Amudaryo daryosiga umumiy gidrologik tavsif Mundarija Kirish Bob: Gidrologiyaga umumiy tarif


Amudaryo havzasining gidroenergetika resurslari



Download 1,1 Mb.
bet8/9
Sana27.04.2023
Hajmi1,1 Mb.
#932709
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amudaryo daryosiga umumiy gidrologik tavsif 1

3.2. Amudaryo havzasining gidroenergetika resurslari
Amudaryo havzasida joylashgan mamlakatlarning suvga boʻlgan talabini e’tiborga olgan holda mavjud suv boyliklarini oʻzaro taqsimlaydi (chunki har yili havzalarda turli miqdorda suv resurslari vujudga keladi). Oʻrta Osiyo davlatlari va Qozogʻiston suv xoʻjaligini muvofiqlashtirish davlatlararo komissiyasi ham Amudaryodan foydalanish bilan shugʻullanadi. Amudaryo havzasi ulkan gidroenergetika resurslariga ega. Jami gidroenergetika resurslari 63,2 mln. kVt ni tashkil qiladi. Havza boʻyicha mazkur gidroenergetika resurslarining 29,8% Panj, 38% Vaxsh, 5,6% Kofarnihon, 3,0% Surxondaryo, 1,0% Qashqadaryo, 5,4% Zarafshon, 17,1% Amudaryo havzalariga toʻgʻri keladi. Hozirgacha Amudaryo havzasidagi gidroenergetika resurslarining faqat 2%dan ziyodroq qismi amadda foydalanilmoqda. Ishga tushirilgan gidroinshootlarning eng kattasi Vaxsh daryosining Pulisangin darasida qurilgan Norak suv ombori va GESdir. 60-yillargacha Amudaryoda suv transporti keng yoʻlga qoʻyilgan edi. Lekin, keyingi yillarda Chorjoʻy – Qoʻngʻirot temir yoʻlini qurish hamda avtomobil yoʻllari tarmoqlarining rivojlanishi, ayni vaqtda daryoning sayozlanishi natijasida umumiy yuk tashishda Amudaryo suv transportining hissasi keskin kamayib ketdi.
Amudaryo - Oʻrta Osiyo hududidagi eng uzun daryo. Yunonlar Oks deb atashgan. Mahalliy xalq orasida daryo Jayhun nomi bilan mashhur. Daryo uzunligi 2400 km, daryo deltasi 534 739 km². Amudaryo hozirgi Tojikistonning Pomir togʻi etaklaridagi Panj va Vaxsh daryolarining birlashuvidan boshlanib Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Turkmaniston hududlaridan oʻtadi va tobora qurib borayotgan Orol dengiziga quyiladi. Amudaryo - Turkiston o‘lkasidagi eng sersuv, yirik daryo. Amudaryo quyi va o‘rta to‘rtlamchi davrda Qoraqum orqali o‘tib, Kaspiy dengiziga quyilgan, tog‘lardan suv oqimi bilan keltirilgan oqiziqlarning yotqizilishi natijasida qumlar tarkib topgan. Amudaryo yuqori qismida Tojikiston va O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasidan oqadi. Amudaryoning uzunligi 2540 km (Vahjir - Vohondaryo bilan birga), havzasining maydoni qariyb 465 ming km², shundan 227,3 ming km² suv to‘playdigan tog‘li qismiga to‘g‘ri keladi. Amudaryo Afg‘onistonda Hindukush tog‘larining shimoliy yon bag‘ridan 4950 m balandlikdagi muzlikdan boshlanadi; Vohondaryo Pomirdagi Zo‘rko‘ chiqib keladigan Pomir daryosi bilan qo‘shilgandan keyin Panj deb ataladi. Panjga o‘ngdan G‘unt, Bartang, Yazg‘ulom, Vanj, Qizilsuv irmoqlari kelib qo‘shiladi, nihoyat, eng yirik va ser-suv irmog‘i Vaxsh daryosi qo‘shilgandan so‘ng Amudaryo nomini oladi; bu qismida unga yana chapdan Qunduzdaryo, o‘ngdan Kofarnixon, Surxondaryo qo‘shiladi. Sherobod daryo suvi esa Amudaryo ga ahyon-ahyonda yetib boradi. Surxondaryo quyilgandan keyin Amudaryoga to Orol dengiziga yetguncha 1200 km dan ziyod masofada boshqa irmoq qo‘shilmaydi. Zarafshon bilan Qashqadaryo esa Amudaryoning qadimiy irmoqlari bo‘lib, ularning suvi butunlay sug‘orishga sarflanadi. Amudaryoning asosiy suv rejimi uning yuqori, tog‘li qismida shakllanadi. O‘zan o‘rta hisobda har bir km ga 4 m dan (ayrim joylarda esa 10 m dan ham ko‘p) pasayib boradi. Shu tufayli daryo juda tez oqadi, oqimning tezligi 4–6 m³/sek. Daryo vodiysi ham tor, u Pomir tog‘ sistemasiga kiruvchi tik ko‘tarilgan qoyali tog‘larni aylanib o‘tadi. Tog‘ oralaridan jo‘shqin irmoqlar kelib qo‘shiladi. Vodiy eni 3-4 km dan oshmaydi, ba’zi joylardagina uchraydigan qayirlar ko‘pincha to‘qayzor. Qizil-suv, Vaxsh, Kofarnihon, Surxondaryo quyiladigan joylarda daryo vodiysi kengaygan va bu yerlarda oqindi jinslardan tarkib topgan terrasalarda dehqonchilik qilinadi, ba’zan terrasalar qalin to‘qayzorlardan iborat. Amudaryoga Surxondaryo qo‘shilgandan so‘ng tekislikdan oqa boshlaydi va taxminan Karkidan Pitnakkacha bo‘lgan oraliqni daryoning o‘rta oqimi deb hisoblash mumkin. Daryo tekislikka chiqqach, Qoraqum va Qizilqum cho‘llaridan o‘tib, Orol dengiziga quyiladi. O‘rta qismida o‘zanning o‘rtacha kengligi 1500 m.
Daryoning tekislikdan oquvchi qismida nishabi kam (har bir km ga 0,2-0,3 m). Daryo oqimining tezligi kattaligidan (2-3 m/sek) o‘zan va qirg‘oqlarini muttasil yemiradi, shu sababli o‘zan doimo o‘zgarib turadi. Amudaryoning o‘rta va quyi oqimida, ayniqsa, Xorazm vohasi va Qoraqalpog‘istonda (Urganch, Ellikqal’a) qirg‘oqlarning o‘pirilish (deygish) hodisasi kuzatiladi. Keyingi davrda daryo o‘zanining yuvilishi ham kuzatilmoqda. 1990-yillardan Amudaryo quyi oqimi Tuyamo‘yin suv ombori orqali boshqarilgach, bu yerlarda deygish hodisasining ta’siri bir oz pasaydi. Qishda daryoning yuqori oqimida asosan qirg‘oqqa yaqin joylari muzlab, shovush hosil bo‘ladi va qisqa muddat muz oqadi. Karki shahri yaqinida qish qattiq kelgan yillari esa 10-15 kun davomida daryo yoppasiga muzlaydi. Chorjo‘y shahri va undan quyida daryoning yoppasiga muzlashi undan ham uzoqroq davom etadi. Nukus shahridan quyida esa daryo deyarli to‘rt oy davomida butunlay muzlaydi. Erta bahorda ayniqsa, o‘zan keskin burilgan va tor joylarda muz tiqilib suv sathi keskin ko‘tariladi va ba’zan toshkinga sabab bo‘ladi. Tekislikda Amudaryo vodiysining eni 10-15 km bo‘lib, ayrim joylarda 20-25 km ga yetadi. Vodiy kengaygan joyda uchta terrasa vujudga kelgan. Daryoning past tog‘lar orasidan o‘tgan joylarida vodiyning eni 350-380 m dan oshmaydi. Pitnak yaqinida Tuyamo‘yin, o‘rta oqimida Duldulhatlagan va Eljik qisiqlari bor. Amudaryoning quyi oqimi Pitnak yaqinidagi Tuyamo‘yin qisig‘idan to Orol dengiziga qadar boradi, quyi oqimining uzunligi 500 km, shundan 325 km Nukus bilan Orol dengizi oralig‘iga - daryoning hozirgi deltasiga to‘g‘ri keladi (k. Amudaryo deltasi). Amudaryo sersuv daryo, muzlik va qorlardan suv oladi, havzasida 1000 ga yaqin muzlik (shu jumladan, Yer kurrasidagi eng katta tog‘-vodiy muzligi - Fedchenko muzligi) bor. Suv yig‘ish havzasida katta maydonlarni qor dalalari egallagan. Amudaryoda eng ko‘p suv oqimi iyun - iyulda, eng kam oqim dekabr - martda sodir bo‘ladi. Qish mavsumida faqat grunt va zovur suvlari hisobiga to‘yinadi. Eng ko‘p suv oqimi Karki shahri yaqinida 9180 m³/sek (98,7 km³, 1969), eng kam suv oqimi o‘sha joyda 465 m³/sek (1930) qayd etilgan. O‘rtacha ko‘p yillik (1926-73 yillar) suv oqimi Karki shahri yaqinida 68,1 km³ ga teng. Daryoning to‘lin suv (41 km³) davri may - iyulda yuz beradi; aprel - sentyabrda oqim 12, kuz va qishda oqim 448 km³ bir muncha tekisroq taqsimlanadi, novegetatsiya davrida oqim 15 km³ (yoki butun oqimning 22%) ni tashkil qiladi. Amudaryoda oqimning miqdori Orol havzasida havo massalarining regional sirkulyatsiya xarakteriga bog‘liq, yog‘in har 4-5 yilda kamroq tushib, har 6-10 yilda ko‘proq bo‘lishi aniqlangan. Amudaryo havzasida eng so‘nggi suv taqchilligi davri 1995 yildan boshlandi va 2002 yilgacha davom etishi mumkinligi bashorat qilinmoqda. 60-yillardan suv xo‘jaligi va sug‘orish ishlarining jadal rivojlanishi natijasida Amudaryo oqimi tartibi va miqdori keskin o‘zgara boshladi. Masalan, 60-yillargacha o‘rtacha yillik oqim miqdori Karki shahri yonida 2080 m³/sek, quyi oqimi (Chatli) da esa 1500 m³/sek ni tashkil etgan. 80-yillarda ulardagi suv sarflari Karki shahri yonida 1850 m³/sek va Chatlida 170 m³/sek ga teng bo‘ldi. Amudaryoning Orol dengiziga quyilishiga yaqin qismida joylashgan Qiziljar kuzatuv manzilida undan ham kam (160 m³/sek) suv miqdori qayd etilgan. 90-yillarning birinchi yarmida Orol dengizini qutqarish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Amudaryo deltasiga kelayotgan suv miqdori 1995 yilgacha birmuncha ortdi (yiliga ba’zan 24,2 km³ gacha). Amudaryo suvi tabiiy holatda (60- yillargacha) aprel-avgustda ko‘paygan. Lekin ko‘plab yirik suv omborlari (Norak, Tuyamo‘yin va boshqalar) qurilishi daryo suvining ma’lum darajada kamayishiga olib keldi. 60-yillargacha Amudaryo suvi nihoyatda loyqa, o‘rta hisobda har bir m³ suvda 3740 g oqiziq bo‘lgan; o‘rtacha yillik oqiziqlar miqdori Karki yonida 210 mln.t, deltada esa 100 mln.t ga yetgan. Ular sug‘orish tizimlari va dalalarda cho‘kib qolgan. Amudaryoning oqiziqlarida o‘simliklar uchun oziq bo‘lgan ohak, kaliy, fosfor kabi mineral moddalar bor. Yirik suv omborlari qurilishi natijasida daryo suvining loyqaligi keskin kamaydi. 80- yillarning 2-yarmi 90-yillarning boshlarida loyqa miqdori yiliga Karki yonida 90 mln.t ga, quyi oqimi (Chatli) da esa 18 mln. t bo‘ldi. Amudaryoning suv rejimi antropogen omillar ta’sirida o‘zgarmagan davrida daryo har yili dengizga qariyb 18 mln.t tuz keltirgan. Hozirgi kunda bu miqdor keskin kamaydi, lekin umumiy oqim miqdorining kamayishi hisobiga daryo suvining minerallashuv darajasi ancha ortdi. Amudaryo havzasidagi vohalardan zovur tashlamalari (yiliga o‘rtacha 20 km³) ning qariyb yarmi daryoga oqizilishi suv sho‘rligining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Surxondaryo Amudaryoga quyilgandan so‘ng suvning minerallashuv darajasi o‘rtacha 0,4-0,6 g/l ga, Tuyamo‘yin gidrouzelidan so‘ng 1,0-1,2 g/l, Chatli - Temirboy oralig‘ida esa 1,4-2,5 g/l ga ortib bormoqda. Daryo suvining minerallashuv darajasi mart - aprelda zovur suvlari hisobiga yuqori bo‘ladi, yozda esa qor va muzliklarning erishi bilan keskin kamayadi. Amudaryo o‘zaniga minerallashgan suv asosan Qarshi vohasi (7,7 g/l), daryoning Turkmaniston sohilidagi sug‘oriladigan yerlardan (3,5 g/l), Buxoro vohasidan (3,5 g/l) tushadi. Amudaryoga tushayotgan zovur va korxonalar oqova suvlarida sulfat va xlor, magniy, natriy tuzlarining salmog‘i ancha ortgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra Amudaryo suvi tarkibida azot nitrati, neft mahsulotlari, fenol, mis, rux, pestitsidlarning miqdori ruxsat etilgan me’yor (REM) dan bir necha (2-5) baravar ko‘pligi aniqlandi. Ifloslangan suv Amudaryoning Termizdan Orol dengizigacha bo‘lgan qismiga to‘g‘ri keladi. Suvning ifloslanganligi Zarafshon, Qashqadaryo, Quyi Amudaryo vohalaridagi aholi orasida 70-yillardan boshlab turli kasalliklarning tarqalishiga, chorva mollarining nobud bo‘lishiga olib kelmoqda. Tuyamo‘yin suv omboridan olingan suv pestitsid, kimyoviy moddalardan tozalanib, minerallashuv darajasi 0,6-0,8 g/l gacha kamaytirilgach, Nukus, Urganch, Toshhovuz shaharlariga quvurlar orqali uzatilmoqda. Amudaryo suvining tozaligini muhofaza qilish uchun daryoning o‘ng sohili bo‘ylab maxsus tashlama - Sho‘rdaryo qurilishi loyihalangan. Loyihada Surxondaryo, Qarshi, Buxoro, Qoraqalpog‘iston va boshqa vohalarning zovur suvlarini tashlama orqali Orol dengiziga oqizish mo‘ljallangan. Sho‘rdaryoni qazish Buxoro viloyatida boshlandi. Amudaryoning sug‘orishda ahamiyati juda katta. Chorjo‘y va Xorazm vohalarida yerlar qadimdan sug‘orilib, dehqonchilik qilib kelinadi. Amudaryoning suv zaxiralaridan keng miqyosda foydalanish 80- yillardan avj olib ketdi. Amudaryoning yuqori qismida Vaxsh, Kofarnihon, Surxondaryo kabi irmoqlaridan kanallar chiqarilib, Tojikiston va O‘zbekistonda yangi yerlar o‘zlashtirildi. Amudaryoning o‘rta oqimida 1954 yilda Qoraqum kanali qurilishi boshlandi. Buxoro yerlarini Amudaryo suvi bilan sugorish uchun Amu-Qorako‘l kanali, Amu-Buxoro mashina kanali, Qarshi magistral kanali qurildi. Amudaryo quyi qismida Toshsoqa, Shovot, Qilichniyozboy, Qipchoq-Bo‘zsuv, Suelli, Paxtaarna, Qizketgan, Kegeyli, Quvonishjarma irrigatsiya tizimlarining ta’mirlanishi natijasida ayni vaqtda Taxiatosh gidrouzeli (1974) va Tuyamo‘yin gidrouzeli (1978) qurib bitkazildi, daryodan kanallarga suv olish hajmi ko‘paydi. Hozirgi kunda Amudaryoning eski o‘zanlari izidan Daryoliq va Ko‘lli tashlamalari ishga tushirilgan. Xorazm vohasidan yer osti sho‘r suvlari Sariqamish ko‘liga shu tashlamalardan oqizilmoqda. Tashlamalar orqali Sariqamish botig‘iga yiliga 4,5-5,0 km³ suv tashlanmoqda. Amudaryoning quyi qismida 60-yillarda har birining uzunligi qariyb 100 km bo‘lgan bir necha yirik kollektor-zovur tarmoqlari qurildi. Ularning o‘rtacha yillik suv sarfi qariyb 5 - 20 m/sek chamasida bo‘lib, ko‘pchiligi suvini Orol dengizining qurib qolgan qismiga quymoqda. Amudaryo havzasida suv taqchilligining kuchayishi bilan suv zaxirasidan oqilona foydalanish muammosi tobora keskinlasha boshladi. Amudaryoning suv oqimini faqat mavsumlararo tartibga solishdan tashqari ko‘p yillik suv oqimini ham tartibga solish zarur bo‘ldi. Buning uchun Amudaryo havzasining tog‘li qismida Vaxsh daryosida Norak suv ombori (to‘liq suv hajmi 10,5 km³, foydali suv sig‘imi 4,5 km³) ishga tushirildi. Loyihalangan Rog‘un suv ombori (to‘liq suv hajmi 14 km³, foydali suv sig‘imi 8,7 km³) va boshqa qurilishi daryo suvining ko‘p yillik suv oqimini tartibga solishga imkon beradi. 1992 yilda Amudaryo va Sirdaryo suv resurslarini Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasida barcha imkoniyatlarni to‘g‘ri hisobga olgan holda taqsimlanishi uchun Amudaryo (Urganch shahrida) va Sirdaryo (Toshkent shahrida) havza suv xo‘jaligi boshqarmalari tashkil qilindi. Boshqarmalar yil boshida mazkur havzalarda joylashgan mamlakatlarning suvga bo‘lgan talabini e’tiborga olgan holda mavjud suv boyliklarini o‘zaro taqsimlaydi (chunki har yili havzalarda turli miqdorda suv resurslari vujudga keladi). Amudaryo havzasi ulkan gidroenergetika resurslariga ega. Jami gidroenergetika resurslari 63,2 mln. kVt ni tashkil qiladi. Havza bo‘yicha mazkur gidroenergetika resurslarining 29,8% Panj, 38% Vaxsh, 5,6% Kofarnihon, 3,0% Surxondaryo, 1,0% Qashqadaryo, 5,4% Zarafshon, 17,1% Amudaryo havzalariga to‘g‘ri keladi. Hozirgacha Amudaryo havzasidagi gidroenergetika resurslarining faqat 2% dan ziyodroq qismi amalda foydalanilmoqda. Ishga tushirilgan gidroinshootlarning eng kattasi Vaxsh daryosida qurilgan Norak suv ombori va GESdir.
Hozirgi kunda Amudaryoning umumiy ko’rinishi biroz qorqinchli holatga kelib qolgan. Bunga sabab esa bugungi kunda “Jayxun” suvining chekinishni boshlaganidir. Hatto daryoning ortasida qum tepaliklar paydo bo’lishni boshladi. Ayniqsa, Amudaryo tumanida joylashgan, tumanni Nukus shahri va boshqa tumanlar bilan bog’lovchi Panton-ko’prikning ikki tarafidagi manzara biroz achinarli holatga kelib qolgan. Ko’prikning har ikki tomonidan kichik qum orolchalar bo’rtib chiqishni boshladi. Melioratsiya sohasi mutaxassislarining fikricha Amudaryo suvining qaytishi mavsumiy bo’lib, kuz-qish mavsumida bu odatiy holat hisoblanadi. Bu mavsumda tog’lardagi qorlar kam eriydi. Shuning uchun daryoga suv issiq kunlardagiga nisbatan kamroq tushadi.
Suvning kamayishi natijasida Panton-ko’prikning qumga o’tirib qolish xavfi bor. Mutaxassislar ko’prik ostini qumdan tozalashga harakat qilishmoqda.
AMUDARYO DELTASI (Orol boʻyi deltasi) — Jan. Orol boʻyidagi delta. Gʻarbda Ustyurt platosining chinki, shim. da Orol dengizining 1961-y. gacha boʻlgan qirgʻoq chiziqlari, sharqda shim.gʻarbiy Qizilqum, Beltov balandligining gʻarbiy va jan.-gʻarbiy etaklari, Oqchadaryo deltasining shim.-gʻarbiy chekkalari, jan.-sharqda Qizilqum, jan. da Sariqamish boʻyi deltasiga tutash. Mazkur chegaradagi Amudaryo deltasi mayd. 19 ming km2. Daryoning quyi qismi 2 qad. va bir hoz. deltadan iborat. Daryoning qad. deltalarida chap sohilda Xorazm vohasi va oʻng sohilda Beruniy-Toʻrtkoʻl vohasi vujudga kelgan. Bu vohalarda Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa va Beruniy tumanlari, Turkmanistonning Toshhovuz sh. atrofidagi tumanlar joylashgan.
Amudaryoning hoz. deltasida Aliovul qishlogʻidan shim. da daryo ikki qismga: chap sohilda Qipchokdaryo va oʻng sohilda Oqlaryo tarmoqlariga boʻlinadi. Oqlaryo asosiy oʻzan hisoblanadi va suvning asosiy qismi ushbu oʻzanda oqadi. Qipchoqlaryo Porlatov qishlogʻi yaqinida yana Oqlaryoga tutashadi.
Daryoning hoz. deltasi esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida qumgil oqindilaridan tarkib topgan pasttekislik boʻlib, daryo boʻyidagi Taxiatosh sh. yonidan boshlanadi. Relyefi shim. ga qiya. Bosh qismi (Nukus sh. yaqinida, mutlaq bal. 73 m) dan Orol dengizining eski qirgʻoq chizigʻiga qadar (mutlaq bal. 53 m) 200 km masofada 20 m ga pasayadi. Amudaryo deltasi sathi qadimda va hozirda mavjud boʻlgan daryo oʻzanlari va koʻl botiqlari bilan parchalangan. Deltaning allyuvial yotqiziqlari (qalinligi 142 m gacha) yuqori boʻr va paleogen-neogenning tub jinslari ustida vujudga kelgan. Mayda zarrali qumning qumoq hamda qumloq bilan aralashmasi keng tarqalgan (qayir yotqiziqlari), baland qismlarida qum yoki qumloq koʻproq.
Amudaryo deltasida Beltov, Qushxonatov, Kiziljar, Muynoqtov, Porlatov, Itkir, Xoʻjayli va b. qoldiq togʻlar mavjud. Amudaryo deltasining iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va bulutsiz. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi jan. da — 6,9° (Nukus) dan shim. da — 7,4° (Moʻynoq) gacha pasayadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27,G (Nukus)dan 26,3° (Moʻynoq) gacha oʻzgaradi. Yillik yogʻin kam (Taxiatoshda 79 mm, Moʻynoqda 105 mm), asosan qish va bahorda yogʻadi. Yil davomida shim.sharqiy shamollar esadi. Orol dengizi va deltadagi daryo va koʻllarning qurib borayotganligi tufayli havo t-rasi yezda odatdagidan 2 — 3°ga ortgan, qish ham sovuqroq, shamol harakati kuchaymoqda, havoning nisbiy namligi kamaymoqda.
Orol boʻyida 1961-y. dan boshlangan choʻllashish jarayoni natijasida Amudaryo deltasida tub oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Orol sathining tezlik bilan pasayishi, daryo suvi shoʻrligining ortishi va unda turli kimyoviy moddalar va b. ning mavjudligi, suv tanqisligi, Orolning qurigan qismi (Orolqum) dan tuzli changlarning havoga koʻtarilishi choʻllashishni tezlashtirmoqda. Deltada suv tartibining buzilishi oqibatida grunt suvlarining sathi barcha joylarda keskin pasaydi (0 — 0,5 m dan 5 —10 m gacha, pastqamliklarda — 1,3 m, minerallashuv darajasi ayrim joylarda 30 — 50 g/l va undan koʻp).
Amudaryo oqimining deltada tartibga solinishi tufayli koʻplab oʻzanlar (Katta Jonsiz va Kichik Jonsiz, Erkindaryo, Koʻhnadaryo, Madalioʻzak, Priyemoʻzak, Oqboshli, Injeneroʻzak va b.) quridi. Suv faqat Oqlaryo orqali dengizga quyilmoqda. Qipchoqlaryoda vaqt-vaqti bilan suv oqmoqda. Ravshandaryo va Toldiqlaryo oʻzanlari kanalga aylantiriddi. 100 ga yaqin koʻl quridi, hozirda faqat Sudochye koʻli, Moshankoʻl, Xoʻjakoʻl, Qorateren koʻli, Keusir koʻlida suv mavjud, minerallashuv darajasi 3 — 5 g/l dan 30 — 45 g/l gacha (Sudochye koʻlida).
Deltada grunt suvlarining bugʻlanishga sarf boʻlishi oqibatida tuproqning shoʻrlanishi ortib avvalgi qayirli allyuvial, oʻtloqi, botqoq, botqoq-oʻtloqi tuproqlar oʻrnida oʻtloqi, oʻtloqi-taqir, shoʻrxok (tipik oʻtloqi), taqir choʻl qum tuproqlari tarkib topdi. Choʻllashish jarayonida avvalgi qamishzorlar oʻrnini (760 ming ga) endilikda shoʻrazor, yulgʻunzor, turli kserofit (qoʻshbarg, yantoq, oqbosh), galofitlar (qorabaroq, shohilak, kermak va b.) egalladi. Qa-mishli toʻqayzorlar faqat suv bilan muntazam taʼminlanadigan pastqamliklarda oz maydonda saqlanib qolgan (Sudochye koʻli va uning shim., shim.-sharqida, Shege, Koʻkkoʻl havzalarida). Daryo oʻzanlari yoqalaridagi 261 ming ga noyob Amudaryo toʻqayzorlari (turangʻil, tol, jiyda) asosan qurimoqda.
Suv taqchilligi tufayli baliq ham keskin kamaydi. Faqat ayrim koʻllardagina oz miqdorda ovlanadi. Ondatrachilik deyarli tutatildi. Suzuvchi qushlar, toʻqayzorlarda yashovchi parrandalar va b. juda kamayib ketdi. Amudaryo deltasi – da vujudga kelgan noqulay ekologik sharoitni yumshatish chora-tadbirlari koʻrilmoqda. Shamol eroziyasining oldini olish uchun ihotazorlar bunyod etilmoqda, har yili imkoni boricha pastqamliklarga Amudaryodan suv jamgʻarib olinmoqda. Amudaryo deltasining jan. qismi sugʻoriladigan dehqonchilikda foydalaniladi. Qariyb 400 ming ga yerda sholi, paxta, don, yem-xashak ekinlari ekiladi.


Xulosa
Hozirgi kunda Amudaryoning umumiy ko’rinishi biroz qorqinchli holatga kelib qolgan. Bunga sabab esa bugungi kunda “Jayxun” suvining chekinishni boshlaganidir. Hatto daryoning ortasida qum tepaliklar paydo bo’lishni boshladi. Ayniqsa, Amudaryo tumanida joylashgan, tumanni Nukus shahri va boshqa tumanlar bilan bog’lovchi Panton-ko’prikning ikki tarafidagi manzara biroz achinarli holatga kelib qolgan. Ko’prikning har ikki tomonidan kichik qum orolchalar bo’rtib chiqishni boshladi. Melioratsiya sohasi mutaxassislarining fikricha Amudaryo suvining qaytishi mavsumiy bo’lib, kuz-qish mavsumida bu odatiy holat hisoblanadi. Bu mavsumda tog’lardagi qorlar kam eriydi. Shuning uchun daryoga suv issiq kunlardagiga nisbatan kamroq tushadi.
Suvning kamayishi natijasida Panton-ko’prikning qumga o’tirib qolish xavfi bor. Mutaxassislar ko’prik ostini qumdan tozalashga harakat qilishmoqda. Amudaryo havzasi ulkan gidroenergetika resurslariga ega. Jami gidroenergetika resurslari 63,2 million kVt ni tashkil qiladi. Havza bo’yicha mazkur gidroenergetika resurslarining 29,8% Panj, 38% Vaxsh, 5,6% Kofarnihon, 3,0% Surxondaryo, 1,0% Qashqadaryo, 5,4% Zarafshon, 17,1% Amudaryo havzalariga to’g’ri keladi. Hozirgacha Amudaryo havzasidagi gidroenergetika resurslarining faqat 2% dan ziyodroq qismi amadda foydalanilmoqda. Ishga tushirilgan gidroinshootlarning eng kattasi Vaxsh daryosining Pulisangin darasida qurilgan Norak suv ombori va GESdir. 60-yillargacha Amudaryoda suv transporti keng yo’lga qo’yilgan edi. Lekin, keyingi yillarda Chorjo’y — Qo’ng’irot temir yo’lni qurish hamda avtomobil yo’llari tarmoqlarining rivojlanishi, ayni vaqtda daryoning sayozlanishi natijasida umumiy yuk tashishda Amudaryo suv transportining hissasi keskin kamayib ketdi. Shu o‘zgarishlarni hisobga olgan holda Amudaryo havzasidan unimli foydalanish kerak.
Amudaryo havzasidan ko‘r ko‘rona foydalanish atrof muhit va tabiatni og‘ir ahvolga keltirishi mumkin. Shuning uchun oqilona foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish kerak.



Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish