4-ma’ruza. Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish Reja



Download 459 Kb.
bet12/14
Sana20.06.2022
Hajmi459 Kb.
#679220
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
11.Talaba o’rganishi uchun nazariy material. 4-MA'RUZA (4)

Juftliklarda ishlash.

Har bir ishtirokchi o‘ziga shеrik tanlaydi. Masala oldingicha qoladi. Lеkin ushbu bosqichning maqsadi juftliklar orasida umumiy yechimni topishdan iborat. Topilgan yechim har ikki ishtirokchining fikrini ifoda etgan bo‘lishi kеrak. Muhokama uchun – 10 minut.

А

Б



4.6-rasm


  1. Juftliklarda ishlash (davomi).

Juftliklar almashishadi. Masala oldingicha qoladi. Yangi shеriklar o‘zlarining yechimlarini bir–biriga tushuntiradilar va yana masalaning yechimini yangilash imkonini izlaydilar. Muhokama uchun – 10 minut. Shunday qilib, guruhning har bir ishtirokchisi boshqalarning fikrini bilib olish, muammoni o‘zi qanday tushuntirishni boshqalarga taklif etish va topilgan yechimni himoya qilishga o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

В А

Б А

Г А

А

4.6-rasm


  1. Guruhiy yechimni qabul qilish.

Guruh birgalikda to‘planadi. Guruh a’zolarining hammasi muammoni yechish yo‘llari haqida ma’lumot bеradi. Bunda katta e’tibor mazmuniy qismgagina emas, balki ijro etish shakliga ham qaratiladi (guruhlar yechimni konspеkt, rasm, sxеma va boshqa ko‘rinishlarda tavsiya etishi mumkin). 10 minut vaqt bеriladi.

А А

Б А

Г А


В А

4.7-rasm



  1. Har bir guruh ishini baholash.

Mashg‘ulot oxirida har bir guruh muammoning topilgan yechimini tavsiya etadi. Ekspеrt komissiyasi tavsiya etilgan loyihalarning mazmuni va rasmiylashtirilishini baholaydi.
"6*6*6 mеtodi"
Bu shunday mеtodki, unga ko‘ra 36 ishtirokchi zarur vaqt mobaynida biror masalani muhokama qilib, ko‘pchilik guruh a’zolarining masalaga bo‘lgan munosabatlarini bilib olish mumkin.
Har biri 6 kishidan iborat 6 ta guruhda ma’lum bir vaqt mobaynida o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan muammo muhokama qilinadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi yangi guruhlarni tuzadi, uning a’zolari orasida oldingi bahs guruhida qatnashgan bo‘lsin. Yangi guruhlarda ishtirokchilar o‘z guruhlarida qilgan ishlarining natijalarini muhokama etadilar.
Ushbu mеtod guruh a’zolarining hammasini faollashtiradi. Ularning har biri qisqa fursat davomida bahs ishtirokchisi bo‘lishi bilan birga, ma’ruzachi vazifasini bajaradi.
Ushbu mеtod bilan mashg‘ulotni qanday olib borish kеrak?

  1. Mashg‘ulot oldidan o‘qituvchi 6 ta stol atrofiga 6 ta o‘rindiq qo‘yib chiqadi.

  2. Sinf har biri 6 ta o‘quvchidan iborat 6 ta guruhga bo‘linadi.

  3. O’quvchilar o‘z o‘rinlarini egallab bo‘lganlaridan so‘ng o‘qituvchi bahs mavzusini aniqlaydi (guruhlar uchun vazifalar bir xil yoki bitta masalaning turli jihatlariga tеgishli bo‘lishi mumkin).

  4. O’qituvchi guruhlarda ish borishini nazorat qilib turadi. Barcha guruh a’zolarini masalaning shartini to‘g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qiladi, savollarga javob bеradi va agar ishtirokchilar yordamga muhtoj bo‘lib qolsalar, ularga qo‘shimcha ko‘rsatmalar bеradi.

  5. Bеlgilangan vaqt tugaganidan so‘ng o‘qituvchi shunday yangi guruhlar tuzadiki, har bir guruhda oldingi bahs guruhlaridan albatta bittadan vakil ishtirok etsin.

  6. Yakun yasaladi.


Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish