3. Monopoliya, uningvujudga kelishi va turlari
Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta’minlanishiga monopoliyalar, to‘siq bo‘ladi.
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’niyunoncha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - cotaman) tarkib topsa-da, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliya – iqtisodiy faoliyatining biror sohasida (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki davlatning tanho hukmronligini ifodalaydi.
Monopoliyalar bir qator yo‘llar orqali kelib chiqadi. Bular:
– ishlab chiqarishning to‘planishi;
– kapitalning to‘planishi va markazlashuvi;
– fan texnika taraqqiyoti;
davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo‘llab-quvvatlashi;
– o‘zaro kelishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |