ATTESTATSIYA TESTLARI
TEST JAVOBLARI
TOSHKENT 2022
1-VARIANT
1.
Vatanning bu asl farzandlari o‘z orzu-havaslari haqida emas, xalq hayoti, uning ijtimoiy
ahvoli yaxshilanlanishi uchun qayg‘urdilar, ularga juda ko‘p zug‘um qilsalar ham, o‘z
dunyoqarashlarini o‘zgartirmadilar, hatto bu yo‘lda o‘zlarini qurbon qildilar.
Ushbu gapdagi
sodda yasama so‘zlar sonini toping.
+A) 3 ta
B) 5 ta
C) 4 ta
D) 2 ta
2. Qaysi gapdagi barcha yasama so‘zlarning asosi ot turkumiga mansub?
A) Oybek domla nihoyatda tiyraklik va samimiyat bilan opaning gaplarini tasdiqladi.
+B) Barglari tukli, tuxumsimon, bandlari kalta, shoxlarda tartibli joylashgan.
C) Bolalarning beg‘ubor qalbi to‘lib-toshib oqayotgan daryoday jo‘shqin.
D)Mevasi tukli, ko‘rinishi yumaloq yoki biroz cho‘ziq bo‘lishi mumkin.
3. Qaysi javobda fe’l turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?
+A) urush
B) azim
C) yoqilg‘i
D) undash
4.
„Xato qilyapsiz!“
murojaati ijobiy ma’noda qo‘llangan qatorni toping.
+A) Siz yanglishyapsiz.
B) Fikringiz mutlaqo noto‘g‘ri.
C) Noo‘rin gapirmang.
D) Haqiqatdan juda uzoqlashyapsiz.
5.
Surishtiruvlardan so‘ng anglashildiki, suvni bu qishloqda anchadan beri yashab
kelayotgan bir fermer oilasi egallab olgan ekan.
Ushbu gapdagi so‘zlar imlosida qanday
fonetik hodisalar kuzatilgan?
A) tovush almashishi va tushishi
B) faqat tovush almashishi
+C) tovush ortishi va almashishi
D) so‘zlar imlosida fonetik hodisa kuzatilmagan
6. Qaysi qatordagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
A) saramjon, taftish
+B) iztirob, kariyes
C) tadbiq, koreys
D) trest, kilovat
7. Millatni birlikka chorlagan shoir – Turdi Farog‘iy.
+A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri
8. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli
yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub
emas?
A) qayla-qayra
+B) narvon-karvon
C) quduq-quruq
D) dutor-duchor
9. Qaysi javobdagi so‘zlar shakldoshiga ega?
A) adil, a’yon
B) o‘rganmoq, osmoq
+C) bo‘shamoq, bo‘lmoq
D) asir, dars
10. Chap tomondagi so‘zlarga o‘ngdagi so‘zlardan mos izohni toping.
1) azimat
2) zamin
3) zarofat
4) daroz
5) mezon
6) iztirob
7) zaxira
8) mahzun
a) novcha, baland bo‘yli
b) tarozi yoki 12 burjning biri
c) g‘amgin
d) g‘amlab qo‘yilgan narsa, xazina
e) yer, tuproq
f) intilish
g) ruhan ezilish
h) hozirjavoblik
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f, 7-g, 8-h
B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a, 5-e, 6-f, 7-h, 8-g
+C) 1-f, 2-e, 3-h, 4-a, 5-b, 6-g, 7-d, 8-c
D) 1-f, 2-e, 3-g, 4-a, 5-h, 6-d, 7-c, 8-b
11. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z uchraydi?
A) Universitet faoliyati to‘g‘risidagi tashviqot ishlarini olib borishda faol qatnashdik.
B) Sarvar juda qo‘rqib ketganidan voqeaning butun tafsilotini unga birma-bir gapirib berdi.
+C) Har doim onam tayyorlagan shirin-shirin taomlarni tanavvul qilish xush yoqadi.
D) Bugungi ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun litseydan uchta o‘quvchi tavsiya etilgan.
12. Chiqimingiz kirimingizdan ortiq bo‘lmasin, chunki chiqimingiz ortiqcha bo‘lsa, qayg‘u
keltiradi. Berilgan gapda egalik qo‘shimchalari necha o‘rinda qo‘llangan?
A) 2
+B) 3
C) 5
D) 6
13. Berilgan qo‘shma gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang.
Do‘stlik g‘alabaga yangi mazmun baxsh etadi, u ko‘maklashganda barcha omadsizliklar
barham topadi.
A) 6 ta
B) 4 ta
C) 3 ta
+D) 5 ta
14. Tarkibida sifat ishtirok etmagan qo‘shma otlarni aniqlang.
1) mingoyoq; 2) achchiqtosh; 3) qizilishton; 4) havorang; 5) oybolta; 6) karnaygul; 7) olaqarg‘a.
+A) 1, 5, 6
B) 1, 4, 5
C) 1, 4, 5, 6
D) 2, 3, 4, 7
15. Ijtimoiy tarmoqlarda mavzu bo‘yicha xabarlarni tarqatishda foydalaniladigan yorliq
ma’nosini beruvchi so‘zni aniqlang.
A) akkaunt
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
B) vebinar
+C) xeshteg
D) mem
16. Adab kichkinalar mehrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u mehr kattalar ko‘nglida abadiy
qoladi. (Alisher Navoiy) Berilgan gapda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi necha o‘rinda
belgisiz qo‘llangan?
A) 1 ta
B) 2 ta
+C) 3 ta
D) 4 ta
17. BOPLAMOQ, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq,
do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq. Ushbu sinonim so‘zlar qatoridagi
mondalamoq so‘zi shevaga xos so‘z hisoblanadi.
+A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri
18. -Men ko‘rganman osmonlarning tinig‘ini,
Toshlar tegdi, terib oldim sinig‘ini.
Beshikdagi go‘daklarga tig‘ sanchdilar,
Shunda bildim mardlaringning qilig‘ini. Fonetik o‘zgarishga uchragan yasama so‘zlar sonini
aniqlang.
A) 1
B) 2
+C) 3
D) 4
19. Qo‘shib yozish qoidasiga muvofiq kelmaydigan javobni toping.
A) bop, rang, baxsh kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi
B) bir tushunchani bildiradigan va bir bosh urg‘u bilan aytiladigan qo‘shma so‘zlar qo‘shib
yoziladi
C) keyingi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan ifodalangan geografik nomlar qo‘shib yoziladi
+D) birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan geografik nomlar qo‘shib yoziladi
20. Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz, Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir
vijdonimiz. She’riy parchadagi munosabat shakllari tarkibida uchramaydigan undoshni
toping.
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
+A) n
B) y
C) g
D) z
21. Quyidagi gaplarning qaysi birida ham a
ffi
ksatsiya, ham kompozitsiya usulida yasalgan
sifatlar ishtirok etgan?
A) Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi.
+B) Samig‘ aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso‘z odam.
C) Osmono‘par koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh
bo‘ladi.
D) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g‘oyalar bilan uyg‘unlashib ketgan.
22. Qaysi qatorda tabu so‘zlar va ular o‘rnida keladigan so‘zlarda xatolik bor?
A) suyakqizima – suyak sili
+B) temiratki – terlama
C) behud – jinni
D) davosiz dard – saraton
23. Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda.
B) Yo‘l yoqasidagi azim yong‘oqlar, sizlar ham yaxshi qoling.
+C) Mevasini ko‘tarolmagan olma shohi qarsillab sinib tushdi.
D) Xalqimiz uchun o‘sha davrlarda e’tiqod, islom kabi tushunchalar butunlay yot edi.
24. Qaysi javobda olmosh turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar qatori berilgan?
A) beg‘ubor, sof, musaffo
B) hech kim, har bir, ana shu
+C) kimdir, birov, allakim
D) picha, sal, ozgina
25. Odobli, bilimdon, aqlli, mehnatsevar va iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki
butun jamiyatning katta boyligidir. Ushbu gapdagi ot yasovchi qo‘shimchalar tarkibida
nechta til oldi jarangli undosh ishtirok etgan?
A) 3 ta
B) 2 ta
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
C) 6 ta
+D) 1 ta
26.
Do'stlaringiz bilan baham: |