Yirik shaharlar, sanoat markazlarida, havo ko`pincha gaz, chang, zararli mikroorganizmlar bilan ifloslanadigan joylarda meva daraxtlarining o`rni juda katta. O`rmonda 1 m3 havo tarkibida 490 ta bakteriya bo`lsa, katta shaharlar havosining 1 m3 da 36000 ta bakteriya bo`ladi. Bir gektar bog`dagi daraxtlar yozda kuniga 8 kg karbonat angidrid gazi yutadi, buncha gazni esa 200 kishi nafas olganda chiqaradi. Bitta katta daraxt kuniga 2 kg ga yaqin kislorod ajratadi. Tosh yo`llar yoqasidagi daraxtlar o`tkinchi avtomashinalar chiqarish trubasidan ajraladigan karbonat angidrid gazining 30 % gacha qismini yutadi.1
Katta shaharlar havosining 100 m2 maydonida har oyda 1 kg/ga ifloslangan moddalar yeg`iladi, meva bog`lari barpo qilingan joylarda esa 300 g ga yaqin ifloslangan moddalar to`planadi. Shaharlarda bir gektar erdagi meva daraxtlari kuniga o`rtacha 150 kg yoki yiliga 54 t/ga yaqin havodagi changni fil`trlaydi. Yozda yashil o`simliklar eqilgan joylardagi harorat shaharning ko`qalamzorlashtirilmagan joylar bilan taqqoclanganda 6-100S past, havo namligi esa (transpiratsiya tufayli) 30-40 % yuqori bo`ladi. Daraxtlarning bargi tutunni ushlab qoladi, bu bilan joyning havosini sog`lomlashtiradi. Daraxt va butalar shaharda shovqinni kamaytiradi, ya`ni 26 % ga kamaytiradi.
Ko`pgina meva o`simliklari havoga fitontsidlar (uchuvchi kimyoviy moddalar) ajratib chiqaradi, bular kasallik qo`zg`atuvchi mikroorganizmlarga halokatli ta`sir etadi.
Barglarning yashil rangi, ularning turli- tuman rangda bo`lishi, gullar, mevalar va xushbo`y hid ham nerv sistemasiga tinchlantiruvchi vosita tariqasida ta`sir etadi, kayfiyatni yaxshilaydi, odamning ish qobiliyatini oshiradi. Yashil o`simliklar havo ionizatsiyasiga va ul`trabinafsha nurlarning ko`payishiga yaxshi ta`sir etadi, bu esa odamning sog`ligi uchun foydalidir.
Mevachilikning estetik ahamiyati ham kam emas. Ko`pgina daraxtlar (Pisard olxo`risi, Nedzvetskiy olmasi, anor, shaftoli va boshqalar) parklarga, bul`varlarga, bino devorlari yoniga manzarali o`simlik sifatida eqilsa, bahorda, gullash davrida, mevalari g`arq pishgan paytda juda bir ajoyib manzara hosil qiladi. Shunday qilib bog`lar havoni tozalaydi, ya`ni aholi yashaydigan punktlar havosini sog`lomlashtiradi, odam eng yaxshi dam oladigan joy hisoblanadi. Ular odamlar kayfiyatini, hayot faoliyatini yaxshilaydi, tabiatga muhabbat uyg`otadi. Shuning uchun ham xalqda “bog`dorchilik -qishloq xo`jalik poeziyasidir” deb bejiz aytilmagan. Umuman, mevachilik daromadli soha. Rayonlashtirilgan meva ekinlari navlari va turlari joyning tuproq-iqlim sharoitlariga to`g`ri tanlanib joylashtirilsa, tuproqqa ishlov berish va o`simlikni parvarishi bilan bog`liq barcha agrotexnika ishlari o`z vaqtida va sifatli bajarilsa mevachilik o`simlikshunoslikning yuqori rentabelli, iqtisodiy ko`rsatkichlari yuksak tarmog`iga aylanadi
Respublikamizda meva va rezavor mevalar etishtirish xajmi ortib bormoqda, lekin jon boshiga mevalarni istemol qilishning yillik xajmi atigi -70 kgni tashkil qilmoqda. Kelajakda mevalarni jon boshiga yillik istemoli Respublika Sog`liqni saqlash akademiyasi talabiga binoan- 81 kgni tashkil etishi lozim.
Bog`dorchilik maxsulotlarining oziqaviylik qiymati asosan ushbu meva va rezavor mevalarga insonlarning istemol talabiga bog`liq. 1kg meva, rezavor meva va uzum mevasi 440-450 kaloriya quvvatga ega bo`lib, bu insonlarni kunlik me`yorini 15%ni tashkil etadi. Ushbu mevalar vitaminlar, mineral va organiq moddalarga boy bo`lib inson organizmi tomonidan yaxshi o`zlashtiriladi.
Meva va rezavor meva o`simliklarining xosili respublikamiz axolisi istemol qiladigan eng asosiy oziq-ovqat maxsuloti xisoblanadi. Mevalarning istemol qilinadigan qismida 60 dan ortiq mineral birikmalar, shunindek uglevodlardan fruktoza, glyukoza, saxaroza, vitaminlar va organiq kislotalar mavjud.
Ko`pchilik mevalarning istemol qilinadigan qismlarida 0,4-0,9% mineral moddalar, shunindek kaliy, natriy, kal`tsiy, magniy, temir, marganets, fosfor, yod, bor va boshqa zarur moddalar mavjud. Ushbu moddalar inson organizmidagi kislotalar me`yorlarini saqlashda va modda almashinuvida muxim o`rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |