Vazirligi jizzax politexnika instituti yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#334365
1   2   3
Bog'liq
ipak gazlama assortimenti

Ipak gazlama sanoati 

Ipakchilik sanoati

 - yengil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sunʼiy 

ipak tolasi, yigirilgan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sunʼiy tolalar 

birikmasidan ipak (shoyi) gazlamalar toʻqib chiqaradi. Pilla chuvish (tortish), 

uning losidan ipak yigirish va toʻqilgan gazlamalarni pardozlash ham I. s.ga kiradi. 

Oʻzbekistonda ipakchilik tarmogi teran tarixiy ildizlar va anʼanalarga ega. 

Ipak qurti boqish va uning pil-lasidan tola olish, ipak gazmollar toʻqish dastlab 

Xitoyda vujudga kelgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish 4-asrda 

Xitoydan Buyuk ipak yoʻli orqali hozirgi Oʻzbekiston hudu-diga tarqalgan. 

Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan kabi shaharlarda 

ishlab chiqarilgan turli-tuman shoyi gazlamalar mashhur boʻlgan. Shoyi gazmollar 

Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga chiqarilgan.  

19-asrning 2-yarmidan boshlab Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib 

olinganidan soʻng 1867 y.dan boshlab Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Xoʻjand 

sh.larida dastlabki ipak kalavalash f-kalari qurildi. Mac, Oʻzbekistonga bi-

rinchilardan boʻlib kelgan rus sanoatchisi I. I. Pervushin 1871 y.da Toshkentda 

araq va vino zavodi bilan birga pillakashlik f-kasi ham qurdi. Lekin ipak 

gazlamalarning asosiy qismi maqalliy hunarmandlarning ustaxona (doʻkon)larida 

ishlab chiqarilar edi (mas, 19-asr oxirida Margʻilonda 120, Qoʻqonda 49 ta shoyi 

toʻqish ustaxonalari ishlagan). Pilladan yarim kustar holda (qozonlarda qaynatib) 

qoʻl charxlarida ipak (11,8 kg pilladan 1 kg ipak) olingan, qoʻlda boʻyalgan 

ipakdan atlas, adras, bekasam, olacha, turli abrli gazlamalar, baxmal, parcha qoʻl 




dastgoqlarida toʻqilgan. 1913 y.da Oʻzbekistonda qariyb 4 ming t pilla 

yetishtirilgan, uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari qoʻliga oʻtib, ipak olish 

uchun Italiya va Fransiyaga joʻnatilgan.  

1921 y.da Oʻzbekistonda Fargʻona sh.da birinchi 56 qozonli pillakashlik f-

kasi ishga tushirildi. 1927—32 y.larda Samarqand, Buxoro, Margʻilon sh.larida 

ham pillakashlik f-kalari qurildi. Ayni paytda pillakashlik f-kalarida olingan ipak 

toladan shoyi toʻqish ham rivojlandi. Margʻilon atlas (1925), Namangan abrli 

gazlamalar (1925), Margʻilon shoyi (1928), Samarkand shoyi (1934) k-tlari, 

Qoʻqon shoyi toʻqish f-kasi (1926) ishga tushirildi. 1937 y.ga qadar shoyi 

gazlamalar tabiiy ipakdan tayyorlanar edi. Kimyo sanoatining rivojlanishi 

natijasida sunʼiy ipak gazlamalar toʻqish ham keng ta-raqqiy etdi. 1940 y.ga kelib 

Oʻzbekistondagi pillachilik f-kalarida 9833 t pilla qayta ishlanib, shoyi gazlamalar 

ishlab chiqarildi.  

1940—70 y.larda respublikada pilla yetishtirish deyarli 3 baravar koʻpaydi, 

I. yeda yuqori oʻsish surʼatlariga erishildi. 1966 y.da yiliga 45 mln. m ipak gazlama 

ishlab chiqaradigan Namangan shoyi va kostyumbop gazlama kti ishga tushirildi, 

viloyatlar shaharlarida k-tlar filiallari ochildi, ishlab turgan korxonalar 

kengaytirildi va rekonstruksiya qilindi. Ayni paytda I. s. korxonalari shoyi 

gazlamalar turlarini i. ch. boʻyicha ixtisoslashdi, korxonalarda krepdeshin, 

krepshifon, krepjorjet, ipakdan milliy gazlamalar: atlas, xonatlas, bekasam, shoyi, 

shuningdek, plashbop, kostyumbop, astarbop gazlamalar, shtapel, viskoza va 

aralash tolalardan kiyim-kechak tikiladigan gazlamalar, tukli va jakkard 

gazlamalar, sunʼiy iplardan abrli gazlamalar ishlab chiqarish oʻzlashtirildi, I. s. 

mahsulotlari chet ellarga eksport qilindi.  




1980 y.ga kelib Oʻzbekistonda ipak ip i. ch. 1711 t ni tashkil etdi, 113,8 mln. 

m2 shoyi gazlamalar ishlab chikarildi, 1990 y.da esa 32824 t ipak kurti pillasi 

tayyorlandi, I. yeda 2522 t ipak ip, 144,2 mln. m2 shoyi gazmollar ishlab 

chikarildi, 1991 y.da respublikada rekord xreil — 33,8 ming t pilla tayyorlandi.  

Respublika mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumati I. s.ni 

rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor berdi. Anʼanalar va ming yillik tajribalar 

negizida Oʻzbekistonda zamonaviy yangi ipakchilik indust-riyasini yaratish yoʻli 

belgilandi. 1993 y.dan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni harid 

qilish kelishilgan narxlar asosida olib boriladigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi 

Prezidenti I. A. Karimovning 1998 y. 30 martdagi "Respublikada pil-lachilik 

sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" Farmoni va Oʻzbekiston 

Respublikasi Va-zirlar Mahkamasining 1998 y. 3 aprel dagi "Respublika pillachilik 

sohasini boshqarishni takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra 

mustaqil "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etildi.  

Uning tarkibiga ipakli va aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi 

toʻqish korxonalari, shuningdek, tabiiy shoyi i. ch. va qayta ishlash boʻyicha 

Markaziy i. t. institutini ("Shoyi" tadqiqot instituti, Mar-gʻilon) oʻz ichiga oladigan 

"Shoyi" aksiyadorlik kompaniyasi hamda pilla xom ashyosi, ipak kalava ishlab 

chiqaradigan pillakashlik korxonalari, ipak qurti tayyorlanadigan zavodlar, ipak 

qurti naslchilik xoʻjaliklari, xom pillani qabul qilish va dast-labki ishlov berish 

korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston ipakchilik i. t. institutini oʻz ichiga 

oladigan "Pilla xolding" xolding kompaniyasi kiradi.  

Pilla xom ashyosini respublikaning oʻzida qayta ishlanishini taʼminlash 

maqsadlarida 2000 y. fevral oyida Oʻzbeki ston Respublikasi Prezidentining 




Farmoni bilan pilla xom ashyosi, ipak chiqindilari va ipak ipni res-publikadan 

chetga chiqarishga chek qoʻyildi.  

1995-2000 y.larda I. s.ga chet el investitsiyalarini jalb qilish, ipak ashyosini 

qayta ishlash, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chikarish 

va uni eksport qilishni koʻpaytirish boʻyicha muhim ishlar amalga oshirildi. "Pilla 

xolding" xolding kompaniyasi tarkibida 7 qoʻshma korxona: "Silk Road" 

Oʻzbekiston— Yaponiya (Namangan), "Kumush" Oʻzbekiston—Britaniya 

(Shahrisabz), "Silk indiastrz Ko" Oʻzbekistan—Vyetnam (Toshkent), "Tonmen" 

Oʻzbekistan— Janubiy Koreya (Toshkent viloyati), "Xadan" Oʻzbekiston—Xitoy 

(Buxoro), "Silk star" Oʻzbekistan—Singapur (Samarqand viloyati), "Buxoro—

Kvashen" Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonalari tashkil etildi. 2000 y.da 

"Kumush" aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketini Buyuk Britaniyaning "Carthill 

invest ment" kompaniyasi 565 ming AQSH dollariga sotib oldi. "Oʻzbek ipagi" 

uyushmasi tarkibida 10 pillakashlik korxonasi — "Atlas" (Namangan), "Buyuk 

ipak yoʻli" (Fargʻona), "Buxoro ipagi" (Buxoro), "Buloqboshi ipagi" (Andijon 

viloyati Buloqboshi sh.), "Ipakchi" (Namangan viloyati, Uychi sh.), "Kumush" 

(Shahrisabz), "Tola" (Toshkent), "Turon shoyi-si" (Margʻilon), "Xorazm ipagi" 

(Urganch), "Hujum" (Samarqand) aksiyadorlik jamiyatlari; 7 shoyi toʻqish 

korxonasi — "Alisher Navoiy" (Margʻilon), "Atlas" (Namangan), "Izboskan shoyi 

toʻqish f-kasi" (Andijon viloyati Poytug sh.), "Qoʻqon shoyiatlas toʻqish", 

"Margʻilon ipak gazlamasi", "Musaffo" (Samarkand), "Turon shoyisi" (Margʻilon) 

aksiyadorlik jamiyatlari ishlaydi.  

 

 

 





Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish