4-mavzu: nutqning asosiy sifatlari reja: Madaniy nutqqa xos sifatlar. Aniqlik – nutqning asosiy sifati



Download 186,5 Kb.
bet1/5
Sana01.06.2022
Hajmi186,5 Kb.
#625253
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu nutqning asosiy sifatlari reja Madaniy nutqqa xos sifa


4-mavzu: NUTQNING ASOSIY SIFATLARI
Reja:
1. Madaniy nutqqa xos sifatlar.
2. Aniqlik – nutqning asosiy sifati.
3. Nutq sofligi.
4. Nutq ochiqligi va tushunarlilik.
Kalit so‘zlar: nutq sifatlari, nutq boyligi, nutq sofligi, nutqning ifodaliligi, nutqning aniqligi, nutqning tushunarliligi, nutqning to‘g‘riligi.

  • Nutq madaniyatiga xos bir qator sifatlar mavjudki, ularning hammasi jam bo‘lganda, nutq tinglovchiga tushunarli va ta’sirli bo‘ladi.


Bu tasnifdan ko‘rinadiki, nutqning «to‘g‘ri – xato» kabi ta’riflanishi hamisha ham hal qiluvchi belgilardan bo‘lavermaydi. Madaniy nutq yuqoridagi sifatlarning barchasini qamrab olishi kerak. Bu esa o‘z navbatida notiqdan til bilimini mukammal egallashni va amaliyotda o‘rinli qo‘llay olishni talab etadi. Chunki har qanday go‘zal nutq, eng avvalo, adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda tuzilishi lozim.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kim o‘zining nutqiy madaniyatini yuksaltirishni istasa, quyidagi qoidalarni tushunishi shart:

          1. O‘zbek adabiy tili nima?

          2. Uning qanday uslublari bor?

          3. Og‘zaki va yozma nutq qanday farqlanadi?

          4. Og‘zaki nutqning qanday turlari bor?

          5. Nima uchun tilda fonetik, leksik, grammatik me’yorlar mavjud?

          6. Ularning farqi nimada?

Inson muloqot jarayonida til vositalaridan foydalanishni bilishi va rivojlantirishi, adabiy til me’yorlarini egallashi kerak.
Yaxshi bilamizki, adabiy til – matbuot, fan, radio va televidenie, rasmiy hujjatlar, badiiy asarlar, ilmiy kitoblar, davlat korxonalari, ta’lim muassasalari hamda majlislarda ishlatiladi. Adabiy til grammatik qoidalarga solingan, qat’iy talaffuz me’yorlariga ega bo‘lgan, eng muhimi, turli shevalarda gaplashuvchi kishilar uchun tushunarli bo‘lgan so‘zlashuv vositasidir. Adabiy til o‘z maqsad va vazifalariga ko‘ra bir necha (so‘zlashuv, rasmiy, ilmiy, publitsistik, badiiy) uslubdan iborat bo‘lishi mumkin. Adabiy til yangi so‘z va iboralarni qabul qilish hisobiga boyib boradi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma ko‘rinishlari mavjud.

  • Aniqlik nutq madaniyatining belgisi sifatida tiniq fikrlay olish, nutq predmetini va til qoidalarini bilishni ifodalaydi. Aniqlik so‘zdan foydalanishdagi zukkolik, ko‘p ma’noli so‘zlar, sinonimlar, antonimlar, omonimlardan to‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq. Leksik vositalarni tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish tavsiya etiladi:

  • so‘zning ma’nosi;

  • uning ko‘p ma’noliligi;

  • boshqa so‘zlar bilan birika olishi;

  • hissiy ekspressiv bo‘yoqdorligi;

  • uslubiy xususiyatlari;

  • qo‘llanish sohasi;

  • grammatik tuzilishi, qo‘shimchalarning xususiyatlari.

Leksik vositalarni tanlashning asosiy mezonlariga amal qilmaslik so‘zdan foydalanishdagi xatolarga olib keladi. Bunday xatolar orasida eng ko‘p tarqalgani quyidagilar: so‘zni uning mazmuniga mos qo‘llamaslik, kontekst bilan aniqlik kiritilmagan ikki ma’nolilikni keltirib chiqaruvchi ko‘p ma’nolilik, pleonazmlar, tavtologiya, paronimlarni aralashtirib yuborish, so‘zlarni uslubiy baholashdagi xatolar, so‘zlarni biriktirish bilan bog‘liq xatolar, yordamchi so‘zlardan foydalanish, so‘zlardan universal ma’noda foydalanish va hokazo.
Uslubiy, so‘z qo‘llash va jumla tuzish bilan bog‘liq xatolar aytilayotgan fikrning mutlaqo boshqacha tushunilishiga, mazmunning o‘zgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Quyida ulardan bir nechtasiga misol keltiramiz.

Download 186,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish