4-topshiriq reja: Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i. Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar



Download 195,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana20.03.2022
Hajmi195,66 Kb.
#503990
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarmoqlar Iqtisodiyoti 4-Joriy Topshiriq



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS 
TA`LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
JIZZAX FILIALI 
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI 
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI 
“TARMOQLAR IQTISODIYOTI” FANIDAN 
Topshirdi: 140-20 guruh talabasi 
J. O’ralov 
Qabul qildi:
________________ 
Jizzax 2021 
4-TOPSHIRIQ 


Reja: 
1. Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i. 
2. Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar. 
 
 
 
 
 
 
 
 


Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i 
Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, yetakchi tarmog‘idir. Unda 
mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining 
ko‘pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va 
inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; er osti boyliklari qazib 
olish amalga oshiriladi; mineral, o‘simlik va hayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, 
keng iste’mol mollari tayyorlanadi va h.k.lar. 
Sanoat xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, 
mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, 
sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot 
darajasiga bog‘liq. 
Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy 
roli beqiyosdir. Shu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
davlatning mavqei shunchalik kuchli bo‘ladi va aholi turmush darajasi yanada 
yaxshilanib boradi. 
Sanoat jamiyatning yetakchi kuchi bo‘lgan ishchilar sinfini o‘zida 
birlashtiradi. Sanoat rivoji tufayli unda band bo‘lgan xodimlarning soni ko‘payadi, 
ularning bilimi va ilmi, mahorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga 
ko‘tariladi. 
Sanoat sohasida mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bo‘lgan 
Konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni 
uyushtirshning ilg‘or usullari - mahalliylashtirish, ixtisoslashtirish va 
diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish sohasida ustunlik 
qiladi. 
Faqat yirik mashina industriyasigina fan va texnika hamda innovatsiyaning 
barcha yutuqlarini mujassamlashtirib, mehnatni texnika bilan qurollantirishi va 
unumdorligini yuqori darajaga ko‘tara oladi. 
Sanoat va ayniqsa, uning eng muhim sohasi bo‘lgan og‘ir sanoat mamlakatda 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U moddiy-texnika 
vositalarini o‘zi va boshqa tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaqtda 
jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy-ishlab chiqa¬rish munosabatlarini 
takomillashtirib ham boradi. 
Sanoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini qayta qurishning negizi 
hisoblanadi. Uni yangi texnika bilan ta’minlash orqali fermer, shirkat, dehqon 
xo‘jaliklarini va boshqa shakllarda faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlarni iqtisodiy 
va madaniy jihatdan yuqori darajaga ko‘tarishga, shahar bilan qishloq o‘rtasidagi 
muhim tafovutlarni yo‘qotishga, dehqon mehnatini industrial mehnatga 
aylantirishga yordam beradi. 


Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni 
saqlashning muhim omili, mamlakatlar mustaqilligini va birdamligini ta’minlovchi 
muhim sohadir. Chunonchi, mamlakatimiz mudofa qobiliyatini mustahkamlashda 
sanoatning roli va ahamiyati beqiyosdir. 
Barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, xo‘jalik 
jihatidan hamkorligi sanoat sohasida ham o‘z ifodasini topadi. Tabiiy va mehnat 
resurslaridan, fan va texnika yutuqlaridan foydalanish imkoniyatlari kengayishida 
sanoatning ahamiyati kattadir. 
Sanoat uchun fan-texnikaning uzluksiz taraqqiyoti va ishlab chiqarishning 
yutuqlari bilan qurollanishi darajasining o‘sishi xarakterlidir. Unda elektrlashtirish 
va elektronizatsiyalash, kompyuterlashtirish va kimyolashtirish, ishlab chiqarishni 
modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurish sohasidagi ilg‘or 
yutuqlardan keng foydalaniladi. Ularni faqat tinchlik maqsadlarida qo‘llaydi. 
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning bosh tarmog‘i, iqtisodiyotning 
poydevoridir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qayta qurishga qodir 
bo‘lgan yirik mashinalashgan sanoatgina mustaqillikning birdan - bir moddiy 
negizi bo‘lishi mumkin. 
Mamlakat aholisining ish bilan bandligini oshirishda sanoatning roli 
beqiyosdir.
O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 13 foizi sa¬noat ishlab 
chiqarishida band. Bu o‘rinda ta’kidlash kerakki, respublika sanoatining jadal 
sur’atlar bilan ta’minlanishi yanada yaxshilanib, mehnatga layoqatli aholining 
ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishi, ya’ni bandlik darajasi anchagina 
yuksaladi. Tarmoqning yanada jadal rivoji sanoat kadrlari soni va ularning 
jamiyatdagi mavqei yanada oshishiga olib keladi. 
Mamlakatimiz sanoatining taraqqiyoti yuqori malakali ishchi kadrlar, 
muhandis va texnik xodimlar safini kengaytirdi. Hozirgi paytda O‘zbekiston 
sanoatida 1,6 millionga yaqin xodim ishlamoqda. Ulardan 650 ming nafari oliy, 
950 ming nafardan ortig‘i o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlardir. 
Taraqqiyot qonunlari xodimlarning madaniy - texnik saviyasi o‘sishini, ishlab 
chiqarish malakasi va tajribasi tinmay oshib borishini ta’minlaydi. Bu O‘zbekiston 
sanoatida ham namoyon bo‘lmoqda. 
Ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot jadallashuvini ta’minlovchi kuch - raqobat ham 
avvalo, respublika sanoatida vujudga keldi va rivojlana boshladi. Tadbirkorlar, 
ishbilarmonlar bellashuvning bayroqdori bo‘lib maydonga chiqdilar. Respublika 
sa¬noatida ham raqobat o‘zining oddiy bosqichidan eng yuqori bosqichiga 
ko‘tarilib, chinakam umumiy dastakka aylanmoqda. 
Mustaqillikning afzalliklari davlat iqtisodiy siyosa¬tining yetakchilik rolini 
yanada oshirmoqda. Oliy Majlis Senatining qonunlari, Prezident farmonlari, 


Vazirlar Mahkamasining qarorlari, eng avvalo, sanoat sohasida amalga 
oshirilmoqda va sezilarli samara bermoqda. 
Sanoat tabiatda uchraydigan moddiy boyliklarni qazib chiqarish va 
tayyorlashni, ularni va qishloq xo‘jaligida etishtirilgan mahsulotlarni qayta 
ishlashni o‘z ichiga qamrab oladi.
Sanoat barcha xalq xo‘jaligi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish kuchlarining 
asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning tabiat ustidan hukmronligini 
birmuncha orttiradigan, texnika taraqqiyotini belgilaydigan, inson mehnatining 
unumdorligini oshirishga imkon beradigan mehnat va ishlab chiqarish qurollarini 
yaratadigan sohadir. 
Sanoat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining bir tomonlama rivojlanishiga 
xotima beradi, mamlakat va uning ajralmas qismi bo‘lmish viloyatlarda tabiiy 
boyliklardan, xom ashyo va mehnat resurslaridan kengroq va har tomonlama 
foydalanish imkoniyatini yaratadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 
dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining birinchi qismida 2017-2021 
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida 
amalga oshirish davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar, umuman, 2017 
yil davomida turli sohalarda erishilgan natijalar atroflicha tahlil qilinib, zarur 
xulosalar chiqarildi . 
Mazkur xulosalar 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini , 
jumladan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor 
yo‘nalishlarini amalga oshirishdagi sanoat tarmoqlarining o‘rni va rolini ochib 
beradi. 
2017 yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha 
ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo`lida birinchi 
qadamlarni qo`ydik . 
Iqtisodiyotimizni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada erkinlashtirish, 
uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish bo`yicha qator qonunlar, farmon va qarorlar, puxta 
o`ylangan dasturlar qabul qilindi va ular izchil amalga oshirilmoqda. 

Download 195,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish