7-mavzu. Axloqiy qadriyatlar (Etika) Reja


Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, adolat



Download 439,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana13.04.2022
Hajmi439,11 Kb.
#547881
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
7-mavzu 060422092000

Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, adolat.
Asosiy tushunchalar 
orasidagi yana bir juftlik – ezgulik va yovuzlik; ezgulik axloqshunoslikdagi eng 
muhim kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi.
Ezgulik – insonga eng kuchli ma`naviy lazzat bag`ishlaydigan, uni ijtimoiy 
shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi ,fazilat, shaxsni komillikka, 
jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak qadriyat. 
Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan 
o`lchanmaydi, ular ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. 
Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog`liqligi shundan. Shu tufayli u amaliyotda 
qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o`z 
ichiga oladi. 
Shuni ham aytish kerakki, muhabbat va nafrat juftlik tushunchasida nafrat 
muhabbatni inkor etmaydi, aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik 
va yovuzlik juftligida har ikki tushuncha bir-birini mutlaqo inkor etadi. Nafaqat 
inkor etadi, balki ular orasida hayot-mamot kurashi ketadi va bu kurash abadiy 
kurash sifatida, olamni harakatlantiruvchi kuch tarzida namoyon bo`ladi. Lekin, 
ayni paytda ular orasida muayyan tarzdagi dialektik aloqadorlik bor: ular hech 
qachon bir-biridan mutlaq alohida holda mavjud bo`lmaydi. 
Yaxshilik va yomonlik axloqiy ongning bir muncha umumiy tushunchalariga 
mansub bo’lib, axloqiylik bilan axloqsizlikning farqi va qarama-qarshiligini yaxlit 
bir shaklda ifoda etadi. Kishilar bu kategoriyalar yordamida tevarak-atrofda sodir 
bo’layotgan hamma hodisalarni baholaydilar. Inson hatti-harakati, axloqiy sifati, 
kishilarning, guruhlarning aloqa va o’zaro munosabat shakllari jamiyatning 
umumiy ahvoli baholanayotganligiga qarab bu kategoriyalar yanada konkretroq 
tushunchalar, tamoyil, ma’yor, axloqiy sifat shakliga kiradi. Yaxshilik va yomonlik 
o’zaro munosabatli, ayni paytda qutbiy va bir-birini inkor etuvchi kategoriyalardir. 
Yaxshilik kategoriyasi axloqiy idealga mos keladigan narsalar haqidagi tasavvurlar 
majmuidir.Yomonlik kishilarning idealiga, ular e’zozlaydigan narsalarga zid 
keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarni qaror topishiga, 
insoniylikning o’sishiga to’sqinlik qiladigan hamma narsa haqidagi tasavvurlar 
yig`indisidir. Yaxshilik va yomonlik kategoriyalari o’zgaruvchan relyativ va 
harakatchandir.
Axloqshunoslikning yana bir qamrovli mezoniy 
tushunchasi adolatdir
. Adolat bu 
tenglikning haqqoniy va taqdirlashning zaruriy o’lchovidir. Suqrot ta’biri bilan 
aytganda «adolat – qonunga muvofiq xulqdir». Adolat muayyan axloqiy sistemada 
qabul qilingan, kishilarning axloqiy burch va majburiyatlari tushunchasiga mos 
keladigan hatti-harakatlardir. Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va 
yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o’zi biror bir qadriyatni 
anglamaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash 
maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor, unda 
ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda 
miqdor o’lchovi ham deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni o’lchab turadigan 
tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo’l yo’q.
Adolatning mezoniylik xususiyati, ayniqsa, huquqda darhol ko’zga tashlanadi. 
Lekin adolatni faqat huquqiy tushuncha sifatida talqin qilish to’g`ri emas. U 


nafaqat fuqarolar orasidagi munosabatlarni, balki davlat bilan xalq, jamiyat bilan 
shaxs o’rtasidagi aloqalar mezonni ham o’z ichiga oladi. Xalq orasida ming yillar 
mobaynida odil podsho idealining yashab kelgani bejiz emas. 
Shafqatning ildizi inson shaxsiga bo`lgan muhabbatga borib taqaladi, u ham 
muhabbat kabi qamrovli hissiyot. Agar muhabbat mehrga asoslansa, shafqat 
muruvvat bilan bog`liq. Lekin, u ayni paytda muruvvatdan jiddiy farq qiladi. 
Muruvvat bir insonning ko`p hollarda o`ziga aloqasi yo`q boshqa bir insonga 
achinish hissi orqali yordamga qo`l cho`zishi bo`lsa, shafqat kishining o`ziga 
aloqador odamga, aybdor, gunohkor, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jazolanishga 
loyiq kimsaga kechirimlilik orqali insonparvarlik ko`rsatishtir. 
Shafqat hissi shafqatga muhtoj kishi o`rniga xayolan o`zini qo`yib fikr yuritish 
orqali vujudga keladigan, o`zga bir inson iztiroblarini yengillashtirishga qaratilgan 
axloqiy hodisa. Agar muruvvat sizning burchli bo`lmagan kimsaga ko`rsatgan 
yordamingiz bo`lsa, shafqat esa oldingizda javobgar, jazoga loyiq odamni, uning 
insoniy huquqini va tabiatini hisobga olib kechirishdir. 
Jahon axloqshunosligida jumladan bizda ham, shafqat asosiy tushunchalar sirasiga 
kiritilmagan. Vaholanki, adolat, insonparvarlik aynan ana shu hissiyot bilan 
bog`liq. Buni birinchi bo`lib olmon faylasufi Artur Shopengauer anglab yetdi. U 
shafqat hissini axloqning asosi, shafqat tushunchasini axloqshunoslikning asosiy 
tushunchasi deb ataydi. Uning nazdida shafqat universal tabiatga ega u, insonning 
nafaqat insonga , balki hayvonga bo`lgan munosabatida ham namoyon bo`ladi, 
zero, hayvonga beshafqatlilik qilgan odam insonga shafqatli bo`lmaydi.
6
Axloqshunoslikning nihoyatda ta’sir doirasi keng tushunchalaridan biri vijdondir. 
Vijdon tushunchasini birinchi bo’lib Stoiklar maktabi vakillari kiritganlar. 
Ularning fikricha, vijdon insonning o’z xulqini muayyan axloq normalari nuqtai 
nazaridan turib axloqiy baholashi va nazorat qilishi, o’z hatti-harakatlarini va bu 
hatti-harakatlarga bog`liq bo’lgan his-tuyg`ularni, kechinmalarni o’zida tahlil 
qilishidir. Vijdon lozimiy narsa oldidagi mas’uliyat hissidir. 
Vijdon
– Zigmund 
Freyd ta’biri bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o’rnatib, uni boshqarib 
turuvchi ikkinchi yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, 
jamiyatga bog`liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki, o’z-o’ziga bog`liqligini 
namoyon etadi. Bu ichki bog`liqlik tashqi bog`liqlikka nisbatan teran va doimiydir: 
uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o’z nojo’ya harakati tufayli yuzaga kelgan 
o’ng`aysizligi bo’lsa, vijdon azobi, bu oddiy o’ng`aysizlik emas, balki qalbdagi, 
odamdagi odamiylikka e’tiqodning talabi. U qondirilmas ekan, hech qachon azob 
to’xtamaydi.
Vijdon ham boshqa ba’zi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari kabi baholash 
xususiyatiga ega. Lekin bu baholash hech qachon ob’ektga qaratilmaydi, u 
sub’ektning hatti-harakatlarini baholaydi, ya’ni unda sub’ekt o’zi uchun ichki 
ob’ekt vazifasini o’taydi. Vijdon ko’zga ko’rinmas, lekin ulkan va mutlaq aybsiz 
axloqiy hodisadir. 
Yana bir muhim mezoniy tushuncha – 
burch.
Bu tushunchani axloq ilmiga 
Demokrit kiritgan bo’lib, uningcha burch inson harakatining ichki motividir. 
6
Abdulla Sher Axloqshunoslik. T.: “O`zbekiston faylasuflar milliy jamiyati”. 2010. 252-b. 


e’tiqod bilan qilingan hatti-harakat axloqiydir. Kishi o’zini qo’rqish tufayli emas, 
balki burch hissi tufayli nojo’ya harakatlar qilishdan tiyishi kerak. Burch shaxsning 
jamiyatga yoki kishiga nisbatan bo’lgan axloqiy munosabatlarini ifodalaydi. Bu 
ob’ektiv mavjud jamiyat talablarini bajarishning ichki ma’naviy zarurati, ijtimoiy 
baxt-saodat extiyojlari taqozo qiladigan muayyan xulq-odob zaruratidir. 
Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi 
munosabat, ular oldidagi majburiyat. U vijdon, e’tiqod mas’uliyat kabi 
tushunchalar bilan mustahkam bog`liq. Hayotda insonning har bir hatti-harakati 
zamirida burch tushunchasi – burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi. Burchning 
insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, farzandlik burchi singari 
keng qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo’lgan tushunchalari ham, 
jurnalistlik burchi, doirasidagi tushunchalari ham mavjud. Burch tushunchasining 
o’ziga xos jihatlardan yana biri – uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish 
xususiyati. Burch shaxsning ko’pgina mayl-istaklariga qarshi boradi: uni huzur- 
halovatdan, turmush lazzatlaridan mahrum etadi. 
Mezoniy tushunchalardan yana biri - 

Download 439,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish