Viloyat haqida



Download 1,23 Mb.
Sana25.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#464913
Bog'liq
Anvar Yo\'ldoahev


Buxora Davlat Universiteti
9-1TURS-21 guruh talabasi Yo’ldoshev Anvarning
Turizm va Mehmondorchilik asoslari fanidan bajargan
MUSTAQIL ISHI

Viloyat haqida


Markaziy Osiyoning eng uzun daryolaridan biri – Sirdaryo bo‘yida joylashgan mintaqa ekologik turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Shuningdek, mintaqada baliq ovlash va agroturizm juda mashhur.
Mintaqaning tarixi 3 ming yil oldin, ushbu hududdagi daryolar va tog‘ soylari bo‘yidagi birinchi aholi punktlari paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Sirdaryo viloyatidagi Savat va Xovos qishloqlari arab geograflarining qadimiy asarlarida tilga olingan. O‘rta asrlardagi Nurota shahrining xarobalari mintaqaning muhim tarixiy yodgorliklari sirasiga kiradi. Eng qadimiy yodgorlik Sayxunobod viloyatida joylashgan bo‘lib, 40 gektar maydonni egallaydi.

Siz mintaqaga baliq ovi uchun borishingiz mumkin, chunki Sirdaryoda juda ko‘p baliqlar uchraydi – yirik zog‘orabaliq va xumbosh baliqdan tortib ilonbaliq va sudaklargacha! Sirdaryo – unutilmas xushbo‘y hidi va shirin taʼmi bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan Mirzacho‘l qovunining vatanidir.
Sirdaryo viloyati paxtachilik, pillachilik, polizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Viloyatda Sirdaryo elektr stansiyasi va Farhod gidroelektrostansiyasi ishlamoqda, ular mamlakatdagi barcha elektr energiyasining 1/4 qismini ishlab chiqaradi.

Viloyatning maʼmuriy markazi – Guliston shahri.



Sirdaryoda I Xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ketmoqda


22-avgust kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida o‘tkaziladigan I Xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur forumga xorijiy davlatlar kompaniyalari va diplomatik korpus vakillari tashrifi kutilmoqda. Forum Sirdaryo viloyatining xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga yangicha impuls berib, hududga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishi kutilmoqda.
Tadbir dasturidan seksion yig‘ilishlar, Sirdaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda investitsion salohiyati taqdimotlari, hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimi kabilar o‘rin olgan. Shu bilan birga, viloyatda “Gul bayrami”, “Qushlar ko‘rgazmasi”, “Qovun sayli” ommaviy-madaniy tadbirlarini ham yuqori saviyada tashkil etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Sirdaryo viloyatida turistik axborot markazlarining ochilishi davom etmoqda. Prezidentning joriy yil 5-yanvaridagi farmoniga muvofiq, Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi sayyohlar tashrif buyuradigan mashhur obyektlar, sayyohlik marshrutlari va har bir hududning markaziy qismlarida turistik axborot markazlarini (infokiosklar) tashkil etish ishlari davom etmoqda. Jumladan, Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan Guliston shahri O‘zbekiston ko‘chasi “Madraxim Qosimov” MChJga qarashli “BookSafe”da ana shunday axborot markazlari tashkil etildi.
Mazkur infokisoklar faoliyati turistlarga yengillik va qulay sharoitlar yaratish, ularga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yanada yaxshilash va ushbu loyihalar orqali shaharga tashrif buyuruvchi turistlar oqimini yanada oshirishga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, Guliston shahrining turistik salohiyatini targ‘ib qiluvchi tarqatma materiallar ham tarqatilishi yo‘lga qo‘yildi.



Foto: Oliy Majlisi Senati axborot xizmati
2019 yil 13 sentabr kuni Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Sirdaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2019 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot eshitildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati mamlakatning markaziy qismida, mintaqadagi eng katta daryolardan birining bo‘yida joylashgan bo‘lib, hududda sayyohlikning ayrim turlari, ayniqsa ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari katta. 2019 yil birinchi yarim yilligida 3 ta oilaviy mehmon uyi, 5 ta restoran va kafe hamda turoperatorlik sub'yektlari tashkil etildi, shuningdek, turistik toifadagi mikroavtobus hamda elektromobillar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Guliston temir yo‘l vokzali hamda “Shohrux” mehmonxonasi hududida turizm axborot markazlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilib, shaharda Wi-Fi zonalari tashkil qilingan.
So‘zga chiqqanlar ta'kidlaganidek, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda turizm sohasidagi hududiy dasturlarga kiritilgan, ammo ijrosi ta'minlanmasdan qolayotgan topshiriqlar, shuningdek, Sirdaryo viloyati turizm salohiyatini yanada oshirish borasida bir qator bajarilmagan ishlar ham mavjud.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega tuman va shaharlarda joylashgan hamda asosan muhandislik kommunikatsiyalar bilan ta'minlangan foydalanilmayotgan yer uchastkalarini ro‘yxat bo‘yicha uch oy muddatda xatlovdan o‘tkazilishi hamda keyinchalik Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xulosasiga asosan har bir hududda umumiy maydoni kamida 20 gektar bo‘lgan 20 ta yer uchastkasi hisobidan kelib chiqib, turizm sohasidagi loyihalarni (mehmonxonalar, mehmonxona uylari, kempinglar, motellar va boshqa joylashtirish vositalari, tematik xiyobonlar, muzeylar, galereyalar va boshqa inshootlar qurish) amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik sub'yektlari hamda potensial investorlarga taqdim etish uchun ajratilishi belgilangan. Lekin bugungi kunga qadar Sirdaryo viloyatida birorta ham yer uchastkasi tadbirkorlarga ajratib berilmagan.


Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish