7-mavzu. Ish haqini tashkil etish va uni isloh qilish. Mehnatga haq to‘lash tizimlarini tashkil etish



Download 245 Kb.
bet1/7
Sana29.11.2022
Hajmi245 Kb.
#874834
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-mavzu. Ish haqini tashkil etish va uni isloh qilish. Mehnatga


7-mavzu. Ish haqini tashkil etish va uni isloh qilish. Mehnatga haq to‘lash tizimlarini tashkil etish
1.Ish haqining mohiyati. Minimal ish haqi nazariyasi va uni qo‘llashning xorijiy amaliyoti (1 ball)
2.Ish haqini tashkil etish tamoyillari – daromadlar va mehnatga haq to‘lash siyosatini ishlab chiqishning metodologik asosi (1 ball)
3.Tarif tizimi – ish haqini tashkil etish unsuri sifatida (1 ball)
4. Ish haqiga koeffitsiyentlar (1 ball)
5.Ish haqini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlar (1 ball)

1.Ish haqining mohiyati. Minimal ish haqi nazariyasi va uni qo‘llashning xorijiy amaliyoti (1 ball)

Ish haqi mehnatkashlarning aksariyat ko‘pchiligi uchun asosiy daromad manbai sifatida istiqbolda ham unumdorlikni oshirishning qudratli rag‘batlantiruvchi kuchi bo‘lib qolaveradi. Mehnat bozori bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan ishchi kuchiga talab va taklif, xodimlar, ish beruvchilar, xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi raqobat va boshqalar orasidagi munosabatlar natijasida ishchi kuchi qiymati va ish haqining iqtisodiy mohiyati yuzaga keladi. Bunda ishchi kuchining qiymati xodimning normal ishlashi uchun zarur hayotiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Bu mutlaq tabiiy o‘zaro aloqadir, chunki mehnat jarayonidagi mushak, asab, miya va boshqa ruhiy-jismoniy sarflar qoplanishi lozim, aks holda kishi ishlab chiqarish faoliyatida faol ishtirok etishga qodir bo‘lmay qoladi. Ammo inson fiziologik ehtiyojlarining hajmi va tuzilmasi, ularni qoniqtirish vositalarini qo‘llash faqat mehnatkashlarning intensivligi, xodimning jismoniy va aqliy sarflariga emas, balki ishchi kuchining shakllanishdagi tarixiy shartsharoitlariga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga, tabiiy- 182 iqlimiy xususiyatlariga, madaniy va boshqa an’analariga bog‘liq. Masalan, rivojlangan mamlakatlardagi kishilar ehtiyojining hajmi rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholi ehtiyojidan ancha yuqoriligi sir emas. Tabiiyki, mehnatga bo‘lgan layoqatni va ishchi kuchini qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalar insonning oziq-ovqat, kiyim-kechak va turarjoyga bo‘lgan fiziologik ehtiyojlarini qondirish bilangina cheklanib qolmaydi. Xodimda tarixiy an’anaviy va milliy omillarga bog‘liq bo‘lgan ma’naviy ehtiyojlar ham mavjud. Ularni qondirish xarajatlari ham bevosita ishchi kuchi qiymatiga kiradi. SHunday qilib, ishchi kuchi qiymatini aniqlash uchun tarixiy va ma’naviy jihatlarni ham hisobga olish zarur. Ishchi kuchini qayta tiklash uchun zarur hayotiy vositalar yig‘indisi yuqorida aytilganlar bilan cheklanmaydi. SHuningdek, u ishchi oila a’zolarini boqish, ta’lim, tibbiy xizmat, kasb malakasini oshirishni ham qamrab oladi. Ishchining malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ishchi kuchi ham shunchalik qimmat bo‘ladi. Ishchi va uning oila a’zolarining yangi tovar xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarning ob’ektiv o‘sishini ham hisobga olmaslik mumkin emas, bu ham o‘z navbatida ishchi kuchi qiymatining oshishiga ta’sir qiladi. SHunday qilib, ishchi kuchining qiymati ishchi o‘z mehnatining rag‘batlantiruvchi sifatida oladigan hayotiy vositalar yig‘indisining muayyan qiymatini aks ettiradi. Ishchi kuchi bahosining pul ifodasidagi aniq shakli ish haqi hisoblanadi. Ish haqi miqdori va dinamikasiga ishchi kuchi qiymatiga ta’sir etadigan barcha omillar ta’sir qiladi. Ammo ish haqining miqdori ishchi kuchi qiymatidan farq qilishi mumkin. Bunga mehnat bozorining holati, ya’ni ishchi kuchiga talab va taklifning o‘zaro nisbati jiddiy ta’sir etishi mumkin.





Download 245 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish