2. Havoda qotadigan ohaqni olishda kechadigan jarayonlar Karbonat xom ashyoni kuydirishda kechadigan kimyoviy jarayonlar


Juda katta xaroratda kuydiriladigan gips



Download 170,68 Kb.
bet3/14
Sana03.03.2022
Hajmi170,68 Kb.
#480090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-mavzu. Gidratatsion qotuvchi moddalar ishlab chiqarishining fizik-kimyoviy asoslari

Juda katta xaroratda kuydiriladigan gips.
Ikki molekula suvli gips yoki angidridni 800-10000C tkmperaturada kuydirib olingan mahsulot tuyilsa, ana shunday gips tayyor bo‘ladi.
Juda katta temperaturada kuydirilgan gipsning angidrid sementdan farqi shundaki, u katalizatorsiz ham qota beradi. Cрunki gips ko‘rsatilgan temperaturalarda kuydirilganda CaSO4 qisman parchalanadi, ya’ni СaO erkin holatda yoki mCaSO4·nCaO tipida kalsiy sulfat asosiy birikmalari tarzida ajralib chiqadi. Xuddi ana shu birikmalar katalizatorlar hisoblanadi. Ular ishqoriy muhit vujudga keltiradi. Natijada juda katta temperaturada kuydirilgan gipsning eruvchanligi yanada oshadi va shu bilan ikki molekula suvli gipsning hosil bo‘lish jarayoni tezlashadi. Ikki molekula suvli gips kristallarining hosil bo‘lishi esa angidrid sement qotayotgan vaqtdagidek asosiy qotish jarayoni hisoblanadi.

Rasm– 2. Qurilish gipsining ishlab chiqarish sxemasi.
1-ta’minlagich, 2, 7, 9, 12,15 -bunker, 3- tasmali transportyor, 4- bolg‘ali maydalagich, 5- elevator, 6- shnek, 8- taqsimcha ta’minlagich, 10 – o‘choq, 11-aylanma pech, 13- chang cho‘ktiruvchi moslama, 14- ventilyator, 16- zoldrli tegirmon.
1. Tayyorlash texnologiyasi
Juda katta temperaturada kuydirilagan gips texnologiyasi deyarli angidrid sement texnologiyasiga o‘xshaydi, biroq unga nisbatan soddaroq, chunki katalizator qo‘shilmaydi. Asosiy ishlab chiqarish operatsiyalariga gips toshni maydalash, kuydirish va kuydirilgan mahsulotni kukun holigacha (asosan shar tegirmonlarda) tuyish asosiy ishlab chikarish jarayonlaridan hisoblanadi. (rasm 2)
Angidrid sement olinayotgan vaqtdagidek, asosan nim gaz o‘txonali shaxta pechlarda kuydiriladi. Bunday hollarda kalsiy sulfidi hosil bo‘lmasligi uchun pechda oksidlantirish muhiti yaratmoq lozim. Chunki bog‘lovchi tarkibida 0,1% dan ziyodroq kalsiy sulfidi bo‘lsa, qotayotganida bog‘lovchi hajman noteks o‘zgaradi va mahsulotning mustahkamligi pasayadi. Shaxta pechlarda kuydirish uchun shartli yoqilg‘idan tayyor mahsulot og‘irligining 10-15% miqdorida sarflanadi.
Kuydirish rejimi va ishlanayotgan bog‘lovchining hossalari ko‘p jihatdan xom ashyo tarkibiga bog‘liq. Gips toshda dolomit va ohaktosh qo‘shilmalarning bo‘lishi kuydirish jarayoni vaqtida erkin kalsiy va magniy oksidalarining hosil bo‘lishiga olib keladi. Ularning miqdori 5-7% bo‘lsa, foydali hisoblanadi.
Kuydirish vaqtida kalsiy sulfati va kalsiy karbonatlari tarkibida qum tuproq, gil tuproq va temir oksidlari kabi aralashmalar bo‘lgan ana shu qo‘shilmalar bilan o‘zaro ta’sir etishganida birlamchi kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari hosil bo‘ladi. Ular kalsiy sulfatning parchalanish temperaturasini pasaytiradi.
2. Xossalari va ishlatilishi
Juda katta temperaturada kuydirilgan gipsga bo‘lgan texnik shart-sharoitlar (TU) ga ko‘ra, bunday gipslar uch xil, ya’ni 100, 150 va 200 markada chiqariladi. Bu markalar qumsiz plastik xamir (1:0) dan ishlangan 28 kunlik namunalarning minimal mustahkamligiga qarab aniqlanadi.
Juda katta temperaturada kuydirilagan gips qurilishbop gipsga qaraganda ancha mustahkam. Bunga asosiy sabab shuki, qorish uchun ozgina suv qo‘shiladi (normal quyuq xamir hosil qilish uchun 25-35% cha suv quyiladi) va juda mayda tuyiladi. Gipsni shibbalab qoliplash uning shibbalamasdan qoliplashga qaraganda 25% mustahkamroq bo‘lishiga yordam beradi.
Qanchalik mayda tuyilgani 1sm2 yuzasida 100 ta ko‘zi bor elakda ko‘pi bilan 2% va 900 ta ko‘zi borida ko‘pi bilan 10% qoldik qolishga qarab aniqlanadi.
Juda katta temperaturada kuydirilgan gips qotayotganda qurilishbop gipsga qaraganda ozgina bo‘lsa ham hajman kichrayadi. Juda katta temperaturada kuydirilgan gipsdan ishlangan buyumlar, qurilishbop gipsdan tayyorlangan buyumlarga qaraganda suvga va sovuqqa ancha chidamli bo‘ladi.
Juda katta temperaturada kuydirilagan qotgan gips ishqalanishga katta qarshilik ko‘rsatadi. Shu jihatdan u boshqa xil gipslardan katta farqqiladi. Uning ishqalanishga
qarshiligi, masalan, polga ishlatiladigan keramika plitalarnikidan uch marta katta bo‘ladi.
Angidrid sement qaysi sohalarda ishlatilsa juda katta temperaturada kuydirilagan gips ham ana shu maqsadlarda ishlatiladi. Bundan tashqari, undan choksiz pollar qurishda, deraza tagi taxtalari, zinalar va manzarali plitalar tayyorlashda foydalansa ham bo‘ladi.
O‘zbekistonda ishlatiladigan barcha gipsli bog‘lovchilarning 60…70% ini qurilish gipsi tashkil etadi. Respublikada ishlatiladigan ko‘pgina qurilish gipslari tez qotuvchan. Tishlashishining boshlanishi 4…5 minut, oxiri esa 7…8 minutga teng.
Ma’lumki, yirik o‘lchamdagi gips-beton buyumlarni tayyorlash­da qorishmaning tishlashishini sekinlashtirish katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda qorishma tayyorlanayotganda unga 0,25% miqdorda suyak elimi qo‘shiladi. Natijada qorishmaning tishlanishi, o‘rta xisobda 5…6 marta sekinlashadi, plastikligi ortadi, buyum mustahkamligi esa 20…24% gacha ortadi. Gipsdan ishlangan namunaning suv shimuvchanligi 26% bo‘lsa, suyak elimi qo‘shilgandan so‘ng bu kursatkich b… 9% ga kamayadi.
O‘rta Osiyoda ko‘p tarqalgan ganch havoda qotadigan bog‘lovchi modda bo‘lib, u oddiy qurilish gipsidan tarkibidagi tuproqning ko‘pligi (20…40%) bilan farqqiladi. Ganch ham qurilish gipsi singari 170…180°C temperaturada pishirib olinadi, ya’ni unda­gi ikki molekula suvli gips yarim molekulali holga keltiriladi. Ganchning sifati, asosan, undagi
yarim molekulali gipsning yoki, boshqacha aytganda, xom ashyo tarkibidagi ikki molekulali gipsning miqdoriga bog‘liq. Bunda gipsning miqdori qanchalik ortsa, ganchning sifati shuncha yuqori bo‘ladi. Hozir respublika­mizda to‘rtta korxona ganch ishlab chikarmoqda.

Download 170,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish