Aritmiyada qo'llaniladigan dori vositalarining farmakodinamikasi



Download 263,61 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi263,61 Kb.
#626792
Bog'liq
ARITMIYADA QO\'LLANILADIGAN DORI VOSITALARINING FARMAKODINAMIKASI

ARITMIYADA QO'LLANILADIGAN DORI VOSITALARINING FARMAKODINAMIKASI

M U N D A R I J A

Aritmiya qanday kasallik?

Aritmiya kasalligi rivojlanish sabablari

Aritmiya kasalligi alomatlari (simptomlari)

Aritmiya turlari. Ko‘p uchraydigan ko‘rinishlari

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Aritmiya kasalligiga tashxis qo‘yish

Aritmiya kasalligini davolash

Aritmiyada xalq tabobati retseptlari

Aritmiyada nuqtali massaj

Aritmiya – yurak urishining chastotasi, ritmi va izchilligining buzilishidir. Normada odamda yurak bir maromda urib turadi. Sog‘lom kishida faqatgina jismoniy yoki ruhiy zo‘riqish vaqtida uning urish tezligi o‘zgaradi. Bu o‘zgarishning maqsadi organizmning qonga bo‘lgan yehtiyojini to‘laroq qondirishga intilishdir.

Aritmiya qanday kasallik?

Yurak urishi ritmini organizmning maxsus markazlari tomonidan boshqarib turiladi. Bu markazlarga yurakda joylashgan bir necha muhim tugunlar va o‘tkazuv yo‘llari kiradi. Boshqaruv markazlaridan yurak o‘tkazuvchi yo‘llari bo‘ylab impulslar yurak mushaklariga, bir maromda borib turadi. O‘ng yurak bo‘lmasida joylashgan sinusli tugunda dastlabki impuls paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham bu tugunni, shifokorlar ritm yetakchi deb atashadi. U yurak tugunlari ichida yeng muhimi. So‘ngra normada, sinusli tugundan chiqqan elektrik impuls atrioventrikulyar tugunga keladi. Undan esa Gis tutami bo‘ylab bevosita yurak qorinchalariga borib, ularni qisqartiradi.

Yurakni o‘tkazuvchi tizimi:

chap yurak bo‘lmachasi.

chap yurak qorinchasi.

Gis tutami.

Chap oyoqcha (Gis tutami).

O‘ng oyoqcha (Gis tutami).

o‘ng yurak qorinchasi.

atrioventrikulyar tuguni.

o‘ng yurak bo‘lmasi.

sinusli tugun.

yuqori kovak vena

Bu nozik va murakkab tizimning turli sabablarga ko‘ra ishdan chiqishi aritmiya kasalligiga olib keladi.

Tinch holatlarda katta yoshdagi sog‘lom odamlarda yurak urishining o‘rtacha chastotasi 1 daqiqada 60–90 ta zarbga teng. Yurak urishini bir piyola achchiq choy ichgandan keyin kamida 30 daqiqa o‘tgach o‘lchash lozim. O‘lchash oldidan kishi oyoq-qo‘lini yozib, 5 daqiqacha dam olishi kerak.

ARITMIYA KASALLIGI RIVOJLANISH SABABLARI

Aritmiya paydo bo‘lish sabablari turli-tuman bo‘lishi mumkin ular quyidagilar:

yurak kasalliklari miokarditlar, nuqsonlar, kardiomiopatiyalar, infarkt;

elektolit muvozanati buzilishi (qonda kaliy, kalsiy, magniy miqdori o‘zgarishi);

asab tizimining zo‘riqishi (nevroz, stress);

qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi (tireotoksikoz, gipotireoz);

zaharli moddalar (nikotin, alkogol), ayrim dorilarning nojo‘ya ta’siri.

ARITMIYA KASALLIGI ALOMATLARI (SIMPTOMLARI)

Aritmiya haqida gapiradigan bo‘lsak uning turli xillari mavjud. Yurak ritmining tezlashuvi taxikardiya, sekinlashuvi esa bradikardiya deyiladi. Yurak zarbining vaqtidan oldin urishi ekstrasistoliya, tartibsiz urishi hilpillovchi aritmiya deb nomlanadi. Bemorlar bunday holatlarda quyidagi belgilarni his etishlari mumkin:

ARITMIYA TURLARI. KO‘P UCHRAYDIGAN KO‘RINISHLARI

Sinusli taxikardiya – bu tinch holatda daqiqasiga 90–100 zarbdan oshiq chastotali to‘g‘ri yurak ritmi. Sog‘lom odamlarda u jismoniy va hissiy zo‘riqish paytida yuzaga keladi. Aksariyat hollarda vegetotomir distoniyasi (VSD) bilan birga keladi. Taxikardiyada agar nafas tutilib turilsa sezilarli darajada yurak urish ritmi kamayadi. Taxikardiya tana harorati oshganda tireotoksikozda, miokarditlarda, kamqonlik oqibatida rivojlanadi. Paroksizmal taxikardiya – bu aritmiyaning bir turi bo‘lib daqiqasiga 140–240 taga yetadigan yurak urishi xurujlari bilan xarakterlanadi. U to‘satdan boshlanadi va ana shunday to‘satdan tugallanadi. Bir necha soniyadan tortib bir necha kungacha davom etishi mumkin. Taxikardiya xurujida bemorda ter chiqishi, harorat ko‘tarilishi, holsizlik, alahsirash, yurak atrofida noxush sezgilar kuzatiladi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Odamda aritmiya alomatlari mavjud bo‘lsa, tashxisni aniqlash va muolaja o‘tkazish uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Og‘ir aritmiya huruji paytida zudlik bilan “Tez yordam” chaqirish maqsadga muvofiqdir. Holbuki bu kasallikni aniqlash uchun qiyin diagnostik muolajalar shart emas. Tashxis quyish uchun aksariyat hollarda EKG o‘tkazishni o‘zi kifoya qiladi. EKG hafvsiz, tez, aniq va arzon diagnostik usul hisoblanadi.

Aritmiyalarning ko‘plab turlari orasida, paroksizmal taxikardiya, tebranma aritmiya va yurak blokadasi ayniqsa havfli. Chunki ushbu kasalliklar xurujlari paytida bemor ko‘pincha tez yordamga muhtoj bo‘ladi.


Download 263,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish