2-mavzu. Mahsulot sifatini nazorati qilish tizimi


Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini aniqlash va sifat darajasini baholash usullari



Download 3,82 Mb.
bet7/48
Sana07.04.2022
Hajmi3,82 Mb.
#534157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
3.1 Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini aniqlash va sifat darajasini baholash usullari.


Mahsulotning sifat ko’rsatkichlari majmuini quyidagi belgilariga ko’ra tasniflash mumkin:

  • tavsiflanadigan xossalari miqdori bo’yicha (yagona va kompleks);

  • mahsulotning turli xossalariga nisbatan (ishonchlilik, texnologiklik, ergonomik ko’rsatkichlari va boshqalar);

  • aniqlash bosqichlari bo’yicha (loyihalash, ishlab chiqarish va ishlatish);

  • aniqlash usuli bo’yicha (hisobli, eksperimental, ekspertiza);

  • sifat darajasini baholash uchun foydalanish xarakteriga ko’ra (bazaviy va nisbiy);

  • ifodalash usuliga ko’ra (o’lchanmaydigan, masalan ballar, foizlar va o’lchanadigan birliklar bilan ifodalangan ko’rsatkichlar);



Mahsulotning texnik darajasi va sifatini baholashda sifat ko’rsatkichlarining quyidagi asosiy guruhlaridan foydalaniladi:

  • mahsulotni ishlatish va undan foydalanishning samarasini tavsiflovchi hamda uni qo’llanish sohasini belgilovchi mo’ljallangan vazifasiga moslik ko’rsatkichlari;

  • buyumdan muayyan sharoitlarda foydalanishda uning ishonchlilik va uzoq muddatga chidamlilik ko’rsatkichlari;

  • buyumlarni tayyorlash va ta’mirlashda yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash uchun konstruktorlik-texnologik yechimlarining samaradorligini tavsif-laydigan mahsulotni tayyorlashning texnologiklik ko’rsatkichlari.

  • mahsulotda standartlashtirilgan buyumlardan foydalanish darajasi va buyum tarkibiy qismlari-ning unifikatsiya darajasini tavsiflovchi stan-dartlashtirish va unifikatsiyalash ko’rsatkichlari;

  • «inson–buyum–muhit» tizimini tafsiflovchi hamda insonning ishlab chiqarish va maishiy jarayonlarda namoyon bo’ladigan gigienik, ruhiy, antropometrik, fiziologik, psixofiziologik xususiyatlari majmuini hisobga oluvi ergonomik ko’rsatkichlar;

  • mahsulotning jozibaliylik, ta’sirchanlik, originallik, uyg’unlik, yaxlitlik, muhit hamda uslubga muvofiqlik kabi xossalarini tavsiflovchi estetik ko’rsatkichlar;

  • buyumning mamlakatda va xorijda patent bilan himoyalanganlik darajasini, shuningdek uning patent sofligini tavsiflovchi patent-huquqiy ko’rsatkichlar;

  • mahsulotni ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish (iste’mol qilish) xarajatlarini, shuningdek uni ishlatishning iqtisodiy samaradorligini aks ettiruvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar.



Hozirgi vaqtda mahsulotning texnik darajasi va sifatini baholashda yuqorida sanab o’tilgan ko’rsatkichlarning an’anaviy guruhiga qo’shimcha ravishda shuningdek ekologik ko’rsatkichlar, mahsulotning xavf- sizlik va transportda tashishga yaroqlilik ko’rsatkichlari, tuzilishining bir jinslilik ko’rchatkichlaridan foydalaniladi.
Samarali boshqaruv shuningdek umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan ham foydalanishni ko’zda tutadi, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini, uning turi va qanday maqsadlarga mo’ljallanganligidan qat’iy nazar, tavsiflaydi. Ularga, xususan, quyidagilarni kiritish mumkin:

  • muayyan guruhga mansub mahsulotlarni ishlab chiqarish umumiy hajmida ilg’or, yuqori samarali buyumlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish hajmi va salmog’i;

  • sifati yanada yuqori bo’lgan mahsulotdan foydalanishning iqtisodiy samarasi;

  • sanoatning bir qator tarmoqlari mahsulotlari uchun sortlilik ko’rsatkichlari.

Sifatning umumlashtiruvchi ko’rsatkichlaridan korxonalar, ilmiy-tadqiqot va loyihalash-konstruk-torlik tashkilotlarining rejalarida foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlarning darajasi bo’yicha butun korxonada yoki tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati haqida fikr yuritish mumkin.
Mahsulotning belgilangan vazifasiga moslik ko’rsatkichlari
Mahsulotning belgilangan vazifasiga moslik ko’rsatkichlari mahsulot qanday asosiy vazifalarni bajarishga mo’ljallangan bo’lsa uning shu vazifalarini belgilovchi xossalarini tavsiflaydi va uni qo’llanish sohasini belgilaydi. Mahsulotning belgilangan vazifasiga moslik ko’rsatkichlari quyidagi ko’rsat-kichlarga bo’linadi:

  • funktsional va texnik samaradorlik (masalan, mashinaning ish unumi, matoning pishiqligi va h.k.);

  • konstruktiv (masalan, gabarit o’lchamlari, yig’iluvchanlik koeffitsienti, o’zaro almashinish koeffitsienti vah.k.);

  • tarkibi va tuzilishi (masalan, bir moddaning boshqa moddadagi foiz ulushi, eritmalar, qotishmalardagi aralashmalar kontsentratsiyasi va h.k.).

Mahsulotning mo’ljallangan vazifasiga moslik ko’rsatkichlari ishlatish ko’rsatkichlari (texnik darajasi ko’rsatkichlari) guruhiga kiradi, ishlatish ko’rsatkichlari esa o’z navbatida mahsulot sifatining texnik ko’r-satkichlari guruhiga kiradi. Vazifasiga moslik ko’rsat-kichlari buyumning belgilangan maqsadiga muvofiqlik darajasini, konstruktiv ijrosi va asosiy o’lchamlarini, tashqi (mexanik, issiqlik, iqlim va h.k.) ta’sirlarga, yuklanishlarga bardoshliligini tavsiflaydi.
Mahsulotning mo’ljallangan vazifasiga moslik ko’rsatkichlari uning sifatini belgilaydigan boshqa ko’rsatkichlari (iqtisodiy, ergonomik, estetik, ishonchlilik, xavfsizlik ko’rsatkichlari va boshqalar) bilan uzviy bog’liq. Agar sifatning o’zaro bog’liq ko’rsatkichlarining talab etiladigan qiymatlari ta’minlanmagan bo’lsa, mahsulotning o’z vazifasini samarali bajarishi juda murakkab bo’ladi.
Sifatni baholash uchun mahsulotning vazifasiga moslik ko’rsatkichlari nomenklaturasini tanlashda odatda quyidagilar hisobga olinadi:

  • mahsulot sifatini baholash maqsadi;

  • mahsulotning nimaga mo’ljallanganligi;

  • mahsulotni ishlatish (iste’mol qilish) shartlari.



Mahsulotning mo’ljallangan vazifasiga moslik ko’rsatkichlari sifatni baholashda muhim rol o’ynaydi, ularning asosida ko’pincha eng yaxshi boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalaniladigan mahsulot sifatini boshqarishni maqbullashtirish mezonlari ishlab chiqiladi.
Mahsulotning ishonchlilik ko’rsatkichlari
Ishonchlilik – mahsulotning muayyan vaqt mobaynida ishlatish ko’rsatkichlari qiymatlarini saqlab qolgan holda belgilangan vazifalarni bajarish xossasi. Bu ta’rifdan kelib chiqadiki, buyumning ishonchliligi uning ish qobiliyati bilan uzviy bog’liq ekan.
Ishonchlilikning asosiy ko’rsatkichlari qatori-ga quyidagilar kiradi:

  • buzilmasdan ishlashi;

  • uzoq muddatga chidamliligi;

  • ta’mirlashga yaroqliligi;

  • saqlanuvchanligi.

Ishonchlilik ko’rsatkichlarining nomenklaturasi, ularni hisoblash va eksperimentlar yo’li bilan aniqlashning asosiy usullari tegishli standartlar bilan tartibga solingan.
Buzilmasdan ishlashi – buyum (mashina, agregat va h.k.) ni ishlatishning muayyan sharoitlari va rejimlarida uning o’z ishlatish ko’rsatkichlarini talab etiladigan vaqt oralig’i yoki ishlash muddatlari mobaynida belgilangan chegaralarda saqlab qolgan holda belgilangan funktsiya-larni bajarish xossasi. Quyidagilar buzilmasdan ishlash ko’rsatkichlari hisoblanadi:

  • buzilmasdan ishlash ehtimoli;

  • birinchi buzilishgacha o’rtacha ishlash muddati;

  • buzilguncha ishlashi;

  • buzilishlar jadalligi;

  • kafolatli ishlash muddati.

Buyumning uzoq vaqtga chidamlilik ko’rsatkich-lari uning jismoniy va ma’naviy eskirishini hisobga olgan holda birinchi kapital ta’mirlash, zamonaviy-lashtirish va ro’yxatdan chiqarishgacha bo’lgan xizmat muddatini tavsiflaydi.
Uzoq vaqtga chidamlilikning asosiy ko’rsatkich-lariga quyidagilar kiradi:

  • resursi;

  • o’rtacha xizmat muddati;

  • birinchi kapital ta’mirlashgacha xizmat muddati;

  • ta’mirlashlar orasidagi xizmat muddati;

  • ro’yxatdan chiqarilgunga qadar xizmat muddati;

  • birinchi kapital ta’mirlashgacha resursi.

Ta’mirlashga yaroqlilik – buyumning texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash vaqtida buyum buzilishlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga moslashganligidan iborat bo’lgan xossasi.
Ta’mirlash uchun yaroqlilik ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:

  • belgilangan vaqtda qayta tiklanish ehtimoli;

  • qayta tiklashning o’rtacha vaqti;

  • texnik xizmat ko’rsatishning o’rtacha va solishtirma sermehnatligi;

  • ta’mirlashlarning o’rtacha sermehnatligi;

  • texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashlarning o’rtacha va nisbiy qiymatlari ko’rsatkichlari.

Saqlanuvchanlik- buyumning shartli ishlatish ko’rsatkichlarini texnik hujjatlarda belgilangan saqlash va tashish muddatlari davomida va undan keyin ham saqlab qolish xossasi.
Saqlanuvchanlikning ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:

  • saqlanish muddati;

  • saqlanuvchanligining o’rtacha muddati.

Yuqorida ko’rib chiqilgan ko’rsatkichlardan tash-qari sozlik, nosozlik, ish qobiliyati, buzilish, qayta tiklanuvchanlik kabi tushunchalar mahsulot ishonchliligi bilan uzviy bog’liq tushunchalardir.
Mahsulotning ko’pgina ta’mirlanadigan turlari uchun ushbu mahsulot turlari bilan bajariladigan ish birligiga almashtiriladigan qismlar sarfi ishlatish ishonchliligining muhim ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi.



Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish