1. Tekshirish vazifalari, manbalari va ketma-ketligini tekshirish Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditining dasturi



Download 0,58 Mb.
bet3/5
Sana20.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#827876
1   2   3   4   5
Bog'liq
Audit mustaqil ish Rustamova

Hisobdor summalar berish tartibini tekshirishda avval olingan summalar bo‘yicha qarzdor bo‘lgan shaxslarga qaytadan hisobot uchun pullar berilganini aniqlash lozim. Xo‘jalik ehtiyojlari uchun ishlatilgan hisobdor summalar qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi avans hisoboti ma’lumotlari ilova qilingan yuk ortish-tushirish va boshqa ishlar uchun naqd pul to‘langani to‘g‘risidagi hujjatlar bilan, shuningdek sotib olingan moddiy boyliklar amalda omborga kelib tushgan moddiy boyliklarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan solishtirib aniqlanadi. Buning uchun schyotlar, tovar cheklari, moddiy boyliklarni kirim qilish bo‘yicha yuk xatlari, omborda hisob yuritish varakalari va materiallar harakati to‘g‘risidagi hisobotlar bilan solishtiriladi.


Ishlatilmagan hisobdor pullar o‘z vaqtida qaytarilganini aniqlash tekshiruvning muhim boskichi hisoblanadi. Ishlatilmagan va o‘z vaqtida qaytarilmagan hisobdor summalar, ular qaytariladigan kundan boshlab bir oy muddatda hisob-kitob-to‘lov qaydnomasi bo‘yicha so‘zsiz ushlab qolinishi lozim.

Xizmat safari xarajatlari auditi

Tekshiruv vaqtida xizmat safari xarajatlari qonuniy va maqsadga muvofiq qoplanganini tekshirish lozim. Bunda xizmat safariga yuboriladigan xodimlar to‘g‘ri hisobga olingani va ro‘yxatga olish daftari to‘g‘ri yuritilayotgani aniqlanadi.

Xizmat safariga yuborilgan shaxslar tomonidan taqdim etilgan avans hisobotlarini tekshirishga alohida e’tiborni qaratish lozim. Xizmat safari guvohnomalarida xodim rejalashtirilgan joylarga borgani va ketgani to‘g‘risida belgilar qo‘yilgani, xizmat safari hujjatlarida chiqarilgan va to‘g‘irlangan yozuvlar mavjudligi, hujjatlarning barcha rekvizitlari to‘ldirilgani aniqlanadi. Xodimning amalda xizmat safarida bo‘lgan vaqti xizmat safari guvohnomasidagi belgilar bo‘yicha aniqlanadi va ushbu sanalar borish-kelish yo‘l hujjatlari ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi. Kunlik xarajatlar, yashash joyini yollash va borish-kelish yo‘l xarajatlarining hisobi alohida tekshiriladi.


Korxona tomonidan xizmat safaridagi xodimlarga istiqomat qilish va boshqa xarajatlar uchun amaldagi qonunchilikda belgilangan me’yorlar miqdoridan yuqoriroq haq to‘lanishi mumkin. Bunday hollarda, belgilangan me’yorlardan oshgan xarajatlar «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizom»ning 1-ilovasiga muvofiq foyda soliqiga tortilishi, shuningdek xodimning joriy oylik ish haqi bilan birgalikda jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘iga kiritilishi lozim.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish