Vaqt bombasi viruslari (Time or Logic Bombs) – Bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. Misol uchun Kulgi kunida(1 aprel) yoki Yangi yilda kompyuteringizdagi ma'lumotlarni o'chirib tashlab sizga "sovg'a" taqdim etishi mumkin.
355.Axborotlarga nisbatan xavf-xatarlar tasnifi
Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog’i samarali va mo’htadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko’rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo’lib xizmat qilmoqda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni tahminlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo’yicha ilg’or axborot-kommunikatsion texnologiyalarini qo’llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar hududiy joylashishidan qathiy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet xalqaro Komp’yuter tarmog’i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu Komp’yuter tarmog’i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo’qolib bormoqda. Jahon Komp’yuter tarmog’i davlat boshqaruvini tubdan o’zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning tarqalish mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. SHuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo’qotish kabi muammolar dolzarb bo’lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot xavfsizligini tahminlash muammosi milliy xavfsizlikni tahminlashning asosiy va ajralmas qismi bo’lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi masalalariga aylanmoqda.
Hozirgi kunda xavfsizlikning bir qancha yo’nalishlarini qayd etish mumkin.
356.Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nisbatan xavflar
Kompyuter tizimi (tarmog‘i)ga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan sharoit,
harakat va jarayonlar kompyuter tizimi (tarmog‘i) uchun xavf-xatarlar, deb
hisoblanadi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga tasodifiy ta’sir ko‘rsatish sabablari
tarkibiga quyidagilar kiradi
Ma’lumki, kompyuter tizim (tarmog‘)ining asosiy komponentlari - texnik
vositalari, dasturiy-matematik ta’minot va ma’lumotlardir.
Nazariy tomondan bu komponentlarga nisbatan to‘rt turdagi xavflar mavjud,
ya’ni uzilish, tutib qolish, o‘zgartirish va soxtalashtirish:
Do'stlaringiz bilan baham: |