30. Hol va uning turlari.
Odatda fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning belgisini bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lakka hol deyiladi. Hol ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja kabilarni bildiradi. Hol ravish, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari shakllaridagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar, sifat, son, fe’l shakllari, taqlid so‘z hamda so‘z birikmasi orqali ifodalanadi.
Ravish, asosan, hol vazifasini bajaruvchi mustaqil so‘z turkumidir. Masalan: Faqat idora yaqinidagi MTS tomonidan yakka traktorning o‘qtin-o‘qtin gurillagani eshitildi. (O‘.Hoshimov). Asta esa boshlagan shamol tumanni pastliklarga olib ketdi. (J.Abdullaxonov).
Gapda hol bo‘lib kelish fe’lning ravishdosh shaklining ham asosiy vazifalaridandir. Masalan: Tomchilarning derazaga chirsillab urilishi aniq eshitila boshladi. (O‘.Hoshimov). Erali bu gaplarni choyxonada odam gavjum paytida maqtana-maqtana aytib berdi. (S.Ahmad).
Ot jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigida kelib yoki ko‘makchi bilan birga ishlatilib hol vazifasini bajarishi mumkin: Toshkentga butun mamlakatdan katta geolog olimlar kelishgan. (S.Karomatov). Mashina shiddat bilan qaltis tog‘ yo‘lidan uchib ketdi. (O‘.Hoshimov).
Harakat nomi gapda hol bo‘lib kelganda, u ham ot kabi shakllanadi: Mehmonlarni kutish uchun bog`ga dasturxon tayyorlatib qo‘yishgan edi. (S.Ahmad).
Taqlid so‘z ham gapda hol vazifasida kela oladi: Toshlar havoni g‘iz-g‘iz yorib o‘tadi. (Oybek). Ko‘chadan dupur-dupur o‘ynoqlab bir gala otlar o‘tadi. (J.Abdullaxonov).
Ba’zan hol so‘z birikmasi bilan ifodalanadi: Tong otar payti bulbullar paydar-pay sayraydi. (S.Ahmad). Aqlni o‘stirmoq uchun hadeb o‘qiyvermasdan ko‘proq fikrlash kerak. («Tafakkur gulshani»).
Hol o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan «hol-hollanmish» sintaktik munosabatini yuzaga keltiradi.
Hollar ma’nolariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi.
1. Ravish holi ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday? qanday qilib? qay tarzda? qay holda? degan so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. U quyidagicha ifodalanadi:
1) holat ravishi bilan: Sahnada hozir biron yangilik yuz berishi kerakday, hamma nafasini ichiga yutib, jimgina tikilib qoldi. Birdan qarsak chala boshladilar. (J.Abdullaxonov).
2) ravishdosh bilan: To‘rg‘aylar bir nuqta ustida qanot qoqib g‘ujurlashadi. (P.Qodirov). Temirjon ularning kuyib-pishib bir-birlariga gap uqtirishlarini ko‘rib, o‘qituvchilarning muvaffaqiyatidan qanchalik faxrlanishlarini his qila boshladi. (J.Abdullaxonov). Qiqirlab kulganicha qochib borayotgan qizning ortidan jilmayib qarab turdi. (J.Abdullaxonov). Ona yana o‘ylay-o‘ylay o‘yiga etolmay qoldi. (J.Abdullaxonov).
3) sifatdosh+ «holda» ko‘makchi so‘zi bilan: Bu payt Yulduzning dugonalari o‘zaro bahslashgan holda yaqinlasha boshladilar. (J.Abdullaxonov).
4) bosh kelishikdagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan ot bilan: Turmushning yaxshi o‘tib, farovonlik bilan yashashni istasang, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yma. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
5) sifat bilan: Qiyshiq o‘tirsang ham, to‘g‘ri gapir. (Maqol). Albatta, mendan ko‘ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov).
6) taqlid so‘z bilan: Ufqqa yonboshlagan quyoshning so‘nggi nurlaridan yaltiragan mirzateraklar uchidagi nurlar lip-lip o‘chdi. (J.Abdullaxonov). Ba’zilar negadir hiring-hiring kulishar, pichir-pichir so‘z qotishardi. (J.Abdullaxonov).
7) frazeologik ibora bilan: U tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ko‘chaga chiqdi. (F.Musajonov).
2. Payt holi ish-harakatning bajarilish paytini, uning chegarasini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Payt holi payt ravishi, ravishdosh, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan, ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Tomosha qilib turganlar doim uni kulgi qilishardi. (P.Qodirov). Ertalab bolalar uchun olgan suvlaridan ozgina qolgan edi. (P.Qodirov). Hech qachon o‘z aybingni birovga yuklashni o‘rganma!..
(J.Abdullaxonov). Yoshligingda odat qilsang, qariguncha ko‘nikasan, qariganingda odat qilsang, ko‘nikkuncha ko‘milasan. (Maqol). O‘ttizida er atangan, qirqida sher atanar. (Maqol). Kuni bilan jiyanlarini erkalatib, soy bo‘ylarida aylandi. (J.Abdullaxonov). Biz dam olish kuni shahardan tashqariga, Bo‘zsuv bo‘yiga chiqdik. (O.Yoqubov).
Payt holi harakatning bajarilish paytini bildiradi: Shunday diqqat bo‘lgan kunlarning birida Tolibjon kechasi xontaxtaga bag‘rini berib... xat yozdi. (S.Ahmad). Temirjonning ongi hech qachon bunchalik yangiliklar bilan boyimagan edi. (J.Abdullaxonov).
Payt holi harakatning bajarilishidagi chegarani bildiradi: Yangi yilgacha yog‘ingarchilik kam bo‘ldi... (J.Abdullaxonov). Ertalabdan to qorong‘i tushgunga qadar barcha qatori dala qoshidan nari ketmasdi. (J.Abdullaxonov). Temirjon allamahalgacha uyqusi qochib, Usmonali otaning Hilol aka haqidagi gaplarini eslab yotdi. (J.Abdullaxonov). Men yigirma besh yildan beri paxta ekaman. (J.Abdullaxonov).
3. O‘rin holi ish-harakatning bo‘lish, boshlanish, yo‘nalish o‘rnini bildirib, qayerda? qayerdan? qayerga? qayergacha? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. O‘rin holi o‘rin ravishi, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar hamda ko‘makchili ishlatilgan otlar, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Unda yuqoridan shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg‘oqqa sapchib oqardi. (S.Ahmad). Afsus, oyoqlar ostida tuzoqlar ko‘p. (T.Malik). Osmoni falakka burgut qanotini tarang yozib uchadi. (S.Ahmad).
O‘rin holi ma’nosiga ko‘ra uch xil:
1) ish-harakatning bo‘lish o‘rnini bildirib, qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. U o‘rin ravishi, o‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar hamda ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan ifodalanadi: Bostirmada g‘ildiraklari olingan... «Volga» mashinasi turibdi. (P.Qodirov). Yuqorida ... bola shitirlashni eshitgan zahoti bu tomonga qarab chopgan edi. (P.Qodirov). Ular yuqoridan shildirab tushayotgan suv bo‘yida archa bilan ayqashib o‘sgan zirk tagida o‘tirib ovqatlanishadi. (P.Qodirov).
2) ish-harakatning yo‘nalish o‘rnini yoki harakatning bo‘lishidagi eng so‘nggi chegarani bildirib, qayerga? qayergacha? so‘rog‘idan biriga javob bo‘ladi: U Tolibjonga ro‘para kelishdan qo‘rqib, so‘qmoqdan o‘ngga burildi... (S.Ahmad). Ishkomlar tunnel singari bir tekis olis-olislarga cho‘zilgan. (J.Abdullaxonov). Qo‘rg‘oshindek qora bulutlar Oyqor tog‘lari tomon o‘tib ketdi. (S.Ahmad). – Kelib turing, xola,- eshikkacha kuzatib qo‘ymoqchi bo‘ldi Qunduz. (J.Abdullaxonov).
3) ish-harakatning boshlanish o‘rnini ifodalab, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: Ministrlikdan telefon qilishardi. (J.Abdullaxonov). Ammo qayoqdandir hoshiya tortib kelayotgan qora bulut uning yuzini sholday bir nafas o‘rab turdi... . (J.Abdullaxonov). Temirjon haligina kutubxonadan olib kelib, divanga betartib sochib qo‘ygan kitoblariga qaradi. (J.Abdullaxonov).
4. Sabab holi ish-harakatning bajarilish sababini anglatib, nimaga? nima uchun? nima sababdan? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi.
Sabab holini ko‘pincha «uchun», «sabali», «tufayli», «bois» kabi ko‘makchilari yoki chiqish kelishigi –dan affiksi shakllantiradi.
Sabab holi ravish, ot, olmosh, sifatdosh, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: U tortinchoqligi, parishonholligi tufayli ayrimlarga g‘alatiroq ko‘rinayotganini ham seza boshladi. (J.Abdullaxonov). Muvaffaqiyatsizliklardan ranjishlar yo‘llariga g‘ov bo‘lmas. (J.Abdullaxonov). Negadir birdan zildek bo‘lib ketgan qo‘lini arang ko‘tarib, qo‘ng‘iroq tugmasini bordi. (F.Musajonov). Hozirgina savdosi yaxshi bo‘lganidan Azizbekning ko‘ngli vayron bo‘ldi. (S.Ahmad).
5. Maqsad holi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nima uchun? nimaga? nima maqsadda? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi.
Maqsad holini ko‘pincha «uchun», «maqsadida», «niyatida» yordamchi so‘zlari, shuningdek jo‘nalish kelishigi –ga affiksi shakllantiradi.
Maqsad holi ravish, ravishdosh, ot, frazeologik ibora, harakat nomi, so‘z birikmasi bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Qadamimni ataylab dadil-dadil bosaman. (P.Qodirov). Ular baliqlarni tomosha qilgani pastga tushishdi. (S.Ahmad). ... Votti kennoyi andak ko‘nglini yozib ketish uchun kelgan ko‘rinadi. (J.Abdullaxonov).
6. Miqdor-daraja holi ish-harakatning bajarilishini miqdor jihatdan belgilab, qancha? necha marta? qanchalab? kabi so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Miqdor-daraja holi ko‘pincha miqdor-daraja ravishlari bilan ifodalanadi: Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla. (Maqol). Dodamat akaning qotma va abjir gavdasiga mos qoramag‘iz basharasi Ahmadga borgan sari ko‘proq yoqardi. (F.Musajonov). Bular dushman pozitsiyasiga mumkin qadar yaqinroq borib, biron qulay joyda soatlab... poylab etishadi. (A.Qahhor). Yelkasiga charm xalta osgan yigit tarjimon bilan xiyla tortishib qoldi. (J.Abdullaxonov).
Miqdor-daraja holi son bilan ifodalanadi. Bunda son yakka o‘zi yoki «marta», «karra» so‘zlari bilan kelib miqdor-daraja holi vazifasini bajaradi: Yetti o‘lchab, bir kes. (Maqol). Ana shunaqa, azizlar, fan yana bir karra g‘alaba qozondi. (J.Abdullaxonov). Ortiq ham ayiq ovini bir marta ko‘rgan. (P.Qodirov).
So‘z birikmasi ham miqdor-daraja holi vazifasini bajarishi mumkin. Masalan: Mehmonlar yana bir necha muddat teplitsani aylanishdi. (J.Abdullaxonov).
7. Shart holi nima qilsa(-m , -ng, -k , -ngiz) so‘rog‘iga javob bo‘ladi va bir harakatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan ish-harakatni bildiradi: Eksang o‘rasan. Qaytarish sharti bilan oldi.
8. To‘siqsizlik holi nima qilsa (-m, -ng, -k , -ngiz) ham//-da? so‘roqlariga javob bo‘lib, bir ish-harakatning bajarilishi uchun to‘siq bo‘la olmaydigan ish-harakatni bildiradi va shart fе’li+ham//-da), ravishdosh, sifatdosh+bilan ko‘makchisi, qaramay, qaramasdan so‘zlari qatnashgan qurilma orqali ifodalanadi: Chaqirilmasa ham qatnashdi. Kichik bo‘lgani bilan ancha og‘ir edi. Shoshganiga qaramay kutib turdi.
31.[Qaratuvchi – qaralmish] munosabatini bildirgan SBlari va ularning LSQi.
32.Kesim – gapning markazi.
O’quvchining yozma yoki og’zaki nutqda o’z fikrini to’g’ri ifodalashi uning gap bo’laklarini o’z o’rniga qo’ya bilishiga bog’liq. Bunda gapning bosh bo’lagi – kesimning o’z o’rnida qo’llanilishi fikrning asosiy mazmunini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari tomonidan ona tili darslarida “Gap bo’laklari” bo’limining o’tilishida ushbu mavzuning o’quvchilar tomonidan to’liq o’zlashtirilishiga erishish zarur.
Dastlab o’qituvchini kesim atamasi va u qachondan boshlab fanda ommalashgani haqida o’quvchilarga quyidagi nazariy ma’lumotlarni berishi maqsadga muvofiq:
“Ma’lumki, kesim tilshunoslikning yetakchi tushunchalaridan biri bo’lib, jahon tilshunosligida ham, o’zbek tilshunosligida ham keng tadqiq etilgan. Sh. Bobomurodovaning fikricha, kesim atamasi o’zbek tilshunosligida 1925-yilda Elbekning “Lug’at va atamalar” maqolasi va Fitratning “Sarf” asaridan keyin ommalashgan.[1] Fitrat o’zining “Nahv”ida kesimga quyidagicha ta’rif beradi: “Gapdagi so’zlarning oxirida kelgan, o’z kelishi bilan so’z qo’shumini “gap”ga aylantirgan so’z – kesim so’zidir”. Yana boshqa joyda: “Mirtemir yaqinda yaxshi bir she’r...
Kesim gap markazi bo’lib, u tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini bildirib, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo’laklarini o’z atrofida birlashtiradi. Darsliklarda ta’kidlanganidek gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati juda katta. U hukmni ifodalovchi, gapning asosiy belgilarini ko’rsatuvchi eng muhim bo’lakdir. Gapda ega ham, ikkinchi darajali bo’laklar ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog’lanadi. Demak, gapning hosil bo’lishida, nutq ifodalanishida kesimning o’rni va ahamiyati beqiyos ekan ”
33.Berilgan gapni sintaktik tahlil qiling:
34. Punktuatsiya va sintaksisning aloqadorligi.
Punktuatsiya. tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini taʼminlashda muhim vositadir. Oʻz navbatida, muayyan tiddagi P. anʼanalarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo-di hamda tinish belgilarining qoʻllanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hozirgi uzbek P.sining shakllanishi, rivoji, uning oʻrganilishi Fitrat, S. Ibrohimov, H. Gʻoziyev, O. Usmon, Gʻ. Abdurahmonov, K. Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bogʻliq.
35.[-b(ib) edi//-b(ib) ekan] kesimlik shaklining omonimik xususiyati va qo‘shma gap qurilishidagi ahamiyatini tushuntiring.
gan edi shakli, odatda, [WPm, WPm] qolipli gaplarni ham hosil qiladi. Chunki bu ham omonimik tabiatli shakl. Lekin uning tarkibiga boshqa birlik kiritilishi bilan qo‘shma gap a’zolari orasidagi tenglik munosabati so‘nib, tobelik munosabati vujudga keladi. Masalan, Qopqon tomonga burilgan edi, baqiriq-chaqiriq boshlandi gapi [WPm, WPm] va [WPm → WPm] qolipiga tushadi.
-gan ham edi: Ergash ko‘ringan ham edi, bolalar yugurishdi. (S.Nur.).
-gan edi hamki: Arz qilishga og‘iz juftlagan edi hamki, kulimsirab turgan Burgut polvonga ko‘zi tushdi. (S.Ahm.).
-ganda edi: Bizning duomiz ijobat bo‘lganda edi, hammamiz sevinardik. (A.Shorah.).
Кeltirilgan misollarning barchasida gaplarning birinchi qismlari ikkinchi qismlarining kelishini talab qiladi.
-(i)b edi shakli ham ayrim hollarda [WPm → WPm] tipini vujudga keltirishda ishtirok etadi: Shu kuni endi ko‘chaga chiqib edi, Zunnun boshliq besh nafar bola poylab turgan ekan. (M.Ism.)
deb vositasi: 1. Xolmurod Gulsunning o‘qituvchisini ko‘rsam deb, deraza orqasidan sekin qaradi. (P.Turs.) 2. Bolalar ovqatlanamiz deb, birdan shiypon tomon yo‘l oldilar. (H.Naz.)
36. Ma’noviy birikuvchanlik.
Lug‘aviy valentlik biriktiruvchi leksemaning ma’noviy jihatdan o‘ziga mos birikuvchilarni tanlashi. Masalan, hangra leksemasi qush leksemasini o‘ziga torta olmaydi, qush leksemasi hangra leksemasidagi birorta ham bo‘sh o‘ringa tusha olmaydi. Chunki ularda ma’noviy muvofiqlik mavjud emas. Leksemalar bir-biriga ma’noviy mos bo‘lishi uchun ularning ma’no strukturalarida o‘xshash ma’no bo‘lakchalari – semalari bo‘lmog‘i lozim. Masalan, (33-jadval):
33-jadval
Qush
sayramoq
«parranda»
«ovoz chiqarish»
«uchadigan»
«qushlarga xos»
«sayray oladigan»
Кo‘rinadiki, qush leksemasi ma’no tarkibidagi «sayray oladigan» ma’no bo‘lakchasi sayramoq leksemasida va undagi «qushga xos» ma’no bo‘lakchasi qush leksemasida mavjud. Bu ularning birikma hosil qilishiga asos bo‘la oladi.
Endi qush va hangra leksemalarini shu tarzda qiyoslab ko‘raylik (34-jadval):
34-jadval
Qush
hangramoq
«parranda»
«ovoz chiqarish»
«uchadigan»
«eshakka xos»
«sayray oladigan»
Bu leksemalarda, yuqoridagidek, ma’noviy moslik kuzatilmaydi. Shu boisdan hangramoq leksemasi valentligini to‘ldirish uchun qush leksemasini o‘ziga torta olmaydi, qush leksemasi esa hangra leksemasidagi bo‘sh o‘rinni to‘ldira olmaydi.
Leksemaning valentliklari tor yoki keng bo‘lishi mumkin. Masalan: hangramoq leksemasining nima so‘rog‘iga javob bo‘ladigan valentligi to‘ldiruvchisi – eshak, xo‘tik, hangi leksemalari. kishnamoq leksemasining bunday valentligini to‘ldiruvchi unsurlar – ot, toy, bedov, saman leksemalari. Ba’zan birikuvchi yoki biriktiruvchi leksemalar ma’nolari muvofiq bo‘lmagani holda ular nutqda birikuv hosil qilishi mumkin. Masalan, Artist «hangradi» kabi. Bunda endi me’yoriy valentlik buzilgan holda namoyon bo‘lib, ko‘chma, obrazli ma’no yuzaga chiqadi. Lekin bu sof nutqiy hodisa, hangra va artist leksemalarining lisoniy mohiyatidan joy olmagan. Chunki artist leksemasining ma’no tarkibi «san’atkor», «qo‘shiqchilik–teatrga xos» semalari bo‘lib, unda «hangra» semasi yo‘q, hangramoq leksemasi «eshakka xos», «ovoz chiqarish» ma’no tarkibiga ega, unda «san’atkor», «qo‘shiqchilikka xos» ma’no bo‘lakchalari mavjud emas.
Lug‘aviy valentlikni ot va fe’l turkumidan olingan namuna asosida dalillashga harakat qildik. Lekin lisoniy-lug‘aviy valentlik nafaqat ot yoki fe’lga, balki boshqa so‘z turkumlariga ham xos.
37. Uyushgan gap. Uning lisoniy sintaktik qurilishi.
Samiyaginam, [20/04/2022 10:01]
37-savol
Uyushish haqida. O‘zbek tilshunosligida uyushish hodisasi bilan bog‘liq uchta hodisa mavjud:
gapda uyushgan so‘zlar (Bu haqda yuqorida aytildi);
qo‘shma gapdagi uyushiq gaplar (Bu haqda quyida – «Qo‘shma gap» bahsida so‘z yuritiladi);
uyushgan gaplar.
Uyushiqlik umumiy holat bo‘lib, sodda gapga ham, qo‘shma gapga ham xos. Sodda gapda so‘zlar uyushib kelsa, qo‘shma gapda so‘z, sodda gap uyushib keladi.
Aytilganidek, uyushiqlik kamida ikki birlik (unsur)dan iborat bo‘ladi:
uyushtiruvchi unsur;
uyushuvchi unsur.
Bu ikki unsur barcha uyushish hodisasida mavjud.
Xo‘sh, uyushgan gap nima va u uyushiq gapdan nimasi bilan farqlanadi?
Ma’lumki, har qanday gap grammatik yoki semantik-funksional shakllangan bo‘lishi lozim. Shu bois u kesimga ega bo‘lib, bu kesim [WPm] (kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi) yoki [WP] (semantik-funksional shakllangan gap) tarzida bo‘lishi lozim. [WPm] sodda gapda bitta, qo‘shma gapda esa birdan ortiq bo‘ladi.
Quyidagi gaplarni qiyoslaylik:
1. Ukang rasm chizar edi. Bu gapning lisoniy qolipi quyidagicha:
E WPm
T
2. Ukam rasm chizar edi va singlim televizor ko‘rar edi gapining qolipi esa quyidagicha:
E 1 W1Pm va E1 W2Pm
T T
Кo‘rinadiki, birinchi gapda [WPm] va uning kengaytiruvchilari majmui bitta, ikkinchi gapda ikkita va ular o‘zaro teng bog‘lovchi yordamida bog‘langan. Endi uchinchi gapga diqqat qilaylik: 3. Ukam rasm chizar va singlim televizor ko‘rar edi. Bu oldingi gapimizdagi kesimlarning [W] qismlari o‘zgarmasdan saqlanganligi va [Pm] qismi bittaga qisqarganligi bilan undan farqlanadi. Demak, gapda [W] lar ikkita va [Pm] bitta bo‘lib, u ikkita [W] uchun ham umumiydir. Shu boisdan uni qavsdan tashqariga chiqarish mumkin. Bu gapning qolipi quyidagicha:
((E1-W1) va (E2-W2 ))Pm
T T
Кo‘rinadiki, bitta umumiy [Pm]ga ega bo‘lgan birdan ortiq [W] dan tashkil topgan gap ham tilimizda mavjud. Bunday gap uyushgan gap deyiladi.
Yo‘l-yo‘lakay shuni aytib o‘tish kerakki, uyushgan gaplar uyushiq qismli qo‘shma gaplardan farqlanadi. Buning uchun quyidagilarni qiyoslaymiz: 1. Bahor kelsa, bog‘lar yashnasa, sayilga chiqamiz. Gapning qolipi: [E1→W1Pm (-sa), E2→W2Pm (-sa), W3→Pm]. 2. Bahor kelsa, bog‘lar yashnaydi va sayilga chiqamiz. Qolipi: [(E1→ WPm1) ((E2 → W2Pm) va (W3Pm))]. Bu ikkala gap uyushiq qismli qo‘shma gap. Birinchi gapda ergash gap (Bahor kelsa, bog‘lar yashnasa) uyushib, bosh gapga tobelanib kelgan. Ikkinchi gapda esa bosh (bog‘lar yashnaydi va sayilga chiqamiz) uyushib kelgan va ergash gap (bahor kelsa) ularga bab-baravar tegishli. Bular uyushiq gapdir.
Ma’lum bo‘ladiki, uyushiq gap qo‘shma gaplar tarkibida bo‘ladi. Uyushgan gap esa o‘zbek tilida sodda va qo‘shma gaplar orasidagi alohida sintaktik qurilmadir. U kesimdagi [W] si birdan ortiqligi bilan qo‘shma gapga, [Pm] ning bittaligi bilan esa sodda gapga yaqinlashadi. Shuning uchun ham u o‘z mavqeyi bilan «oraliq uchinchi»dir, ya’ni sodda va qo‘shma gaplar orasidagi hodisadir.
Sodda va qo‘shma gapni belgilashda asosiy omil gapda nechta shakllangan kesimning mavjudligi. Eganing bor-yo‘qligi, ifodalangan-ifodalanmaganligi ahamiyatsiz. Uyushgan gapni belgilashda esa bosh omil ikkita:
bitta shakllangan kesimning mavjudligi;
birdan ortiq uyushgan eganing mavjudligi.
Bu xususiyati bilan uyushgan gap egali sodda gapdan ham (Jahongir, Jamshid, Isroil o‘qidi), uyushiq kesimli sodda gapdan ham (egasi yo‘q yoki bor bo‘lsa, bitta, kesimning lug‘aviy qismi birdan ortiq, [Pm] qismi bitta – (Ular borgan va ko‘rgan edilar, qolipi [W1-W2 Pm]) farqlanadi.
Samiyaginam, [20/04/2022 10:01]
Nazariy talqinda uyushiq kesimli sodda gapda, demak, ega bitta, [Pm] qismlari umumiy bo‘lgan kesim birdan ortiq bo‘ladi. Aytilganlar asosida sodda gap, uyushiq kesimli sodda gap, qo‘shma gap, uyushiq qisimli qo‘shma gap va uyushgan gapning eng kichik struktur sxemasini beramiz: (Qulaylik uchun eng kichik qurilish qoliplarini berish ma’qul. Chunki, [WPm] da ular (W va Pm)ning kengaytiruvchilari ham mujassamlangan.
sodda gap: [WPm];
uyushiq kesimli sodda gap: [(W1 →W2)Pm];
qo‘shma gap: [WPm - WPm];
uyushgan qismli qo‘shma gap: [(WPm-WPm)-WPm] yoki [(WPm – (WPm-WPm)];
5) uyushgan gap: [((E1-W2)-(E2-W2)) Pm].
Uyushgan gapga misol: 1. Otam rais, onam brigadir bo‘lgan edi. 2. Do‘kondorlarning ba’zilari kitob o‘qib, ba’zilari tasbeh o‘girib, ba’zilari esnab o‘tirishardi. 3. Uning qo‘llari ishda, ko‘zi shudgorda, ammo xayoli Zebixonda edi. 4. Chakkasi tirishib, ko‘zi qizarib ketdi.
Uyushgan gapdagi umumiy bo‘lak Pm ni har bir shakllanmagan Wga alohida-alohida qo‘shish bilan osongina qo‘shma gap hosil qilish mumkin: Qiyoslang: 1.Chakkasi tirishib, ko‘zi qizarib ketdi – uyushgan gap. Chakkasi tirishib ketdi va ko‘zi qizarib ketdi – qo‘shma gap.
Ayrim holda uyushgan gapda ham [Pm] nol shaklda bo‘lishi mumkin: U baroqqosh, ko‘zi chaqchaygan, afti ishshaygan. Gap mazmunidan nol shakl oxirgi so‘zda ekanligi sezilib turibdi. Bunga gapni o‘tgan zamonga aylantirish bilan amin bo‘lish mumkin: U baroqqosh, ko‘zi chaqchaygan, afti burishgan edi.
Uyushgan gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro umumiyligi (va, shu asosda, umumlashtiruvchi bo‘lagi) turli xil bo‘ladi:
hamma qismlari xususiy (farqli) bo‘lib, faqat [Pm] qismi umumiy bo‘lgan uyushgan gap: Jamshid yozar, Isroil o‘qir edi;
hamma qismlari xususiy bo‘lib, faqat kesimning lug‘aviy qismi va kesimlik qo‘shimchasi umumiy bo‘lgan uyushgan gap: Jamshid tez, Isroil sekin yozar edi;
[WPm] va uning kengaytiruvchi bo‘laklari umumiy bo‘lib, faqat ega va [WPm] kengaytiruvchisining kengaytiruvchisi bilan farqlanuvchi uyushgan gap: Jamshid oq, Isroil qizil gul oldi.
38. Badiiy matn va uning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.
badiiy matnlar Ular g'oyalar va his-tuyg'ularni ifoda etish, vaziyatlarni aks ettirish yoki hikoyalarni sub'ektiv nuqtai nazardan aytib berish, ko'p talqinlarga ochiq til bilan yozilgan materiallar. She'riyat, rivoyat, teatr va insho kabi janrlarni o'z ichiga olgan matnlar adabiydir.
Dastlab diniy an'ana, mifologiya, falsafa yoki tarixga tegishli bo'lgan va o'zlarining estetik qadriyatlari va yangi mazmuni tufayli o'qishni yoki qayta ko'rib chiqishni davom ettiradigan yozuvlarni, masalan, "Ish kitobi" kabi, Eski Ahd, mayya matni Popol Vuh, Ziyofat, Platondan yoki O'n ikki sezarSuetonio tomonidan.
Badiiy matnning asosiy maqsadi o'qishdan kelib chiqadigan estetik zavqdir va shuning uchun mualliflar o'zlarining va xilma-xil uslublarida tilning yangilanishini va o'quvchiga ta'sirini, haqiqiy mazmunidan tashqari izlaydilar.
G'arb adabiyotining asoschisi bo'lgan badiiy matnning mumtoz namunasi epik she'rning birinchi satrlari bo'ladi. Iliada, Gomerdan (miloddan avvalgi 8-asr):
"Oh, xudo, Pélida Axillesning g'azabi, asheylarga cheksiz yomonliklarni keltirib chiqargan va itlarning o'ljasi va qushlarning yaylovi bo'lgan Hadesga qahramonlarning ko'plab mard qalblarini qo'zg'atgan halokatli g'azab - Zevsning irodasi bajo keltirdi. ular ajralishdi, odamlar shohi Atrida va ilohiy Axilles haqida bahslashdilar ”.
Badiiy matnlarning xususiyatlari
Subyektivlik
Odatda, badiiy matn muallifga tegishli bo'lishi mumkin bo'lgan shaxsiy nuqtai nazardan, hikoya davomida biron bir qahramon yoki bir-birini ta'qib qilganlar nuqtai nazaridan yoziladi yoki bayon qilinadi.
Ular amaliy vazifani bajarmaydilar
Garchi ta'lim yoki axloqiy niyat bo'lishi mumkin bo'lsa-da, badiiy matnlar birinchi navbatda til orqali zavq bag'ishlashga qaratilgan
39.Teng tarkibli qo‘shma gaplar.
Teng tarkibli qoshma gaplarning mohiyati shundaki, uning tarkibiy qismlari sanalmish sodda gap kesimlarining har biri mustaqil shakllangan bolib, ularni osongina alohida sodda gaplarga aylantirib yuborish mumkin. Chunonchi, Bormang, bormoqchimisiz? Kechasi qalin qor yogdi, biroq havo unchalik sovimadi. Men seni deyman-u, sen kimni deysan?!
Tobe tarkibli qoshma gaplarda ikki yoki undan ortiq sodda gaplar shakllangan [Pm] mavjud bolsa-da, birinchi sodda gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi bola olmaydi. U doimo tobe gap markazini shakllantirib, oz mohiyatini ochishi uchun ozidan keyin mustaqil kesimli gap bolinishini talab etadi. Masalan, Men qoshiq aytsam, u tinglaydi. Ergash ko`ringan ham edi, bolalar yugurishdi. Demak, [WPm] → [WPm] qolipidan chiqqan hosilalarda birinchi gap shaklan va mazmunan ikkinchi bir gapga ehtiyoj sezadi, lekin aksincha emas.
40. So‘z kengaytiruvchilari. Ularning sodda gap lisoniy qurilishiga ta’siri.
So’z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilarining muvofiqlashuvi va farqlanishi. So’z kengaytiruvchisi so’z semantik imkoniyatidagi bo’sh o’rinlarni to’ldiruvchi antantlardir. Aktantlar nutqiy gaplar tarkibida so’z birikmalarini hosil qiladi. Bu birikuvchilarda bo’sh o’rinlari to’ldirilayotgan (biriktiruvchi) so’z hokim so’z, bush o’rinni to’ldirayotgan so’z tobe so’z sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, qizil olma birikuvida qizil so’zi olma so’zi zamiridagi ma‘noviy mohiyatning «belgi» ma‘no bo’lakchasini muayyanlashtiruvchi aktant bo’lib, olma so’ziga «xizmat qilayotganligi» bois unga tobe unsur maqomida bo’ladi. Demak, biror so’zga tobelanib kelayotgan so’z bo’sh o’rinni to’ldiruvchi, aktant atamalari bilan yuritiladi. Ana aktantlar nutqda, an‘anaviy tahlil usullari asosida aytganda, ega, hol, to’ldiruvchi, aniqlovchi atamalari bilakn nomlanadi. Biroq bu atamalar ostida tushuniluvchi hodisalar so’z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilari farqlanishi nuqtai nazaridan baholansa, butunlay boshqa holat vujudga keladi. Kengayuvchi so’z gapning kesimi mavqeida kelganda, gap kengaytiruvchilari gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo’ladi. Masalan, Jahongir kitobni tez o’qidi gapining lisoniy struktur sxemasi quyidagicha:
Bundagi uchta so’z bevosita konstruktiv bo’laklari voqelantiruvchidir. Bular: Jaxongir, tez, o’qidi. Faqat kitobni so’zi bevosita o’qi so’zi orqaligina lisoniy strukturaga daxldor bo’ladi. Bular Jahongir tez o’qigan kitobni men olaman tarzida o’zgartirilsa, oldingi gapda gap kengaytiruvchisi va gapning konstruktiv bo’laklari ifodalovchilari bo’lgan Salim, tez so’zlari endi oldingi mavqelaridan mahrum bo’ladi. Ulardagi konstruktiv bo’laklarga bevosita daxldorlik bilvositalikka, gap kengaytiruvchilik so’z kengaytiruvchilikka aylanadi.
So’z va gap kengaytiruvchilari bir-biriga aylanib turadigan hodisalardir. Masalan, Kecha kelgan bolani tanimadim gapida kecha so’zi kelgan so’zining kengaytiruvchi...
Modomiki, gap kengaytiruvchilari gap mohiyatini belgilovchi asosiy vosita bo‘lgan kesimlik qo‘shimchalari [Pm]ga tegishli ekan, demak, yig‘iq gapdan boshqa barcha kengaygan gapda, kesim bilan birga, yana ikkita gap bo‘lagini ajratish mumkin. Ular ega va hol. To‘ldiruvchi va aniqlovchi esa barcha bo‘laklarga, bo‘lakning bo‘laklariga bog‘langanligi hamda so‘z kengaytiruvchilari bo‘lganligi bois lisoniy qolipdan o‘rin ola olmaydi. Ular qaysi so‘zga bog‘lanayotgan bo‘lsa, lisoniy sathda uning valentliklari sifatida yashaydi. Yig‘iq gap esa umumiy qolip – WPmning aynan voqelanishi.
41.Tire qanday o‘rinlarda qo‘llaniladi?
Tire (frans. tiret — chiziqcha; choʻziq narsa) — hozirgi oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, gorizontal chiziqcha (—) shaklidagi tinish belgisi. T. rus yozuvida 18-asrdan, oʻzbek yozuvida esa 19-asrning 70-yillaridan qoʻllana boshlagan. Aralash holda, yaʼni gapning boshida va oʻrtasida, shuningdek, yakka va takror (qoʻshaloq) holda qoʻllanuvchi tinish belgilaridan. T. yakka holda qoʻllanganda, gaplar va gap boʻlaklarini ajratish, takror (qoʻsh T.) holda ishlatilganda esa, maʼlum boʻlaklarni chegaralash, chegaralangan boʻlakning maʼnosini taʼkidlash, boʻrttirish, emotsionallikni oshirish kabi vazifalarni bajaradi.
Hozirgi oʻzbek tilida T. sodda va qoʻshma gaplar tarkibida qoʻllanib, quyidagi vazifalarni bajaradi: a) gaplarni, gap boʻlaklarini ajratadi; b) gaplar, gap boʻlaklari va ayrim sintaktik tuzilmalarni chegaralaydi; v) turli xil maqsadlar — emotsional—ekspressiv holatlarni ifodalaydi; g) tushirib qoldirilgan ayrim boʻlaklar oʻrnini qoplaydi (Yaxshidan ot krlar, yomondan — dod). Grammatik va intonatsion jihatdan mustaqil gap boʻlaklari har ikki tomondan T. bilan ajratiladi. Bunda ajratilgan boʻlakning har ikki tomonidan qisqa pauza boʻladi (Togʻalarim — Egamberdi va Rahimberdi — meni bir-bir quchoklab, ishga beriladilar. — Oybek). T. ikki yoki undan ortiq atokli otning birikuvidan tuzilib, biron tashkilot, muassasa, taʼlimot, narsahodisalar nomini anglatuvchi soʻzlar orasida (Karpov — Kasparov matchi, Boyl—Mariott qonuni), shuningdek, makon, zamon va miqdor chegarasini bildiruvchi ikki yoki undan ortiq soʻzlar (raqamlar) orasida ham (30—40y.lar, XIX—XX alar) qoʻllanadi.42. Kesimning grammatik xususiyatiga ko‘ra qo‘shma gap turlari.
43. SBning tarkibi va tuzilishi.
So‘z birikmalarining tasnifi:
Yaʼni so‘z birikmalari birinchidan, hokim so‘zlarning qaysi leksik-semantik kategoriyasidan bo‘lishiga qarab, ikkinchidan, tobe so‘zning qaysi sintaktik bo‘lak vazifasini bajarishiga qarab va uchinchidan, so‘z birikmalarining tuzilishiga ko‘ra tasnif qilinadi.aʼ
I. Hokim qism qaysi turkumda bo‘lishiga ko‘ra: otli birikma, feʼlli birikma va ravishli birikma turlariga bo‘linishi mumkin. ni
II.Tobe so‘z va uning mazkur birikma tarkibida bajarib kelgan sintaktik vazifasiga ko‘ra: to‘ldiruvchili birikma, aniqlovchili birikma, holli birikmaso‘z birikmalari birinc
III.So‘z birikmasini tuzilishiga ko‘ra: sodda so‘z birikmasi, murakkab so‘z birikmasisi
Soz bir tushunchani ifodalaydi. SBda esa birdan ortiq tushuncha munosabatga kirishgan holda nutqda voqelanadi. Soz asosida leksema va morfema hamda ularning birikuv qonuniyatlari yotsa, SBga esa leksemalar hamda ularning birikuvlarini ta’minlovchi LSQ asos boladi. Aytilganidek, sozda tushuncha, ma’no keng va mavhum boladi. Soz birikmasida esa bu kenglik va mavhumlik bir qadar chegaralangan boladi, ya’ni tushuncha aniq boladi.
SB a’zolari tobe munosabatli mustaqil sozlar bolsa, iboralar ham mustaqil sozlar birikuvidan tashkil topsa-da, ular orasida sintaktik aloqa songan, bu sozlar ozaro yaxlitlanib, ozida tayyorlik, majburiylik, barqarorlik kabi belgilarni tashiydigan lisoniy birliklar qatoridan joy olgan. Iboralar tashkil etuvchilari (zohiriy) jihatidan SBga oxshasa-da, mohiyatan leksemalarga yaqinlashadi. Zero, tarvuzi qoltigidan tushdi iborasi bilan boshashmoq sozining ma’noviy mohiyati yaqindir. Leksemalar ajdodlardan avlodlarga buzilmasdan yetkazilganligi kabi iboralar ham yaxlit holda keyingi avlodga uzatiladi. Soz birikmasi esa vaqtinchalik va ozgaruvchandir.
44. Yig‘iq gapning lisoniy xususiyatlarini nutqiy dalillar asosida tavsiflang.
Sodda yig'iq va sodda yoyiq gaplar. Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo'lgan gap yig'iq gap hisoblanadi. Masalan: Qara. Men keldim. Kesimning boshqa bo'laklar bilan kengayishidan hosil bo'lgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Men uni ko'rdim.
45. Kirish so‘z va kiritmalar.
Kirish soʻzlar - gap bilan sintaktik bogʻlanmagan soʻzlar. Soʻzlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini ("baxtimga", "afsuski"), fikrning umumiy bahosini ("ehtimol", "albatta"), kimga qarashli ekanligini ("menimcha", "aytishlaricha") yoki oldingi fikr bilan aloqasini ("xullas", "nihoyat") bildiradi.
Sozlovchining òzi bayon qilgan fikriga qo‘shimcha mulohazalarni bildirgan gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap asosiy gapni to'ldirish uchun ishlatiladi. Kiritma gap odatda vergul bilan ajratiladi: Bu Salim aytmoqchi ularni asosiy maqsadlari bòlgan. Kiritma gap yoyiq bo'lsa tire bilan ajratiladi yoki qavs ichiga olinadi. Masalan Akmal boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon kòrar edi), bazi vaqt ichidan farxlanardi.
K gaplarning tuzilish jihatidan turlari
1. Bir bosh bòlak. U yoģini sòrasang, aytaymi, men bunga rozi emasman
2. Ikki bosh bòlakli : Ibrahimov, Akmal aka aytmoqchi , gullarni òz ilmidan bahramand qildi....
46. SBlari zanjiri va uning doimiy ikki a’zoliligi.
Samiyaginam, [20/04/2022 09:34]
46
SB zanjiri:
mumkin. Masalan: maktabda o‘qiyotgan bola kabi. Bunda o‘qiyotgan so‘zi maktabda so‘ziga hokim, bola so‘ziga esa tobe a’zo sanaladi.
Uning sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin:
maktabda → o‘qiyotgan → bola.
Birikma esa kengayishi mumkin:
ixtisoslashgan → maktabda→ o‘qiyotgan → bola …
47. SBlarida so‘zlarning birikish omillari.
Birikuvchanlik aslida kimyoviy atama bo‘lib, tilshunoslikda lisoniy birliklarning amalga oshmagan birikuvchanlik-biriktiruvchanlik imkoniyatlari sifatida qaraluvchi lisoniy hodisaga nisbatan qo‘llanadi. Ko‘pgina o‘quv va ilmiy adabiyotlarda bu tushuncha “valentlik” atamasi bilan ifodalanadi.Masalan, [o‘qi] leksemasi kishi ongida 8 ta bo‘sh o‘rniga ega holda mavjud bo‘ladi va nutqda voqelanib, bir vaqtning o‘zida o‘ziga 8 ta birikuvchini ham torta olishi mumkin. Uni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin:
kim?
kimga?
qanday?
qachon? Òqimoq
nima bilan?
nima sababdan?
qancha?
BIRIKUVCHANLIK TURLARI:
1.Ma’noviy birikuvchanlik
2. Sintaktik
birikuvchanlik
3.Morfologik birikuvchanlik
48. Egali va egasiz gaplar.
Gapning grammatik asosi ega va kesimdan iborat bolsa egali gaplar, faqat kesim qismidan iborat bolsa egasiz gaplar deyiladi. Masalan: Men gullarni yaxshi parvarish qilyapman. Derazadan kochaga tikilaman.
Egasiz gaplar shaxs tushunchasi ifodalanishiga kora quyidagi turlarga bolinadi: Egasi yashiringan gaplar va egasiz gaplar. Egasi yashiringan gaplarda gapning kesimi orqali uning bajaruvchisiga - shaxsiga ishora qilinadi: Katta tanaffusda zalga toplandik. Sanamay sakkiz dema.
Egasi yashiringan gaplar ikki turli boladi: egasi (shaxsi) ma’lum gaplar va egasi (shaxsi) umumlashgan gaplar.
Egasiz gaplar shaxs tushunchasi ifodalanishiga kora quyidagi turlarga bolinadi: Egasi yashiringan gaplar va egasiz gaplar. Egasi yashiringan gaplarda gapning kesimi orqali uning bajaruvchisiga - shaxsiga ishora qilinadi: Katta tanaffusda zalga toplandik. Sanamay sakkiz dema.
Egasi yashiringan gaplar ikki turli bo`ladi: egasi (shaxsi) ma’lum gaplar va egasi (shaxsi) umumlashgan gaplar.
49. Tobe bo‘lak va uning belgilari.
Tobelanish — tobe sintaktik munosabatda boʻlish; soʻz birikmasi yoki gap tarkibidagi soʻzlarning oʻzaro teng boʻlmagan, sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga boʻysunuvchi munosabati. Sintaktik jihatdan biri ikkichisiga boʻysunadigan, biri ikkinchisiga tobe boʻlgan birliklar orasida tobe aloqa mavjud boʻladi. Tobe aloqada bir uzv ikkinchisiga nisbatan tobe, ikkinchisi esa unga nisbatan hokim vaziyatda boʻladi. Mac, aniqlovchi — aniqlanmish, toʻldiruvchi — kesim, ega — kesim aloqalari tobe aloqadir: goʻzal hayot, hunarni sevmoq, dalalar yashnamoqsa kabi. Ega — kesim munosabatida hokim qism, qolgan turdagi birikuvlarda esa tobe qism oldin keladi. Tobe aloqaning 3 xil turi bor: boshqaruv, moslashuv, bitishuv. Boshqaruv aloqasida tobe soʻz hokim soʻzning talabi bilan maʼlum grammatik shaklga kiradi, shu shakl orqali tobelanadi: bozorga bormoq, qalam bilan yozmoq. Moslashuv aloqasida tobe soʻz oʻz shaklini hokim soʻzning shakliga moslaydi, hokim soʻzning shakli oʻzgarishi bilan tobe soʻz ham unga moye holda shaklini oʻzgartiradi: men aytaman, sen aytasan; mening kitobim, uning kitobi kabi. Bitishuv aloqasida tobe soʻz hokim soʻzga grammatik shakl yordamida emas, balki tartib va ohang orqali bogʻlanadi: musaffo osmon, tez gapirmoq kabi.
50. Qo‘shma gapning lison - nutq farqlanishi asosidagi tasnifi.
Qo‘shma so‘z va so‘z birikmasi:
Qo‘shma so‘z deganda birdan ortiq o‘zak negizlarning birikuvidan tashkil topib, bir leksik maʼnoni ifodalaydigan so‘zlar tushunilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi", – deydi А.Hojiyev. Shuning uchun uni so‘z birikmasidan farq qiladigan belgilari doirasida quyidagilarni ko‘rsatish o‘rinli: 1. So‘z birikmalari alohida-alohida shakllangan bo‘lib, tobelanuvchi va tobelashtiruvchi qismlarga bo‘linadigan butunlikdir. qo‘shma so‘z esa alohida shakllanmagan bir butunlik va sodda so‘z singari til sathi birligi bo‘la oladi.2. So‘z birikmalari tarkibida bir butunlik bo‘lsa ham, komponentlar o‘z leksik maʼnosini to‘liq saqlaydi. Qo‘shma so‘z komponentlari o‘z lug‘aviy maʼnolarini to‘la saqlaganlaridan qatʼiy nazar butunicha bir tushunchaga bog‘langan bo‘ladi. 3. So‘z birikmasida har biri o‘z urg‘usiga ega bo‘lsa, qo‘shma so‘zda so‘z kabi yagona so‘z urg‘usi bo‘ladi. 4. So‘z birikmalari orasiga grammatik vositani yoki so‘zni kiritish mumkin, ammo qo‘shma so‘zlar orasiga hech qanday vositani kiritib bo‘lmaydi. Vosita kiritilishi uni so‘z birikmasiga aylanishi uchun sabab bo‘lishi mumkin
51. Muallif gapi va ko‘chirma gap. Ularning nutqiy ifodalanishini izohlang.
Ko'p hollarda jonli nutqda birovning gapini boshqa kimgadir aytamiz, to'g'rimi? Shunda birovning gapi KO'CHIMA GAP deyiladi, so'zlovchining nutqi esa MUALLIF GAPI deyiladi. Ko'chirma gap va muallif gapining umumiyligiga KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAP deyiladi. Juda oddiy mavzu.
Masalan: "Bugungi topshiriqlarni bajarmadim" , --- dedi Munisa.
Ushbu jumlada qo'shtirnoq ichidagi qismi KO'CHIRMA GAP, tiredan keyingi qismi MUALLIF gapidir.
Koʻchirma gap — ogʻzaki va yozma nutqda leksik va grammatik xususiyatlari oʻzgartirilmay, ayvan oʻzicha berilgan oʻzganing gapi. K.g .da oʻzga gapining asosiy mazmuni aks etadi, muallif gapida esa K. g . kimga tegishli ekanligi, unga xos xususiyat, kanday maksad va tarzda aytilgani va boshqa qoʻshimcha tavsifiy maʼlumotlar beriladi. K. g . muallif gapidan avval ("Kuch haqiqatda", — dedi Sohibqiron), uning oʻrtasida (Sunboʻla sapchib oʻrnidan turdi-da: "Hayriyat, tushim ekan", — dedi hansirab) yoki undan keyin (Otam gapni shartta kesdilar: "Bugoʻngi ishni ertaga qoʻyma") keladi. K. g . muallif gapidan tinish belgilari yordamida ajratiladi. K. g . badiiy asarda nutqning taʼsirchanligi, ifodaliligini oshiradi, asar qahramoni xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. Oʻzganing gapi har doim ayvan, koʻchirma ran tarzida berilavermaydi
52. Tobe aloqani yuzaga chiqaruvchi vositalar.
Tobe (ergash) aloqalar xususida
Hokim-tobelikni belgilashda komponentlarning faqat ichki
mano tomoni asos qilib olinmaydi. Aks holda Navoiyning g‘azali (G‘azal Navoiyniki), Karimning o‘g‘li (o‘g‘il Karimga qarashli), daraxtning bargi (barg daraxtniki) kabi birikmalarda aniqlovchi komponent hokim, aniqlanmish komponent tobe hisoblangan bo‘lar edi. Holbuki, grammatika til faktlarini o‘rganayotganda, uning formasini, grammatik manosini ham hisobga oladi.
Gapdagi ayni bir so‘z boshqa bir so‘z uchun hokim, ikkinchisi uchun
esa tobe bo‘lib kelishi mumkin. Masalan, Navoiyning g‘azalini o‘qidi gapida g‘azal so‘zi Navoiyning g‘azali birikmasida hokim,
g‘azalini o‘qimoq birikmasida esa tobe. Ergashtiruvchi vositalar (kelishik, ko‘makchilar) bilan shakllangan tobe komponentlar bu vositalarni hokim so‘z talabi bilan qabul qiladi. Masalan: sizni ko‘rmoq, sizga aytmoq, sizdan olmoq, siz bilan bormoq, siz uchun olmoq kabi. Konponentlar ichki ma`no yakinligi tufayli munosabatga kirishganda, hokim-tobelikni ko‘rsatuvchi formal ko‘rsatkich bo‘lmaydi. Bunday holda birikmaning semantikasidan bilib olish mumkin:
chiroyli kitob – belgi kitobga oid, tez yurmoq – hrakatga
oid. Hokim-tobelikni aniqlashda so‘z tartibi ham katta rol o‘ynaydi. O‘zbek tilida ko‘pincha tobe komponent hokim komponentdan
oldin keladi: xushbichim ko‘ylak, kitobdan o‘qimoq
53. Uyushgan gapni sodda va qo‘shma gap bilan qiyoslang.
54. Ko‘chirma gap qanday sintaktik qurilishga ega?
Ko'p hollarda jonli nutqda birovning gapini boshqa kimgadir aytamiz, to'g'rimi? Shunda birovning gapi KO'CHIMA GAP deyiladi, so'zlovchining nutqi esa MUALLIF GAPI deyiladi. Ko'chirma gap va muallif gapining umumiyligiga KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAP deyiladi. Juda oddiy mavzu.
Masalan: "Bugungi topshiriqlarni bajarmadim" , --- dedi Munisa.
Ushbu jumlada qo'shtirnoq ichidagi qismi KO'CHIRMA GAP, tiredan keyingi qismi MUALLIF gapidir.
Koʻchirma gap — ogʻzaki va yozma nutqda leksik va grammatik xususiyatlari oʻzgartirilmay, ayvan oʻzicha berilgan oʻzganing gapi. K.g .da oʻzga gapining asosiy mazmuni aks etadi, muallif gapida esa K. g . kimga tegishli ekanligi, unga xos xususiyat, kanday maksad va tarzda aytilgani va boshqa qoʻshimcha tavsifiy maʼlumotlar beriladi. K. g . muallif gapidan avval ("Kuch haqiqatda", — dedi Sohibqiron), uning oʻrtasida (Sunboʻla sapchib oʻrnidan turdi-da: "Hayriyat, tushim ekan", — dedi hansirab) yoki undan keyin (Otam gapni shartta kesdilar: "Bugoʻngi ishni ertaga qoʻyma") keladi. K. g . muallif gapidan tinish belgilari yordamida ajratiladi. K. g . badiiy asarda nutqning taʼsirchanligi, ifodaliligini oshiradi, asar qahramoni xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. Oʻzganing gapi har doim ayvan, koʻchirma ran tarzida berilavermaydi
55.Matn nima? Uning qanday turlari mavjud?
Matn – nutq korinishi bolib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir. Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bolib, u ogzaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi.
Matn soz birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham oz kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn sozining lugaviy ma'nosida birikish, boglanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi ozaro qaysidir boglovchilar yordamida birikishni organish “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biridir.
Tilshunos I.Rasulov matnni quyidagicha ta'riflaydi: “Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bolib, u fikran va sintaktik jihatdan ozaro bogliq bolgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha toliq boladi”.
Matn hajm va mazmun belgisiga kora ikkiga bolinadi: 1. Hajm belgisiga kora matn turlari. 2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn turlari.
1. Hajm belgisiga kora matn turlari. Matn gapdan kora yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq korinishidir. Matn hajm belgisiga kora ikkiga ajratiladi. Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn ( makromatn).
2.Ifoda maqsadiga va mazmuniga ko’ra badiiy matnni quyidagi turlarga bolib chiqish mumkin: 1. Hikoya mazmunli matn. 2. Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4. Didaktik matn. 5. Xabar mazmunli matn. 6. Buyruq mazmunli matn. 7. Hissiy ifoda mazmunli matn.
1.Hikoya mazmunli matnlar (Le texte narratif – narrativ matn). Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni ozi boshidan otkazgan eshitgan, ko’rgan yoki guvoh bolgan biror voqeani hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni narrativ matn turiga kiritish mumkin. Hikoya tarzi, asosan, otgan zamon shaklida, birinchi shaxs birlik yoki koplikda ifodalanadi.
2. Tasviriy matnlar (Le texte descriptif – deskriptiv matn). Bunday matn tinglovchiga noma'lum bolgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan boladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq korinishi yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli xususiyati hisoblanadi, ya'ni tasvirlanayotgan ob'ektning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va qismlardan soz yuritiladi.
3. Izoh mazmunli matnlar (Le texte argumtntatif-argumentli matn). Bunday matnda aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta'kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash, ozini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil vajlarni keltirish argumentli matn turining oziga xos jihatlaridan hisoblanadi.
4. Didaktik matnlar (Le texte explicatif- eksplikativ matn). Kimgadir pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishga orgatish istagi asosida tuzilgan matn eksplikativ yoki didaktik matn deyiladi.Maqsadga erishish uchun maqol, matal, aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida foydalaniladi.
5. Xabar mazmunli matnlar (Le texte informative - informativ matn). Biror voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matn informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik oziga xos tarzda boladi. Oddiy xabardan farqlanib, estetik maqsad yuklangan boladi.
6. Buyruq mazmunli matnlar (Le texte injonctif-injonktiv matn). Buyruq hamda maslahat ohangi etakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta'qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi.Asosan qaoramonlar nutqida kuzatiladi.
7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv matn). Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o`ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi.
56.Uyushgan gaplarda kesimlik shakllari.
Samiyaginam, [20/04/2022 09:34]
56.
recommended by
КОД УСПЕХА
Ташкент в панике уже неделю: мамочка в декрете стала миллионершей
Бедность? Узнай формулу богатства!
УЗНАТЬ БОЛЬШЕ
2.2. O’zbek tilida uyushgan to’ldiruvchi ergash gaplar
Qo’shma gapning, qo’shma gap qismlarining, ichki va tashqi qo’shma gaplar,
umumlashtiruvchi qismlar, qo’shma gapning uyushiq qismlarini umumlashtirib keluvchi
bo’laklar haligacha etarli darajada o’rganilmagan. Bular maxsus tekshirishni talab qiladi.
Uyushgan gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o’zaro umumiyligi (va shu asosda umumlashtiruvchi
bo’lagi) turli xil bo’ladi:
1) hamma qismlari xususan alohida — alohida bo’lib, faqat [Pm] qismi umumiy bo’lgan uyushgan
gaplar;
2) hamma qismlari xususiy bo’lib, faqat kesimning lug’aviy qismi va kesimliknishakllantiruvchi
vositalari (ya’ni WPm) umumiy bo’lgan gaplar. Bunday gaplarning o’zi o’z navbatida bir necha turli
ko’rinishlarda bo’ladi. Chunonchi:
a) «ega — hol — to’ldiruvchi» lari bilan farqlanuvchi gaplar:
Rahim bog’dan gul, Salim do’kondan gul oldi;
b) «ega —hol»lari bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar:
Rahim bugun, Salim ertaga qaytadi kabilar shular jumlasidandir;
3) [WPm] va uning kengaytiruvchi bo’laklari umumiy bo’lib, faqat ega va [WPm]
kengaytiruvchisining kengaytiruvchisi bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar:
Rahim oq gul oldi, Salim qizil.
Uyushgan gaplarning bunday xususiyatga tayangan holda ishning bu bo’limida [Pm] va [WPm]
uyushtiruvchi vosita bo’lib kelgan uyushgan gap turlarini ko’rib o’gamiz. Shu bobning ikkinchi
bo’limida esa [WPm] ning kengaytiruvchilari va bu kengaytiruvchilarning kengaytiruvchilari bilan
farqlanuvchi gaplar uyushishiga diqqatimizni qaratamiz.
2.1. [Pm] — uyushtiruvchi vosita
Ishning oldingi bandlarida uyushuvchi va uyushtiruvchi elementlar, ularning turli xil ko’rinishlari,
ya’ni gap va gap bo’laklari bo’lib kelishi haqida ma’lumot berdik. Endi gap kesimi tarkibidagi biror
elementning uyushtiruvchi vazifasida kelishi haqida to’xtalamiz.
Nutqimizda shunday gaplar borki, ular kesimlar tarkibiy qismining ma’lum bir birligi takror kelmay,
faqat oxirgi kesim bilan birga qo’llaniladi. Oxirgi kesim bilan qo’llangan bu birliklar odingi
kesimlarga ham tegishli bo’lib, ularni birlashtirish, uyushtirish vazifasini o’taydi. Bu uyushtiruvchi
birliklar oldingi uyushtiruvchi birliklarga o’xshamaydi.Oldingi uyushtiruvchi birliklar (gap va gap
bo’laklari) o’z mazmun (semantik) tuzilishi (strukturasi)ga ega. Ular o’zlarining mazmun tuzilishi
(semantik strukturasi)ga mos ravishda gapning ma’lum bir bo’laklarini yoki qismlarini
uyushtirib keladi va ular bilan o’zaro sintaktik munosabatga kirishadi» Keyingi, uchinchi,
uyushtiruvchi birliklar esa bunday xususiyatta ega emas. Bu xil uyushtiruvchi birliklar kesim
tarkibida kelib, bir butun mazmun tuzilishiga ega bo’ladi. Shu butunligicha gapning boshqa
bo’laklari bilan sintaktik aloqaga kiradi. Kesim tarkibidagi bu uyushtiruvchi birliklar o’z-o’zidan
qo’llanilmaydi, albatga. Ular gap kesishni shakllantiradi, kesimga shaxs-son, zamon, modallik
kabilarni ifodalash imkoniyatini beradi.
Bizning asosiy tekshirish ob’ektimiz [Pm] dir. [Pm] nutqda juda ko’p qo’llanib, tzfli xil joylashish
(pozistiyalar)da keladi. U gapning oxirida kelib, hamma kesimlarni (gaplarni) birlashtiradi. Gap
keng hajmli bo’lsa, shu bilan birga, gapda ifoda etilgan fikrlar ma’lum darajada bir-biridan
mazmunan yiroq bo’lsa, o’rtada kelib, o’zidan oldingi kesimlargagina tegishli bo’ladi. Kesim
tarkibida qo’llanuvchi mana shu [Pm] juda xilma-xil ko’rinishlarga ega bo’ladi va bulardan
asosiylarini quyida ko’rib chiqamiz.
Samiyaginam, [20/04/2022 09:47]
Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari. O‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalari o‘z voqelanishi uchun boshqa bir gapni talab qilishi ham, talab qilmasligi ham mumkin. Quyidagi gaplarning kesimiga diqqat qiling: 1. Men kecha maktabga bordim. 2. O‘qituvchi kelsa, dars boshlanadi. 3. Yomg‘ir yog‘masa edi, ekin-tikin ishlarini saranjomlab olgan bo‘lur edik.
Birinchi gapning kesimi (bordim) o‘z ma’nosini boshqa gaplarga ehtiyoj sezmasdan voqelantirmoqda. Ikkinchi gapdagi kelsa, uchinchi gapdagi yog‘masa edi, saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimlarining ushbu gaplarda voqelangan ma’nolari uchun boshqa gap talab qilinadi. Boshqacha aytganda, kelsa va yog‘masa edi kesimlaridan anglashilgan shart ma’nosi boshlanadi, saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimlari yordamida, saranjomlab olgan edik kesimning ma’nosi esa undan oldindagi yog‘masa edi kesimi yordamida yuzaga chiqadi. Agar ikkinchi va uchinchi gapning ikkinchi qismi olib tashlansa, oldingi gapdagi kesimdan shart emas, balki istak ma’nosi yuzaga chiqadi: O‘qituvchi kelsa. Yomg‘ir yog‘masa edi. Saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimi esa oldingi gapsiz hech qachon, boshqacha bo‘lsa ham, ma’nosini voqelantira olmaydi. Ma’nosini yordamchisiz voqelantiradigan kesimlik shakli mustaqil kesimlik shakli (MКSH) deyiladi.
Boshqa gaplarsiz, ya’ni qurshovsiz o‘z ma’nosini voqelantira olmaydigan, voqelantirgan taqdirda esa butunlay boshqa ma’no kelib chiqadigan kesimlik shakli nomustaqil kesimlik shakli (NКSH) deyiladi.
Кesim – tasdiq/inkor, zamon, modallik, shaxs/son (ya’ni kesimlik kategoriyasi) ma’no va shakllariga ega bo‘lgan so‘z, gap markazini tashkil qiluvchi bo‘lak.
Nutqimizda kesimsiz gap bo‘lishi mumkin emas. Gapda kesim bo‘lmasa, u o‘zbek tili (nutqi) uchun to‘liqsiz gap. Кesim gapning shunday konstruktiv bo‘lagiki, u o‘zini shakllantiruvchi grammatik kategoriya – kesimlik kategoriyasi voqelanishiga ega. Shu sababdan hamma vaqt gapda kesim tarkibi murakkab.
O‘zbek tilidagi ayrim gaplarda eganing qo‘llanilishi shart bo‘ladi: 1. Otam – o‘qituvchi. 2. Men – yahudiy. (G‘.G‘ul.) Bunda [m] tushirilgan bo‘lib, uning vazifasi ega va kesim birligidan iborat bo‘ladi. Bu turdagi gaplarning kichik qolipi [E-WP] ko‘rinishida. Qolipning bu turi o‘zbek tilining tipologik sintaktik belgisi bo‘la olmaydi. Chunki o‘zbek tilidagi gaplarning aksariyati [WPm] minimal qolipi va uning kengayishi asosida hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |