Takrorlash uchun savollar
1. Kuchning nuqtaga nisbatan momenti deb nimaga aytiladi? Mazkur momentning
ishorasi qanday tanlanadi?
2. Qanday holda kuchning nuqtaga nisbatan momenti nolga teng boʻladi?
3. Kuchning oʻz taʻsir chizig’i bo’ylab ko’chirilganda uning momenti qanday
o’zgaradi?
4. Kuchning oʻqqa nisbatan momenti deb nimaga aytiladi?
5. Qanday holda kuchning o’qqa nisbatan momenti nolga teng boʻladi?
6. Nuqtaga nisbatan kuch momenti bilan o`qqa nisbatan kuch momenti orasida
qanday munosabat bor?
7. Nuqtaga nisbatan kuch momentining vektorligini tushuntirib bering.
8. Oʻqqa nisbatan kuch momentining analitik ifodasi qanday yoziladi?
9. Varinon teoremasini ta’riflang.