1-mavzu. O‘zbekiston tarixi fani predmeti, nazariy metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. (2 soat) Reja



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana20.07.2021
Hajmi0,52 Mb.
#124497
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza

Uchinchidan,  O‘zbekiston  tarixi  fani  o‘tmishdagi  iqtisodiy-ijtimoiy  hayotning  ahvoli, 

rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va 

xulosa chiqaradi. Bu esa kelajak avlodlar uchun dasturulamal bo‘ladi. 

To‘rtinchidan,  O‘zbekiston  tarixi  fani  ko‘p  qirralik  va  xilma-xillik  xususiyatiga  ega.  U 

jamiyat  taraqqiyoti  va  inqirozlarining  faqat  bir  tomoninigina  emas,  balki  jamiyatning  hamma 

tomonlarini  uzviy  o‘zaro  bog‘liqlikda,  bir  butunlikda  o‘rganadi.  O‘zbekiston  tarixi  fani, 

O‘zbekistonning o‘tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan 

voqeliklar,  insoniyat  hayoti,  tabiat  va  jamiyat  taraqqiyoti  va  tanazzulini  tahlil  qiladi.  Uning 

o‘rganish  predmetiga  esa,  mana  shu  makondagi  jamiki  xilma-xil  voqea  va  hodisalar,  ulardagi 

umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va 

insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O‘zbekiston tarixi fanining o‘rganish makoni-obyekti 

O‘zbekistonning  tarixidir.  Tarixiy  obyekt  (makon)ga  nisbatan  O‘zbekiston  tarixi  fanining 

maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma’lum bir 

ma’noda obyekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan 

o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi. 

Obyekt  aniq  tarixiy davr, makon, zamon  va  geografik mintaqaviy  chegaralar, ma’lum bir 

xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarning bir 

butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq tarixiy-

madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iboratdir. 

O‘zbekiston tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy, umuminsoniy fan bo‘lib, inson va millat, 

o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zligini o‘zi anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturulamal 

hisoblanadi. Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, 

insoniyat va tabiatning o‘tmishini o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan, madaniyat, 

maorif,  iqtisodiyot  va  boshqa  fanlar  shular  jumlasidandir.  Ammo,  boshqa  fanlarning  hammasi 

ham,  tabiat,  jamiyat  ham  avvalo,  katta  tarixda  aks  etadi.  Soha  tarix  fanlari  ham  tarix  fanining 

o‘rganish ob’ekti va predmeti hisoblanadi. 

Tarix  fani  boshqa,  ayniqsa,  ijtimoiy-gumanitar  fanlari  bilan  mustahkam  va  uzviy  aloqa 

birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va 

boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la yoritib berolmaydilar. 




Shuni  ham  aytish  lozimki,  tarix  bilan  boshqa  ijtimoiy-  gumanitar  fanlarning  o‘rganish 

ob’ekti bitta ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix 

fani  taraqqiyotiga,  tarixiy  haqiqatlarning  ro‘yobga  chiqishiga  bevosita  yordam  beradi. 

Shuningdek,  tarix  fani  ham  boshqa  soha  fanlari  rivojiga  katta  ta’sir  etadi.  Ammo,  shuni  ham 

ta’kidlash joizki, tarix boshqa fanlarni, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. 

Chunki boshqa fanlarning hammasi ham tarix mahsulidir. 

Xulosa shuki, tarix fani ya’ni, Vatan tarixi millat va Vatan taqdirini ravnaq topishida muhim 

ahamiyatga  ega.  Masalaning  mohiyati  shundaki,  birinchidan,  ijtimoiy-gumanitar  fanlarning 

rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Chunki ular tarix 

bilan bevosita bog‘liq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa 

ijtimoiy-gumanitar  fanlarning  mazmun  va  mohiyati  hamda  ta’sirchanligi  ham  shuncha  yuksak 

darajada bo‘ladi. 

Tarix falsafasi  deganda,  tarix  ya’ni o‘tmish tajribasi  va sabog‘idan to‘g‘ri xulosa chiqara 

olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, o‘tmish-tarixga qarab, kelajakni to‘g‘ri belgilay olish ham 

tarix falsafasini anglashni bildiradi. Masalan, bundan bir asr oldin Rossiyadan chiqqan lenincha 

«bolshevoy» lar uchun kommunizm qurish g‘oyasi ishonch va e’tiqodga aylandi. Buning uchun 

esa, ular hokimiyatni bosib olib, katta qon to‘kish evaziga jamiyatni o‘zgartirdi. Oxir oqibatda esa, 

bu  «sotsialistik  jamiyat»  inqirozga  uchradi.  Tarixda  kommunistik  g‘oya  o‘z  isbotini  topmadi. 

Tarix uning xom – xayol – utopiyadan iborat ekanligini 74 yil ichida isbotladi. Yana bir misol: 

Yevropa  mamlakatlari  hozir  tarix  saboqlari  –  falsafasidan  to‘g‘ri  xulosa  chiqarib,  o‘tmishlari 

qanchalik o‘zaro qonli va qarama-qarshilarga boy bo‘lishiga qaramay, Yevroittifoqqa birlashish 

harakatida,  yagona  konstitutsiya  qabul  qilmoqchi.  Bular  tarix  falsafasi  to‘g‘ri  anglashining 

hosilasidir. 

 


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish