- Gaz tarkibida suv bug‘lari ko‘p bo‘lsa gaz quvurlarini ishlatish jaraѐni ancha qiyin bo‘ladi.Ma’lum harorat va bosimda gaz tarkibidagi suv bug‘lari suyuqlikka aylanib, qish paytlarida muzlab gazning yo‘lini to‘sib qo‘yishi mumkin. Bundan tashqari, suv bug‘lari uglevodorod bilan bosim osti birikib qorsimon aralashma,ya’ni kristallogidratlar hosil qiladi. Ular quvur devorlariga ѐpishib, uni bekitib qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, suv bug‘lari vodorod sulfid bilan birikib, sulfat kislota hosil qiladi.Natijada sulfat kislota ta’sirida quvurlar tez zanglab ishdan chiqadi. SHu sabablarni e’tibor olib gazlarni quritish muhim va zarur vazifa.
- Gazni quritish maqsadida uch xil usul qo‘llaniladi:
- Absorbsion usul;
- Adsorbsion usul;
- Fizik usul.
- Absorbsion usulda gazni quritish uchun suyuq nam yutgichlar ishlatiladi. Adsorbsion usulda qattiq nam yutgichlar ishlatiladi. Fizik usulda esa mahsus sovitish uskunalaridan o‘tkazilib gazdagi bug‘lar suyuqlikka aylantiriladi va bu suyuqlik gazdan ajralib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |