Veterinariyada kasb etikasi


-модда. Ветеринария хизмати тизими



Download 62,68 Kb.
bet4/8
Sana20.06.2022
Hajmi62,68 Kb.
#683090
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
etikaaaa pdf

9-модда. Ветеринария хизмати тизими

Ветеринария хизмати тизими давлат, идоравий ва ишлаб чиқаришдаги ветеринария хизматларидан иборатдир. 


16 javob16.Axloq va hayot tushunchasining birligini qanday tushunasiz.
AXLOQ —kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xattiharakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik ma’naviy ta’sir ko‘rsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni ma’qullash yoki qoralash) bilan belgilanadi.
Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim o‘rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, ma’naviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman ma’naviy va ma’rifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan — johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o‘tarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi.
Ikki muqobil ibtido — yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning o‘zaro kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida o‘zini anglashiga olib kelgan. Bu ikki mukrbil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik o‘rtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda o‘zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so‘nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o‘ziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq me’yorlari ham bor. Bunday axloq me’yorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
17/59/32 javob17.Veterinariya vrachi qasamyodi va uning mazmuni.
Diplom olayotgan har bir talabani tantanali ravishda qasamyod qilishini tashkil etish,bunda talabalik safidan chiqib amaliyotga yo‘l olish ostanasida turgan mutaxassisning hayajonini yanada jo‘shqin avj olishi yoki bir olamdagi eng so‘nggi va boshqa bir olamdagi eng birinchi so‘zi kelajakda har bir ishini boshlashdan oldin va har bir so‘zini aytishdan oldingi filtr vazifasini bajaradi.
Bu, veterinariya vrachi so‘zining mohiyatini, qolaversa so‘z egasi o‘zining aslida kimligini anglashi uchun eng muhim va eng asosiy rol o‘ynaydi.
Chunki bugungi kunda veterinariya vrachlarining ko‘pchilik qismi hattoki veterinariya sohasi qanday soha ekanligini aytib berishiga qiynalmoqda, biror bir xonadonga dovolash uchun tashrif buyuradigan bo‘lsa, avval xizmat ko‘rsatgan hamkasbiga nisbatan yomon fikirlar bildirish va noto‘g‘ri muolaja qilganligini ta’kidlash odat tusiga kirib bormrqda. Veterinariya vrachi o‘zining vazifasini, jamiyatda tutgan o‘rnini esdan chiqarish holatlari afsuski kuzatilmoqda va bunday holatlar aholi orasida veterinariya vrachiga nisbatan fikr va munosabatning yomon tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, yuqoridagi kabi salbiy illatlar avj olib bormoqda.
Veterinariya vrachining qasamyodiMen ____, veterinariya vrachi degan sharafli nomga sazovor bo‘lar ekanman, uning an’alari va mavqeini saqlashga, bu nomga bir umr har qanday yo‘l bilan dog‘ tushurmaslikka, aholini inson va hayvon uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan himoya qilishda o‘z xissamni qo‘shishga hamda kasbdoshlarimga nisbatan har qanday holatda ham hurmat bilan yondoshishga va ularga aka-ukalarim kabi munosabatda bo‘lishga tantanali ravishda qasamyod qilaman.
Bor bilim va malakamni hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash yo‘lida sarflashga hamda hayvonlar orasida yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalib ketishini oldini olishda veterinariya vrachiga yuklatilgan vazifalarni chin yurakdan, so‘zsiz bajarishga va’da beraman.
Har kuni o‘z vazifamni bajarishga kirishshar ekanman, avvalo veterinar osoyishtalikni va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash mening vazifam ekanligini bir zumga ham unutmayman.
Men bu qasamyodimni har doim, har joyda va har qanday holatda yodda saqlayman.
Agar men ushbu qasamyodimni buzsam, veterinariya vrachi degan nomga dog‘ tushursam kasbimdan baraka ketib, odamlar orasida sharmisorlikka mubtalo bo‘lay.
18/75 javob18.Hayvonlar kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulot va hom-ashyo egalarining huquqlari(18-modda)
Hayvonlarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoning egalari:
veterinariya xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida tegishli veterinariya xizmatlari, shuningdek xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan shartnomalar tuzish;
hayvonlarning kasallikka chalinishi holati, epizootik vaziyat to‘g‘risida, shuningdek hayvonlarda, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoda o‘tkazilgan maxsus tekshirishlar natijalari haqida veterinariya xizmatidan axborot olish;
hayvonlarni, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni, ozuqalarni, ozuqabop qo‘shimchalarni, veterinariya dori va texnika vositalarini veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq olish hamda realizatsiya qilish, shu jumladan xorijda olish va realizatsiya qilish;
davlat organlari va boshqa organlarning qonunga xilof qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Hayvonlarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoning egalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19/64 javob19.Zamonaviy veterinariya deontologiyasi bilan qanday muammolar bor.
Veterinariya- veterinariya tibbiyoti (lot. veterinar- chorva mollarini parvarish qilish, chorva mollarini davolash) - hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish, odamlarni zooantroponozdan (hayvonlar va odamlarga xos bo'lgan infektsiyalardan) himoya qilish, sanitariya-gigiena vositalari ishlab chiqarish va atrof-muhitni muhofaza qilishning veterinariya-sanitariya muammolarini hal qilishga qaratilgan ilmiy bilimlar va amaliy faoliyat sohasi. chorshanba.

Veterinariya mustaqil fan sifatida 19-asrning birinchi yarmida anatomiya, fiziologiya, farmakologiya va boshqa asosiy va turdosh fanlar rivojlangandan keyin shakllandi. Biroq, hatto "ilmgacha bo'lgan" davrda ham, hayvonlarni xonakilashtirish va xonakilashtirishdan boshlab, odamlar ularga tibbiy yordam ko'rsatdilar.


Qadimgi dunyoda veterinariya tibbiyoti


Qadim zamonlardan beri, ming yillar davomida kasalliklar haqidagi bilimlar faqat kuzatishlar va ilmiy tahlilsiz faktlar to'planishiga asoslangan yuzaki bo'lib kelgan. Shuning uchun ichki kasalliklar, shuningdek, tug'ish va jarohatlar uchun veterinariya yordami ibtidoiy bo'lib, issiqlik yoki sovuqdan foydalanish, qorinni yoğurma, supurish va boshqa oddiy tartib-qoidalar bilan chegaralangan. Kasal hayvonlarga tibbiy yordam, qoida tariqasida, temirchilar, cho'ponlar, tabiblar tomonidan ko'rsatildi. Keyinchalik, hayvonlarni davolashga ixtisoslashgan, murakkabroq usullarni qo'llagan individual hunarmandlar paydo bo'ldi; ho'qna qilish, o'simlik infuziyalarini ichish va boshqalar.

Hayvon kasalliklari va davolash haqidagi ma’lumotlar Qadimgi Misr (Kahun papirusi – miloddan avvalgi 2000-yil), Hindiston (milodiy 1-asr), Gretsiya (Aristotel, Apsirt – milodiy IV-V asrlar) qoʻlyozmalarida uchraydi. Hayvonlarning kasalliklari Rim olimlarining asarlarida tasvirlangan, masalan, Kato Elder, Varro va Kolumella, ularning yozuvlarida atamalar birinchi marta tilga olingan "Veterinariya parvarishi", "VeterinariyaZamonaviy veterinariya tibbiyoti


Zamonaviy veterinariya tibbiyoti uchta shartli belgilangan fanlar guruhini birlashtiradi.

Veterinariya va biologik


Sog'lom va kasal organizmning tuzilishi va hayotiy funktsiyalarini, kasalliklarning qo'zg'atuvchilarini, dori vositalarining organizmga ta'sirini o'rganish. Bular fiziologiya, morfologiya, mikrobiologiya, farmakologiya va boshqalar kabi fanlardir.

Klinik
Hayvonlar kasalliklarini, diagnostika, oldini olish va davolash usullarini o'rganish (epizootologiya, terapiya, akusherlik va boshqalar).


Veterinariya sanitariyasi


Tashqi omillarning organizmga ta'sirini o'rganish, hayvonlarning yashash muhitini optimallashtirish, chorvachilik mahsulotlari sifatini yaxshilash (zoopark gigienasi, veterinariya-sanitariya ekspertizasi).
Veterinariya operatsiya stoli

Veterinariya ko'pgina tabiiy fanlar bilan chambarchas bog'liq. Tizim sifatida veterinariya (veterinariya va veterinariya xizmati) koʻplab tarmoqlar (chorvachilik, oziq-ovqat va yengil sanoat, transport, import va eksport) bilan bogʻlangan. Veterinariya sanoatining rivojlanish holati mamlakatning ijtimoiy tizimi, iqtisodiyot darajasi, fan va ta'limning rivojlanishi bilan belgilanadi.


20/71javob Veterinarning o’zini-o’zi takomillashtirishning ahamiyati nimada.
Vrachlik kasbiga sidqidildan yondashish, uning muhim hususiyatlariga amal qilishi boshqa mutaxassisliklardan keskin farqlanib, bu kasbning mohiyati yuqori ahloqiy talablarga asoslanadi.
Vrachlik kasbining bosh hususiyatlaridan biri va muhimligi hayvonlar sog‘lig‘i, hayotini saqlash veterinariya vrachining asosiy vazifalaridan hisoblanib, vrachlarning muhim javobgarligini talab qiladi, chunki insonligi uchun eng buyuk narsa ularning sog‘lig‘i va hayotini saqlash masalasi, vrachga topshirilganligini doimo esdan chiqarmaslik zarur. Bunda vrach butun kuchi, vaqti, sog‘lig‘i va bilimini ayamasligi talab qilinadi. Shuning uchun ham vrachlar emblemasida “Boshqalarga yorug‘lik berib, o‘zim yonaman” degan ma’noni hech qachon unutmasligimiz kerak.
Ulug‘ rus yozuvchisi, vrach A.P.Chexovning yozishicha “Vrachlik kasbi - kahramonlikdir”. U fidoyilikni, qalbi va fikrining tozaligini talab qiladi.
Vrachlik kasbining o‘ziga xos ikkinchi hususiyati insoniyatning hayotiga havf soladigan murakkab yuqumli va invazion kasallik jarayonlarining o‘zgaruvchanligi, shuningdek ilmiy-metodik ahborotlarning tez tarqalishi hamda yangi-yangi diagnostik davolash usullarining paydo bulishi bilan bog‘likligidir. Bular ichida eng asosiysi bemorlar va kasalliklarni o‘rganishga ilmiy klinik yondashish, vrachlarning klinik fikrlash qobiliyatini doimo takomillashtirish masalasi hisoblanadi.
Vrachlik faoliyatining boshqa hususiyatlari orasidagi eng muhim bo‘lgan barcha mutaxassislar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan hato va kamchiliklarning oqibati, kasal hayvonlarni davolayotganda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar yoki e’tiborsizliklardan keskin farqlanib, bunday hususiyatlar vrachlarning jamiyat oldidagi yuqori moral-etik talablarga “veterinariya vrachi qasamyodi”da ko‘rsatilgan vazifalarga sidqidildan yondashishlarini talab qiladi.
Vrachlarning kundalik faoliyati uchun xarakterli holat huquqiy va deontologik masalalarning o‘zaro bog‘liqligidir. Veterinariya hodimlari o‘z faoliyatida chuqur demokratik ahloq qoidalariga asoslanadi.

21 javob21. Hayvonlar kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulot va hom-ashyo egalarining majburiyatlari(19-modda).


19-modda. Hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo egalarining majburiyatlari
Hayvonlarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoning egalari:
Oldingi tahrirga qarang.
veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(19-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat veterinariya xizmatining ko‘rsatmalarini bajarishi;
o‘zlariga tegishli hayvonlar kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tashkiliy-xo‘jalik va veterinariya tadbirlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirishi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tadbirlar mustasno;
kasal hayvonni davolatishi, zarur bo‘lgan hollarda, tegishli davlat veterinariya inspektorining ko‘rsatmasiga ko‘ra uning so‘yilishini yoki yo‘q qilib tashlanishini belgilangan tartibda ta’minlashi;
hayvonlarning to‘satdan nobud bo‘lganligi yoki g‘ayriodatiy xatti-harakati faktlari to‘g‘risida mazkur hududga xizmat ko‘rsatuvchi davlat veterinariya xizmatini zudlik bilan xabardor qilishi; hayvonlarni yuqumli kasalliklardan muhofaza etish bo‘yicha tegishli karantin tadbirlari va boshqa veterinariya tadbirlari o‘tkazilishini, shuningdek to‘liq hajmda davolash-profilaktika ishlovlari o‘tkazilishini ta’minlashi;
chorvachilik binolarini hamda hayvonlarni, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni saqlash uchun mo‘ljallangan boshqa inshootlarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq saqlashi;
chorvachilik binolarida va boshqa obyektlarda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiyani o‘z vaqtida o‘tkazishi;
hayvonlarni, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etgan holda realizatsiya qilishni amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qo‘shimchalarni chorvachilikda qo‘llamasligi
22 javob22.Veterinariya vrachlar kollegialligi tushunchasini qanday tushunasiz.
kollegialligi — ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlardan tashqari barcha ishlar sudlarda kollegial tartibda, yaʼni hayʼatda koʻriladi. 1instansiya sudida sud hayʼatiga 1 sudya va 2 nafar xalq maslahatchilari kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida esa ishlarni 3 nafar sudya koʻradi. Apellyasiya, kassatsiya va nazorat tartibida jinoyat ishlarini 3 nafar sudyadan iborat tarkibdagi hayʼat koʻradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining apellyasiya va kassatsiya hayʼatlarida 5 nafar sudya qatnashadi. Nazorat tartibida ishlarni koʻrishda sud rayosatlari aʼzolarining koʻpchiligi, Oʻzbekiston Oliy sudi Plenumida esa uning aʼzolaridan 2/3 qismi hozir boʻlishi shart (Oʻzbekiston Respublikasi JPK, 13modda).
23/68 javob23.Veterinariya sohasini rivojlanishiga hissa qo’shgan o’zbek olimlaridan kimlarni bilasiz .
O‘zbekistonda veterinariyaning rivojlanishida va yuqori malakali veterinariya fani olimlari va mutaxassislarini tayyorlashda olimlardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arboblari E.X.Irgashev, X.Z.Ibroximov, professorlar S.N.Voxidov, R.H. Haitov, D.X.Narziev, SH.T.Rasulov, SH.A.Azimov, U.YA.Uzoqov, N.G.SHatoxin, A D.Dushanov, M.P.Parmanov, dotsentlar Z.I.Deryabina, A.M.Kargapalova, D.A.Tovmasyan, T.A.Abduraxmonov, M.T.Jdanova, V.A.Polyakov, A.A.Pokudin, M.SDabiev, A.I.Badanina, N.A.Vladimirova, F.R.Xolmuxammedov, SH.M.Xolmatov, N.G.Bochkarev, E.G.Fomina, S.S.Aminov, V.E.Starkov. O.T.To‘raqulov, E.F.Muxtarov. B.K.Ko‘chqorov,R.R. Ruzmetov, N.G.Hamidov, P.V.Bonka, N.M.Murodov, A.S.Leoediv, M.G.Levchenko, X.B.Xaydarov, P.B.Boboev, M.B.Boboeva, H.I .Hamitov, A.S.Sulaymonov, A.N.Nurullaev, B.D.Tulabaev, H.Q.Burxanova N.M.Samarodov, YA.J.Jiyanov, B.YA.YArmatov, A.A.Kamalov, E.I.Ibragimov va boshqalar fidokorona mehnat qilganlar.
24/72 javob24.Davlat veterinarinariya xizmati tizimida ishlovchi veterinariya mutahassislarining huquqlari.

Veterinariya mutaxassislarining huquqlari


Davlat veterinariya xizmati.


- yuridik va jismoniy shaxslardan hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalishining oldini olishni hamda ularning tugatilishini ta’minlovchi chora-tadbirlar o‘tkazilishini, shuningdek epizootik vaziyatni aniqlash uchun zarur bo‘lgan axborot taqdim etilishini talab qiladi;


- hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan hayvonlarning kasalligi aniqlangan taqdirda, hayvonlarni so‘yishga yoki yo‘q qilib tashlashga, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni zararsizlantirishga (yuqumsizlantirishga), qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga taalluqli, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan talablarni belgilaydi;


- davlat va idoraviy veterinariya xizmatlari veterinariya mutaxassislarining faoliyatini nazorat qiladi hamda muvofiqlashtirib boradi, shuningdek belgilangan talablar va shartlarga xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari, jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda amalga oshiradi;


- veterinariya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi.


25/70 javob Davolashning kasbiy va ahloqiy muammolari.

.Davolashni ilmiy asosda tashkil qilish uchun alohida a’zo, tizim va butun organizmdagi morfologik o’zgarishlarni o’rganish bilan bir qatorda, ularning funksional holatini ham aniqlash zarur.


Kasallikka to’g’ri tashxis qo’yish, uning oqibatini oldindan aniqlash (prognoz) va kasal hayvonni davolash usulini tanlashda semiotika muhim ahamiyatga ega. Maxsuldor hayvonlarda modda almashinuvi buzilishlarini ertachi aniqlash uchun qondagi keton tanachalari va ishqoriy zahira, qon zardobidagi karotin, oqsil, uglevod, vitaminlar, kalsiy va fosfor miqdorlari aniqlanadi.
Kasal hayvonlarda maxsuldorlik va ish qobiliyatining qisman yoki to’la tiklanishi davolash samaradorligining asosiy ko’rsatkichlari hisoblanadi. Kasallik og’ir kechgan paytlarda, ya’ni hayvonning maxsuldorligi va ish qobiliyati to’la tiklanmasligi aniq bo’lganda unga nisbatdan o’z vaqtida tegishli xulosa chiqariladi. Davolash usullari va davolash vositalarini tanlashda kasal hayvonning turi, zoti, yoshi va boshqa individual xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Veterinariya vrachining faoliyatida profilaktik tadbirlar muhim o’rin tutadi. Bunda profilaktikaning nazariy, uslubiy va tashkiliy asoslari organizmning tashqi muhit bilan o’zaro aloqadorligini ta’minlashga asoslangan umumbiologiya qonuniga mos kelishi kerak. Ushbu qonunning mohiyati shundan iboratki, har qanday kasallikning paydo bo’lishi ham, undan hayvonlarning holos bo’lishi ham, ko’p jihatdan, tashqi muhit sharoitlariga bog’liq, har qanday kasallikda ham patologik jarayon alohida a’zo doirasidan chiqib, ma’lum darajada boshqa tizimlarni ham qamrab oladi.
Veterinariya hodimlarining o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishdagi ahloqiy normalari vrachlik deontologiyasi haqidagi tushuncha bilan bog‘lanib ketadi. Vrach deontologiyasi -vrachlar, o‘rta va kichik veterinariya hodimlarining jamiyat, kasbda ishlaydiganlarning burchi haqidagi ta’limotdir. Deontologiyada vrachlar faoliyatining mohiyati, o‘ziga xos hususiyatlari, shuningdek vrachlarning jamiyatga, o‘z kasbiga, o‘z hatolariga va muvaffaqiyatlariga munosabatlarni shakllantirish holatlari aks ettiriladi.

27/66 javob Davlat veterinarinariya xizmati tizimida ishlovchi veterinariya mutahassislarining vazifalari


Veterinariya mutaxassislarining vazifalari

Davlat veterinariya xizmati


- epizootik monitoringni amalga oshiradi;


- hayvonlar kasalliklarining paydo bo‘lishi va ularning nobud bo‘lishi sabablarini tahlil qiladi, ushbu kasalliklar profilaktikasi hamda ularni davolash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;


- quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi:


O‘zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilar olib kirilishidan muhofaza qilish, shuningdek hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalarni tayyorlash, olib o‘tish (tashish), eksport va import qilish;


-hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarish;


- hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va ularni tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;


- sog‘liqni saqlash organlari va boshqa organlar bilan birgalikda hayvonlar va odam uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklar o‘choqlarini tugatadi, shuningdek o‘zaro axborot almashishni amalga oshiradi;


- barcha chorvachilik ob’ektlarining, kushxonalarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi korxonalarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni realizatsiya qiladigan va saqlaydigan savdo shoxobchalarining, omborlarning veterinariya-sanitariya holatini nazorat qiladi, bu ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning, shuningdek yer qazish ishlarining veterinariya ekspertizasini amalga oshiradi;


- hayvonlar kasalliklariga tashxis qo‘yish, ozuqalarning, shuningdek chorvachilik ob’ektlarida ichimlik suvining sifatini baholash maqsadida laboratoriya tekshiruvlari hamda boshqa tekshiruvlar o‘tkazadi;


28/73 javob28.Veterinariya sohasini rivojlanish tarixi
Veterinariya, zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti 2004 yilda veterinariya, zoomuhandislik va qorako‘lchilik fakultetlarini birlashtirish asosida qayta tashkil etilgan bo‘lib, mustaqil Respublikamiz davlat veterinariya xizmatining va chorvachiligining barcha sohalari, shuningdek, naslchilik va qorako‘lchilik sohalari uchun bakalavr va magistr darajasidagi veterinariya vrachlari, zoomuhandislar etkazib beradigan yagona fakultet hisoblanadi.

Fakultetning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dastlab veterinariya fakulteti 1929 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning asoschilari A.A.Aleutskiy va A.S.Naydenovlar hisoblanib, shuningdek, fakultetning shakllanishida L.N.Popov, P.P.Timofeev, A.A.CHernogorov, P.P.Vinogradov, M.T.Timofievskiy, SH.X.Xojibekov, A.Troitskiy va S.G.YUdinlar jonbozlik ko‘rsatishgan.


Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda fakultetda O‘zRFA muxbir a’zosi, professor G.A.Kudryavsev, professorlar V.S.Zarubinskiy, N.V.Badanin, M.V.Nexotyaev, I.I.Arxangelskiy, A.V.CHerkasova, A.K. Bessokov, R.M.Voskonyan, R.G.Mustakimov, A.M.Axmedov, Z.X.Raxmatulin, X.K.Xezdyuk; dotsentlar X.R.Farxodi, V.S.Zolotoe, YAF.Skavыsh, V.V.Volkov, A.I.YArmashkievich, K.PLepurov, V.S.Xateev, A.K.Malyukov, A.S.Nakonechniy, A.Averburglar samarali faoliyat ko‘rsatganlar.


Ikkinchi jahon urushi yillarida akademik K.I.Skryabin, professor I.E.Mozgov, K.R.Viktorov, I.E.Kolyakov, G.Domrachev, P.E.Ionov, A.Plaxotin, A.A.Jo‘ravl, N.R.Semushkin, B.M.Olivkov, N.M.Klimov, I.G.SHarabrin kabi harbiy veterinariya akademiyasining olimlari veterinariya fakultetida faoliyat ko‘rsatib, O‘zbekistonda veterinariya ilm-fanini rivojlanishi hamda mahalliy kadrlarni tayyorlashda ulkan hissalarini qo‘shishgan.


29/62 javob.O’zbekistonda veterinariya xizmatini shakllantirishda bugungi kun qahramonlarini yaratish.
Vrachlik kasbiga sidqidildan yondashish, uning muhim hususiyatlariga amal qilishi boshqa mutaxassisliklardan keskin farqlanib, bu kasbning mohiyati yuqori ahloqiy talablarga asoslanadi.

Vrachlik kasbining bosh hususiyatlaridan biri va muhimligi hayvonlar sog‘lig‘i, hayotini saqlash veterinariya vrachining asosiy vazifalaridan hisoblanib, vrachlarning muhim javobgarligini talab qiladi, chunki insonligi uchun eng buyuk narsa ularning sog‘lig‘i va hayotini saqlash masalasi, vrachga topshirilganligini doimo esdan chiqarmaslik zarur. Bunda vrach butun kuchi, vaqti, sog‘lig‘i va bilimini ayamasligi talab qilinadi. Shuning uchun ham vrachlar emblemasida “Boshqalarga yorug‘lik berib, o‘zim yonaman” degan ma’noni hech qachon unutmasligimiz kerak.


Ulug‘ rus yozuvchisi, vrach A.P.Chexovning yozishicha “Vrachlik kasbi - kahramonlikdir”. U fidoyilikni, qalbi va fikrining tozaligini talab qiladi.


Vrachlik kasbining o‘ziga xos ikkinchi hususiyati insoniyatning hayotiga havf soladigan murakkab yuqumli va invazion kasallik jarayonlarining o‘zgaruvchanligi, shuningdek ilmiy-metodik ahborotlarning tez tarqalishi hamda yangi-yangi diagnostik davolash usullarining paydo bulishi bilan bog‘likligidir. Bular ichida eng asosiysi bemorlar va kasalliklarni o‘rganishga ilmiy klinik yondashish, vrachlarning klinik fikrlash qobiliyatini doimo takomillashtirish masalasi hisoblanadi.


Vrachlik faoliyatining boshqa hususiyatlari orasidagi eng muhim bo‘lgan barcha mutaxassislar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan hato va kamchiliklarning oqibati, kasal hayvonlarni davolayotganda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar yoki e’tiborsizliklardan keskin farqlanib, bunday hususiyatlar vrachlarning jamiyat oldidagi yuqori moral-etik talablarga “veterinariya vrachi qasamyodi”da ko‘rsatilgan vazifalarga sidqidildan yondashishlarini talab qiladi.


30/63 javob Idoraviy veterinariya xizmati mutahassislarining huquq va majburiyatlari (15-modda)



Download 62,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish