12-laboratoriya ishi strategrafik ustun tuzish 1


-rasm. Stratigrafik ustunning umumiy ko‘rinishi



Download 381,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana25.11.2022
Hajmi381,89 Kb.
#872603
1   2
12.1-rasm. Stratigrafik ustunning umumiy ko‘rinishi. 
 
 
 
 
12.2. Shartli belgilar. 
Geologik xaritalarda tog‘ jinslarining struktura shakllarini, yoshini, 
tarkibini, ular orasidagi o‘zaro munosabatlarini va boshqa xususiyatlarini 


tasvirlashda shartli belgilardan (legenda) foydalaniladi (1 va 2-ilovalar). 
Bunday shartli belgilar xaritaning miqyosiga qarab xaritalash bo‘yicha qabul 
qilingan maxsus yo‘riqnomalar talabi asosida ishlatiladi. SHartli belgilar 
rangli, chiziqli, harfli va raqamli bo‘lishi mumkin. 
Rangli belgilardan qatlamli yotqiziqlarning yoshi va intruziv jinslarning 
tarkibini ifodalash uchun foydalaniladi. 
CHiziqli belgilar tog‘ jinslarining petrografik tarkibini tasvirlash uchun 
qo‘llaniladi. 
Harfli belgilar yordamida tog‘ jinslarining yoshi, genezisi va magmatik 
tog‘ jinslarining tarkibi ifodalanadi. 
Raqamli belgilardan (harfli belgilar bilan birgalikda) tog‘ jinslarining 
yoshini ko‘rsatishda foydalaniladi. 
Geologik xaritalashda tog‘ jinslari va ular hosil qilgan struktura 
shakllarining yoshini aniqlash muhim masala hisoblanadi. 
Yer
planetasining 
rivojlanish bosqichlari uchun vaqt bo‘yicha geoxronologik shkala va bu 
bosqichlarda hosil bo‘lgan tog‘ jinslari uchun stratigrafik shkala qabul 
qilingan bo‘lib, ular xalqaro ahamiyatga ega.
Eon (eonotema) kriptozoy va fanerozoyga bo‘linadi. Kriptozoy arxey va 
proterozoy eralaridan (eratemalaridan) iborat bo‘lib, arxey yotqiziqlari to‘q 
pushti rang va proterozoy yotqiziqlari och pushti rang bilan tasviralanadi. 
Fanerozoy paleozoy (och jigar rang), mezozoy (yashil rang) va kaynozoy 
(sariq rang) eralariga (eratemalariga) bo‘linadi. 
Arxeyda erta va kechki bosqichlar ajratilgan, ammo uning pastki 
chegarasi aniqlanmagan. 
Proterozoyda erta, o‘rta va kechki bosqichlar ajratiladi va kechki 
proterozoy o‘z navbatida rifey va vendga bo‘linadi. 
Kriptozoydagi tog‘ jinslari kuchli metamorfizmga uchraganligi va ularda 
organik qoldiliqlar deyarli uchramasligi tufayli mayda tabaqalarga 
ajratilmaydi. 
Paleozoy o‘z navbatida quyidagi davrlarga (sistemalarga) tabaqalanadi: 
kembriy (ko‘k-yashil), ordovik (to‘q yashil-kulrang), silur (to‘q yashil) devon 
(jigar rang), karbon (kulrang), perm (to‘q pushti rang). 
Mezozoyda trias (binafsha), yura (ko‘k), bo‘r (yashil) davrlari 
(sistemalari) ajratiladi. 
Kaynozoy paleogen (och pushti), neogen (sariq) va to‘rtlamchi (havo 
rang) davrlariga tabaqalanadi. 
Stratigrafik tabaqalar faqat rang bilan emas, balki ularga qo‘shimcha 
holda indekslar orqali ham ifodalanadi (1-jadval). 
Xalqaro stratigrafik tabaqalardan tashqari mahalliy va mintaqaviy 
stratigrafik tabaqalar ham qo‘llaniladi va ular asosida mahalliy va mintaqaviy 
stratigrafik sxemalar yaratiladi. 


Mahalliy (mintaqaviy) stratigrafik tabaqalar Xalqaro stratigrafik shkala 
bo‘limi yoshiga mos keluvchi rang va tuslarga bo‘yaladi. 
Hozirgi vaqtda mahalliy va mintaqaviy stratigrafik tabaqalarning 
quyidagi sxemalari qabul qilingan: 
Paleogen, neogen va to‘rtlamchi sistemalari (davrlari) uchun qabul 
qilingan umumiy yaruslar (asrlar) yo‘q. O‘rta Osiyo mintaqasi uchun 
quyidagi mahaliy stratigrafik birliklar ajratiladi: 
R
1
- oqjar (R
1
a), buxoro (R
1
vh); 
R
2
- suzoq (R
2
sz), oloy (R
2
al), turkiston (R
2
trk),
rishton (R
2
rch), isfara (R
2
isf), xonobod (R
2
hb).va
R
3
- sumsar (R
3
sm) qatlamlari; 
N

-keles (N
1
k), chirchiq (N
1
cr) va. 
N
2
-mirzarobod (N
2
m) seriyalari;
Q
1
-nanay (Q
1
n), toshkent (Q
2
ts), mirzacho‘l (Q
3
gl) va 
sirdaryo (Q
4
sd) komplekslari. 
 
 


1-ilova 
 
Nazorat savollari 


1.
Stratigrafik ustun qanday elementlardan iborat bo‘ladi? 
2.
Shartli belgilar qanday guruhlarga bo‘linadi va qaysi tartibda 
joylashtiriladi? 
3.
Stratigrafik shkala qanday tabaqalardan iborat? 
 
 

Download 381,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish