2 I. Bob o'zbek tilida eskirgan so'zlar lug'ati



Download 38,34 Kb.
bet3/6
Sana30.04.2022
Hajmi38,34 Kb.
#597887
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'ZBEK TILIDA ESKIRGAN SO\'ZLAR LUG\'ATI

1.2 Tarixiy so'zlar tahlili
Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning barcha bo`limlarida, jumladan, leksikasida ham o`zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba’zi so`zlar eskirib, iste’moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi tushunchalarni nomlovchi so`zlar paydo bo`ladi. Bu hodisalar tilning leksik tarkibini 2 qatlamga ajratishni taqazo etadi:
1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam).
2. Eskirgan qatlam.
3. YAngi qatlam.
Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o`zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo`lib, uni umumxalq leksikasiga – ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaga oid so`zlar, shuningdek, atamalar, kasb-hunarga doir so`zlar tashkil etadi. Bu qatlamdagi so`zlar yangilik bo`yog`iga ham, eskilik bo`yog`iga ham ega bo`lmaydi.
Zamonaviy qatlamda so`zlarning nutqda ko`p yoki kam ishlatilishi, barcha kishilarning ishlatishi yoki ma’lum guruh kishilari nutqidagina ishlatilishi asosga olinmaydi.
Demak, yangilik va eskilik bo`yog`iga ega bo`lmagan so`zlar eskirgan qatlam. So`z ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda yo`qolishi, yoki ularning ma’nosini ifodalaydigan boshqa so`zlarning paydo bo`lishi munosabati bilan ayrim so`zlar asta-sekin qo`llanilmay unutila boradi. Ular nutqda kam qo`llanadi. Ularning ba’zilarini tushunish mumkin, ayrimlarini ko`pchilik tushunmaydi, ular badiiy va ilmiy adabiyotlarda qo`llansa, izoh talab etadi. Eskilik bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlar eskirgan leksika deyiladi. Eskirgan leksika 2 turga ajratiladi:
1. Tarixiy so`zlar yoki istorizmlar.
2. Arxaik so`zlar yoki arxaizmlar.
Tarixiy so`zlar o`tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo`lgan, ammo hozir eskirib qolgan so`zlar tarixiy so`zlar deyiladi. Tarixiy so`zlar jamiyatda yo`q bo`lib ketgan narsalar, shaxslar haqida gap borganda qo`llaniladi. Hozirgi tilda ularning sinonimii yo`q. Masalan: foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), chaqirim (1 km), tosh (8 chaqirim – 8 km), gaz (71 sm), botmon (176, 128 kg), misqol (4,25 g.), miri (5 tiyin).
Ba’zi so`zlar til taraqqiyoti davomida turli xil narsalarni ifodalaydigan bo`lib qoladi. Bunday so`zlarning bir ma’nosi eskirsa, ikkinchi xil ma’nosi zamonaviy qatlamda ishlatiladi.
Masalan: boy so`zining ma’nosini qiyoslang: Boy Yo`lchini zimdan kuzatdi (Oybek). Sen boy bo`laman deb nima ishlarni qilmading, oqibati nima bo`ldi?
Arxaik so`zlar. Hozir mavjud bo`lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari arxaik so`zlar deyiladi. Arxaik so`zlar yig`indisi arxaizmlar deyiladi. Arxaizm – grekcha so`z bo`lib, archaios – «qadimgi» degan ma’noni bildiradi.
Eskirgan so`z ifoda etayotgan narsa-hodisalar hozirgi hayotda bor bo`lgani uchun uning eskirgan nomini almashmay oladigan zamonaviy qatlamga oid so`z mavjud bo`ladi. Aslida bir narsaning birdan ortiq nomi bo`lsa, ulardan til taraqqiyoti qonuniyatlariga javob bera oladigan tilda saqlanib qoladi, javob bera olmaydigani eskilik bo`yog`iga ega bo`lib, ishlatilmay qolib ketadi. Masalan, sekretar – kotib, mirzo, kotiba. Ular ichidan kotib so`zi hozirgi kunda kishilar tomonidan keng ko`lamda qo`llanilyapti. Sekretar so`zi eskirib, arxaiklashib qolgan. Arxaik so`zlar so`zlovchining ko`z oldida iste’moldan chiqib ketayotgan so`zlardir revolyutsiya (inqilob), tuman (rayon), viloyat (oblast), baynalmilal (internotsional).
Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o`miz (ko`krak) kabi.
So`zlar butun holda arxaiklashishi yoki uning biror ma’nosi arxaiklashishi mumkin. SHunga ko`ra ular: a) leksik arxaizmlar; b) semantik arxaizmlar tarzida ikki xil bo`ladi.
Leksik arxaizmda so`z eskiradi: gulgun, siymo (obraz).
Semantik arxaizmda ma’no eskiradi: chechak – «gul» ma’nosida eskirgan, bekat – karvonlar to`xtaydigan joy ma’nosida eskirgan, bag`ir – «jigar» ma’nosida eskirgan, davlat – «boylik» ma’nosida eskirgan.
Arxaiklashish iboralarda ham, grammatik hodisalar doirasida ham yuz beradi. Iboralarning arxaiklashishi holati ko`p, lekin grammatik hodisalarning arxaiklashishi ham uchraydi: dasti alif –lom qilib, gardonini ham qilib, yoqasini chop etmoq (iboralar); sifatdoshning –din, -mish shakllari, ravishdoshning –bon, -ibon shakllari, -dur – kesimlikni ko`rsatuvchi bog`lama eskirgan grammatik shakllardir.
Fonetik arxaizmlar ham mavjud bo`lib, unda tovush eskiradi: sobun, qaboq kabi (sovun, qovoq).
Neologizmlar. Kundalik hayotimizdagi angi narsalarni, ularning belgilarini, yangicha munosabatlarni, umuman yangi tushunchalarni ifoda etish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan so`zlar yoki yangi ma’noda qo`llangan eski so`zlar neologizmlar deyiladi. Neologizm grekcha so`z bo`lib, neos – «yangi» degan ma’noni bildiradi. Neologizm yangilik bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlardir. Masalan: bakalavr, magistratura, kompьyuter, kompьyuter texnologiyasi, marketing, supermarket kabi. Neologizmlar yangi paydo bo`lgan paytda, ishlatilish doirasiga ko`ra chegaralangan leksikaga kiradi. Neologizmni ma’nosi tushunarlilik kasb etsa, xalq orasida ommalashib ketishi mumkin. Bunda u yangilik bo`yog`ini yo`qotadi va umumxalq so`ziga aylanadi. Masalan: brigada, televizor, traktor, kosmos, kosmonavt va hokazo.
Ba’zi neologizmlar yangiligicha qolib ketishi, ishlatilish doirasi chegaralangan leksikadan o`rin olib qolishi mumkin. Demak, neologizm – nisbiy tushuncha. CHunki har bir davr o`z neologizmiga ega bo`ladi.
So`z yoki so`zning ma’nosi neologizm bo`lishi mumkin.
So`z neologizm bo`lsa, leksik neologizm deb yuritiladi: broker,
Leksik neologizmlar tamomila yangi, hali o`zlashib ketmagan so`zlardir. Bunday so`zlar: 1) o`zbek tilida avvaldan mavjud bo`lgan so`z va yasovchi qo`shimchalar bilan yasalgan yangi so`zlardir: etti yillik; 2) boshqa tildan kirgan hali umumxalq tiliga singib o`zlashib ketmagan yangi so`zlardir: magistr, bakalavr.
Leksik ma’nolardan biri yangi bo`lsa, semantik neologizm deb yuritiladi. Masalan: Yo`ldosh (er yo`ldoshi), payvandchi (metallni ulovchi).
O`zbek tili leksikasining boyish manbalari
O`zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bog`liq holda boyib boradi. Tilning lug`at tarkibi 2 manba asosida boyiydi.
1. O`zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so`z yasash orqali yangi so`zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, vazirlik, ijarachi, tinchliksevar, MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalardan adabiy tilga so`z olish ham kiradi: aya, bolish, uvildiriq (ikra) kabi.
2. Boshqa tillardan so`z olish (tashqa manba). O`zbek tiliga boshqa tillardan so`z o`zlashtirish turli davrlarda turlicha bo`lgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali Evropa tillaridan so`z o`zlashtirish faollashgan. O`zlashgan so`zlar ham o`zbek tili leksikasida anchagina miqdorni tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so`z yasashdan ko`ra boshqa tillardan so`z o`zlashtirish hisobiga boyishi etakchilik qilmoqda.
Boshqa tillardan so`zlar ikki usul bilan o`zlashtiriladi: 1)so`zni aynan olish yo`li bilan; 2) kalkalab olish yo`li bilan.
So`zni aynan olish yo`li bilan tojik, arab tillaridan, shuningdek, rus tillaridan, rus tili orqali boshqa Evropa tillaridan ko`proq o`zlashtirilgan. Masalan, sinch, devor, yana, rubob, kitob, maktab, daraxt, mutolaa, muomala, traktor, sport kabi.
Kalkalab o`zlashtirishda so`z aynan olinmaydi, balki so`zning ma’nosi o`zlashtiriladi. Ikkinchi tildagi so`zning ma’nosi shu so`zning morfemik tarkibidan qismma qism nusxa ko`chirish orqali ifoda etiladi. Kalkalab o`zlashtirishning 2 xil yo`l bor:
1. To`liq kalka. Bu usulda o`zlashtirilayotgan so`zning barcha qismlari o`z til materialidan tuziladi. Masalan: polugramatnыy – chalasavod, vsesoyuznыy - butunittifoq.
2. YArim kalka. Bu usulda o`zlashtirilayotgan so`zning bir qismi aynan saqlanib, bir qismi o`z til orqali beriladi. Traktorist – traktorchi, tabelshik – tabelchi kabi.
YArim kalkada ba’zan o`zlashtirilayotgan so`zning bir qism tashlanib, qolgan qismi aynan olinadi: aktualnыy – aktual kabi.
O`zga til so`zidagi ma’no o`z tildagi so`z bilan berilsa, bu semantik kalka deb ham yuritiladi. Masalan, bo`g`in so`zining ruscha «ponolenie» ma’nosi.
Frazeologiya
1-§. Nutqda ikki yoki undan ortiq so`zlarning o`zaro ma’no va grammatik jihatdan bog`lanishidan tuzilgan birikmalar qo`llaniladi.
Bunday birikmalarning ayrimlari nutq jarayonida tuziladi, ayrimlari esa tilda tayyor birikma shaklida mavjud bo`ladi. Ular bir-biridan o`ziga xos belgilari bilan farq qiladi.
Nutq jarayonida tuzilgan birikma kamida ikkita mustaqil so`zdan tashkil topadi va murakkab tushuncha ifodalaydi. Bunday so`z birikmasi ifodalaydigan tushuncha tarkibidagi so`zlarning ma’nosi asosida yuzaga keladi: qiziqarli asar. Bunday so`z birikmasi tarkibidagi so`zlar ayrim-ayrim so`zlarga ajrala oladi: qiziqarli asar – zerikarli asar. SHuning uchun ular erkin so`z birikmasi deb yuritiladi.
Tilda ko`p vaqt bir qolipda qo`llanaverib, bo`linmaydigan holga kelib qolgan birikmalar mavjud: og`zi qulog`ida. Demak, so`z birikmalari ikki xil: a) erkin so`z birikmasi; b) turg`un so`z birikmasi. Turg`un birikmalar ikki xil: a) birikmali atamalar; b) iboralar.
Tilda ikki yoki undan ortiq so`zdan tarkib topib, ko`chma ma’no ifodalaydigan, ma’nosi bir so`zga teng keladigan turg`un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi.
Birikmalargina emas, ayrim gaplar ham ibora holiga kelib qolishi mumkin: Ishtahasi ochildi. Dili siyoh bo`ldi.
Iboralarning barchasi ko`chma ma’no ifodalaydi va ularda emotsionallik so`zga nisbatan kuchli bo`ladi. SHuning uchun iboralar nutqning ifodalaligini va ta’sirchanligini oshiradi.
Tilning iboralarni o`rganadigan bo`limi frazeologiya, iboralar yig`indisi esa frazeologizm deb yuritiladi.
Iboralar o`rtasida ham o`zaro sinonimlik, antonimlik, omonimlik hodisasi bo`lishi mumkin. (Qarang: -§. So`zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko`ra turlari.)
Leksikografiya
Tilshunoslikning lug`at tuzish ishi bilan shug`ullanadigan bo`limi leksikografiya deyiladi. Lug`atlar tilning lug`aviy boyligini to`plovchi kitobdir. Lug`atlar muayyan mavzularda tuzilib, unda so`zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug`at tuzish ishi bilan lug`atshunoslar qadimdan shug`ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida «Abushqa» lug`ati yaratilgan.
Lug`atlar xarakteriga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1) qomusiy (entsiklopedik lug`at) lug`atlar; 2) lingvistik lug`atlar.
Qomusiy lug`atlar ilmiy, siyosiy, adabiy va ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi predmetlar va voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi.
«O`zbek milliy entsiklopediyasi», «Uy-ro`zg`or entsiklopediyasi», «Salomatlik entsiklopediyasi», «U kim, bu nima?» kabi lug`atlar qomusiy lug`atlar sirasiga kiradi.
So`zlarni tilshunoslik nuqtai nazardan izohlaydigan lug`atlar lingvistik lug`at deb yuritiladi. Lingvistik lug`atlar bir tilli, ikki tilli va ko`p tilli bo`ladi.
Bir tilli lingvistik lug`atlarda lug`aviy birliklar bir tilning - o`zbek tilining o`zida izohlanadi. Bunday lug`atlarga «Imlo lug`ati», «Orfoepik lug`at», «O`zbek tilining morfem lug`ati», «O`zbek tilining sinonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining omonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining antonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining frazeologik lug`ati», «Etimologik lug`ati», 1981 yilda yaratilgan «O`zbek tilining izohli lug`ati» (2 jild) kabilar. «O`zbek tilining izohli lug`ati»da so`z va iboralarning o`z va ko`chma ma’nolari haqida to`la ma’lumot beriladi.
Ikki tilli va ko`p tilli lug`atlar tarjima lug`atlari bo`lib, ular boshqa tilning lug`at tarkibini o`zbek tiliga yoki aksincha o`zbek tilining lug`at tarkibini boshqa tilga tarjima qilish uchun xizmat qiladi. Ikki tilli va ko`p tilli lug`atlarga o`zbekcha-ruscha, ruscha-o`zbekcha, o`zbekcha-inglizcha, inglizcha-o`zbekcha, o`zbekcha-inglizcha-nemischa kabi lug`atlar kiradi.
Ko`p tilli lug`atlar o`tmishda ham tuzilganligi arabcha-forscha-turkcha lug`atlardan ma’lum. Hozirgi kunga kelib ko`p tilli lug`atlar tuzish ancha jadallashdi. CHunki ko`p tilli lug`atlar hozirgi tillarni qiyosiy o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Lug`at fan va texnika, madaniyat, umuman jamiyatning taraqqiy etib borayotganini o`zida aks ettiradi. Lug`atlar muhim madaniy boylikdir, chunki lug`at nutq madaniyati, so`zlarning ma’nolarini aniq tushunish va ularni nutqda to`g`ri qo`llash, savodxonlikka erishishning asosidir.
Tilning lug‘at tarkibi tashkil etadigan so‘zlarning hayotiyligi faol yoki nofaolligiga bog‘liq. Zero, tildagi ba’zi so‘zlar kundalik hayotda iste’mol etilish bilan xarakterlansa, boshqa bir guruh so‘zlar kundalik aloqada juda kam qo‘llanadi. Shu bois so‘zlar tarixiy-funksional xususiyatiga ko‘ra faol va nofaol so‘zlarga ajraladi. Faol so‘zlar adabiy tilning zamonaviy me’yoriga xos so‘zlari bo‘lib, ular kundalik aloqada eng ko‘p ishlatilishi bilan ajralib turadi. Nofaol so‘zlar qatlami esa quyidagi uch turga bo‘linadi:1) tarixiy so‘zlar (istorizmlar), 2) eskirgan so‘zlar(arxaizmlar), 3) yangi so‘zlar (neologizmlar).
1. Tarixiy so‘zlar (istorizmlar). O‘tmishga oid narsa, hodisalarni ifodalagan, biroq hozirgi tilimizda o‘z sinonimiga ega bo‘lmagan so‘zlardir. Masalan: miri, paqir, (pul birliklari) qozi, qushbegi, yasovul, xalifa (mansab nomlari), omoch, yorg‘ichoq, charx kabilar.
2. Eskirgan so‘zlar(arxaizmlar). Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir. Eskirgan so‘zlarning hozirgi tilda sinonimi mavjud bo‘ladi.
Masalan: budun, ulus, raiyat – xalq; handasa - geometriya; muarrix –
tarixchi; dudoq – lab; lang - cho‘loq, oqsoq.
3. Yangi so‘zlar (neologizmlar). Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan narsa - hodisalarning yangi nomlaridir. Masalan, O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan so‘ng tilimizda paydo bo‘lgan faxriy - veteran, noib - deputat, tuman - rayon, tayyora - samolyot kabi so‘zlar yangi so‘zlardir. Yangi so‘zlarning nofaol so‘zlar qatoridan o‘rin egallashi sababi shundaki, ular paydo bo‘lgandan keng iste’moldagi so‘zlar singari barchaning nutqida birdek ishlatilavermay-di. Biroq vaqtlar o‘tishi bilan yangi so‘zlar ham keng iste’moldagi so‘zlar qatoridan o‘rin egallashi mumkin. Masalan, 60-yillarda yangi so‘zlar hisoblangan kosmos, kosmonavt, kosmik kema kabilar hozirgi kunda yangi so‘z hisoblanmaydi. Shuni ham qayd etish lozimki, taraqqiyotning ma’lum davrida tarixiy yoki eskirgan so‘zlar qatoriga o‘tgan so‘zlar hisobidan ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, hozirgi tilimizda tuman, hokim, vazir, noib kabi neologizim sifatida qo‘llanila-yotgan so‘zlar aslida tarixiy va eskirgan so‘zlarning yangilashgan holda qayta iste’molga kirib kelishidan dalolat beradi.
Tilimizda so‘zlashuvchi barcha kishilar nutqida birdek ishlatiladigan so‘zlar umumxalq leksikasi deb yuritiladi. Masalan; non, osh, qor, yo‘l, yulduz, ikki, uch, yemoq, olmoq, men, sen kabi so‘zlar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, barchaning nutqida ishlatilmaydigan, shevalarga, kasb- hunarga, ma’lum ijtimoiy guruhlar nutqiga, ilm-fan sohalari vakillari nutqiga xos so‘zlar ham mavjudki, ular iste’mol doirasi chegaralangan leksikani tashkil etadi. Ularning quyidagi turlari mavjud:
1-§. Dialektizmlar. Ma’lum bir hududda yashovchi kishilar nutqida ishlatiladigan, adabiy til leksikasiga kirmaydigan so‘zlar dialektizmlar deyiladi. Dealektizmlarning adabiy tilga xos me’yoriy so‘zlardan farqlari quyidagicha:
a) leksik-semantik dialektizmlar. Adabiy tilda o‘z shakldoshiga ega, biroq ma’no jihatdan farqlanadigan dialektizmlar: qalin - adabiy tilda: qiz uzatishda kuyov tomonidan beriladigan mablag‘, shevada: gilam turi; g‘ayir- adabiy tilda: rashkchi kishi, shevada: qopag‘on it.
b) leksik dialektizmlar. Muayyan dialekt vakillari tilida qo‘llanilib, adabiy tilda uchramaydigan so‘zlar: ko‘ma-yerto‘la, makka - sho‘x, bichqi - qo‘l arra, shoti, zangi-narvon kabilar.
v) fonetik dialektizmlar. Adabiy tildan fonetik jihatdan farqlanadigan so‘zlar: suvoq - shuvoq, yurmoq - jurmoq, kelmoq - galmoq.
g) grammatik dialektizmlar. Adabiy tildagi grammatik shakllaridan
farqlanadigan so‘zlar: kelutti - kelyapti, uya – uyga, nonnan-nondan.
2-§. Kasb-hunar leksikasi ham adabiy tilga nisbatan chegaralangan so‘zlar qatoriga kiradi. Chunki ular ham ma’lum bir kasb-hunar vakillari nutqidagina ko‘p ishlatilib, boshqa kishilar uchun tushunarsiz bo‘ladi. Masalan: zebgardan, sandon, dam, ko‘ra, itombir, korchup kabi zargarlikka oid so‘zlar shular jumlasidandir.
3-§.Terminlar. Ilm-fan, texnika, san’at sohasidagi aniq bir tushunchani ifodalaydigan bir ma’noli so‘zlardir. Masalan: morfema, fonema, morfologiya, sintaksis kabi tilshunoslikka, o‘tkazgich, tebranish, mayatnik kabi fizikaga oid terminlar shular jumlasidandir.
4-§.Jargon va argolar. Ma’lum ijtimoiy sinf, tabaqa, guruh vakillari nutqida qo‘llaniladigan, ba’zan yashirin ma’noli bo‘lgan so‘zlardir. Bu so‘zlar ham chegaralangan leksik birliklar qatoriga mansub bo‘lib, jargonlar yuqori sinf vakillari nutqida qo‘llanilib kelingan dorulmulk, dorulbaqo, shaxriyori falak, oftobi olam, ne’mati jannat singari so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Argolar esa, yakan, loy, mullajiring, ko‘ki, karamcha - pul, bedana – to‘pponcha kabi yashirin ma’noli so‘zlardan iborat.
Tilning ijtimoiy-dialektal qatlamiga mansub so‘zlar badiiy adabiyotda voqelikni ishonarli chiqishi uchun personajlar nutqini induviduallashtirish vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Download 38,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish