qarashlaridagi o`zgarishlarni o`rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab
chiqishda ikkala fan metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o`zaro hamkorligi va aloqasi an`anaviy va azaliy bo`lib,
ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuziga
xosdir. O`z-o`zidan ravshanki, bunday aloqa hamisha ham mavjud bo`lib kelgan va buni ilg`or
psixologlar va pedagoglar tushuntirib berishga harakat qilishgan. Rus pedagogi va psixologi
K.D.Ushinskiy pedagogika uchun o`z ahamiyatiga ko`ra psixologiya barcha fanlar ichida
birinchi o`rinda turadi, deb ta`kidlagan edi. Kishini har jihatdan tarbiyalamoq uchun, - deb qayd
etgan edi K.D.Ushinskiy, uni har jihatdan o`rganmoq darkor.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi "Ta`lim to`g`risida"gi qonun hamda
"Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ni amalga oshirilishi ham ikki fan hamkorligi va o`zaro
aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo`ydi. Milliy dasturda e`tirof etilgan yangicha
modeldagi shaxsni kamol toptirish, uni chuqur bilimlar sohibi bo`lib yetishishi, barkamolligini
kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarni ta`lim va tarbiya
jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o`z uslub va qoidalari yetarli bo`lmaydi. Shuning
uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta`lim olish davrlaridagi
rivojlanish an`analaridan tortib, toki yangicha o`qitish texnologiyalarini bola tomonidan
o`zlashtirilishi va undagi aqliy qobiliyatlarga nechog`li ta`sir ko`rsatayotganligini o`rganish, shu
asosda ishni tashkil etish, psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg`unlashtirishni
taqozo etadi. Ayniqsa, ma`naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta`lim
muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o`qitishning eng ilg`or
va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi.
Tabiiy fanlar - biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqalar psixik jarayonlarning
tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechish qonuniyatlarini
ob`ektiv o`rganish uchun materiallar beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab tizi-
mining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlash-tirishdagi rolini e`tirof etgan
holda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot usularidan omilkorona
foydalanadi. Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug`ma layoqatlari hamda
orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etganligi sababli unga tabiiy layoqatning
xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator usullaridan o`z o`rnida foydalanadi va
biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan
yutuqlaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar
psixologiya fanining predmetini mukammalroq yoritishga o`z hissasini qo`shgan.
Do'stlaringiz bilan baham: