6 Adabiyot II qism 2017. p65



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/92
Sana14.07.2021
Hajmi1,46 Mb.
#118601
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Bog'liq
adabiyot 2qism 6 uzb

Savol va topshiriqlar


4 7
!
MUHAMMADSHARIF  GULXANIY
(XVIII asr oxiri – XIX asrning boshlari)
Muhammadsharif Gulxaniy XVIII asr oxiri – XIX asrning
20-yillarida Qo‘qonda yashab ijod qilgan mashhur masalnavis
adib va hassos shoirdir. Jo‘shqin fe’lligi va olovqalbligi tufayli
o‘ziga Gulxaniy taxallusini tanlagan. Keyinchalik she’rlarida
Jur’at taxallusini ham qo‘llagan.
Bizgacha uning o‘zbek va tojik tillaridagi 12 g‘aza-
li, Qo‘qon xoni Amir Umarxonga bag‘ishlangan 1 qa-
sidasi va «Zarbulmasal» asari yetib kelgan.
Gulxaniyning hayoti, asosan, Qo‘qon va Namanganda kech-
gan. U tirikchilik vajidan hammomda o‘t yoquvchi ham bo‘lgan,
Qo‘qon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmat ham qilgan
(1801–1810-yillar). Mustaqil mutolaa yo‘li bilan mumtoz ada-
biyotni o‘qib o‘rgangan. Olimxon vafotidan keyin taxtga o‘tirgan
Amir Umarxon (shoir Amiriy) Gulxaniyni saroy shoirlari davra-
siga jalb etgan. U ko‘proq oddiy insonlarga manzur bo‘ladigan
she’rlar, hajviy asarlar bitgan.
Gulxaniy o‘zbek va tojik tillarida yaratgan «Barmog‘im»,
«Ey, to‘ti», «Lola ko‘ksidek bag‘rim...» singari g‘azallarda lirik
qahramonning ruhiy kechinmalari ta’sirli ifoda etilgan. Uning
«Bideh» (bergil, ber menga) radifli g‘azalida o‘zining navkarlik
davridagi og‘ir hayoti tasvirlanadi. Mazkur asarda muallif katta
ijtimoiy masalalarni – o‘z davrining harbiy tartibi, rasm-rusum-
lari, navkarlar hayotini ta’sirli misralarda bayon etgan. G‘azal-


4 8
ning lirik qahramoni obrazi umumlashma obraz darajasiga
ko‘tarilgan.
Gulxaniy o‘zining noyob iste’dodi, xalq hayotini kuzatish orqa-
li orttirgan tajribasi, turmushga haqqoniy qaray bilishi tufayli
xalqchil ijodkor sifatida adabiyotimiz tarixidan munosib o‘rin
egallagan. Uning ijodiy merosi hajman katta bo‘lmasa-da,
XIX asr o‘zbek milliy adabiyoti rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatgan.
«ZARBULMASAL»
O‘z davri voqeligini badiiy ifoda etgan tanqidiy-hajviy yo‘na-
lishdagi «Zarbulmasal» asari Gulxaniyga katta shuhrat keltirdi.
Unda hayotning dolzarb muammolari, turli odamlar o‘rtasidagi
munosabatlar, xalq turmush tarzi va udumlari haqida majoziy
uslubda so‘z yuritiladi. Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va
jonsiz narsalarga ko‘chirib tasvirlangan asarlar majoziy asar
deyiladi. Gulxaniy ham, qizim, senga aytaman, kelinim, sen
eshit, qabilida qushlar misolida o‘z davri voqeligi manzaralarini
tasvirlaydi. Toj-u taxt talashlari, urushlar natijasida yurt vayron,
xalq xarob bo‘lgan. O‘sha davrda Buxoro va Qo‘qon xonliklari
o‘zaro urushib yurganlari uchun ham asarda Buxoro go‘yoki
vayronalarga boy muzofot sifatida tasvirlanadi. Qo‘qon ham
undan obod emas edi. Adib aytmoqchi, xonning atrofini Bo-
yo‘g‘li, Yapaloqqush, Ko‘rqush, Kordon, Kulonkir sulton kabi
yomon amaldorlar o‘rab olgan. «Holo, bu turg‘onlaring navola
1
do‘stlari, piyola hariflari
2
, taom yemakka hozir, maslahatga aqli
qosir
3
». Bu ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning ustidagi
Boyo‘g‘liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning yirt-
qich va aksar tunda ov qiladigan qushlarni o‘z asariga qahramon
qilib olishida nozik ishora mavjud. Shuning uchun Ko‘rqush
tilidan  quyidagicha nasihat qilinadi: «Ulug‘ni borgohinda
4


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish