1 amaliy mashg’uloti. Mavzu : Analog-raqamli va raqam-analogli o’zgartirgichlarni o’rganish. Ishdan maqsad


Mavzu : Ma’lumotlarni uzatish kabellarining xillarini o’rganish



Download 0,94 Mb.
bet3/17
Sana17.04.2023
Hajmi0,94 Mb.
#929277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1 amaliy mashg’uloti. Mavzu Analog-raqamli va raqam-analogli o

Mavzu : Ma’lumotlarni uzatish kabellarining xillarini o’rganish.


Ishdan maqsad: Ma’lumotlarni uzatish kabellarining xillarini o’rganish.
Topshiriq: 1. O’tilgan ma’ruza matni va tavsiya etilgan adabiyotlardan mavzuga oid bilimlarni takororlash.

  1. Xisobot tuzing va unda keltirilgan bayon asoslarini aytib bering.

Nazariy qism
Ko'pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa, mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, vaholanki, simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.
Mahalliy tarmoqlarda ko'pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, ya'ni bir bit axborot uzatilgandan so'nggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda, murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga nisbatan baravar oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo'li oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo'ladigandek ko'rinadi, aslida juda ko'p sarf bo'ladi. Tarmoqdagi abonentlar o'rtasidagi masofa katta bo'lsa, ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan ham ko'p bo'lishi mumkin. 8, 16 yoki 32 ta kabellarni o'tkazishga qaraganda, bir dona kabelni o'tkazish ancha oson. Ta'mirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas.
Kabelning turidan qat'i nazar, axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul qilish qurilmalarini ishlatishni talab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa, kuchsiz signalni tiklash (detektorlash) kerak. Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma talab qilinadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa, ishlatiladigan parallel axborotning razryadlar soniga teng bo'ladi. Shuning uchun uzunligi uncha ko'p bo'lmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashda, ko'pincha, axborotni ketma-ket uzatish usuli tanlanadi.
Axborotni parallel uzatishdagi muhim sharti, bu — har bir bitni uzatishga mo'ljallangan kabellar uzunligi bir-biriga deyarli teng bo'lishligidir. Aks holda, turli uzunlikdagi kabellardan o'tayotgan signallar o'rtasida qabul qilish qurilmasining kirishida vaqt bo'yicha siljish hosil bo'ladi. Buning natijasida tarmoq qisman buzilishi yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100 Mbit/s axborot uzatish tezligida va bitni uzatish davri 10 ns bo'lganda vaqt bo'yicha siljish 5—10 ns.dan oshmasligi lozim. Bunday siljish kattaligi kabellarning uzunlikdagi farqi 1—2 metr bo'lganda hosil bo'ladi. Kabel uzunligi 1000 metr bo'lganda esa, bu kattalik 0,1—0,2 % ni tashkil qiladi. Haqiqatan, ba'zi yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2—4 talik kabel yordamida axborot parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda ancha arzon kabel ishlatish mumkin, lekin kabelning ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi. Misol tariqasida Fast Ethernet tarmoq segmentini 100 BASE—T4 keltirish mumkin.
Kabelsozlik sanoati korxonalari kabel turlarini ko'p miqdorda ishlab chiqaradi. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo'lish mumkin:

  • o'ralgan juft simli kabel (vitaya para — twisted pair), ular himoyalangan, ya'ni ekranlashtiriladi (ekranirovanno’e — shielded twisted pair, stop) va himoyalanmagan, ya'ni ekranlashtirilmagan (neekranirovanno’e, unshielded twisted pair, UTP);

  • koaksial kabellar (coaxial cable);

  • shisha tolali kabellar (optovolokonno’e kabeli — fiber optic).

Kabelning har bir turi o'z afzalliklari va kamchiliklariga ega, shuning uchun kabel turini tanlanganda hal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek, alohida olingan tarmoq xususiyatini va avvaldan mavjud bo'lgan barcha korxona standartlarining o'rniga, 1995-yilda qabul qilingan EIAG’TIA 586 (Commercial Building Telecommunication Cabling Standard) standarti mavjud bo'lib, hozirgi vaqtda shu standartdan foydalaniladi.
Koaksial kabellar
Koaksial kabel elektr toki o'tkazuvchi kabel bo'lib, tuzilishi 2.2-rasmda ko'rsatilgandek, markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bo'lib, metall sim to'qimaga (ekran) o'ralgan hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan bo'ladi.
Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko'p tarqalgan kabellar edi, buning sababi yuqori darajada himoyalanganligi (sim to'qimasi — ekran mavjudligi), to'qilgan juftlikka qaraganda, axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s.gacha) yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va undan ko'proq kilometrga). Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni mexanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek, u tashqariga sezilarli darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq o'ralgan juftli kabelga nisbatan koaksial kabelni ta'mirlash va yig'ish ishlarini olib borish ancha murakkabdir, narxi ham qimmat (uning bahosi o'ralgan juftli kabellarga nisbatan 1,5—3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga razyomlar o'rnatish ham murakkab ishdir. Shuning uchun bu turdagi kabellarni o'ralgan juftli kabellarga qaraganda kam ishlatiladi.







Koaksial kabel.


Koaksial kabellar asosan «Shina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holda kabel uchlariga signalni ichki aksiga qaytishning oldini olish uchun, albatta, terminatorlar o'rnatilishi va bu terminatorlardan faqatgina bittasi yerga ulanishi kerak. Yerga ulanmasa, kabeldagi sim to'qimasi (ekran) tarmoqni tashqi elektromagnit to'siqlardan himoya qila olmaydi va tashqi muhitga uzatilayotgan axborotning nurlanishini ham kamaytira olmaydi. Lekin kabeldagi sim to'qimani ikki va undan ko'proq joyidan yerga ulangan taqdirda, tarmoqqa ulangan qurilmalar va shuningdek, kompyuterlar ham ishdan chiqarishi mumkin. Terminatorlar, albatta, kabel bilan moslangan bo'lishi shart, ya'ni ular qarshiligi kabelning to'lqin qarshiligiga teng bo'lishi shart. Masalan, agarda 50 Om kabel ishlatilsa, unga mos terminator faqat 50 Om.li bo'lishi kerak.
Koaksial kabellar kamroq «Yulduz» va «Passiv yulduz» topologiyali tarmoqlarda ham foydalaniladi, masalan, Arcnet tarmo- g'i. Bu holda moslash muammosi keskin soddalashadi, chunki kabelning ochiq qolgan uchlariga tashqi terminatorlar lozim bo'lmay qoladi.
Kabelning to'lqin qarshiligi haqidagi axborot har bir kabel o'ram hujjatida keltiriladi. Ko'pincha lokal tarmoqlarda 50 Om.li (masalan, RG-62, RG-11) va 93 Om.li kabellar (masalan, RG-62) ishlatiladi. Televizion texnikasida ko'p tarqalgan 75 Om.li kabel lokal tarmoqlarda ishlatilmaydi. Umuman, o'ralgan juftli kabellar rusu- miga qaraganda koaksial kabellar rusumi ancha kam. Bu turdagi kabellardan kelajakda kam foydalaniladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish