Ko`zguli-linzali teleskoplar
1. Sferik aberratsiyadan xoli teleskoplarni yasash ustidagi izlanishlar ko`zguli-linzali teleskoplarning yaratilishiga sabab bo`ldi. Bunday turdagi birinchi teleskop 1930 yilda taklif qilingan bo`lib, u Shmidt sistemasi deb yuritiladi. Shmidt sistemasi bosh ko`zgudan va uning egrilik radiusi markaziga o`rnatilgan shisha plastinkadan tashkil topgan bo`lib, shisha plastinkaning bir tomoniga shunday egrilik berilganki, natijada uning markaziy qismi yig`uvchi linza, gardishi esa sochuvchi linza kabi ishlaydi ( 84–rasm). Bunday sistema, tasvirni sferik aberratsiya, koma va astigmatizmdan xoli bo`lishini ta’minlashi bilan muhim hisoblanadi. Odatda bunday sistemada buzilmagan (vinьyetirovaniyesiz) katta ko`rish maydoniga erishish uchun plastinkaning diametri ni ko`zguning diametri nikidan kichik qilinib, teleskopning o`lchami nisbat ko`rinishida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |