Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol
bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat
mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi.
Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali
nazorat qilish va ularga yuqori boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur
tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta
ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi –
aholining
kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash
borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda
aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p
bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd
etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib
borildi.
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish – ijtimoiy siyosatni
amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan
yangi bosqich boshlashini bildiradi.
Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini
qo‘llab-quvvatlash bilan birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining
farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay
imkoniyat yaratishga harakat qiladi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Aholi daromadlari – aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda
olgan daromadlari miqdori.
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari
summasi.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – barcha soliqlar to‘langandan keyin qolgan
daromad, ya’ni shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish
mumkin bo‘lgan daromad.
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi
daromadning zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga
yetadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid
quvvatidir.
daromadlardan shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor
daromadi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida O‘zbekistondagi
Aholi daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari (tadbirkorlik,
mulk daromadi kabilar)ning ko‘payib bo-rishi kuzatiladi.Ahmadjon
O‘lmasov.
AHOLI DAROMADLARI — barcha aholiga tegishli pul va natural
(mahsulot shaklida) tushumlar hamda koʻrsatilgan bepul xizmatlar summasi;
aholining milliy daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari
manbai — ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mukofot, foyda, dividend,
zayom va lotereya yutugʻi, bank toʻlagan foiz puli, koʻchmas mulkdan
kelgan renta toʻlovi va ijara puli, sugʻurta qoplamalari va b. dan
iborat. Bozor sharoitida Aholi daromadlarining eng katta qismi pul shakliga
ega. Qishloq aholisi oʻzining tomorqa xoʻjaligidan ham mahsulot
olib daromad koʻradi va u natural daromadga kiradi. Shuningdek, aholining
yordamga muhtoj qatlamlariga bepul mahsulot beriladi va xizmatlar
koʻrsatiladi (bepul ovqatlanish, kiyimkechak, doridarmon, transport va
kommunal xizmati va h. k.); bular natural daromadlar hisoblanadi. Aholi
daromadlari nominal va real daromadlarga boʻlinadi. Nominal
daromad aholi muayyan pul summasi shaklida olgan daromad
boʻlib, inflyatsiya taʼsirida uning xarid qobiliyati pasayishi mumkin. Real
daromad — pul shaklidagi daromadga amalda qanday
miqdorda isteʼmol buyumlari va xizmatlar xarid etish mumkinligini
koʻrsatadi. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush
darajasining umumlashgan va yaxlit koʻrsatkichi hisoblanadi.
Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daromadlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy
toʻlovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan soʻng uning
qoʻliga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qoʻliga
tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli taʼsir etadi. Rivojlangan
mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar
mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamgʻarmasi koʻp boʻlsa,
bank toʻlaydigan foiz puli salmoqli boʻladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
Aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorliqdan, mulkdan
olingan daromadlar va transfert (nochorlarga byudjetdan
beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan shakllanadi.
Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor daromadi
hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida Oʻzbekistondagi Aholi
daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari
(tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning koʻpayib borishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: