1. Madaniyat tushunchasida “tarixiylik va ilmiylik”


Hozirg bosqichda O'zbekistonda madaniy hayot



Download 38,74 Kb.
bet5/5
Sana30.04.2022
Hajmi38,74 Kb.
#599440
1   2   3   4   5
Bog'liq
Madaniyatning inson va jamiyat hayotida tutgan o`rni

4. Hozirg bosqichda O'zbekistonda madaniy hayot
Mustaqillik - eng ulug va eng aziz ne'mat. Ozodlik, hurriyat, erkinlik. Bu oliy tushunchalarni yurakdan his qilish, anglab yashash - buyuk saodat. Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy-ma'naviy merosni tarixiy-me'moriy obidalarni asrash, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilyapti. Mustaqil rivojlanish yillarida tarixan qisqa bir davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qoʻlga kiritdi. Buning natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o'zgarib, Jahon hamjamiyatidagi o'rni va nufuzi yuksalib bormoqda.
"Pathcon-Assas Paris 11" Universiteti professori Jek Baraning ta'kidlashicha, madaniy va ma'naviy merosga, iqtisodiy, sayyohlik va inson salohiyatiga ega bo'lgan O'zbekiston mamlakatini modernizatsiya qilish va demokratik yangilash yo'lidan shahdam borib, xalqaro munosabatlar tizimida alohida o'rin tutgan holda, Jadal suratlarda rivojlanmoqda degan edi. Parij shahrida joylashgan Fransiya Geografiya jamiyatida O'zbekistonda olib borilayotgan demokratik va ijtimoly-qtisodiy islohatlar hamda dolzarb mintaqavly muammolarga bag'ishlangan anjumanda, yurtimizda madaniyat va san'at, Jumladan, musiqa rang barangligini taʼminlash doimiy etiborda. Zero, ota-bobolarimiz asrlar mobaynida milliy san'atimizni taraqqiy ettirish bilan bir qatorda, jahon san'atining ilg'or namunalarini ijodiy o'zlashtirgan va rivojlantirgan. Mustaqillik yillarida zamonaviy o'zbek san'ati dunyo miqyosida yanada yuksak obro' va e'tibor topayotganda iqtidorli yoshlarimizning xizmati kattadir, iste'dod egalarining baland parvozida ijodkor yoshlarni qo'llab quvvatlash mamlakatimizning davlat siyosatiga aylangan muhim ahamiyat kasb etdi. Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o'tgan murakkab rivojlanish yo'llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradiki qayerda davlat va jamiyat taraqqiy etsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi o'z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo'yib, yashashi uchun yetarli sharoit yaratilgan bo'lsa, o'sha yerda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma'naviy yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug'uladi. Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma'naviyatini shakillantirish masalasi biz uchun g'oyat dolzarb ahamiyatga ega.
Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohatlarimizning samaradorligi avvalo xalq-ma'naviyatning shakillanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o'rganilishi, an'ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san'at, fan va ta'lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o'zgarishi va yuksalishi bilan bog'liqdir.
"Bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalami ko'z o'ngimizdan o'tkazar ekanmiz, aholining kundalik ehtiyojlariga bevosita dahldor dolzarb masalalami hal qilish bilan bir qatorda biz eski tuzum davrida inson hayotining negizi va murakkab tomonları, milliy qadriyatlar tarixity an'analar, umuminsoniy, ma'naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan qancha zarar keltirganini unutmasligimiz kerak" Bu borada asosiy ishlarimiz nimalardan iborat bo'lishi lozim? Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma'naviy boyligimizning ildizlariga e'tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to'plangan. Bizning vazifamiz shu xazinani ko'z qorachig'imizdek asrash va yanada boyitish kerak. Masalaning boshqa tomoni ma'rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Insonning to'la qonli hayoti uchun nihoyatda zarur bo'lgan maktablar, kutubxonalar, teatr va boshqa madaniyat o'choqlarini ko'paytirish va ularning sharoitini yaxshilash. Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma'rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim. Va nihoyat muassasalardagi va boshqa sohalardagi ko'plab mutaxasislar - chinakam ziyolilardır. Ayniqsa, olimlar va ijodkor xodimlarimiga e'tibomni ko'paytirish kerak. Chunki ma'naviy boyliklarni aynan shular yaratadi.
Shu maqsadda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlaming amally natijasi o'laroq, adabiyot va san'at, madaniyat matbuot sohasi mafkuraviy tazyiqdan butunlay xalos bo'lganini qayd etish joyiz. Agar biz O'zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug kelajagini ulug'lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo'lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ljodkorlami tarbiyalashmiz kerak. Ulug' adib Cho'lpon aytganidek “Adabiyot yashasa millat yashaydi”. Qachonki milliy madaniyatning uzviy qismi bo'lgan teatr san'ati xususida so'z borar ekan, buyuk marifatparvar maxmud Xo'ja Behbudiyning "Teatr - bu Ibratxonadir" deb aytgan fikrini eslash o'rinlidir. Kino san'atining inson ongi va tafakkuri, Jamiyat hayotiga ta'siri beqiyos ekanini hisobga olgan holda istiqlol yillarida milliy kinomotografiyani ham har tomonlama tivojlantirish, bu borada zarur moddiy va ma'naviy shart sharoitlami yaratish bo'yicha amalgam oshirilgan keng koʻlamli chora tadbirlar tufayli yangi-yangi filmiar suratga olinmoqda, ular orqall tariximiz va bugungi hayotimiz bilan turli mavzular yoritilmoqda. Hozirgi kunda milliy ma'naviyatimining rivoji tasviriy san'at namunalarimiz tasavvur etib bo'lmaydi. O'zbek rassomlarining keyingi yillarda samarali ijod qilib, yangi-yangi yutuqlami qo'lga kiritayotganni, bu sohaga ko'plab yosh iste'dod egalari kirib kelayotgani uchun uning ravnaqi va istiqbolidan dalolat beradi. Bugungi kunda poytaxtimizning Amir Temur, Samarqanddagi Ko'ksaroy, Shahrisabzdagi Oqsaroy maydonida Sohibqiron siymosida doimo nur jilvalanib turganini ko'rishimiz mumkin. Farg'ona shahrida Ahmad Farg'only, Urganchda Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shahrida Alisher Navoiy, poytaxtimizda G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya singari yozuvchi ya shotrlarimiz haykallarini, Termiz shahrida Alpomish, Qarshi shahrida esa "El-yurt tayanchi" va boshqa ko'plab monumental san'at asarini barpo etishga muyassar bo'ldik. 2010-yida Ko'hna va Boqiy Buxoro "monument"i ham bunga misol bo'ladi.
Mamlakatimiz taraqiyoti pillapoyasidan yangi-yangi cho'qqilar sari qadam qo'yar ekan, biz yashayotgan zamon sur'atlari shiddat bilan tezlashib, oldimizga yana qancha muammo va mashaqqatlar paydo bo'lar ekan, tabiiyki ma'naviy hayotimiz ham ana shu sinovlarda toblanib, yuksalib, Jamiyatimiz millatimizning yorug' va sog'lom kelajagini ham qanday tahdid va to'fonlardan - davr o'zgarishi bilan ularning ko'rinishi va shakli o'zgarishiga qaramayotgan bezavol saqlash va asrab qolishga qodir bo'lish darkor.
Sharq qadimiy madaniyat o'chog'i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta'riflanmagan. Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq sivilizatsiyasi quchog'ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o'ziga aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan taʼsir ko'rsatganini doimo esda tutush darkor. Xalqimiz tarixining murakkab jarayonlarini irodasi chiniqib ishonchimiz komilki, xalqimiz har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma'naviy olami kuchayib borayotgani bizni ko'rolmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz. Chunki xalq- bamisoli ulug' va sharafli yo'ldan ilgarilab boryotgan ulkan karvon. Uni yo'ldan chalg'itishga urunuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo'lgan, bundan keyin ham bo'lishi mumkin. Karvon bexatan boʻlmas clegan gap bejiz ayrilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne ajdodlardan meros yengilmas kuch madaniy ma'naviyat bor.
Mustaqil vatanimiz oliy maqsad qilib olgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayomi barkamol ezgu g'oyalarní hayotiy e'tiqodiga aylantirgan yetuk insonlargina bunyod eta oladi.



3


Download 38,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish