1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)



Download 398,5 Kb.
bet5/36
Sana01.07.2022
Hajmi398,5 Kb.
#727393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

SINF (AJDOD) POLUSHNIKSIMONLAR -ISOETOPSIDA
Bu sinf toshko’mir davrida tabiatda keng tarqalgan bo'lib, qalin toshko’mir qatlamlarini tashkil etgan.

SELAGINELLANAMOLAR-SELAGINELLALES QABILASI.
Mazkur qabila bitta selaginelladoshlar (Selaginelaceae) oilasi va bitta selaginella (Selaginella) turkumiga mansub 700 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Turkum turlari asosan tropik va subtropik zonalarida tarqalgan. Ularning ayrim turlari Yevrosiyoning mo’tadil iqlimli tog'lik xududlarida, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Turkum vakillarining ko'pchiligi yotib o'suvchi yoki lianalar bo'lib, 50 yaqin turlari tik o'sadi. Ayrim lianalar poyasining uzunligi 18-20 m ga yetadi. Poyasi tikka o'suvchi vakillarining barglari kichik, bir xil kattalikka va shaklga ega, poyada spiral holda o'rnashgan. Poyasi yotib o'suvchi turlarining ustki barglari kichik, poyaning ostki qismida (yon tomonlarida)gi barglari yirikroq. Ildizi dixotomik shoxlangan. Selaginellar har xil sporali o'simliklarga kiradi. Spora boshoqlari shoxlarining uchida hosil bo'lib, ularda sporafillar (spora bargi) o'rnashgan. Sporangiyalari buyraksimon yoki teskari tuxumsimon, qisqa bandlari yordamida sporafillda joylashgan.
Ko'pchilik turlarida makro va mikro sporangiyalar bitta boshoqda joylashadi. Mikrosporalar yetilgandan so'ng ulardan erkaklik gametofit, makrosporadan esa urg'ochi gametofit taraqqiy etadi. Urg'ochi gametofitning ustki qismida bir nechta arxegoniy hosil bo'lib, spermatozoidlar unga suv yordamida suzib kiradi va uning qorincha qismidagi tuxum hujayrani urug'lantiradi. Urug'langan tuxum hujayradan murtak taraqqiy etadi. Murtakda poyacha, bargcha, bandcha va rizoforalar hosil buyardi. Murtakdan qulay sharoitda yangi yosh sellaginella hosil bo'ladi.
POLUSHNIKNAMOLAR-ISOETALES QABILASI.
Bu qabilaga bitta polushnikdoshlar (Isoetaceae) oilasi va bitta turkum (Isoetes) mansub bo'lib, ular 70 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Ularga ko'p yillik o’t o'simliklar kiradi. Qabila turlari Markaziy Yevropada va Amerikada tarqalgan.
Polushniklarning poyasi piyozsimon, balandligi 8-25 sm. Pastki qismida ildizlari yuqori qismida esa barglari joylashgan. Eng tashqi barglarida megosporofill, undan so'ng mikrosporofill o'rnashgan. Poyaning eng uchida vegetativ barglar joylashgan. Sporafilli barglari qishda quriydi, vegetativ barglari esa saqlanib keladi. Ular yezda yana sporofillarga aylanib, poyaning uchki qismida yana yangi vetativ barglar taraqqiy etadi. Sporofillda qisqa bandchalar yordamida mikro va makro sperangiyalar joylashgan. Bularda ham mikrosporadan erkaklik gametofit, makrosporadan urg'ochi gametofit taraqqiy etadi. Urug'langan tuxum hujayradan murtak taraqqiy etadi. U tuproqqa yopishib ildiz otib yangi o'simlikka aylanadi.
Polushniklarning poyasi kambiy qavati xisobiga yoniga yo’g'onlashadi. Kambiydan tashqarida po’stloq parenximasi, ichkari tomonga esa floema va ksilema elementlari taraqqiy etadi.

3. QIRQBO’G’IMTOIFALAR BO’LIMI


( DALA QIRQBO’G’IMI).

Reja:


  1. Qirqbo‘g‘imsimоnlar – sinfi. Uning tavsifi, sistematikasi, kalamitnamolar va qirqbo‘g‘imnamоlar qabilalari. Kalamitnamolarning tuzilishi, tarqalgan davri, kelib chiqishi.




  1. Qirqbo‘g‘imsimоnlar qabilasi tavsifi, vakillari, ko‘payishi, tarqalishi, kelib chiqishi va ahamiyati.




  1. Bo‘limning umumiy tavsifi. Psilоt va tmezipteris turkumlari turlarining spоrafit gametоfitlarining tuzilishi, tarqalishi, kelib chiqishi.


Ayrim adabiyotlarda bu bo'lim bo’g’imlilar deb yuritilgan. Bunga sabab sporali yuksak o'simliklar orasida bular tanasining ya'ni sporachi poyasining bo’g’im va bo’g’im oraliqlariga aniq ajralganligi hamda barglarining halqasimon joylanganligidir. Qirqbo’g’imlarning ko'pchilik turlari bizgacha yetib kelmagan. Hozirgi turlari yer ostida gorizontal va vertikal o'suvchi ildizpoya hosil qiladi. Barglari juda kichik, ular yon novdalari (tallom)ning o'zgarishidan kelib chiqqan.
Qirqbo’g’im ko'p yillik o’t o'simliklardan iborat. Daraxtsimon vakillari esa bizgacha yetib kelmagan. Ularning balandligi 15-20 metrgacha va eni 0,5 m gacha yetgan. Qirqbo’g’imlarning o’tkazuvchi bog’lamlari kolloterial tipda. Ksilemasining o’tkazuvchi elementlari turli tipdagi traxeidlardan tashkil topgan. Floemasi to’rsimon naylar va parenxima hujayralaridan iborat. Sporofillari poyani spora hosil qiluvchi zonasida yoki vegetativ barglar bilan navbatlashib yoki poyaning uchida faqat sporafillardan iborat holda yoki steril barglar bilan aralash holda spora boshoqlar (strabila) da halqasimon joylashgan.
Ko'pchilik qirqbo’g’imlar teng sporali o'simliklar hisoblanadi. Faqatgina qazilma vakillari orasida har xil sporalilar bo'lgan. Qirqbo’g’imtoifa o'simliklar devon davrida (415-370 mln. yil oldin) kelib chiqqan va toshko’mir davrida yaxshi taraqqiy etgan. Trias davriga kelib ayniqsa daraxtsimon vakillari kirila boshlagan.
Bu bo'lim bittadan qabila,oila, turkum va 20 ta turni o'z ichiga oladi.
Qirqbo’g’imnamolar (Eguisetales) qabilasi yagona qirqbo’g’imdoshlar (Eguisetaceae) oilasi va qirqbo’g’im (Eguisetum) turkumidan iborat. Toshko’mir davrida yer sharida yashab o'sgan qirqbo’g’imnamolardan bizning davrimizgacha faqat bitta turkum vakillari saqlanib qolgan. Bu turkum yer sharida keng tarqalgan. O'zbekistonda ikkita turi o'sadi. Qirqbo’g’im sporafitining yer ostidagi ildizpoyasida, ildizi va tuganaklari joylashgan. Ildizpoyalari 2 xil: gorizontal va vertikal tipda bo'ladi. Gorizontal ildizpoyasi kuchli taraqqiy etgan, bo’g’im oraliqlarining uzunligi 25 sm gacha boradi. Yer ostida 0,5 m dan 2 m gacha chuqurlikda joylashgan. Tik (vertkal) ildizpoyasi esa ancha ingichka, bo’g’im oraligining uzunligi ham 10 sm dan oshmaydi. Vertikal ildizpoyasi gorizontal ildizpoyadan taraqqiy etadi. Ildiz hosil qiluvchi kurtaklarini taraqqiy etishi tufayli yangi ildizlar hosil bo'ladi. Gorizontal va vertikal ildizpoyalarning ayrim yon kurtaklaridan tugunaklar hosil bo'ladi. Bu tugunaklar kelib chiqishi jihatidan qisqargan va yo’g'onlashgan novda bo'lib, o'zida ko'p miqdorda ozuqa modda, ya'ni kraxmal to’playdi, hamda vegetativ ko'payish vazifasini bajaradi.
Qirqbo’g’im turkumining vakillari yer usti poyasining morfologiyasiga ko'ra ikkita guruhga bo'linadi. Birinchi guruh turlarining poyalari bir xil tuzilishga ega. Ularda spora boshoqlari (strabil) bosh poyasining uchida, ayrimlarida yon novdalarining uchlarida hosil bo'ladi. Bu guruhga O'zbekistonda keng tarqalgan shoxlangan qirqbo’g’im E.ramosissimum kiradi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi qirqbo’g’im turlarining yer usti pallasi ikki xil bo'ladi. Birinchisi qo’ng’ir yoki yashil rangli, spora hosil qiladi, ikkinchisi yashil rangli, vegetativ poya deb ataladi. O'zbekiston sharoitida o'suvchi dala qirqbo’g’imida (E.arvense) spora hosil qiluvchi poya erta bahorda o'sib chiqib, spora hosil qilgandan so'ng quriydi. U xlorofillsiz qo’ng’ir rangli bo’lishi va shoxlanmaganligi, ya'ni bitta bosh poyadan iborat ekanligi bilan farq qiladi. Vegetativ poyasi esa yoz oyida taraqqiy etib, yashil rangli bo’lishi va sershoxligi bo’lishi bilan ajralib turadi.
Dala qirqbo’g’imi ko'p yillik o’t o'simlik. U daryo yoqalarida, ariq bo’ylarida ba'zan esa ekin maydonlarida begona o’t sifatida o'sadi. Ildizpoyasi yer ostida 1 m gacha chuqurlikda joylashgan. Ildizpoyasi bo’g’imlarga bo'lingan bo'lib, Har qaysi bo’g’imdan ildizlar taraqqiy etadi. Ildizpoyadan tugunaklar ham hosil bo'lib, unda ozuqa modda to'planadi va vegetativ ko'payish vazifasini bajaradi. Yer usti poyasiniki har xil. Erta baxorda shoxlanmagan, qo’ng’ir rangli, generativ poyasi o'sib chiqadi. Bu poya spora hosil qilgandan so'ng o'z vegetasiyasini tugatadi. Ikkinchisi yoz oylarida chiquvchi yashil, sershox vegetativ poya. Har ikkala poya ham ko'p qirrali va poyasining ichi bo’sh bo'ladi. Barglari poya bo’g’imlarida halqasimon joylashgan, juda mayda, asosi qo'shilgan, xlorofillsiz. Shuning uchun barg vazifasini yashil novdalarda bajaradi. Poyani tashqi tomonini epidermis o’rab olgan. Unda labcha hujayralari joylashgan. Epidermis ostida xlorofill donachalariga boy assimilyasiya to’qimasi joylashgan. Undan ichkarisida yupqa po’stli, dumaloq shakldagi asosiy parenxima hujayralari bo'ladi.
Dala qirqbo’g’imining jinssiz ko'payishida, poyasining uchki qismida ellipssimon shakldagi spora boshog’i (strabil) hosil bo'ladi. Boshoqning markaziy o’qiga halqasimon shaklda sporafillar o'rnashgan Har qaysi sporafilldagi sporangiyalarda teng sporalar hosil bo'ladi. Ular yetilgandan so'ng sporangiya uzunasiga chatnaydi va sporalar tashqi muhitga tarqaladi. Tuproqqa tushgan sporalar qulay sharoitda o'sib gametofitni hosil qiladi. Gametofitlari yashil plastinka shaklda, ayrim jinsli. Anteridiyda yetilgan spermatozoidlar suv yordamida harakatlanib, arxegoniydagi urg'ochi tuxum hujayrani urug'lantiradi. Urug'langan tuxum hujayradan hosil bo'lgan zigota taraqqiy etib, yangi yosh qirqbo’g’imning sporafitiga aylanadi.
Dala qirqbo’g’imi dorivor o'simlik. Uning yozgi poyasi qonni to'xtatish va siydikni haydash hususiyatiga ega.

4. QIRQQULOQTOIFALAR BO’LIMI


( ERKAK QIRQQULOQ).

Reja:


  1. Bo‘limning umumiy tavsifi. Bu erda qirqqulоqlarning o‘ziga xоs belgilari, tanasining ichki va tashqi tuzilishi, makrоfillik, spоrangiy va uning rivоjlanishi, sоruslari, sinangiylari. Teng va har xil spоralik, qazilma qirqqulоq-klоdоksipоn, stavrоpteris va bоshqalarning tuzilishi, tarqalishi, ekоlоgiyasi, kelib chiqishi haqida ma’lumоtlar beriladi.




  1. Pоlipоdiumsimоnlar – sinfi. Uning tavsifi, tanasining tashqi va ichki tuzilishi, teng va har hil spоrali guruhlari, sistematikasi, tarqalishi, rivоjlanishi haqida ma’lumоtlar beriladi.




  1. Pоlipоdium qabilar – sinfchasi pоlipоdiumdоshlar оilasi, erkak qirqqulоqning tashqi va ichki tuzilishi, rivоjlanishi haqida ma’lumоtlar beriladi.

Qirqquloqlar turlarining soni jihatidan yuksak o'simliklar bo'limlari orasida magnoliyatoifa (gulli) o'simliklar va yo’sintoifa o'simliklardan keyingi uchinchi o'rinda turadi. Hozirgi paytda Yer sharida qirqquloqlarning 300 ga yaqin turkumga mansub, 10 mingdan ziyodroq turlari tarqalgan. Bular ham eng qadimgi o'simliklar hisoblanadi. Chunki qirqquloqlarning bizgacha yetib kelmagan vakillari devon davrida (415-370 mln.yil oldin) qirilib ketgan. Ular qadimgi qirqbo’g’imtoifa o'simliklar bilan bir vaqtda o'sib, o’rmonlar hosil qilgan. Qirqquloqlar tog'larda, tekisliklarda, botqoqliklarda va suvda uchraydi. Biroq bo'limning ko'pchilik turlari taraqqiyot siklida sernam muhitni talab qilganligi tufayli tropik va subtropik iqlimli joylardagi o’rmonlarda ancha keng tarqalgan. U yerlardagi o’rmonlarning ostida o'suvchi turlaridan tashqari daraxtlarning tanasi va shoxlariga yopishgan holda o'suvchi bir qancha epifit turlari ham uchraydi. Qirqquloqlar xilma-xil ekologik muhitda o'sishi sababli ular orasida har xil hayotiy shakldagi turlarini uchratish mumkin. Ayniqsa tropik va sernam subtropik o’rmonlar ichida (ostidagi) tikka o'suvchi, yotib o'suvchi o’t vakillaridan tortib, epifit, lianalargacha bo'lgan turlarni va siateydoshlar (Cyateaceae) oilasiga mansub siatey va diksoniya turkumiga kiruvchi bo’yi 25 m gacha yetadigan daraxtsimon qirqquloqlarni ham uchratish mumkin.
O’rta Osiyo xududida esa faqatgina o’t o'simliklardan iborat vakillari tarqalgan. qirqquloqlarda ham qirqbo’g’imsimonlardagidek ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan. Ofioglossdoshlar (Ilontildoshlar) (Ophioglossaceae) va ayrim qadimgi primitiv guruhlarida seret, yo’g'on ildizlar uchraydi. Daraxtsimon qirqquloqlarda tipik ildizlardan tashqari poyasining asosida havo ildizlari ham taraqqiy etgan bo'ladi.
Salviniyalar (Salvinia) turkumining ayrim vakillarida ildizlar butunlay reduksiyalab ketgan. Poyalari monopodial tipda shoxlangan ayrim vakillarida dixotomik shoxlanishni ham kuzatish mumkin. Poyasining tuzilishidagi harakterli belgilardan yana biri uning har xil tuklar, tangachalar bilan qoplanganligidir. Qirqquloqlarning poyasidagi o’tkazuvchi sistemasi sifonostel shaklda tuzilgan. Biroq eng qadimgi qirqquloqlarda va hozirgi qirqquloqlardan masalan: sxizeydoshlarda (Schizoaceae) ning o’tkazuvchi sistemasining primitiv shakldagi protostel holda bo’lishi, ularning riniofitalar bilan filogenetik bog'liqligidan darak beradi.
Ularga hos belgilardan yana biri barglarining (poyalarining) yirik bo’lishi va ularda o'sish nuqtasining poyadagidek uchki qismida joylashganligidir. Bu jihatlardan ular plauntoifalardan va qirqbo’g’imtoifalardan farq qiladi. Qirqquloqlar shakli va ichki tuzilishi jihatidan ham xilma-xil bo'ladi. Qirqquloqlarning ko'pchiligida barg ikkita funksiyani ya'ni ayrimlarida fotosintez va spora hosi qilish vazifasini bajarsa, boshqalarida spora hosil qiluvchi barglari xlorofillni yo’qotib, faqat jinssiz ko'payish vazifasini o’taydi (masalan, salviniyalarda).
Qadimgi va ayrim hozirgi qirqquloqlar poyalarining dixotomik tomirlari ularning barglari, novda (tallom)ning o'zgarishidan kelib chiqib chiqqanligini tasdiqlaydi.
Qirqquloqlar bargining anatomik tuzilishi jihatidan gulli o'simliklar bargining anatomik tuzilishiga ozroq o’xshab ketadi. Ko’ndalangiga kesilgan bargning ustki va ostki tomoni epidermis bilan qoplangan. Labchalari ko'pincha bargning ostki tomonida joylashadi. Ustunsimon to’qima, bulutsimon to’qimaga nisbatan kam taraqqiy etgan.
Qirqquloqtoifalarda ham plauntoifalar va qirqbo’g'imtoifalardagidek sporofit bo’g’in gametofit bo’g’inga nisbatan ustun turadi. Evolyutsion taraqqiyoti davomida qirqquloqlarning sporangiylari bargning chetki qismidan, pastki qismiga o’tib joylashgan. Sporangiylarning bargning pastki qismiga o'rnashishi ularni tashqi muhitning noqulay ta'siridan ximoyalanishi uchun qulaylik tug'dirsa, ikkinchidan bargning yuza qismida fotosintez jarayonning normal borishi uchun imkoniyat yaratidi. Bargda to’p-to’p bo'lib joylashgan sporangiylarga sorus (grekcha sorus tutam, to’da) deyiladi. Sporangiylar hosil bo’lishi jihatidan ikki xil: eng qadimgi qirqquloqlarda ular bargning epidermisidagi bir nechta hujayralardan hosil bo'ladi. Shuning uchun ular yirik va tashqi tomonidan bir necha qavat hujayralar bilan qoplangan. Evolyutsiya jihatdan ancha yosh bo'lgan vakillarida esa sporangiylar bargning bitta hujayrasidan hosil bo'lgan. Ular nisbatan kichik va bir qavat po’st bilan qoplangan.
Sporalar qulay sharoitda o'sib, undan gametofit taraqqiy etadi. Teng sporali qirqquloqlarning gametofiti ipsimon, lentasimon, chuvalchangsimon, yuraksimon bo'ladi.
Bularga hos belgilardan yana biri anteridiyning arxegoniyga nisbatan oldinroq taraqqiy etishidir. Bunga protoandriya (grekcha Protos - birinchi va andreios-erkaklik) deyiladi. Protoandriyaning biologik moxiyati shundaki, turli muddatlarda yetilgan arxegoniyda chetdan urug'lanish uchun imkoniyat tug'iladi.
Qirqquloqlarda ham spermatozoid qirqbo’g’imlarnikidek ko'p xivchinli bo'lib, urug'lanishi namlik yordamida boradi
Gametofitdagi tuxum hujayralarda bir nechtasi urug'lanishi mumkin, lekin ulardan faqat bittasining zigotasigina taraqqiy etadi va o’simta (gametofitni) hosil qiladi. O’simtada murtak joylashadi, undan esa sporofit rivojlanadi.


Download 398,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish