1-ma’ruza: “radiotexnik sistemalar nazariyasi” faniga kirish. Radiotexnik sistemalarning klassifikatsiyasi



Download 56,72 Kb.
bet6/7
Sana16.03.2022
Hajmi56,72 Kb.
#498657
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5215613486020694729

Raqamli RTTlarda xabarlar kodlar kombinatsiyalari ko‘rinishida uzatiladi va qabul qilib olinadi, dekoder yordamida birlamchi diskret xabarning diskret elementlari yoki uzluksiz xabar qayta tiklanadi. Bir-biridan farqlanuvchi kod simvollari (elementar signallari) kod asosi deb ataladi. Kod simvollari turli bir-biridan ajratib olinishi mumkin bo‘lgan radiosignallar ko‘rinishida uzatiladi.

1.3.3. Radiotexnik tizimlarni foydalaniladigan chastotalar asosida turlarga ajratish


Radiotexnik tizimlar 3 kHz dan 300 GHz chastotalar diapazonida ishlashi mumkin. RTT tashuvchisi chastotasi ko‘p hollarda uning xususiyatlari va imkoniyatlarini belgilab beradi. RTT ishlash chastotasi radioto‘lqinlarning tarqalishi, aks etishi va yoyilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun chastotalar diapazoni qismlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har birida radioto‘lqinlar ma’lum bir asosiy xususiyatlarga ega (1.1-jadval).

1.1-jadval


Chastotalar diapazonining bo‘linishi

TR

Radiochastotalar diapazoni nomalanishi

Diapazon chegarasi

Radioto‘lqinlar diapazoni nomalanishi

Diapazon chegarasi

Foydalanish
sohasi

1

Haddan tashqari past chastota (HTPCh)

3...30 Hz

Dekamegametrlar

105...104 km

-

2

Juda juda past chastota (JJPCh)

30...300 Hz

Megametrlar

104...103 km

-

3

Infra past chastota (IPCh)

300...3000 Hz

Gektokilometrlar

103...102 km

-

4

Juda past chastota (JPCh)

3...30 kHz

Miriametrlar

100...10 km

-

5

Past chastota (PCh)

30...300 kHz

Kilometrlar

10...1 km

Uzoq masofa radionavigatsiyasi

6

O‘rta chastota (O‘Ch)

300...3000 kHz

Gektometrlar

1000...100 m

Radioeshittirish

7

Yuqori chastota (YuCh)

3...30 MHz

Dekametrlar

100...10 m

Radioesh-sh, gidro meteo va aviatsiya uchish xizmati

8

Juda yuqori chastota (JYuCh)

30...300 MHz

Metrlar

10...1 m

Radioesh-sh, mobil radioaloqa, radioxa-vaskorlar aloqasi (27 MHz diapazon)

9

Ultra yuqori chastota (UYuCh)

300...3000 MHz

Detsimetrlar

100...10 sm

UQD-ChM radioesh-shi, teleko‘rsatuv,
mobil aloqa, samolyot radioaloqasi

10

O‘ta yuqori chastota (O‘YuCh)

3...30 GHz

Santimetrlar

10...1 sm

Teleko‘rsatuv, kosmik radioaloqa va radionavigatsiya, mobil aloqa, radiolokatsiya

11

Haddan tashqari yuqori chastota (HTYuCh)

30...300 GHz

Millimetrlar

10...1 mm

Kosmik radioaloqa, radionavigatsiya, radiolokatsiya, radioastronomiya

12

Giper yuqori chastota (GYuCh)

300...3000 GHz

Detsimillimetrlar

1...0,1 mm

Kosmik radioaloqa, radiolokatsiya, radioastronomiya, radiooptik aloqa



Miriametrli to‘lqinlar tuproq va suv ostiga kirib borish, Yer sharini o‘rab tarqalish, kunduz va kechasi ionosferadan aks etib qaytish, turli ob’ektlardan aks etib qaytmasdan uni o‘rab tarqalish xususiyatiga ega.
Kilometrli to‘lqinlarni Yer yutadi va qisman uni qamrab tarqaladi, kechasi ionosferadan aks etib qaytish, turli ob’ektlarni o‘rab, undan aks etmasdan tarqalish xususiyatiga ega.
Gektometrli to‘lqinlar Yer tomonidan yutiladi, kechasi ionosferadan juda yaxshi aks etib qaytib, ob’ektlardan aks etib qaytmasdan uni o‘rab tarqalish xususiyatiga ega.
Dekametrli to‘lqinlar Yerda juda katta so‘nadi, ionosferada radiosignal chastotasiga bog‘liq ravishda turlicha (tanlovchan) so‘nadi, oddiy ob’ektlardan kuchsiz aks etib tarqaladi.
Metrli to‘lqinlar Yerda juda katta so‘nadi, ionosferadan aks etib qaytmaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasida tarqaladi, oddiy ob’ektlardan yuqori darajada aks etib tarqaladi.
Detsimetrli to‘lqinlar faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasida tarqaladi, oddiy ob’ektlardan juda yuqori darajada aks etib tarqaladi.
Santimetrli to‘lqinlar faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasida tarqaladi, ob’ektlardan juda yuqori darajada aks etib tarqaladi. Radioto‘lqinlarni yuqori darajada yo‘naltirilganlik bilan tarqalishiga va qabullanishiga erishish mumkin.
Millimetrli to‘lqinlar atmosferada juda yuqori darajada so‘nadi, yuqori darajada yo‘naltirilganlik bilan tarqalish va qabullashga erishish mumkin.
Radiotexnik tizimlarda, ko‘p hollarda juda yuqori chastota (JYuCh), ultra yuqori chastota (UYuCh) va o‘ta yuqori chastota (O‘YuCh) diapazoni chastotalaridan foydalaniladi. Bu diapazonlarning radioto‘lqinlari ob’ektlardan aks etib tarqalishi juda yuqori bo‘lib, bu diapazon antennalari kichik o‘lchamli – ixcham bo‘lib, yuqori yo‘naltirilganlik bilan tarqalish va qabullanish xususiyatiga ega.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, turli RTTlarda u yoki bu chastotalar diapazonidan foydalanish va chastotalar spektrining kengligi Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) ning Xalqaro radiochastotalarni taqsimlash komissiyasi (XRTK) tomonidan belgilanadi. Bunday cheklanishlar radiosignal shakliga, RTTni yaratishga va natijada uning texnik xarakteristikalariga ta’sir etadi.

1.3.4. Radiotexnik tizimlarni uni radiosignalining modulyatsiyalanadigan parametriga qarab turlarga ajratish


Axborotni chiqarib olishga asoslangan RTTlar radiosignalining axborot parametriga bog‘liq ravishda amplitudaviy, chastotaviy va fazaviy tizimlar sifatida bir-biridan farqlanadi. Bulardan birinchisi amplitudaviy RTTlarga yo‘naltirilgan diagrammali antenna yordamida radiosignal kelayotgan yo‘nalishni aniqlash tizimi, fazaviy RTTga radionavigatsiya tizimlari va chastotaviy RTTga doppler effekti asosida uchayotgan ob’ektning radial tezligini o‘lchash tizimini misol shaklida keltirish mumkin.
Axborot uzatish RTTlarida radiosignallar yuqori chastotali tashuvchisining parametrlaridan birini yoki ba’zi hollarda ikkitasini uzatilayotgan xabar o‘zgarishiga mos ravishda o‘zgartirish natijasida shakllantiriladi. Tashuvchining parametrlaridan birini uzatiladigan uzluksiz xabarga mos ravishda o‘zgartirish jarayoni modulyatsiya deb ataladi. Agar modulyatsiyalovchi xabar diskret bo‘lsa, u holda bu jarayon manipulyatsiya deb ataladi. Agar yuqori chastotali tashuvchi sifatida garmonik shakldagi tebranishlardan foydalanilsa, u holda modulyatsiyalanuvchi parametr uning amplitudasi, chastotasi yoki fazasi bo‘lishi mumkin. Yuqoridagilar asosida RTTlar amplitudasi, chastotasi yoki fazasi modulyatsiyalangan tizimlar deb ataladi.
Tashuvchisi sifatida impulslar ketma-ketligidan foydalaniladigan RTTlarda impulslarning amplitudasi, takrorlanish chastotasi, kengligi yoki takt liniyasiga nisbatan fazasining joylashishini uzatiladigan xabar signaliga mos ravishda o‘zgartirish jarayoni orqali modulyatsiya amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda impulslar ketma-ketligidagi pauza (sokinlik) “0” va tokli impulslar ketma-ketligini uzatiladigan diskret xabarga mos ravishda o‘zgartirilib, manipulyatsiya (kodlash) jarayoni amalga oshiriladi.
Impulsli radiotexnik tizimlarda yuqorida keltirilganlarga asosan axborot uzatish uchun quyidagi modulyatsiya turlaridan foydalaniladi:

  • impuls amplitudasi modulyatsiyasi (IAM);

  • impuls kengligi modulyatsiyasi (IKM);

  • impuls chastotasi modulyatsiyasi (IChM);

  • impuls fazasi modulyatsiyasi (IFM);

  • impuls kod modulyatsiyasi (IKM).

RTTlarda bundan tashqari yangi murakkab modulyatsiya turlaridan foydalaniladi. Raqamli radiotexnik tizimlarda axborot uzatish uchun: nisbiy faza manipulyatsiyasi (NFMp), chastota manipulyatsiyasi (ChMp), amplituda manipulyatsiyasi (AMp) va boshqa murakkab modulyatsiya turlaridan ham foydalaniladi.
RTTlarning ularda axborot uzatish uchun foydalaniladigan radiosignallar turlariga qarab farqlanishidan ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va natijalaridan ularni loyihalashda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Nazorat savollari



  1. RTTlar bajaradigan vazifalariga qarab qanday turlarga ajratiladi?

  2. RTTlar ular orqali uzatiladigan, qabul qilib olinadigan xabarlarga qarab qanday turlarga ajratiladi?

  3. RTTlar ular foydalanadigan radiosignallar chastotalar diapazoniga qarab qanday ajratiladi?

  4. RTTlar ularda foydalaniladigan radiosignallarning modulyatsiyalash parametriga qarab qanday turlarga ajratiladi?



Download 56,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish