3-mavzu. O‘zbekistonda sug‘urtaning shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlari Reja


O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy



Download 60,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.07.2021
Hajmi60,7 Kb.
#122594
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3mavzu

1. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy

islohotlarning sug‘urta tizimiga ta’siri

1991-yilning noyabr oyida «Mol-mulklarni davlat taassarufidan

chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida» qonunning qabul qilinishi

bilan O‘zbekiston Respublikasida keng miqyosda davlatga tegishli

bo‘lgan korxonalarni ijaraga topshirish, ularni aksiyadorlik jamiyatlariga

aylantirish jarayoni boshlandi. Iqtisodiy islohotlar kuchli ijtimoiy

siyosatni uyg‘unlashtirish orqali bosqichma-bosqich amalga oshirildi.

Xususiylashtirishning birinchi bosqichida, ya’ni 1992-1993 yillarda,

davlatga qarashli kichik korxonalar va uy-joy fondi eng kam narxlarda,

asosan, korxonaning xodimlariga sotildi. Bu davrda 54000 korxona

xususiylashtirildi, 18000 dan ortiq oilaviy korxonalar va 26000 ta

aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. Shuningdek, mazkur bosqichda 700

dan ortiq davlat qishloq xo‘jaligi korxonalari jamoa va ijara

xo‘jaliklariga aylantirildi.

Ma’lumki,   ilgari   hamma   korxonalar   davlatning   ixtiyorida   bo‘lgan   ligi   tufayli,

ularni har xil noxush hodisalardan sug‘urta qilishga ehtiyoj

bo‘lmagan. Sababi, ushbu korxonalarga sug‘urta hodisalari natijasida

zarar yetkazilsa, bu zararlar davlat mablag‘lari hisobidan bemalol

qoplanaverar edi. Ammo yuqorida ta’kidlaganimizdek, mol-mulklarni

davlat ixtiyoridan chiqarish va xususiylashtirish natijasida sektorida o‘n

minglab korxonalarni paydo bo‘lishi, o‘z-o‘zidan sug‘urta xizmatlariga

bo‘lgan talabni sezilarli ravishda oshirdi. Negaki, ilgarigi tajribadan

farqli o‘laroq, nodavlat sektoridagi korxonalar stixiyali hodisalar tufayli



zarar ko‘rganda, bu zararlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan

qoplanmaydi.

Yuqorida bayon etilganlarga qo‘shimcha ravishda ta’kidlash

lozimki, amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar sug‘urta tizimini tubdan

o‘zgartirib yubordi. Davlat sug‘urta tashkilotlariga raqobatbardosh

xususiy sektorda mustaqil sug‘urta kompaniyalari vujudga kela boshladi.

Bu shubhasiz, ularning faoliyatini tartibga soladigan maxsus qonun

qabul qilishni talab etdi. 1993-yilning 6-mayida O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Kengashi (hozirgi Oliy Majlis) «Sug‘urta to‘g‘risida»

qonun qabul qildi. Ushbu qonun sug‘urtani rivojlantirishning, sug‘urta

bozorini shakllantirishning huquqiy asoslarini, respublikani ijtimoiyiqtisodiy

rivojlantirishda sug‘urtaning mavqeyi va o‘rnini belgilab

beradi, fuqarolar va yuridik shaxslarning sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan

talablari to‘liqroq qondirilishini kafolatlaydi, sug‘urta munosabatlari

barcha ishtirokchilarining manfaatlari himoya qilinishi va

majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi. Shunisi diqqatga sazovarki,

mazkur qonunda davlat sug‘urtasining monopoliyasiga barham berildi.

Boshqacha so‘z bilan ifodalaganda, davlat sug‘urta tashkilotlari va

nodavlat sug‘urta tashkilotlari uchun teng sharoitlar yaratildi.


Download 60,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish