Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti norkobilov akram mallayevich



Download 6,64 Mb.
bet10/25
Sana21.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#834187
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Norkobilov Akram - DISSERTATSIYA (2)

GLOSSARIY

Termin

O’zbek tilidagi sharhi

Ingliz tilidagi sharhi

Government to Citizen

Davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolar o’rtasidagi munosabatlar

Relationships between organizations (subjects) of public administration and a citizen(s)

Government to Business



Davlat boshqaruvi organlari bilan yuridik shaxslar (tadbirkorlar) o’rtasidagi munosabatlar

Relationships between organizations (subjects) of public administration and enterprises (businesses)

Government to Government

Integrallashgan ma’lumotlar bazasi yordamida davlat organlari va idoralari o’rtasida ma’lumot almashish va onlayn rejimida munosabatni amalga oshirish imkonini beradi

Allows for online communication and information sharing among government departments or agencies through integrated databases

Government to Employees



Davlat organlari xodimlari bilan davlat organi ichki munosabatlarini boshqarish



Consists of initiatives that will facilitate the management of the civil service and internal communication with government employees



Knowledge Management System

Bilimlarni boshqarish tizimi - bilimlarni boshqarish tamoyillaridan foydalanish va qo’llash tizimi xisoblanadi

A knowledge management system (KMS) is a system for applying and using knowledge management principles

Elektron hukumat infratuzilmasi


Elektron hukumat tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini hamda idoralararo axborot tizimlari va markazlashgan maʼlumotlar bazalarini yaratish va rivojlantirish.
Elektron hukumat infratuzilmasi quyidagilardan iborat:

  • markazlashgan maʼlumotlar bazalari;

  • idoralararo elektron oʼzaro hamkorlik tizimi;

  • davlat organlari va ularning komplekslarining axborot tizimlari va axborot resurslari;

  • davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi va idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʼi.
Elektron hukumat markazlashgan maʼlumotlar bazalari
Elektron hukumatning markazlashgan maʼlumotlar bazalari - bu davlat xizmatlarini koʼrsatish va idoralararo elektron oʼzaro aloqalar uchun davlat organlarining asosiy maʼlumotlarini umumlashtiruvchi va saqlaydigan yagona markazlashtirilgan axborot manbalarini aks ettiruvchi davlat axborot resurslari hisoblanadi.
Idoralararo elektron oʼzaro hamkorlik tizimi, davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslari va ularning komplekslari
Idoralararo elektron oʼzaro hamkorlik tizimi davlat organlarining elektron davlat xizmatlarini koʼrsatishda ularning funktsiyalari va vazifalarini amalga oshirish maqsadida oʼzaro taʼsirini taʼminlaydi.
Аxborot tizimlari va axborot resurslarini yaratishda davlat organlari idoralararo elektron oʼzaro hamkorligini taʼminlash uchun ularni elektron hukumatning markazlashgan maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Idoralararo elektron oʼzaro hamkorlik tizimi axborot toʼplash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va almashish talablari asosida ishlaydi.

Davlat idoralarida ishlatiladigan hujjatlar asosan elektron hujjat aylanishi toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq elektron hujjatlar shaklida yaratilishi, yuborilishi va saqlanishi kerak.


Idoralararo elektron oʼzaro hamkorlik tizimi orqali uzatiladigan hujjatlar va maʼlumotlar roʼyxati elektron davlat xizmatlari reglamentida belgilanadi.
Idoralararo elektron oʼzaro hamkorlik tizimining ishlash tartibi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Elektron hukumatdagi davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslari ushbu organlarning vakolatlari doirasida maʼlumotlarni toʼplash, saqlash, qidirish, qayta ishlash va foydalanishni taʼminlaydi.
Elektron hukumat tizimidagi davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslarini yigʼish, saqlash, qidirish, qayta ishlashni, shuningdek ushbu organlarning bir-biri bilan elektron oʼzaro hamkorligi jarayonlarini avtomatlashtirishni taʼminlaydigan komplekslarga birlashtirish mumkin.
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Elektron davlat xizmatlari murojaat etuvchilarga davlat idoralarining rasmiy veb-saytlari va davlat organlari tomonidan koʼrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi boʼlgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi. Elektron xizmatlar koʼrsatadigan davlat idoralari elektron davlat xizmatlarini koʼrsatish tartibi toʼgʼrisida maʼlumotlarni oʼzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradilar.
Elektron hukumat maʼlumotlarni qayta ishlash markazi va idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʼi
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish dasturining asosiy loyihalari milliy maʼlumotlar bazalari va registrlarini shakllantirishdir: jismoniy va yuridik shaxslar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, transport toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, kadastr maʼlumotlari, koʼchmas mulk, birlashtirilgan maʼlumotnomalar va klassifikatorlar va boshqalar.



    1. Download 6,64 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish