Mustaqil mehnat mohxyatan o‘zida ham mehnat (mehnat faoliyati orqali daromad topish), ham tadbirkorlik mehnati xususiyatlarini mujassamlashtirgan. Biroq tadbirkorlik mehnatini amalga oshirish uchun faqat mehnat qilish qobiliyatidan tashqari kapital, mehnat resurslari va vositalari ham talab qilinadi. Mustaqil mehnatda esa shaxs o‘zi uchun o‘zi ish o‘mi yaratadi.
Qabul qilingan xalqaro normalarga ko‘ra, mehnat resurslari mustaqil ish bilan band bo‘lganlar toifasi ikki asosiy gumhga ajratilgan: yollanma mehnatdan foydalanmaydigan individual tadbirkorlar va korporativ biznesga aloqador bo‘lmagan, yollanma mehnatdan foydalanadigan tadbirkorlar1.
16.2-rasm. Mehnatturlari
Oʻzbekistonda 2018-yil - «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va tex- nologiyalarni qoilab-quvvatlash yili» deb eion qilindi. Prezident Sh. Mirziyoyev «Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashu- vlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo‘nalishdir. Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqa- rishga qodir, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushu- namiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni
mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yara- tish bizning birinchi galdagi vazifamiz bolishi shart»', deya ta’kidladi.
Mamlakatda faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlaryaratilib,innovatsiong‘oyalarvatexnologiyalamijoriy qilish, tadbirkorlik subʻyektlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlari va ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish mexanizmlari takomillashtirilmoqda.
Iqtisodiyot nazariyasida tadbirkorlik faoliyatining turlicha talqinlariga duch kelinadi. «Tadbirkor» tushunchasini birinchi bo‘lib ilmiy muomalaga kiritgan irlandiyalik iqtisodchi Richard Kantilon bu toifa ishbilarmonlami vositachi sifatida ko‘rgan hamda bunday tadbirkor soʻlib olgan mahsulotini (asosan, qishloq xo‘jaligi mahsulotini) qaysi narxda soʻla olishini bilmaganligi sababli tavakkalchilik qilishini ko‘rsatgan2 3.
Klassik nazariya asoschisi A. Smit tadbirkor - bu o‘z tadbirkorlik daromadini olish niyatida muayyan darajada iqtisodiy tavakkalchilik qilib, tijorat g‘oyasini amalga oshiradigan kapital egasi, deb hisoblagan4.
Tadbirkorlik faoliyatining nazariyasiga eng katta hissa qo‘shgan olim Yozef Shumpeterdir. «Tadbirkor - yangi texnologiyalami amalga oshiradigan novatordir, - deb ko‘rsatgan u. - Tadbirkor boʻlish - boshqalar qilayotganidan o‘zgacha narsa qilishdir. Tadbirkor iqtisodiy tizim jo‘shqinligini ta’minlaydigan yangi innovatsion narsa shakllanishi uchun eski an’anaviy ishlab chiqarish davrasini sindiradi. Shaxs tadbirkorlik funksiyasini bajarishga qodir boʻlishi uchun qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega boʻlishi kerak, xususan, u zukko boʻlishi, yolgTz o‘zi olg‘a bora olishi, boshqalar yurmagan yoʻldan yura olishi, istiqbolni ko‘rish iqtidoriga ega boʻlishi, boshqa odamlarga ta’sir ko‘rsata olishi kerak»5.
Y. Shumpeter tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ikkita asosiy omil:
tashkiliy-xo‘jalik novatorligi;
iqtisodiy erkinlik zarurligini ta’kidlagan.
U davlatning tadbirkorlik faoliyatiga aralashishiga qarshi boʻlgan, o‘zini erkin tadbirkorlik himoyachisi hisoblagan.
Odatda, tadbirkorlik faoliyatining uch sohasi ajratib ko‘rsatiladi:
mustaqil ishlab chiqarish;
tijorat;
vositachilik faoliyati.
Oʻzbekistondagi amaldagi qonunchilikka muvofiq, «Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati subʻyektlari tomonidan qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat»dir!.
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyati yakka tartibda, jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikda hamda mikrofirmalar va kichik korxonalar tashkil etilgan holda amalga oshiriladi (16.3-rasm).
16.3-rasm. O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining subʻyektlari
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, mol- mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishgayo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun ko‘pi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq to‘lagan holda jalb etishga haqlidirlar.
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat va dehqon xo‘jaligi shakllarida amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir6 7.
Oddiy shirkat sheriklar (ishtirokchilar) deb ataluvchi ikki yoki undan ortiq shaxsning foyda olish yoki qonunga zid bo‘lmagan boshqa maqsadga erishish uchun o‘z hissalarini qo‘shish va yuridik shaxs tuzmasdan birgalikda ish qilishidir.
Dehqon xojaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.
Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo‘jaligi a'zolarining istagiga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatidayollanmamehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas1.
Kichik tadbirkorlik subʻyektlari - mikrofirmalar va kichik korxonalarda ish bilan bandlar soni qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan (16.2-jadval).
Tadbirkor mohiyat jihatidan - tashabbuskor shaxsdir. U oqilona tavakkalchilik qilib, mavjud iqtisodiy resurslarni ishga soladi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, unga yangiliklar kiritadi, yangi texnologiyalarni joriy etadi, mustaqil qarorlar qabul qiladi. Buning natijasida shaxsan o‘zi va oilasining, ayni paytda jamiyatdagi iste’molchilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga shaxsiy hissasini qo‘shadi. Shuning uchun tadbirkorlikni rag‘batlantirish, har taraflama qoʻllab- quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
16.2-jadval
Kichik tadbirkorlik subʻyektlarida ish bilan
band boʻlgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni
Do'stlaringiz bilan baham: |