Саволлар
1. «Фалсафа» тушунчасининг моҳиятини сиз қандай тушунасиз?
2. Фалсафанинг баҳс мавзуси нима?
3. Фалсафа миллий бўлиши мумкинми?
4. Фалсафанинг умуминсонийлиги деганда нимани тушунасиз?
5. Дунёқараш нима?
6. Фалсафий дунёқарашнинг ғоявий илдизлари нималарда намоён бўлади?
7. Диннинг дунёқараш тизимидаги ўрни ва аҳамияти қандай?
8. Фалсафий дунёқарашнинг вазифалари нималардан иборат?
Javoblar
Falsafa-Pifagor bu atamaga “filo”-sevaman, “sofiya”-donolik deb ta’rif bergan. Platon esa bu atamaga “fanlarning otasi” deb ta’riflagan. Abu Nasr Farobiy “Xikmatni qadrlash” deb talqin qilgan. Ya’ni, “Falsafa” tushunchasining mohiyati shunday tushunaman.
Olam va uning yashashi, rivojanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qligi kabi ko’plab muammolar haqida baxs yuritadi.
Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bolishi mumkin emas, bunday yondashuvning o‘zi etnik mahdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon boladi, deya milliy falsafani yoqlab chiqadi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik, milliy falsafani rivojlantirish zarurligi. Falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. umuminsoniy fan bo£lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos boladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bolm agani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o‘ralish, milliy mahdudlik degani emas.
Inson o’zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baxo berishi, xulosa chiqarishi bo’lib, dunyoning inson ongidagi o’ziga xos intiqosidir. Insonning o’ziga va uni qurshab turgan borliqqa bo’lgan munosabatlarini ifodalaydigan ko’nikmalari, malakalari, bilimlari hamda dunyoni amaliy va nazariy o’zlashtirish hamdir.
Milliy mustaqillik, o‘zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol
Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bogliq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda. Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi sohalarni olganadigan alohida yo'nalishlar ham paydo boldi. Ular olamni o‘z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qonuniyatlarini olganishga yordam beradi.
Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahositarzida ko’zga tashlanadi. Bu — falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasini anglatadi.Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, xuquqiy hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi usulvositalar orqali boshqarish vazifasini ham ado etadi. Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini nazorat qilish vazifasi ham bor. Bunda dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi ko’rinishi nazarda tutiladi. Falsafiy dunyoqarashning birlashtirish (kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash yo’nalishlarini milliy va umuminsoniy g’oyalar atrofida uyg’unlashtirishi bilan xarakterlanadi. alsafiy dunyoqarashning tarbiyaviy vazifasini yuqorida zikr etilgan boshqa vazifalarning asosi
sifatida qarash kerak. Bu — kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag’rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo’l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat. MBR-51_MamadaliyevaN_D
Do'stlaringiz bilan baham: |