Vatan farzandlari, yurtning



Download 68 Kb.
Sana11.04.2022
Hajmi68 Kb.
#542324
Bog'liq
Vatan-farzandlari-yurtning


Vatan farzandlari, yurtning
kelajagi.

Ko’p jahongir ko’rgan bu dunyo,


Hammasiga guvoh yer osti.
Lekin do’stlar, she’r ahli aro
Jahongiri kam bo’lgan ,rosti.
Besh asrki,nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher,
Temur tig’i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Dunyo bo’ldi chamanim manim,
O’zbekiston- Vatanim manim.
(A.ORIPOV).

O’zbekiston!Tuprog’i zar, hosili gavhar odamlari saxiy, bag’ri kengu mehri daryo,mehmondo’stu odamparvar,xush hulqu xushsuxon diyor! Butun olamni kezib chiqqanda, barcha ajoyibu g’aroyib,mo’jizakor joylarni tomosha qilganda O’zbekistonning kichik bir qishlog’idagi fayzu tarovatdan bahra olganday, lazzatlanganday bo’lmaydi. Dunyoning qay bir go’zal yurtiga bormang ,dam o’tmay ona-yurt dilingizni o’rtab,o’ziga chorlayveradi.Bu tuyg’u kindik qoni tomgan muqaddas zaminga ,uning betakror ,mislsiz fazilatli odamlariga bo’lgan muhabbat kuchi, qudratidan bo’lsa kerak.Bu o’lkada kimlar yashab o’tmagan? O’zbek nomini ulug’lab,shon shuhratini olamga yoygan,o’z iqtidori, is’tedodi,san’atu talantidan olam ahlini bahramand etgan har- bir jabhaning yetuk namoyondalari ham bizning ajdodlarimizdir.


Okean ortidagi mamlakatni birinchi bo’lib kashf etgan kim?Abu Rayhon Beruniydir.Ne-ne sarkardakar bilan ololmagan joylarni qalam kuchi bilan zabt etgan kim?Mir Alisher Navoiy!Tib ilmining asoschisichi?Abu Ali ibn Sino!Buyuk matematik Al-Xorazmiydek allomani kim voyaga yetkazgan O’zbekistonning zarrin tuprog’i !Mirzo Ulug’bek,Axmad Yassaviy,Al-Buxoriy,At-Termiziy…Ex-xe ,sanab sanog’iga yetib bo’larkanmi bu donishmand ajdodlarimizni!Ular behad-behisob, bebaho va topilmas mo’jiza, duri noyob oliy maqom insonlar sirasiga kiradirlar. O’zbekiston

bag’ridan joy olgan qadimiy shaharlar ta’rifi dunyo xalqlari tilidan tushmaydi.Azim shahar Samarqand,Buxoro,Xorazm,Shahrisabz, Termiz,Farg’onaning har biri o’ziga xos boy bir tarixga ega.Bu yerlardagi ko’zni qamashtiruvchi obidalar,uzoq va yaqin o’tmishda yashab o’tgan o’z sohasining yetuk namoyondalari…Bularning hammalari bizlarga buyuk ajdodlari- mizdan qolgan bebaho tufha,hammamizga birdek qadrdon,qondoshu-jondosh qavmlarimiz bo’ladilarki,biz ular salohiyatiga qo’limizni ko’ksimizga bosib,hamisha ta’zim qilmog’imiz misli yo’q iqtidorli kishilarimiz bilan haqli ravishda faxr etmog’imiz lozim.


Yarim jahonni zabt etib, buyuk imperiyani vujudga keltirgan,shohlik saltanatida nosh’u-namo qilgan Zahiriddin Muhammad Bobur ona-yurti Andijonni loaqal bir-bor ko’rish orzusida hasrat-nadomatlar chekib,olamdan ko’z yumgan bo’lsa, Xo’qandi latifning benazir shoiri Furqat yurtdan yiroq bo’lishni shunday ta’riflaydi:
Fig’onkim, gardishi davron, ayirdi shah
suvorimdin,
G’amim ko’p, ey ko’ngil,sen bexabarsan
ohu zorimdin.
…Adashgan it kabi Furqat qayon borgum
bilolmasman ,
Qachon bo’lgaykim, topgaymen, xabar
yoru diyorimdin.

O’zbekiston diyorida yo’q narsani o’zi yo’q.


Paxtami,pillami yer osti-yer usti,boyliklarimi shirin-shakar mevalaru,turli-tuman poliz ekinlarimi,hamma-hammasi muhayyo bizda.Hozirgi kunda ona-Vatanimiz O’zbekiston jannatmakon o’lkaga aylangan.Har-xil mevalaru, shirin-shakar,qovun tarvuzlar,qo’yinki tosh ham unar bu tuproqda.
Foydali qazilma boyliklarini aytmaysizmi.Neft,gaz,ko’mir,
marmar va hokazo.Tillasi jahonda eng yuqori sifatliligi bilan ajralib turadi.Qorako’l teri-siyu,«Oq oltini »jahonni o’ziga maftun etadi.
Shukurlar bo’lsinkim,Mustaqillik tufayli ma’naviy
qadriyatlarimiz tiklandi.Qur’oni Karim,Hadisi Sharif,Navro’z,
Hayit marosimlari,machitu-madrasalar va boshqa udumlarimiz,
boyliklarimiz xalqimizga qaytdi.Shukurlar bo’lsinkim,ilm-ma’ri-

fat, milliy madaniyat ruhi ham qaytdi.


O’zligi, milliy g’ururini himoya qilgan,uni olqishlagan va
shu bois qatag’on etilganAkmal Ikromov, Fayzulla Xo’jayev,
Abdulla Qodiriy, Otajon Hoshimov, Cho’lpon, Fitrat, G’ozi Yunus, Usmon Nosir va yomon otliq qilingan boshqalar ham xalqimizga
qaytdi.
Haq yo’lida qurbon bo’lgan, milliy ozodlik qahramonlari ruhini yaratganning o’zi shod etsin.
Men ana shunday go’zal Vatan O’zbekistonda yashayman.Zero,Vatanimizda hamma narsamuhayyo,ammo kishi
o’z mehnati,o’z bilimi bilan bunga erisha oladi.Buning uchun
o’qish va o’qish kerak.
O’zbekiston kelajagi bizni qo’limizda ekan,men yaxshi o’qishga,
odobli va aqlli bola bo’lishga harakat qilaman.Men O’zbekiston
kelajagi bo’lishdan faxrlanaman!
Buyuk insonlar yashagan O’zbekistonning kelajagi porloqdir!

Navoiy shahar


16-umum ta’lim maktab
5-,,G’’ sinf o’quvchisi
Ergasheva Gulruhning
,,Vatan farzandlari yurtning
kelajagi’’ mavzusida
yozgan






Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish