Jomboy tuman xalq ta`limi boshqarmasiga qarashli
9- maktab fizika fani o`qituvchisi Boboxonov Abrorxonning
9-sinflar uchun “ Optik asboblar” mavzusida ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlagan
bir soatlik ochiq
Fizika
9-Sinf
Mavzu: Optik asboblar
Darsning maqsadi: O‘quvchilarni optik asboblar (lupa, fotoapparat, mikroskop) tuzilishi, ishlash prinsipini tushuntirish va texnika va turmushda qo‘llanilishi xaqidagi ma’lumotlar berish
Vazifalari: O`quvchilarga optik asboblar (lupa, fotoapparat, mikroskop) va ularning ishlatilishi haqida ma’lumotlar berish, uning turmushda va texnikadagi ahamiyatini tushuntirish orqali fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirish.
Darsda kerakli jihozlar: 9-sinf fizika darsligi, tarqatma savollar, lupa, fotoapparat, mikroskop, optik disk,kompyuter,lupa, fotoapparat, mikroskop
Asosiy atamalar va tushunchalar:
-lupa;
- fotoapparat;
- proeksion apparat;
- mirkoskop.
Darsda qo`llaniladigan metod: “Aqliy hujum”, kichik ma’ruza, guruhlar bilan ishlash.
Darsning borishi
I. Darsning tashkil etilishi: (2 minut)
a) sinfga kirishda o`quvchilar o`qituvchi tayyorlagan emblemalarini oladilar va borib o`tiradilar;
b) salomlashish, davomatni aniqlash;
c) o`quvchilarni darsga hozirligini ko`rib chiqish.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash ( 12 minut).
I guruh. Beruniy
II guruh. Ulug‘bek
III guruh. Ibn Sino
O`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo`yilgan savol va topshiriqlarni guruhlar boshlig’i chiqib tanlab oladilar.
«O`zing bajar» bu shartda o`quvchilar amaliy topshiriqlarni bajarib ko`rsatadilar va guruhlar taqdimoti qiladilar.
1-guruhga “Yorug`likning qaytish qonunini” tushuntiring (yorug`lik manbayi, yassi ko`zgu, optik disk).
2-guruhga “Yorug`likning sinish qonunini” tushuntiring (yorug`lik manbayi, yassi ko`zgu, optik disk).
3-guruhga “Linzada tasvir hosil qilish” (Yorug`lik manbayi, qavariq linza, ekran).
III. Yangi mavzu bayoni: Optik asboblar
(“Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi) (10 minut).
Reja:
Lupaning tuzilishi.
Fotoapparatning ishlashi.
Mikroskopning tuzilishi.
Yangi mavzuni boshlashdan oldin o`quvchilarga lupa, fotoapparat, mikroskop va optik disklar ko‘rsatiladi. lupa orqali jismlarning tasviri, mikroskopda mayda hujayralar ko‘riladi. Ulardan qayerlarda foydalanish so`raladi. O‘quvchilar shundan so`ng ular haqida ma’lumot beriladi.
Slayd orqali lupani ifodalovchi tasvirni katta ekranga chiqarib, o`quvchilarga havola etiladi va tushuntiriladi.
Lupa deb nimaga aytiladi?
Fokus masofasi 25 sm dan bir necha barobar
kichik bo’lgan yig’uvchi linzaga lupa deyiladi.
Lupa – buyumlarni ko‘rish burchagini kattalashtirib beradigan qavariq linza.
Lupaning kattalshtirish formulasi quyidagicha:
K=D0/F.
Fotoapparat qanday tuzilgan.
Fotosuratga olish avvalgi asrning boshida kashf etilgan. 1840 yilda birinchi marta Oy, 1842 yilda Quyosh suratga olingan. Fotoapparatning asosiy qismi 1 ob`ektiv va 2 kameradan iborat. Tasvir 4 kameraning orqa tomonida to`nkarilgan haqiqiy va kichraygan holda hosil bo`ladi. Kameraning shu joyiga fotoplyonka joylashtiriladi.
Fotoapparatda ekran vazifasini o`lchami katta bo`lmagan plyonka (yoki plastinka) bajaradi, chunki tasvir kichiklashtirilishi kerak. U albatta haqiqiy bo`lishi kerak, chunki mavhum tasvir plyonkaning yorug`lik sezgir tarkibiga ta`sir qila olmaydi. Bunday tasvir linzaning ikkilangan fokus masofasida yotganida hosil bo`ladi. Bu tasvir linzaning fokusi bilan ikkilangan fokusi orasiida yotadi.
Mikroskop qanday asbob.
Mikroskop-yaqin masofadagi ko‘zda bevosita ko‘rinmaydigan juda mayda obektlarni kattalashtirib ko‘rsatadigan optik asbob.
Mikroskopdan bakteriyalar, hujayralar kabi mayda obektlarni ko‘rish uchun foydalaniladi.
IV. Mavzuni mustahkamlash
Har bir optik asbob uchun “Sinkveyp”
1-guruh. “Fotoapparat”
1. Fotoapparat.
2. Fotoapparat – optik asbob.
3. Tavsir hosil qiladi.
2-guruh. “Linza”
1. Linza- sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jism.
2. Linzalar 2 xil bo‘ladi: qavariq va botiq.
3. Nurlar to‘planadigan nuqta fokus.
3-guruh “Mikroskop”.
1.Optik asbob.
2. Mayda obyektlarni kattalashtiradi.
V.O‘quvchilarni baholash.
Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo’yiladi. G‘olib guruh aniqlanadi. Faol o’quvchilar alohida rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa. Мavzuni o‘qib kelish. Mavzu savollariga javoblar tayyorlash 20- mashqni yechish.
Do'stlaringiz bilan baham: |