1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi



Download 1,42 Mb.
bet1/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor


1-MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIKA FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.
Reja:
1.Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari.
2.Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi
3.Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari va vazifalari.


Tayanch iboralar: Jamiyat, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy shakllanish, ijtimoiy rivojlanish.
Mashg‘ulotning maqsadi: Yosh avlodning ongiga ijtimoiy hodisa sifatidagi ta’lim-tarbiya, shaxsning barcha qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishning ahamiyati haqida bilim, ko’nikma, malaka hamda tasavvurlarni shakllantirish.


1.Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari.
Jamiyatda yuzaga kelgan hozirgi vaziyat yosh avlodni ijtimoiy tarbiyalashning yangicha modelini topishni talab etadi. Hayot shaxsni ochiq ijtimoiy muhitda, jamiyatning barcha tarbiyaviy tuzilmalari - maktab, oila, mehnat jamoalari, jamoatchilik bir-biri bilan yaqin aloqa qilayotgan sharoitlarda tarbiyalash vazifasini qo‘ydi. Mazkur kollektiv hamkorlik jarayonida Pedagogika fanining negzida istiqboli porloq yangi yo‘nalishi - Ijtimoiy pedagogika fani vujudga keldi.
“Pedagogika” atamasi ikki yunoncha so‘z: — bola, go‘dak va ado — yetaklayapman so‘zlarining birikuvidan hosil bo‘lgan va “bola yetaklovchi” yoki “bolaga yo‘l ko‘rsatuvchi” degan ma’noni anglatadi. Rivoyatlarga qaraganda, Qadimgi Yunonistonda quldorlar ularning bolalarini maktabga olib boruvchi va maktabdan olib keluvchi maxsus qulni tayinlaganlar. Uni paydagog deb ataganlar. Keyinchalik bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan shug‘ullanuvchi kishilarni pedagoglar deb atash odat tusini olgan. Pedagogika fanining nomi ham ayni shu so‘zdan kelib chiqqan.
“Ijtimoiy” so‘zi jamoatga doir, kishilarning jamiyatdagi hayoti va munosabatlari bilan bog‘liq degan ma’noni anglatadi. Bu yerda gap insonni ijtimoiy tarbiyalash va kamol toptirish haqidagina emas, balki uni ijtimoiy qadriyatlar bilan, u yashashi va o‘zini shaxs sifatida namoyon etishi lozim bo‘lgan jamiyat me’yorlari va qoidalari bilan hamohang oshno bo’lish haqida ham boradi. Shu boisdan ota-ona, murabbiylar bolaga hayotda yo‘l ko‘rsatadilar, unga jamiyat tajribasi, madaniyatni o‘zlashtirishga, shaxs sifatida kamol topishga, o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradilar.
“Ijtimoiy pedagogika” - umumiy pedagogikaning atrof muhit va dunyo bilan o‘zaro aloqalar tizimida shaxsning ijtimoiylashuv jarayonini o‘rganuvchi sohasi bo’lib hisoblanadi. Bu esa inson va uning ijtimoiy shakllanishi hamda kamol topishi, tarbiyachi, tarbiyalanuvchi va ijtimoiy muhit o‘rtasida yuzaga keluvchi alohida munosabatlar haqidagi yangi ilmiy bilimlar majmuidir.
Pedagogika fanining tarmog‘i sanalgan ijtimoiy pedagogika atrof muhitni o‘zgartirishga, sotsiumda insoniy tarbiyalovchi munosabatlarni yaratishga, ijtimoiy faoliyatning turli xil vaziyatlariga pedagogik jihatdan oqilona aralashuv mexanizmlarini topishga qarab mo‘ljal oladi.
“Ijtimoiy pedagogika” ijtimoiy hayotning barcha hodisalarini o‘z pedagogik nuqtai nazaridan nazariy va amaliy tomonlama o‘rganadi hamda tahlil qiladi, jamiyat hayotining ishlab chiqarish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy sharoitlari va boshqa xil hodisalari insonni qanday qilib o‘zgartirishi, uni shaxsini kamol toptirishini tadqiq etadi. Bu ijtimoiy-pedagogik vazifalarni samarali hal qilish maqsadida jamiyatning barcha tarbiyaviy imkoniyatlarini safarbar etish yo‘llari va shartlari haqidagi fan. Mohiyat e’tibori bilan u insonga o‘z hayotining yaqin va uzoq kelajakka mo‘ljallangan rejalarini belgilash hamda amalga oshirishda yordam berishni nazarda tutadi.
Fan sifatidagi ijtimoiy pedagogika shaxs nuqtai nazarini birinchi o‘ringa qo‘yadi, inson birlamchi, davlat, jamiyat va barcha tarbiya institutlari esa ikkilamchi bo‘lib, insonning kamol topishiga xizmat qilishi lozim, degan g‘oyadan kelib chiqadi. Ushbu metodologik qoida inson, oila va jamiyat o‘zaro aloqasi zamonaviy modelining asosi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika shaxsni kamol toptirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatlari oiladagi vaziyatni o‘z vaqtida o‘rganish, unda mavjud muammolar va qiyinchiliklarni aniqlash, zaruriy yordam ko‘rsatish, o‘z jismoniy hamda ma’naviy sog‘lig‘iga, o‘zini qurshagan muhitga qadriyat sifatida yondashish ko‘nikmalarini shakllanishida yordam berish maqsadini ko‘zlaydi. Siyosatchilar va iqtisodchilar, pedagoglar va tibbiyot xodimlari, psixologlarning vazifasi sog‘lom avlodni asrash, bolalar va yoshlarning ma’naviy va jismoniy sog‘lig‘ini saqlashdan iborat. Bugungi kunda yosh avlodda ijtimoiy foydali faoliyatga qiziqish uyg‘otish, oiladagi ma’naviy rishtalarni mustahkamlash juda muhimdir. Shaxsni tarbiyalash, kamol toptirish va uning ijtimoiylashuvi vazifalarini hal qilish uchun pedagog-psixolog, qo‘shimcha ta’lim pedagogi va ijtimoiy pedagog kabi yangi kasblar joriy etilgan.
“Ijtimoiy pedagogika” atamasini ilk bor A.Disterveg tomonidan 1850 yilda o‘zining “Nemis o‘qituvchilari uchun qo‘llanma” asarida ishlatgan, lekin bu yerda uning mazmuni ochib berilmagan. Odatda ijtimoiy pedagogikaning yaratilishini shu nomli birinchi kitob muallifi bo‘lgan nemis faylasufi va pedagogi Paul Natorp ismi bilan bog‘laydilar. U pedagogikaning bosh vazifasi insonni tarbiyalash uchun ayniqsa qulay bo‘lgan ijtimoiy sharoitlarni aniqlashdan iborat, deb hisoblagan.
Ammo qadimgi yunon mutafakkirlari Demokrit, Suqrot, Platon,
Aristotel tarbiya davlat siyosati bilan uzviy bog‘liq ekanligini qayd etgan edilar.


Demokrit (1.1-rasm). Aristotel (1.2-rasm). Platon(1.3-rasm).
Hozirgi zamon ijtimoiy pedagogikasi xalqni, shu jumladan yosh avlodni tarbiyalash vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi. U ayrim shaxsgagina emas, balki mazkur shaxs o‘sib-ulg‘ayayotgan jamiyatga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu tufayli ham ijtimoiy pedagogikaning maqsadi insonni qurshagan muhitni pedagogikalashtirish, inson faoliyatini o‘zgartirish, unga tarbiyalovchi tus berish, insoniy munosabatlarni ma’naviy-axloqiy mazmun bilan boyitishdan iborat.
Konkret jamiyatda o‘zini-o‘zi ijtimoiy kamol toptirayotgan, o‘z imkoniyatlarini o‘zi ro‘yobga chiqarayotgan inson ijtimoiy pedagogikaning ob’yekti hisoblanadi. Inson ijtimoiylashuvining pedagogik jihatlari, uning sotsiumda moslashuvi va jamiyatga qo‘shilishi ijtimoiy pedagogikaning predmeti sifatida amal qiladi. Ijtimoiy pedagogikaning mazmuni uning funksiyalari bilan belgilanadi. Bular nazariy-ma’rifiy, amaliy, umumiy pedagogik, maxsus, tavsifiy, prognostik va o‘zgartirish funksiyalaridir.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish