Mundarija:
Kirish
1. Amaliyot o’tash joyi va Buxgalteriya faoliyati.
2. Elektiron tijorat faoliyatiga doir bo’lgan informatsion komunikatsion dasturiy ta’minotini amaliy o’rganish.
3. O’zbekistonda Elektron tijorat.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Men Allayorova Izzatoy Nuriddin qizi 2021-yilning 10-mayidan 10-iyuligacha “Ipak Yo’li ” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki Toshkent shahar Chilonzor fillialida amaliyot o`tadim. Amaliyot davomida bank faoliyati tuzilishi bilan yaqindan tanishdim .Bu borada menga amaliyot davomida bank mutaxasislari yaqindan yordam berishdi.Bank xizmatlarini yaqindan o`rgandim. To’qqiz haftalik amaliyot davomida men bankning Buxgaltirya hisobi va hisoboti bo`limini yaqindan o`rgandim. Bankda korxona (tashkilot muassasa) ning hisoboti pul operatsiylari,depozitlar bilan birga aholiga bir necha turdagi xizmatlar ko`rsatiladi.
Kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-son Qarori hamda 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son qarorlari qabul qilindi. Mazkur qarorlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2-kurs, 5232800 - “Elektron tijorat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarida fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasi uchun tanishuv amaliyoti bo’yicha dastur tayyorlandi. Dastur, mutaxassislik fanlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabridagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida” Nizom talablari asosida ishlab chiqilgan. Tanishuv amaliyotida talabalar electron tijorat bo‘yicha muayyan darajada egallagan nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan boyitib, amaliy ko‘nikmalarni hosil etish va nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |