengaytirishda savdo-sotiq va hisobkitoblar sohasida turli chora-tadbirlarni qabul qilishni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 4 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi valyuta bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ushbu jarayonning muhim bosqichlaridan biri bo‘ldi. Ushbu qarorga binoan 1994 yil 15 oktabrdan boshlab, respublika hududida O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi barcha 14 to‘lov va hisob-kitoblar faqat milliy valyuta – so‘mda amalga oshirilishi lozim edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 7 maydagi 842-XII raqamli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida valyuta munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi “Valyutani tartibga solish” qonuni amal qila boshladi. 1992 yilning 19 oktabrida 14 raqamli xat bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining valyuta almashtirish shaxobchasi haqidagi Nizom”ni muomalaga kiritdi. 1994 yil 18 aprelda 45 raqamli “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar tomonidan xorijiy valyutada olingan tushumning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy sotuv tartibi” va 47 raqamli “Korxonalar tomonidan SSSR tarkibiga kirgan davlatlar subyektlari bilan savdo operatsiyalardan (bajarilgan ishlar, xizmatlar) olingan tushumning bir qismini majburiy sotuv tartibi” qabul qilingan. 1995 yil 27 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi milliy pul birligining ichki konvertatsiya xususiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan “so‘m” dagi mablag‘larni erkin muomalada yuradigan valyutalarga konvertatsiya qilish tartibi kiritildi.



Download 55,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish