3. Mavzu: Formal mantiqning asosiy qonunlari. Reja Formal mantiqning predmeti Formal mantiqning asosiy qonunlari



Download 47,87 Kb.
bet6/6
Sana20.06.2022
Hajmi47,87 Kb.
#679112
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Odilga

I.A. Karimov. Milliy istiklol mafkurasi - xalq e’tikodi va buyuk kelajakka ishonchdir: «G‘GOOKOK» gazetasi muxbiri savollariga javoblar. - T.:«O‘zbekiston», 2000. 30-6. chinligini asoslashda etarli dalil hisoblanadi. Masa- lan, «Ilm olish uchun tinimsiz izlanish zarur» ekanli- gi haqidagi fikrni hazrat Mir Alisher Navoiyning «Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim» so‘zlari bilan, shuningdek, hadislarda keltirilgan «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» kabi fikr-mulohazalar yordamida asoslash mumkin.
Avtoritetlarga asoslanish bilan avtoritar tafakkurni o‘zaro farkdash zarur. Avtoritarlik - asoslanganlikning o‘zgargan, buzilgan ko‘rinishi bo‘lib, unda mulohaza yuritish va uning chinligini anikdash vazifasi avtoritetlar zimmasiga yuklanadi.
Avtoritar tafakkur biror muammoni o‘rganishdan avval o‘zini «asosiy mulohazalar yig‘indisi» bilan cheklab qo‘yadi. Bu mulohazalar yig‘indisi tadqiqotning asosiy yo‘nalishini belgilab beradi va ko‘pincha avvadsan ma’lum bo‘lgan natija- ni keltirib chiqaradi. Dastlabki asos bo‘lgan fikrlar sistemasi namuna sifatida qabul qilinatsi va boshqa fikr­lar unta bo‘ysundiriladi. Agar asosiy mulohazalarning deyarli barchasi avtoritetlar tomonidan aytilgan bo‘lsa, uning davomchilariga bu fikrlarni tushuntirish va izoxdash qoladi, xolos. Bu yangiliklardan va ijodiylikdan mahrum bo‘lgan fikr yuritish usuli bo‘lib, dialektik tafakkurga zidsir. Avtoritetlar nufuzli manbalar, jamiyat a’zolari, xususan, yoshlarda milliy mafkura va milliy goyani shakllantirishda asosiy omillardan biridir. SHu o‘rinda matbuotnint, ayniqsa, radio va televvdeniening u yoki bu manbaning avtoritet deb tan olinishidagi roli e’tiborlidir. Bu hakda Prezidentimiz I.Karimov: «Bizning matbuotimiz, televideniemiz ham tarixga oid maqolalar chop etganda, ko‘rsatuvlar tayyorlagan- da bir kishining fikrini yagona haqiqat sifatida qabul qilinishiga yo‘l ko‘ymasligi darkor. Muayyan masalada turli fikrlarni berish, bahs orqali haqiqat oydinlashuviga erishish lozim», deb ta’kidlagan.
Avtoritetlar masalasi murakkab va ko‘p qirralidir. SHu sababdan fikr-mulohazalarning chinligini asoslashda avtoritet hisoblangan fikrlardan konkret sharoitga mos ravishda, me’yorga amal qilgan holda foydalanish zarur.
Urf-odat avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tadigan va muayyan jamiyat yoki ijtimoiy guruh tomonidan qabul qilin gan bir xil shakldagi xatti-harakat, xulq-atvor usuli bo‘lib, kishilarning turmush tarzi va fikr yuritishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Urf-odatlarga asoslangan holda fikr yuritish va harakat qilish ko‘pincha kishilarning turmushi, axloqiy me’yorlar va xalq marosimlari doirasida namoyon bo‘ladi. Milliy g‘oya va milliy mafkura urf-odatlar orqali ham jamiyat a’zolarining ongiga singib boradi. Jamiyat yoki ijtimoiy guruh tomonidan biror shaxe yoki voqea-hodisaga nisbatan bo‘lgan munosabat muayyan urf-odatlar bilan asoslanadi. Bunda biror xatti-harakatni asoslash uchun «urf- odatlarimizga ko‘ra...», deb fikr yuritiladi.
Fikr-mulohazalarni asoslash murakkab mantiqiy jara- yon bo‘lib, unda bir yoki uvdan ortiq o‘zaro bog‘langan muhokamalar sistemasidan foydalaniladi. Mulohazalarning chinligini asoslash tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, fikrlarimiznish mantiqpi, tartibli, ishonarli bo‘lishini ta’minlaydi.
SHunday qilib, to‘g‘ri tafakkurning yuqorida ko‘rib o‘tilgan qonunlarining har biri chin bilimga erishish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlar tafakkur jarayonida alohida-alohida yoki birin-ketin emas, balki bir vaqtda, birgalikda fikrlar bog‘lanishining xarakteriga qarab amal qiladi. Ayniyat qonuniga ko‘ra, fikrlash jarayonida har bir mulohaza qatiy mazmunga ega bo‘lishi, aynan shu fikr doirasida o‘zgarmasligi talab qilinadi. Bu talabning buzilishi fikrda mantiqiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Zid mulohazalarning chin yoki xatoligini anikdash ularni mantiqiy asoslashni taqozo etadi.
Demak, bu qonunlarning talablari bir-birini to‘ldir- gan holda yaxlit mantiqiy tafakkurning chin bo‘lishini ta’minlaydi.
Mashiqlar
Quyidagi mulohazalardan foydalanib, tafakkur qonunlarining tabiatini tushuntirib bering:
1.1 .Qonun umumiylikdan iborat. U yakka predmetlar substansiyasidir (Gegel).
Mantikiy zaruriyat mantiqan to‘g‘ri bo‘lishni anglatadi (R.Karnap).
Quyidagi gaplar ularda kursiv bilan ajratilgan so‘zlarni qavs ichidagi so‘zlar bilan almashtirganda aynanligini (o‘z mazmunini) saklab qoladimi?
O‘zbekiston Respublikasi islohotlarni chukurlashtirish va jamiyatni yangilash borasida zarur tadbirlarni amalaga oshirmokda (mamlakati, davlati, jumhuriyati).
Masalani muhokama qilish jarayonida turli fikrlar bildirildi (mulohazalar, qarashlar, nuktai nazar, ko‘zqarashlar).
Quyidagi fikrlarning noanik bo‘lishini, ya’ni ayniyat qonuniga zid ekanligini tushuntirib bering:
Karim ingliz tilini yaxshi bilmaydi.
Ayblanuvchi qonunni inkor etgan.
U fonda ketidan kuvib, odamgarchilikni yo‘qotish darajasiga etdi.
Kuyidagi mulohazalar juftliklarining chin-xatoligini aniklash asosida nozidlik qonuni va ucinchisi - istisno qonuni talablarini tushuntirib bering:
Barcha siyosiy partiyalar o‘z dasturiga ega.
Hech bir siyosiy partiya o‘z dasturiga ega emas.
Ba’zi abiturientlar test sinovlaridan muvaffakiyatli o‘tdilar. Ba’zi abiturientlar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmadilar.
Barcha metallar qattiq jismlardir. Ba’zi metallar kattiq jismlar emas.
Kuyidagi muhokamada asoslanayotgan fikrni va uning mantiqiy asos- larini ajrating, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligini ko‘rsating:
Har kanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Binobarin, toki xdyot mavjud ekan, mamlakatlar, davpatlar va ularning manfaatlari bor ekan, upar o‘z tarakkiyot yo‘lini, ertangi kun ufkdarini o‘zining mshshiy goyasi, mshshiy mafkurasi orqali begpilab olishga intiladi (I.Karimov).
Quyidagi muhokamalarni tafakkur konunlari talablaridan kelib chiqib taxlil qiling:
6.1.«Qachonlardir yunon muarrixining «Harbiy hiylalar» risolasida yozib qoldirgan shu bir tarixiy voqea: oddiy cho‘pon SHirokning butun boshli qo‘shin ustidan qozongan favkulodda g‘alabasi, tabiiyki, har xil past-balavd gaplarga sabab bo‘ldi.
-Usha, SHirok deganlari oppoq sak emas, qip-kizil sak ekan! Butun boshli lashkarning boshiga bitta o‘zi etibdi-ya, bu itdan tarkagan sak! - xunob bo‘lishdi bir toifa eronliklar.
-Uz elinigina emas, bizni ham shu «Doro» degan zolimdan, nihoyat, kutqaribdi-ya! Ammo-lekin, boplabdi, azamat, chinakam elchi ekan! - qoyil qolishdi boshka bir toifa eronliklar.
Ko‘pchshlik turonliklar esa ham quvonib, ham tashvishlandi:
-Tangri taologa shukr, chetdan kelayotgan bir baloga balogardon topilibdi. Birok o‘zingdan chikkan balolarga balogardon kani?!» (R.Otaev. Elchi. Doston. T.1999, 114-115-betlar.)

  1. Amaliy mashg‘ulot paytida talaba o‘kituvchidan: «Kishini qilmagan ishi uchun jazolab bo‘ladimi», deb so‘radi. O‘qituvchi: «Yo‘q, jazolab bo‘lmaydi», deb javob berdi. SHunda talaba: «Unday bo‘lsa jazolamang, uyga berilgan vazifani kdlmadim», dedi.

Takrorlash uchun savollar
1.Tafakkur konunlari nimalarni aks ettiradi?
2.Tafakkur konunlarining ob’ektinligi va universalligi nimada?
3.Ayniyat qonunidan kelib chiqadigan asosiy talab nimadan iborat?
4.Nozidlik konunining moxiyati nimada? Uning ob’ektiv ziddiyatlarga bo‘lgan munosabati qanday?
5.Uchinchisi - istisno qonuni fikr yurituvchi sub’ekt oldiga qanday talabni qo‘yadi? Bu qonun qanday hukmlarga nisbatan amal kiladi?
6.Etarli asos qonuni o‘zida to‘gri muhokama yuritish uchuy zarur bo‘lgan qanday talabni ifoda etadi? U xulosa chiqarish, argumentlashda qanday ahamiyatga ega?
Download 47,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish