2-mavzu: qo‘ZG’aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi



Download 0,75 Mb.
bet4/22
Sana12.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#658633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
2.2 Passiv va faol transport. Transport (tashuvchi) vazifasi.
Plazmalemma yarim o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, uning yuzasidan turli kattalikdagi molekulalar turli tezlikda harakat qiladi. Maksimal o‘tuvchanlik xossasiga suv va unda erigan gazlar ega, ionlar esa nisbatan sekinlik bilan o‘tadi. Masalan, agar hujayra tuzlar konsentrasiyasi hujayradagi kontsentrasiyasiga nisbatan past eritmaga solinsa (gipotonik) suv hujayra ichiga kirib hujayra hajmi oshadi va u shishib yoriladi (gipotonik shok). Agar hujayra tuzlar konsentratsiyasi yuqori eritmaga solinsa hujayradagi suv tashqariga chiqib, hujayra burishib qoladi. Bu xodisa membrananing osmotik xususiyatiga asoslanadi.
Yarim o‘tkazuvchi membranalar orqali suvning harakati osmos deyiladi.
Moddalarning bunday transporti passiv transport bo‘lib, modda konsentrasiyasi gradienti bo‘ylab, ya’ni kam tomondan ko‘p tomonga harakat qiladi. Lekin membranada modda konsentrasiyasiga qarshi transport ham mavjud bo‘lib u aktiv transport deyiladi, chunki energiya sarfi - adenozintrifosfat (ATF) ishtiroki bilan boradi. Bu yo‘l bilan membranadan organik molekulalar o‘tadi.
Yirik molekulalar ko‘pincha hujayraga kirishdan oldin monomerlargacha parchalarib, keyin aktiv transport orqali kiradilar. Lekin ba’zan membrana orqali yirik molekulalar ham endositoz yo‘li orqali o‘tib turadi. Endositozning ikki ko‘rinishi mavjud: fagotsitoz, pinositoz.
Fagotsitoz hujayrani yirik molekulalarni qamrab olib yo‘tishi. Bu hodisani birinchi bo‘lib rossiyalik olim I.I. Mechnikov ta’riflagan. Pinositoz yaqingacha suv molekulalarining kirishi deb qaralgan, lekin aniqlanishicha uncha katta bo‘lmagan molekulalarning o‘tishi ekan. ATF sarfi bilan boradi. Avval modda membrana yuzasida sorbsiyalanadi (qisman so‘riladi), bunda ularni membrana yuzasida ushlab qolishda glikokaliks rol o‘ynaydi, so‘ng membrananing shu joyi botib kira boshlab oxirida membrana uchlari birikib modda ichkariga kiradi. Hujayra ichida pufakchalar bir-biri bilan qo‘shilib yirik molekulalarni hosil qiladi, ularning atrofida gidrolaza fermentlari (lizosomada) hosil bo‘lib hazm jarayonlari boshlanadi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish