6-mavzu: Molekulalarning qutublanuvchanligi va molyar refraktsiya
Atsetonnning sindirish kо‘rsatkichini va molekulyar refraksiyasini aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: IRF-22 refraktometri, shisha tayoqcha, filtr qog‘ozi, distillangan suv, atseton.
Ishning bajarish tartibi: Refraktometr prizmalari suv bilan tozalab, filtr qog‘oz yordamida quritiladi. Sо‘ng shisha tayoqcha ishtirokida о‘lchov prizmasi ustiga atsetondan 2-3 tomchi tomiziladi, shundan keyin yoritkich prizma о‘z joyiga qо‘yib, sindirish kо‘rsatkich о‘lchanadi. Shu tartibda 3 marta yuqoridagi tajriba takrorlanadi va refraktometrning sindirish kо‘rsatkich shkalasi qiymati yozib olinadi.
Atsetonning sindirish kо‘rsatkichi (n) aniqlangandan sо‘ng shu qiymat va 2-ishda aniqlangan atsetonning zichligi olinib Lorens-Lorens formulasiga qо‘yib atsetonning molekulyar refraksiyasi (R) hisoblab topiladi:
R=n2-1 M/n2-2 d
Bu yerda: n- atsetonning sidirish kо‘rsatkichi, d-zichligi, M-molekulyar massasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |