3-variant Yirik investitsiya loyihalarini loyihaviy moliyalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari


Mablag’lar manbai va ularning harakat yo’nalishlari bo’yicha loyihaviy moliyalashtirish



Download 178,61 Kb.
bet2/2
Sana27.04.2022
Hajmi178,61 Kb.
#584840
1   2
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish O.N

Mablag’lar manbai va ularning harakat yo’nalishlari bo’yicha loyihaviy moliyalashtirish

Investitsiya loyixalarini moliyalashtirish usullari va manbalari xususida so’z yuritishdan avval ular o’rtasidagi farqni anglab olish zarur bo’ladi. Investitsiya loyixalarini moliyalashtirish usullari va manbalari o’rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, investor tomonidan tanlab olingan moliyalashtirish usuli orqali moliyalashtirish manbasi yuzaga keladi. Misol tariqasida, investor tomonidan qabul qilingan qaror asosida tanlangan “kreditlashtirish” usuli orqali “qarz mablag’lari” manbai, yoki “aksionerlashtirish” usuli orqali “jalb qilingan mablag’lar” manbai yuzaga kelishini keltirib o’tishimiz mumkin. Umumiy hisobga olganda hozirgi kunda amaliyotda mavjud bo’lgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish usullari va manbalarini quyidagi quyidagi- rasmda to’liq ko’rishimiz mumkin:

Kapital moliyalashtirish manbalarini ikki guruhga ajratish mumkin:


1. Markazlashtirilgan qo’yilmalar, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: - davlat byudjeti va davlat byudjetidan tashqari fondlar mablag’lari; - tashqi qarzlar limitlaridan kelib chiqib hukumat kafolati ostidagi chet el investitsiyalari va kreditlari.
2. Markazlashtirilmagan kapital qo’yilmalar, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: - korxonalar mablag’lari, shu jumladan, qo’shma korxonalar, xorijiy korxonalar va xususiy korxonalarning mablag’lari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining norezidentlarining mablag’lari; - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mablag’lari, banklarning, shu jumladan, xorijiy banklarning kreditlari; - aholi mablag’lar



  1. Sindikatli kreditlashni rasmiylashtirish.

Tijorat banklari tomonidan sinditsiyalashtirilgan kreditlash qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.


Sinditsiyalashtirilgan kreditni berish qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati yirik investitsiya loyihalarini qoplanish muddatiga bog’liq holda kredit shartnomasida belgilanadi. Sinditsiyalashtirilgan kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori sinditsiyalashtirilgan kredit to’g’risidagi kelishuv shartlariga ko’ra qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida belgilanadi. Zarar ko’rib ishlovchi, nolikvid balansga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga hamda samarasiz investitsiya loyihalarini taqdim qilgan xo’jalik sub’ektlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlar berilmaydi. Sinditsiyalashtirilgan kredit olgandan keyin moliyaviy ahvoli yomonlashgan qarzdordan berilgan kreditlar o’rnatilgan tartibda muddatidan avval undirib olish chora-tadbirlari ko’rilishi lozim. Bu qoida kredit shartnomasida albatta qayd etilgan bo’lishi kerak.
Qarz oluvchi o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka yirik kredit berishni so’rab murojaat qilganidan keyin, bank kreditlash uchun lozim bo’lgan standart tadbirlarni: o’zining ichki kredit siyosatiga mos ravishda mijozning kreditga qobiliyatliligi tahlilini, biznes-rejasi tahlilini, kredit qaytarilishini ta’minlanganligi tahlilini va boshqalarni amalga oshiradi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirishning mumkinligi to’g’risida kredit qo’mitasi qaror qabul qilgan taqdirda, bank bir vaqtning o’zida ushbu bitimga boshqa banklarni jalb etish hamda sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashkilotchisi sifatida bank sindikatini tashkil etish haqida qaror qabul qiladi.
Ishtirokchi banklarni ushbu bitimga jalb etish va bank sindikatini tashkil etish to’g’risida etakchi bank kredit qo’mitasi qaror qabul qilinganidan keyin, etakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlashda ishtirok etish xohishini bildirgan banklarni aniqlaydi va ularga sindikatda qatnashish taklifi bilan birga tayyorlangan qarz oluvchi to’g’risidagi axborotni taqdim etadi. Shundan keyin etakchi bank ishtirokchi banklar bilan investitsiya loyihasi bo’yicha barcha kredit hujjatlarini taqdim etadi.
Ishtirokchi banklar o’rtasida mazkur investitsion loyihani birgalikda kreditlash borasida bitim imzolangandan keyin bank sindikati tuzilgan hisoblanadi va ushbu bitimni imzolagan barcha ishtirokchi banklar o’zlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlash borasida majburiyat olgan hisoblanadilar.
Yirik investitsiya loyihasi uchun sinditsiyalashtirilgan kredit olish uchun, qarz oluvchi etakchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: kredit buyurtmasi; loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasi; qarz oluvchining bank hisobvarag’iga pul tushumlari (pul oqimi) taxmini ko’rsatilgan biznes-reja; qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun Davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tomonidan tasdiqlangan 1, 2, 2a-shakllardagi oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti; sindikatli kreditlashning ta’minot shakllaridan birini; etakchi bankning kreditlashni tashkil etishga doir ichki qoidalarida ko’zda tutilgan boshqa hujjatlar.
Download 178,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish