Adabiyot nazariyasi qanday fanlar bilan aloqador?
Adabiyot nazariyasi qator fanlar bilan aloqadordir. U jamiyat haqidagi falsafiy fikrlarni umumlashtirgan falsafa fani bilan mustahkam bog‘liq ravishda takomillasha boradi. CHunki har qanday badiiy asar xulosasida albatta umumlashma falsafiy fikrlarning mavjudligi ma’lum. Adabiyotda bevosita estetik munosabatlar birinchi o’rinda turadi. SHuning uchun estetika fani bilan aloqadordir. SHuningdek bu fan tilshunoslik, sanatshunoslik fanlari bilan ham uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, inson ruxiyatining nozik tomonlarini ko’rsatib beruvchi psixologiya fani, uni ilmiy o’rganish adabiyot nazariyasining yetakchi xususiyatidir. Demak, adabiyot nazariyasi psixologiya va boshqa fanlar bilan ham mustahkam bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |