32-mavzu. Valyuta munosabatlari, to`lov balansi va uning taqchilligi. Xalqaro savdo



Download 73,36 Kb.
bet8/18
Sana08.07.2022
Hajmi73,36 Kb.
#758185
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
VALYUTA MUNOSABATLARI, TO`LOV BALANSI VA UNING TAQCHILLIGI. XALQARO SAVDO

Eksport multiplikatori ham investitsiyalar multiplikatori singari iste’mol sohasidagi ichki jarayonlar bilan bogʻliq boʻlib, iste’mol yoki jamgʻarmaga soʻnggi qoʻshilgan moyillik koʻrsatkichlari orqali aniqlanadi:
,
bu yerda:
Mx – eksport multiplikatori koeffitsienti;
MRS – jamgʻarmaga soʻnggi qoʻshilgan moyillik;
MRC – iste’molga soʻnggi qoʻshilgan moyillik.
Eksport hajmining oshishini yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:


,
bu yerda:
Mr – multiplikator;
∆X – eksport hajmining oʻsishi.
Biroq, xalqaro savdo faqat eksportdan iborat boʻlmay, balki oʻz ichiga importni ham oladi. Agar eksportdan olingan daromadning bir qismi importga sarflansa, u holda mamlakatning ichki xarid qobiliyati pasayadi. Import jamgʻarma singari boy berilgan imkoniyat sifatida amal qiladi, shuning uchun u matematik ifodalarda manfiy ishora bilan qoʻllaniladi. Importni jamgʻarish funktsiyasiga oʻxshagan holda tahlil qilish mumkin. Buning uchun importga soʻnggi qoʻshilgan moyillik tushunchasini kiritib olamiz. Bu moyillik import hajmi oʻzgarishining daromad oʻzgarishiga nisbati orqali ifodalanishi mumkin. Natijada import multiplikatori formulasi quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
,
bu yerda:
MRM – importga soʻnggi qoʻshilgan moyillik.
Importni hisobga olgan holda eksport hajmi oʻzgarishining yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin:
.
Tashqi savdo multiplikatori cheksiz harakatda boʻlmaydi. Import tovarlarni iste’mol qilishga soʻnggi qoʻshilgan moyillikning qiymati birdan kam boʻlganligi sababli navbatdagi qoʻshimcha oʻsishlar miqdori muntazam qisqarib, multiplikatsiya jarayoni sekin-asta soʻnib boradi.
Xalqaro savdo bir qator oʻziga xos xususiyatlarga ega:
1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar oʻrtasida mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past boʻladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin oʻtishi mumkin. Mamlakatlar oʻrtasidagi til va madaniy toʻsiqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar oʻrtasidagi migratsiyasiga qattiq cheklashlar qoʻyadi. Soliq qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar va boshqa qator muassasaviy toʻsiqlar real kapitalning milliy chegara orqali migratsiyasini cheklaydi.
2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar oʻrtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tugʻdiradi.
3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum boʻlib, bu ichki savdoga nisbatan qoʻllaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi boʻyicha sezilarli farqlanadi.
Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli mamlakatlar oʻrtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bogʻliq. Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xomashyo, materiallar, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan boʻlsa, bugungi kunga kelib sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmogʻi sezilarli darajada oʻsdi. Intellektual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham keskin ravishda oshib, umumiy savdo aylanmasining 10 foiziga qadar yetdi. Shuningdek, xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. An’anaviy koʻrinishdagi tovar birjalari, auktsionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo koʻrgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qoʻllanmoqda:
1) barter – tovarlarni toʻgʻridan-toʻgʻri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun pulning qiymat oʻlchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
2) eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish;
3) texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;
4) import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;
5) kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga koʻra, texnologik asbob-uskunalar yetkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar koʻrinishidagi) boʻyicha toʻlovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni yetkazib berish orqali amalga oshiriladi;
6) bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qoʻshimcha xomashyo yetkazib berish orqali toʻlash;
7) kliring operatsiyalari, ya’ni oʻzaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv.
Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro operatsiyalar barcha hajmida barter bitimlari 4 foiz, ikki tomonlama xarid – 55 foiz, kompensatsion bitimlar – 9 foiz, kliring operatsiyalari 8 foizni tashkil etadi.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qoʻyadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning protektsionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga toʻliq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Protektsionizmning klassik va zamonaviy koʻrinishlari farqlanadi. Klassik yoki qattiq protektsionizm siyosatining nazariy asosini merkantilizm tashkil etib, uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- tovarlar importini cheklash;
- eksportni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
- chetdan keluvchi tovarlarga yuqori boj toʻlovlari oʻrnatish orqali milliy ishlab chiqarishni himoyalash;
- tovarlarning ma’lum turlari bilan savdo qilishga davlat monopoliyasining oʻrnatilishi va h.k.

Download 73,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish